1
[Drawing geometry and engineering graphics] week 11 - Sizing rules
and sizing in drawings.
11. MAVZU: O`lcham qo`yish qoidalari va chizmalarda o`lcham
qo`yish.
Reja:
1. Chizmada o’lcham qo’yish qoidalari.
2. O’lcham qo’yishning o’ziga xos xususiyatlari.
3. O’lcham qo’yishda qo’llaniladigan shartli belgilashlar.
Chizmalardagi barcha o‘lchamlar 3.207-68 DS ga muvofiq qo‘yiladi. Chizmada
berilgan barcha o‘lchamlar mumkin qadar kam bo‘lishi va shu bilan birga buyumni
yasash hamda uni nazorat qilish uchun yetarli bo‘lishi kerak.
O‘lcham chiziqlari iloji boricha detal konturidan tashqarida o‘tkazilishi va
o‘zaro kesishmasligi kerak. O‘lcham chiziqlari uchlariga strelkalar qo‘yiladi.
Strelkalar detalning o‘lchami qo‘yilayotgan
qismidan chiqqan chiqarish
chiziqlariga yoki detal konturiga taqalgan bo‘lishi kerak.
Chizmadagi o‘lcham sonlari, chizmaning qanday
masshtabda bajarilishidan
qat’iy nazar, buyumning xaqiqiy o‘lchamini ko‘rsatishi va iloji boricha o‘lcham
chizigining o‘rtasiga yozilishi lozim. Aylananing diametri bilan, yoyning radiusi
R belgisi bilan, konuslikni bilan, qiyalikni belgi bilan yoziladi.
1-shaklda turli shakllarga o‘lcham qo‘yishga misollar keltirilgan.