|
Drayverlar va dasturiy ta’minotlarni boshqarish uchun mo’ljallangan modullardan
|
bet | 2/3 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 2,82 Mb. | | #257840 |
Ubuntu- zulu tilida «odamiylik», ma’nolarini beradi. Ubuntu logotipi «do’stlar» davrasini anglatadi. Canonical kompaniyasi operatsion tizimni rivojlantirib kelmoqda. Ubuntu tizimi ostida hamma saytlarning 8.2% ishlaydi.
Ubuntu asosida 131 ta distributiv ishlamoqda. Ubuntu One serverlari Amazon S3 joylashtirilgan. Amazon S3 foydalanuvchilarining 54% Ubuntu tizimlari afzal ko’rishadi. 2008 — yildan buyon Ubuntu Wikipedia tizimi serverlarida ishlatilyapti.
Fedora - Linux (avvalgi Fedora Core) 2002- yilda Gavayi universitetida Red Hat Linux bilan birlashgan ma’lumotlar omborini tashkil etish uchun yaratildi.
Debian- eng mashhur distributivlardan biri bo’lib, boshqa proyektlar uchun asos sifatida olingan. Distributiv nomi proyekt mualliflari Yan Merdok (Ian Murdock) va uning do’sti Debraning (Debra) ismlaridan kelib chiqqan.
2013 — yilda uning ochiq kodli matnida 100 million qator borligi ma’lum qilinidi. Eng faol qatnashuvchi Yonas Smedegord hisoblanib, 2001-yildan buyon 9349 ta o’zgarishni amalga oshirildi. Dasturlar kodining 32.1% qismi C, 18.7% C++, 9.8% XML, 7.6% Autoconf, 4.5% shell tillarida yozilgan.
LINUX ga eng ko’p o’zgartirishlar mobil telefonlar va elektronika ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan kiritilmoqda.
Linaro, Samsung va Texas Instruments kabi kompnaiyalar tomonidan o’zgartirishlar kiritilmoqda. Google kompaniyasi tomonidan Android bilan bog’liq bo’lgan 7000 qator kod tizimning hamma quyi tizimlarini qamrab olgan: tarmoq tizimi, havfsizlik va boshqalar. Samsung kompaniyasi yadroga yangi fayl tizimi F2FS ni, Android tizimi bilan bog’liq bo’lmagan boshqa patchlarni kiritdi.
Linux emblemasi uzoq tanlandi va oxiri pingvin Tux da to’xtaldi. Sababi esa Torvaldsning «Just for Fun» kitobida keltiriladi: 1993-yili Avstraliya zooparklaridan biridagi sayrda uni pingvin cho’qib oladi va bu holat Tux ning yaralishiga sabab bo’lgan. Linux emblemasi amerikalik dasturchi Larri Erving tomonidan yaratilgan.
Hozirgi vaqtda Torvalds RedHat kompaniyasi aksiyalariga egalik qiladi va Linux Foundation da ishlaydi.
Multics loyixasida qatnashib Thompson, Kennet 1969 yili komputeri uchun Unix ОТ ni yaratgan.
1971-1973 yillarda Thompson, Kennet ва Деннис Ричи UNIX ОTni PDP-11 computer uchun terminallarini qurgan.
1973 yilda Unixning katta qismi C tilida qayta yozib chiqilgan.
1974 yilda UNIXning dastlabki buyruqlari AQSH universitetlarida keng tarqalgan.
UNIX ni rivojlanish dinamikasini 3 ta guruxga ajratish mumkin:
|
| |