33
Farziylar
Essaniylar
ishiga aralashmaydi, har bir inson taqdirini o‘zi yarata-
di, deb hisoblaydilar.
Farziylar oqimi mil. avv. II asrda e’tiqod va amalda
saduqiylikka muxolif ravishda yuzaga kelgan. Shuning-
dek, saduqiylikdan farqli ravishda farziylarning o‘zagini
quyi tabaqa vakillari va kambag‘allar tashkil etgan.
Yahudiylik qonun-qoidalariga qattiq rioya qilinishini
talab qiladigan ushbu oqim Xudo har bir narsani nazorat
qilishi, bandaga xos hur irodaning mavjudligi, o‘limdan
keyin qayta tirilish, jannat, jahannam, farishtalar, jazo va
mukofotning borligiga ishonishga asoslanadi.