• «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega.
  • Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik




    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/95
    Sana17.11.2023
    Hajmi2,32 Mb.
    #100192
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
    Bog'liq
    Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)
    TAVSIFNOMA, maqtov, 1682763661, Tarmoq texnologiyalari, Iqtisodiyotda iktining infratuzilmasi, 7-8-9-10-11-sinf fizika ish reja-2023-2024-yil, internet xizmatlari, Integrallashninig sonli usullari. Inerpolyasiya va approksimatsiya masalalari. Matematik modelni Lagrang, Nyuton interpolatsion formulalar bilan aniqlash., 13 MavzuTenglamalar sistemasi ko’rinishidagi matematik modellarni sonli yechimlarini aniqlash usullari. Matritsa, matritsalar ustida amallar bajarish, teskari matritsa usuli., FOSHAN SAFETY MEDICAL EQUIPMENT CO, Elektrodinamika. Abdumalikov A
    UO‘K: 17=512.133(075.2)
    ISBN 978-9943-4936-1-2 KBK: 71.04ya721
    ISBN 978-9943-4936-1-2


    3
    So‘zboshi
    Din azaldan kishilarni hamisha yaxshilikka, ezgu ishlarga chorlagan. 
    Markaziy Osiyo xalqlari e’tiqod qilib kelgan islom dini ham yuksak insoniy 
    fazilatlarning shakllanishiga xizmat qilgan. Din insoniyatning ruhiy dunyosi 
    bilan chambarchas bog‘liq, ijtimoiy hayotda doimo u bilan birga bo‘lib kelgan.
    Dinni o‘rganish — bu inson ma’naviy dunyosini o‘rganishdir. Diniy man-
    balar insoniyat tarixida sodir bo‘lgan ibratli voqealarni o‘zida mujassam qil-
    gan, ular kishilarni axloqiy tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi. Bu esa insonning 
    hayot so‘qmoqlarida adashmasligi, yaxshi-yomon, oq-u qorani anglab yetishi 
    hamda o‘z umrini oqilona tashkil etishi uchun asosiy vosita bo‘lib xizmat qila-
    di. Natijada insonning turmush tarzi yuksalib, jamiyatda taraqqiy etadi.
    Dinga e’tiqod qilish va vijdon erkinligi masalasi O‘zbekiston Respublikasi-
    ning Konstitutsiyasida o‘z aksini topgan. U xalqaro huquqiy-me’yoriy talablar-
    ga to‘liq javob beradi. Har qanday dinga e’tiqod qiluvchi va hech qanday dinga 
    e’tiqod qilmaydigan kishilar uchun bir xildagi shartlar qo‘yilishini ta’minlov-
    chi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida, jumladan, 
    shunday deyiladi:
    «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan 
    dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. 
    Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi».
    O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida vijdon erkinligining 
    ta’minlanishi, barcha fuqarolarning bir xil huquq va erkinliklarga, jumladan, 
    e’tiqod erkinligi huquqiga egaligi, dini va e’tiqodidan qat’i nazar, qonun oldida 
    tengligi ko‘rsatilgan.
    Mamlakatimizda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda milliy qad-
    riyatlar bilan bir qatorda diniy qadriyatlarning ahamiyati ham katta. O‘zbekis-
    tonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning quyidagi so‘zlarida bu tamoyil 
    o‘zining yorqin ifodasini topgan: «Mamlakatimizni demokratik tamoyillar, 
    ilm-fan yutuqlari, yuksak texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish bilan 
    birga, muqaddas dinimizni, milliy o‘zligimizni asrab-avaylab yashashni maq-


    4
    sad qilib qo‘yganmiz». Bunday yondashuv hayotiy asosga ega bo‘lib, u din 
    sohasida kechayotgan o‘zgarishlarni xolis, ilmiy o‘rganish va shundan kelib 
    chiqib, ijobiy jarayonlarni yanada rivojlantirish, salbiy holatlarning oldini olish 
    uchun imkoniyat yaratdi.
    Ko‘p millatli, ko‘p konfessiyali O‘zbekistonda mustaqillikka erishilgan ilk 
    yillardanoq din, bag‘rikenglik masalalariga katta e’tibor berildi. Dinning in-
    sonparvarlik falsafasi, ezgu g‘oyalari va buyuk ajdodlarimiz merosidan bahra-
    mand bo‘lish, ushbu yuksak qadriyatlarning yoshlar qalbidan joy olishi uchun 
    mamlakatimiz ta’lim tizimi sohasida ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Dunyo 
    dinlari tarixi bo‘yicha zaruriy ma’lumotlarni o‘zida mujassam qilgan, yoshlarni 
    diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiluv-
    chi ushbu darslik ham yurtimizda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar-
    ning natijasidir.
    Mualliflar jamoasi kitobni nashrga tayyorlashda o‘z maslahatlari bilan
    yaqindan yordam bergan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
    huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idora-
    si, Toshkent islom universiteti, Toshkent islom instituti rahbariyati va pro-
    fessor-o‘qituvchilariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar 
    va viloyatlar pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish 
    institutlarining ijtimoiy kafedralari mudirlariga o‘z minnatdorchiligini bil-
    diradi.


    5

    Download 2,32 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik

    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish