• Tanax
  • «Buxoro yahudiylari»
  • MARKAZIY OSIYOGA YAHUDIYLIK DININING




    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/95
    Sana17.11.2023
    Hajmi2,32 Mb.
    #100192
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   95
    Bog'liq
    Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)
    TAVSIFNOMA, maqtov, 1682763661, Tarmoq texnologiyalari, Iqtisodiyotda iktining infratuzilmasi, 7-8-9-10-11-sinf fizika ish reja-2023-2024-yil, internet xizmatlari, Integrallashninig sonli usullari. Inerpolyasiya va approksimatsiya masalalari. Matematik modelni Lagrang, Nyuton interpolatsion formulalar bilan aniqlash., 13 MavzuTenglamalar sistemasi ko’rinishidagi matematik modellarni sonli yechimlarini aniqlash usullari. Matritsa, matritsalar ustida amallar bajarish, teskari matritsa usuli., FOSHAN SAFETY MEDICAL EQUIPMENT CO, Elektrodinamika. Abdumalikov A
    MARKAZIY OSIYOGA YAHUDIYLIK DININING
    KIRIB KELISHI VA RIVOJLANISHI
    Miloddan avvalgi VIII asrlarda ba’zi yahudiylar Is-
    roilni tark etib, Misr, Eron kabi o‘lkalardan boshpana 
    topdilar. Markaziy Osiyoga yahudiylar So‘g‘diyona 
    davlati davrida, ya’ni miloddan avvalgi II asrda ki-
    rib kelganlar. Ular Eron orqali Marvga kelib, u yerdan 
    Buxoro, Samarqand, Shahrisabz va boshqa shaharlarga 
    tarqaldilar. 
    Tadqiqotchilar ularning bu yerga ko‘chib kelib, joy-
    lashishlarini «Buyuk Ipak yo‘li» faoliyati bilan bog‘lay-
    dilar. Yahudiylarning bo‘yoqchilik bo‘yicha mutaxassis 
    bo‘lganlari ularning xomashyo manbalariga yaqinroq 
    mintaqalarga o‘rnashishlariga sabab bo‘lgan.
    Tanax birlamchi manba bo‘lib, u Tavrot (Tora), 
    Payg‘ambarlar (Neviim) va Kitoblar (Xetuvim) deb ata­
    luvchi uch bo‘limdan iborat.
    Talmud (ibroniycha — «o‘r ga nish») Tavrotning shar­
    hi sifatida e’tirof eti la di.
    Isroilliklar Misrda.
    Buyuk Ipak yo‘li.


    23
    Markaziy Osiyoda milodiy IX–X asrlarda yahudiy 
    jamoalari ko‘p sonli va erkin bo‘lganlar. Ulardan faqat 
    urushga yaroqli bo‘lgan erkaklargina jizya solig‘ini 
    to‘laganlar. Yig‘ilgan soliqlarning faqat yarmi davlat xa-
    zinasiga topshirilgan, qolgan qismi esa jamoa boshlig‘i 
    ixtiyorida qolgan. 
    Yahudiylarning Markaziy Osiyoda yashaganliklari-
    ga guvohlik beruvchi arxeologik topilmalar ilk bor 
    tadqiqotchi tomonidan 1954-yili Turkmanistonning 
    Marv va Bayramali shaharlaridan topilgan. Bular 
    qadim gi sinagoga qoldiqlari, yahudiy yozuvida yozilgan 
    sopol buyumlardir. Topilmalar Yunon-Baqtriya va Par-
    fiya davlatlari hukmronlik qilgan miloddan avvalgi II – 
    milodiy I asrlarga tegishli bo‘lgan.
    IX–X asrlarda Markaziy Osiyoda karaimlar deb 
    atala digan yahudiy sektasi paydo bo‘ladi. Bu oqim ta-
    rafdorlari faqat Torani (Tavrotni) tan olar, Talmudni esa 
    inkor qilar edilar. Ular mahalliy yahudiylarni kashrut 
    (ruxsat etilgan ovqatlarnigina ye 
    yish) qoidasini bu-
    zish, yerli aholi bilan aralashib ketish va yahudiy dinini 
    bid’atlar bilan buzishda ayblay boshladilar. 
    Toshkentdagi Ash­
    kenazi sinagogasi 
    (1930­yilda yopil­
    gan, 1966­yilda 
    yer qimirlaganda 
    buzilib ketgan).
    Karaimlar milliy 
    kiyimi.


    24
    XIII asr boshiga kelib qadimgi yahudiy jamoala-
    ri ham inqirozga uchradi. Saqlanib qolgan kam son-
    li yahudiylar Buxoro va uning atroflarida yashaganlar. 
    Mo‘g‘ullar davrida esa Xorazmda yahudiylarning bir 
    shaharda 100 uydan oshiq bo‘lishlari taqiqlangan edi.
    Amir Temur va temuriylar davrida Movaroun-
    nahr minta qasiga Erondan ko‘pgina yahudiy jamoala-
    ri ko‘chi rib keltirilgan. Ularning bir qismi Buxoroda 
    yashagan. XVIII asrning boshlarida yahudiylar Eron, 
    Afg‘oniston, Xiva, Qo‘qon va Buxoro jamoalariga 
    bo‘linib ketdi. 
    XIX asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyo yahu-
    diylari Buxoro amirligi hududlarida yashaganliklari tu-
    fayli «Buxoro yahudiylari» nomi bilan tanilgan bo‘lsa-
    lar-da, ularning asosiy qismi Samarqandda yashagan.
    XIX asrga kelib yahudiylar Markaziy Osiyoning 
    Qarshi, Marv, Xatirchi, Shahrisabz, Kattaqo‘rg‘on, Kar-
    mana, Marg‘ilon, Dushanba shaharlarida bir mavzega 
    jam bo‘lib umr kechirganlar. 
    1932-yilda Samarqandda yahudiylar teatri tashkil 
    qilingan. 1940-yilgacha Markaziy Osiyoda yahudiylar-
    ning ivrit tilidagi maktablari, davriy va maxsus nashrlari 
    mavjud bo‘lgan. 
    Sovetlar davrining keyingi yillarida yahudiy tilida 
    o‘qitish va madaniy faoliyat yuritish to‘xtatilgan. Lekin 
    yahudiylik yagona millatga xos din bo‘lganligi sabab-
    Yahudiy maktabi.
    (Samarqand,
    XX asrning
    boshlari)

    Download 2,32 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   95




    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish