21
Yahudiy xalqiga nisbatan «yevrey» so‘zi
ham ishlatila-
di. Bu qadimiy somiy tillaridagi «ibriy» so‘zining o‘zgar-
gan shaklidir. Arab manbalarida bu so‘z «abara, ya’bu-
ru» — «kechib o‘tmoq» fe’lidan kelib chiqqan, deb hi-
soblanadi. Mazkur din manbalariga ko‘ra,
ilk yahudiy qa-
bilalari Mesopotamiyada yashagan edilar. Ular miloddan
avvalgi XV asrlarda Ibrohim payg‘ambar boshchiligida
Dajla va Furot daryolaridan kechib o‘tganlar.
Tavrot, Injil va Qur’onda
xabar berilishicha, Ibrohim
payg‘ambarning nabirasi bo‘lgan Ya’qubning o‘n bi-
rinchi o‘g‘li Yusuf edi. Yusuf va uning akalari o‘rtasi-
dagi munosabatlar sababli Banu Isroil qavmi Misrga
ko‘chib kelgan. Ular ancha vaqt Misr yerlarida yasha-
ganlar. Keyinchalik Misr fir’avni
Banu Isroil qavmiga
zulm qilgach, Muso payg‘ambar boshchiligida bu xalq
yana Kan’on (Falastin) yerlariga qaytdi.
Miloddan avvalgi 722-yilda Isroil podshohligi Ossu-
riya tomonidan, 586-yilda esa Bobil davlati tomonidan
bosib olingach, yahudiy xalqining bir qismi o‘lkadan
haydab chiqarildi.
TARIXGA NAZAR
Bibliya rivoyatlariga ko‘ra, mil avv. 1250-yilda yahudiylar
Muso boshchiligida
Misrni tark etdilar. Mil. avv. 1000-yilda podshoh Saul vafotidan so‘ng uning kuyo-
vi podshoh Dovud Falastinni birlashtirib, Yahudiy podshohligini tashkil qildi.
Dengizning ikkiga
ajralishi tasviri
Musoni quvib ke
tayotgan Fir’avn
(papirusga ishlan
gan rasm).