14
XVII asrga kelib Yevropada
cherkov hokimiyatining
susaya boshlashi, hurfikrlilik namoyandalari — din
tanqidchilarining paydo bo‘lishi, XIX asrning ikkinchi
yarmida Charlz Darvin tomonidan «Turlarning
kelib
chiqishi» (1859) nomli asarning chop etilishi ham ma-
terialistik qarashlarning rivojlanishiga turtki bo‘ldi.
Keyinchalik mazkur qarashlar Avgust Komt va Lyudvig
Buxnerlar tomonidan eng cho‘qqiga ko‘tarildi.
Unga ko‘ra
din bu ijtimoiy hodisa, inson tafakkuri,
hissiyotlari mahsulidir. Mazkur qarash tarafdorlari fikri-
cha, dinlar soddadan murakkabga, umumiylikdan xusu-
siylikka, ko‘pxudolikdan yakkaxudolikka tomon uzoq
tarixiy evolutsion jarayonni bosib o‘tgan.
Mazkur qarash tarafdorlari fikriga ko‘ra, uyqu, tush
va nafas olish kabi holatlarda tanani bosh qaruvchi va
o‘lim bilan undan ajratib turuvchi, hayot bag‘ishlo-
vchi qandaydir kuch mavjudligiga ishongan ajdodlari-
Materialistik
yondashuv —
dinlarning kelib
chiqishini ib-
tidoiy
insonning
qo‘rquvlari bilan
bog‘laydi.
NUH PAYG‘AMBAR QAVMINING
BUTPARAST BO‘LIB KETISHI TARIXI
Buyuk payg‘ambarlardan bo‘lgan Nuh (a.s.)ning qavmi butpa-
rast edilar. Ular Suvo‘ nomli ayol, Vad
nomli erkak, Yag‘us nomli
arslon, Yauq nomli ot, Nasr nomli burgut
va kalxat shaklidagi but-
larga sig‘inishardi. Ibn Jarir Tabariy yozishicha: «Nuh qavmi ibo-
dat qilgan butlar aslida Odam va Nuh payg‘ambarlar orasidagi
muddatda yashagan solih odamlarning nomlari bilan bog‘liq edi.
Ularning vafotidan keyin muxlislari va shogirdlari ko‘zlari tushib
eslaganda o‘zlariga shavq va ibodatga g‘ayrat keltirsin degan niyat-
da suratlarini yasatib qo‘yganlar va bu suratlarga sig‘inmagan edi-
lar. Bu zamon odamlari olamdan o‘tib ketishgandan keyin, ularning
avlodlari zamonida Iblis
vasvasa qilib, «Otalaring bu suratlarga
sig‘inardilar, ulardan baraka va yomg‘ir so‘rardilar», deb solih ki-
shilarning timsoliga ibodat qilishga o‘rgatdi. Hamma
bu shirk ama-
liga mubtalo bo‘ldi. Shunday qilib butparsatlik paydo bo‘ldi».