O‘Z B E KI ST O N RE SP UB L I K ASI
VAZ I RL A R MA HK AMA SI
HUZ U RI DA GI
SOL I Q Q O ‘ MI T A SI
S O L I Q – S E R V I S
DAVLAT UNITAR KORXONASI
1 0 0 0 9 6 , T o sh k e n t sh a h r i, Мu q i mi y k o ‘ c ha si , 1 6 6
T e l .: 7 1 2 0 2 - 3 2 - 8 2 , e - m ai l : se r v i s@ so l i q . uz
2023 - yil 25 - dekabr
34-06030 - s on
Tashkilot va idoralarga
(ro‘yxat bo‘yicha)
“Soliq-servis” davlat unitar korxonasi tomonidan 2022-yil
dekabr oyidan
boshlab soliqservis.uz elektron hujjat aylanish tizimining yangi va qo'shimcha
qulayliklarga ega versiyasi – new.soliqservis.uz ishga tushirilgan bo‘lib, mazkur tizim
bir qator qo‘shimcha funksiya va qulayliklarga ega.
Shuningdek, tizimning yangilangan versiya ishga tushurilganligiga 1
yildan
oshganligi hamda bir vaqtning o‘zida 2 ta tizimni yuritish texnik noqulayliklarni olib
kelayotganligi sababli, avval foydalanishda bo‘lgan soliqservis.uz
tizimidan
foydalanishda 2024-yil 10-yanvardan boshlab cheklov o‘rnatilishini ma’lum qilamiz.
Yuqoridagilardan kelib chiqib Sizdan new.soliqservis.uz tizimidan to‘liq
foydalanishga o‘tishingizni so‘raymiz.
Shu bilan birga, elektron hujjat aylanish tizimi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish
narxlari har bir hujjat uchun 300 so‘m etib belgilanganligi ma’lum qilinadi.
Direktor
Sh.Pardayev