Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik




Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/95
Sana17.11.2023
Hajmi2,32 Mb.
#100192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)
TAVSIFNOMA, maqtov, 1682763661, Tarmoq texnologiyalari, Iqtisodiyotda iktining infratuzilmasi, 7-8-9-10-11-sinf fizika ish reja-2023-2024-yil, internet xizmatlari, Integrallashninig sonli usullari. Inerpolyasiya va approksimatsiya masalalari. Matematik modelni Lagrang, Nyuton interpolatsion formulalar bilan aniqlash., 13 MavzuTenglamalar sistemasi ko’rinishidagi matematik modellarni sonli yechimlarini aniqlash usullari. Matritsa, matritsalar ustida amallar bajarish, teskari matritsa usuli., FOSHAN SAFETY MEDICAL EQUIPMENT CO, Elektrodinamika. Abdumalikov A
Abu Rayhon 
Beruniy


9
FAN VA DIN
2-§
FAOLLASHTIRISH UCHUN
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Sizningcha, ilm-fan va din o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?
2. O‘rta asrlar musulmon Sharqida fan va texnika taraqqiyotiga nima 
sabab bo‘lgan?
3. Islom dinida ilm-fanga qanday munosabat bildiriladi?
4. Buxorodagi Ulug‘bek madrasasining peshtoqiga ilm bilan bog‘liq qan-
day hikmat bitilgan?
5. Quyida berilgan rasmlar asosida dinning ilm-fan, madaniyat taraqqi-
yotiga ta’siri haqida fikr yuritib ko‘ring.
Fan va din har doim o‘zaro yaqin munosabatda bo‘lib kelgan. Tarixda ular-
ning munosabati turli shakllarda namoyon bo‘lgan. Qadim gi Yunonistonda 
Suqrot, Aflotun, Arastu uchun fan va din deyarli bir soha — falsafa bo‘lib, u 
«Fizika» va «Metafizika» qismlariga bo‘lingan. Ke yinroq matematika, astro-
nomiya va tibbiyot rivojlana boshlaganda ham fan va din o‘zaro uyg‘unligini 
saqlagan. Xuddi shunday munosabat Konfutsiy, Forobiy, Ibn Sino, Alisher Na-
voiy va bosh qa Sharq mutafakkirlari faoliyatida ham kuzatiladi. 
Ellinizm va o‘rta asr Sharqida fan va din bir-birini to‘ldirgan. Ular orasida-
gi ayrim kelishmovchiliklar murosasiz ixtilof darajasiga yetmagan. Sharqda fan 


10
va din mutanosibligi natijasida XV asrgacha matemati-
ka, astronomiya, tibbiyot, kimyo va boshqa aniq va tabiiy 
fanlar yuksaldi. XVI asrdan boshlab esa bu mintaqada 
ilm-fan, shuningdek, diniy ilmlar ham turg‘unlik davrini 
boshdan kechirdi. Bu davrda fanning, aynan diniy ilmlar-
ning inqirozga yuz tutishiga dinning ma’rifiy mohiyatini 
chuqur anglamagan mutaassiblar sabab bo‘ldi.
Yevropa Sharqdan falsafa va tabiiy fanlar estafetasini 
olib, XVI asrdan jadal rivojlanishni boshlagan bo‘lsa-
da, bu yerda fan mutaassib ruhoniylar tomonidan ta’qib 
qilindi. Fan va din tarixidagi bu munosabat ular o‘rta-
sida murosasiz kurash davrini keltirib chiqardi. Fan va 
san’atda Uyg‘onish davrining, dinda esa katolitsizm-
ning markaziga aylangan Italiyada bu qarama-qarshi-
lik o‘zining avj pardasiga chiqdi. Fan va adabiyot dinni 
yolg‘onga chiqardi, nafaqat ruhoniylar, hatto Xudo usti-
dan pamflet (hajviy tanqid)lar yozildi. 
Din ham fandagi deyarli har bir yangilikni kufr-
ga yo‘ydi. Reformizm (Lyuter, Kalvin, Erazm Rot-
terdamskiy) ta’sirida bu qarama-qarshilik nisbatan 
tinch roq jabha — g‘oyalar kurashiga ko‘chsa-da, lekin 
shiddatini susaytirmadi.
XIX asrda paydo bo‘lgan bir tarafdan «din — afyun», 
ikkinchi tarafdan «Darvinning o‘zi maymundan tarqagan» 
kabi da’volar asorati hozirgi kunda ham seziladi. Fan va 
din o‘rtasidagi kurashga siyosatning aralashuvi bir qancha 
fojialarni keltirib chiqardi. Ayniqsa, hokimiyat «jango var» 

Download 2,32 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik

Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish