12
Biroq tarixda «fan va din aslida bir-biriga zid emas,
balki uyg‘un sohalar» degan g‘oyani ilgari surgan va ri-
vojlantirgan buyuk olimlar ham ko‘p bo‘lgan.
Masalan, Hakim Termiziy bizning tushunchamizdagi
fanni ilm, diniy ilmni esa ma’rifat, hikmat deb atagan va
ularning inson tafakkuridagi o‘rnini to‘g‘ri belgilagan.
Hakim Termiziy g‘oyalarini Abu Nasr Forobiy, Abu
Rayhon Beruniy, Faxriddin Roziy kabi olimlar rivojlan-
tirganlar, fan va din uyg‘unligini Ibn Sino o‘z faoliyati-
da yanada teranroq ko‘rsatgan.
Mustaqillikdan so‘ng O‘zbekistonda ham fan va din
uyg‘unligini ta’minlashga alohida urg‘u berildi. Bi-
rinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek:
«...Dunyoviy va diniy qadriyatlar bir-birini to‘ldirmas
ekan, bugungi kunning og‘ir va murakkab savollariga
to‘laqonli javob berish oson bo‘lmaydi».
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida
Toshkent islom universitetining tashkil etilishidan ham ay-
nan shu maqsadlarni ro‘yobga chiqarish ko‘zlangan. Ham
dunyoviy, ham diniy ilmlar o‘qitiladigan mazkur ta’lim
dargohi bitiruvchilari jamiyatimizda dunyoviylik va diniy-
lik, fan va din uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qiladilar.