Axloq falsafasi (Etika)




Download 80,03 Kb.
bet1/7
Sana31.05.2024
Hajmi80,03 Kb.
#258087
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3falsafa


3- joriy nazorat
Axloq falsafasi (Etika)
1.Axloqning paydo bo’lishiga doir diniy va ilmiy qarashlarni yoriting
2.Gedonizm va Evdomonizm ta’limotlarini tushuntiring
3.Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov nima
4.Yuksak axloqni tarbiyalashda texnologiyalarning ijobiy va salbiy jihatlari sizningcha
Ilm dunyosidagi, xar qanday ilmning tarixisiz nazariyasi bo‘lmaydi, degan
xikmat, ayniqca, axloqshunoslikka taaluqli. Zero axloqshunoslik tarixi axloqiy
tafakkurninr vujudga kelishi xamda uning taraqqiyoti qonunlarini o‘rganadi,
ma’naviy merosning ulkan, qismi bo‘lmish axloqiy ta’limotlar, xikmatlar, pandlarni
zamonaviy jamiyat xayotiga tadbiq etish va targ‘ib qilish yo‘llarni tahlil etadi.
Garchand xar bir axloqiy kopsepsiya ma’lum bir mutafakkir muloxazalari va
faoliyatining mevasi bo‘lsa-da, u, moxiyatan, muayyan tarixiy davr talablaridan
kelib chiqadi. Ayni paytda, to‘rli odob va etiket qonun-qoidalarini o‘z ichiga
oladigan axloqiy targ‘ibot muammolari, axloqiy pand-o‘gitlar va me’yorlar
talablarni bajarish, axlokiy boshqarish soxasiga kiradi xamda axloqshunoslikning
odatda “amaliy axloq” deb ataladigan qismini tashkil etadi. Amaliy axloqning
dastlabki namunalari bundan uch yarim mign yil avval dunyodagi birinchi yozuv
bo‘lmish mix xatda giltaxtalarga yozilgan maqol va matallardir. Somir (Shumer)
alqovlarida (gimnlarida) deyarli barcha bosh ma’budlar ezgulik, adolat, haqiqat va
yaxshilik tarafdorlari bo‘lganlari uchun xam madx ztiladi. Chunonchi, yosh ma’budi
Utu axloqiy me’yorlarning bajarilishini maxsus kuzatib to‘rgan, ma’buda Nanshe
esa, ba’zi matnlarda haqiqatadolat va shafqta xomiysi sifatida tasvirlanadi. Lekin,
ayni paytda, ma’budlar tomonidan. o‘rnatilran. “Me” deb atalran qonunlar
ro‘yxatidan olam harakatini tartibga solish, uninr to‘xtovsiz va uyg‘un bo‘lishini
taminlash maqsadida yuqoridagi axloqiy fazilatlar bilan birralikda – “yolg‘on”,
”nifoq”, “gina”, “kudupat”, “qo‘rquv” tushunchalari xam o‘rin olgan. Shuningdek
somiriylarning maqol va matallari, xikmat-iboralari ham diqqatga sazovor, ularning
ko‘pchiliri umuminsoniy xikmatlar darajasiga ko‘tarilgan va Sharqda bir oz
boshqacharoq shaklda xozir qo‘llaniladi. Bundan tashqari, to‘rli axloqiy muammolar
esa “Gilgamesh” eposi dostonlarida ko‘tarilgan.
Somirliklar erishgan ilmiy badiiy, axloqiy daraja, huquqqa oid yutuqlap
bobilliklar axloqiy qarashlari uchun asos bo‘ldi. Bobilonda somirliklarnikiga
nisbagan badiiy yuksak va mukammal “Gilgamesh” eposi vujudga keldi. Adolat va
haqiqatning himoyasini asosiy maqsad qilib olgan Bobilon podshosi
Xammurapining mashxur Qonunlar majmui esa qadimgi Somir qonunlarining
tadrijiy rivoji edi. Bu majmuada zaiflarni, etim-esir va kam6ag‘allarni adolat
tamoyili asosida himoya qilish asosiy maqsad qi.lib quyilran; Xammurapi unda
o‘zining kambag‘alparvarligi va adolatparvarligi bilan faxrlanadi.
Qadimgi Misrda esa odob-axloq masalalari o‘ziga xos pandnomalarda ifoda
topgan. Ular orasida “Pxatotep o‘gitlari bizgacha etib kelgan eng qadimiy pandnoma
xisoblanadi. Bundan deyarli ikki yarim ming yil avval beshinchi sulola fir’avni
Jadkara Isesidan vazir Pxatotep qariligi tufayli o‘rniga o‘z o‘g‘lini tayinlashni
iltimos qiladi va o‘g‘liga atab o‘ttiz etti nashatdan iborat mazkur pandnomani yozadi.
Unda o‘sha davr axloqiy qonun-qoidalari, o‘zni tutish, muomala odobi singari
muammolar ko‘tariladi, axloqiy fazilatlar esa xikmatlar va nasihatlar tarzida targ‘ib
qilinadi. Undagilar yuksak badiiyati bilangina emas, balki kuldorlik davri talablarini
chetlab o‘ta olgan umuminsoniy demokratik fikrlar tarzida, donishmandlik va
insonparvarlik namunasi sifatida hanuzgacha kishini xayratga soladi:
“Qimmatbahotoshdek yashirindir oqilona so‘z, xolbuki uni don tuyayotgan
cho‘ridan topish mumkin”.Agar nafaqat qadimri Misrda, balki undan bir nechaming
yil keyingi qadimgi Yunonistonda xam qul ezgulikka, donishmandlikka xos
bo‘lmagan jonzot sanalganini va odam o‘rnida ko‘rganini xisobga oladigan bo‘lsak,
Pxatotepningmazkur fikri insoniyat axloqiy tafakkur taraqqiyotida naqadar katta
ahamiyatga ega ekanini anglash mumkin.
Qadimgi Turonzamin va Eronzamindagi axloqiy tafakkur taraqiyoti
zardushtiylik dininingvujudga kelishi bilan bog‘liq Qadimgi Xorazmda yaratilgan
“Avesto” deb atalgan muqaddas kitobida asosiy axloqiy fazilatar va illatlar sanab
o‘tiladi, talqin etiladi. Unda Zardushtiylik iloxi Axura-Mazda-ezgulik, Ahriman esa
yovuzlik timsoli sifatida namoyon bo‘ladi: ezgulik va yovuzlik, yorug‘lik va zulmat,
hayot va mamot o‘rtasidagi abadiy ko‘rashining ibtidosi aks etadi.“Abadiy ezgulik”,
“Ezgu niyat”, “Ezgu tartib”, “Ilohiy tobe’lik”, kabi ezgu tushunchalar real ma’no
kasb qilib, insoniylashgan qiyofadagi ma’budlar siymosida namoyon bo‘ladi, ular
Axura- Mazda atrofida yaxshilik urug‘ini sepib yuradi. Bunday tushunchalarning
aksi esa Axriman atrofidagi yovuz kuchlarda reallashadi. Yovuz fikr tajassumi Apa
Mana, so‘lish va o‘lim timsoli Tuarvi hamda Zarik ismli devlar shular jumlasidandir.
Zardushtiylik dinini ma’lum ma’noda axloqiy e’tiqod, uning muqaddas kitobi
“Avesto” ni qadimgi ajdodlarimiz amal qilgan axloqiy tushunchalar va ko‘rsatmalar
majmui deyish mumkin. Buni ushbu din ayg‘omchisi Zardushtning “Avesto”dagi
Asha alqovidan joy olgan quyidagi so‘larni yaqqol ko‘rish mumkin:
Quvonsin Axura-Mazda – “Eng loyiq haqning irodasi ro‘yobga chiqib”,
Axriman daf bo‘lsin.Ezguo‘y, ezgu so‘z, ezgu ishlarni alqayman, o‘zimni butkul ezgu
uy, ezgu so‘z va ezgu amallarga baxshida etaman, Barcha qabih uy, yomon so‘z va
yomon ishlardan tiyaman,
Yukunchim, maqtovim, ezgu fikrim, Ezgu so‘z (savobli) ezgu ishlarim
“tanamdagi jonim” bilan birga sidqi
dildan Sizlarga (baxshida) bo‘lsin, ey o‘lim bilmas Valiylar. haqni
sharaflab(deyman):
“haqiqat – Oliy ne’mat. Bu ne’matdan ul kishibahramandkim, savob unga
bo‘lgay, kim agarxaq yo‘lida savob (ishdan) qolmasa, savob
ishdan qolmasa, savob ishdan qolmasa”
“Avesto” dagi talqinlar insonning real hayoti bilan bog‘liq ekanligi diqqatga
sazovor. Undagi ezgulik ruhi – yaratuvchilik, ijodkorlik quvvati, Yovuzlik esa,
buzish va buzg‘unchilik kuchi tarzida namoyon bo‘ladi.
Axura-Mazda qiyofasidagi ezgulik hayot ramzi, erni inson, hayvonot va
nabotot bilan boyitadi, inson ularni sog‘lik, kuch-qudrat, baxt, shodlik, umid,
ishonch, go‘zallik, farovonlik yordamida munavvar qiladi. Axriman qiyofasidagi
yovuzlik esa, qo‘rg‘oqchilik, ocharchilik, kasallik, mollarqirg‘inini, jisman va ruhan
halokat singari halokalarni keltirib chiqaradi.
“Avesto”da umri davomida ezgulik, yaxshilik, poklik va tozalik tamoyilari
bilan i kqrgn odam o‘lgandan so‘ng uning ruxi rohat-farog‘atda bo‘lishi, gunohkor,
fosih kishiniki esa aksincha: azob-uqubat hamda xunuklik komiga maxkum etilishi
aytiladi. Buni professor Tilab Maxmudov o‘zining “ Avesto” haqida” degan katta
maqolasida atroflicha yoritiladi: solih odam o‘lgach, ruhining joni uch kun uning
boshida zavq-shavq, rohat-farog‘at og‘ushida turadi, keyin xushbo‘y o‘simliklar
yusiga qalqib chiqadi. Uni ajib bir shabada, muattar nasim qarshilaydi. Shabada
qo‘ynida 15 yoshar barcha go‘zallaikdan ham go‘zal qiz namoyon bo‘ladi. Bu go‘zal
qiz egulik vapoklik, savob ishlarnin timsoli. U ruhga qarata: “Muloyim edim, yanada
muloyimroq qilding, chiroyli edim yanada go‘zal qilding, balandda edim, ezgu o‘y,
ezgu so‘z va ezgu a’mol bilan meniyanada balandga ko‘tarding” – deydi. Gunoxkor,
yovuz odamning ruhi esa, vujud ustida uch kun qolib, tengsiz azoblarni boshidan
kechiradi. Uch kundan so‘ng u o‘zi yaratgan barcha yovuzliklarustida tarvoz qiladi.
So‘ng tirikligida hech qachon uchratmagan barcha xunukliklardan ham xunukroq
qizni uchratdi, “Ey qora yurak, zahar tilli, munofiq gunoxkor – deydi qiz, - men qiz
emasman sening tiriklik paytingda qilgan a’mollaringman. Sen tirikligingda
Xudoga e’tiqod qilganlarni ko‘ra – bila turib, devlarga sig‘ingansan. Yaqin –
uzoqdan kelgan musofirlarga boshpana berganingda, mexnat kildirganingda xayrsadaqa ulashganingda, ularni kamsitgansan, yaxshi odamlarni haqorat qilgansan,
ularning yuziga eshigingni yopib qo‘ygansan. Men – sen o‘ylagan yomon o‘y, sen
aytgan yomon so‘z, sen qilgan yomon a’mollaringman. Nomussiz edim,sen tufayli
battar orimni yo‘qotdim, jirkanch edim, yanada jirkanchli bo‘ldim, sharman edim,
battaroq sharmisor bo‘ldim”. Bu erda rux va vujud muammosi ifoda topganini ilg‘ab
olish qiyin emas. Zero “Avesto”da jon-rux tushunchasi o‘ta ilohilashtirilmaydi,
ma’lum ma’noda “dunyoviy”lashtipiladi va o‘z erasi bilan muloqot qiluvchi vijdon
sifatida namoyon bo‘ladi.
Shuni aloxida ta’kidlash joizki, “Avesto”da inson oliy jonzot tarzida talqin
etiladi. Ayni paytda eru ko‘kdagi barcha ne’matlarni sevish, ardoqlash insonning
muqaddas bo‘rchi hisoblanadi. Ozodalik, tozalik gigiyenik tyshynchadan axloqni va
ilohiy tushuncha darajasiga ko‘tariladi: suvni,atrof-myxitni toza tutish, jonivorlarga,
xususan, itga uchi o‘tkir suyak yoki qaynoq ovqat bermaslik - ularga nisbatan
shafqatni anglatadi; inson shafqatli bo‘lishi keraq Bularning xammasi“Avesto”da
ekologik axloqshunoslikning dastlabki ko‘rtaklari xam mavjudligini ko‘rsatadi. Bu
muqaddas kitobdagi to‘rli tuman ma’budlar, bizning tushunchamizdagi pir
darajasidadir (masalan,temirchilikning piri - hazrati Dovud v.h). Iloh esa- bitta:
Axura-Mazda, faqat ungagina sajda qilinadi. Demak, yakkaxudolikni, tavxidni
targ‘ib etishda xam birinchilik “Avesto”ga mansub. “Avesto”dagi ba’zi bir o‘rfodatlar va irimlarning xozirgi kunda ham saqlanib qolganini ko‘rishimiz mumkin.
Isiriq tutatish, qo‘rbonliq uchun so‘yilgan jon kallasini davradagi o‘tag‘asilaroldiga
qo‘yish odatlari xamda sevimli Navro‘z bayramimiz fikrlarimizga dalildir. Xullas,
“Avesto” yuqorida aytganimizdek, ajdodlarimizning axloqiy estetik qomusi,
qadimiy o‘rf- odatlarimizninig o‘ziga xos majmui sifatida qimmatlidir.
Qadimgi Sharq axloqshunosligida Qadimgi Hindiston axlokiy tafakko‘ri
aloxida o‘ringa zga. U tarixan vedachilik, yo‘ga, jaynchilik, buddhachilik,
“Bxagavadgita” va “Artxashastra” xamda lokoyata oqimlaridan tahsil topgan.
Vedachilik axloqshunosligi qadimgi hind jamiyarini to‘rt tabaqa - varnaga
buladi; braxmanlar(koxinlar), kshatariylar(xarbiylar), vayshchilar(dexqonlar,
kosiblar), shudralar (qullar). Mashhur “Manu qonunlari”da yozilishicha,
brahmanning mashg‘uloti- ta’lim berish, Vedani o‘rganish, qurbonlik qilish, sadaqa
ulashish va tuxfalar olish, kshatariylar fuqarolarni ko‘riqlaydilar vayshchilar chorva,
tijorat, sudxo‘rlik va dexqonchilik bilan shug‘yllanadilar; shchudralar esa ana shu
uch ijtimoiy guruxga xizmat qiladi. “Xotin, o‘g‘il va qul- uchalasi xususiymulk egasi
hisoblanmaydi, ular kimniki bulsa, o‘shaning qo‘lga kiritgan mulkidir” – deyiladi
“Manu qonunlari”da. Vedachilik axloq ko‘ra, braxmanlar tug‘ma axloqiy yuksak
odamlar, shchudralar esa tug‘ma-tuban axloq egalari hisoblanadi.
Lekin keyingi oqimlapda, yo‘ga, jaynchilik, ayniqsa, buddachilik
axloqshunosligida, axloqiy fazilatlar egasi bulish insonning zoti ijtimoiy kelib
chiqishi bilan emas, balki uning shaxsni kamoloti bilan bog‘liq degan fikr ilgari
suriladi. Buddha ta’limotiga ko‘ra, dunyo iztirobga to‘la va eng muhim muammo
ana shu iztiroblardan qutilishning yo‘lini topish. Naql qilinishicha, uz tengdoshlari
bilan ayshu ishratda umr kechirgan shahzoda Sidharta Gautama kunlardan birida sayr
qilib yurib, kasal cholni va janoza marosimini ko‘radi. Xar bir kishini kasallik,
qarillik va o‘lim kutishini eshitib, larzaga tushadi, odamlardan qochib, tarki dunyo
qiladi va to‘rt ezgu haqiqatni anglab etadi hamda uni odamlarga etkazadi.
Uning qisqacha bayoni shunday:
1. Bu dunyodagi hayot iztiroblarga to‘la.
2. Bu iztiroblarning sabablari bor.
Z. Bu iztiroblarga barham berish mumkin. .
4. Iztiroblarga barham bershga oli6 boradigan yo‘llar mavjud.
Buddhaning to‘rtinchi haqiqati, ayniqsa, axloqshunoslik nuqtai nazaridan
muhim. U Buddha o‘tgan va xammaning o‘tishi mumkin bulgan nirvanaga (ehtiros,
nafrat, pushaymon asta-sekinlikbilan so‘nib bo‘lgandan keyingi holatga) etishish
yo‘lidir. U sakkiz fazilatga erishuvda iborat: 1) to‘g‘ri qarashlar; 2) to‘g‘pi jo‘r’at; Z)
to‘g‘ri xatti-harakat; 4) to‘g‘ri nutq; 5) to‘g‘ri hayot tarzi; 6)to‘g‘ri jahd-jadal; 7)
fikrnito‘g‘ri yo‘naltirish; 8) diqqatnito‘g‘riqaratmoq.. Shundayqilib,sakkiz yo‘l birbirini taqozo etuvchi uch omil - bilish, xattiharakat va diqqatning birligidan iborat.
Bilimva axloq bu o‘rinda yaxlitlikka ega; fazilat bilimdan (illat esa bilimsizlikdan)
kelib chiqadi, shu sababdan bilimni fazilasiz takomilashtirish mumkin emas. Bu
axloqiy komillikka etishishning tygallangan konsepsiyasi “Sochlarining fatilasi,
sulolasi yoki zoti tufayli brahman bulmaydi. Kimdaki xaqiqat va dhamma bo‘lsa,
o‘sha baxtli va o‘sha brahman”, - deyladi buddhachilik axloqiy qoidalari jamlangan
kitobda. Shunday qilib, buddhachilik tomonidan vedalar obrusi, braxmanlarning
istisnoli holati inkor etiladi, jamiyatni varnalarga bo‘lish qoralandi. Shubxasiz, bu
axloqiy taraqqiyot ko‘rinishlaridan biri edi.
Buddhachilik axloqshunosligi nafaqat Hindistonda, balki qadimgi Xitoyda
xam o‘ziga xos mavqeegalladi. Lekin u erda yana ikki axloqshunoslik yo‘nalishi
katta amiyatga va qamrovga ega edi. Ulardan biri daochilik.
Daochilik ta’limotining asoschisi Lao-szi (miloddan avvalgi VI - V asrlar)
yipik namoyondasi Chjuan-szi (miloddan avvalgi 369-286 yillar) xisoblanadi. Laosziga nisbat beriladigan “Dao de szin” kitobida daochilikdagi asosiy yunalishlarning
moxiyat aks etgan. “Dao - xamma narsadan ustun”, “ildiz”, “Er va osmonning
onasi”, “dunyoning ilk asosi”, “si” esa moddiy asos, dao “de” ni - fazilatni undan
yaratadi. Shuningdek, “dao” yo‘l ma’nosini ham anglatadi. “dao de szin”ni “Fazilat
yo‘li” deb ham atash mumkin.
Inson mavjud olam kabi dao qonunlari asosidz vujudga kelgan, u tabiatni bir
qismi, uning vazifasi fazilat (de) yo‘lidan borish. har qanday suniy aralashuv,
tabiatning muvofiqlik tartibini o‘zgartirishga intilish-odamlar uchun halokatli,
barcha yovuzliklarning, son-sanoqsiz baxsizliklarning manbai tabiat joriy etgan
qonunlardan chekinishdadir. Shu sababli Lao-szi nazdida faoliyat daoga qarshi
qaratilgan va xalqqa zarar keltiradi, uning asosiy axloqiy tamoyili “uvey” -
faoliyasizlik, donishmand kishining “dao”si, bu kurashsiz faoliyat. Lekin bu
kurashsiz faoliyat aslida tabiatga qarshi bulmagan faol xatti-harakat, faqat daoga xos,
tabiat qonunlariga mosfaoliyat.
Ayni paytda, Lao-szining fikricha, donishmand bilimini oshira borib, uni
odamlarga tarqatmaydi,faqat xalqning farovonligi uchun ishlatadi; “Xalqning bilimi
kuchli bo‘lsa, uni boshqarib bo‘lmaydi. Uning emagini Totli, kiyimini chiroyli, uyjoyini tinch, hayotini quvonchli qilish kerak”. Ana o‘shanda, ya’ni ilm fan taraqqiy
etmasa, sivilizatsiya kirib kelmasa, bir davlat qo‘shnidavlatga ko‘z olaytirmaydi,
urush bo‘lmaydi. Xullas, donishmand ibtidoiy davrlarni ideallashtiradi.
Xulosa qilib aytadigan bulsak, daochilik axloqshunosligidagi asosiy maqcadodamlarning tabiat ko‘rsatgan yo‘ldan borishiga erishish; tamoyili-faoliyasizliq
xalqning baxti - uning urug‘chilik, qabilachilik munosabatlaridagi tenglik va
soddalikka qaytishda donishmandlarning baxti esa moʻtadilliq xotirjamlik, tabiatga
yaqinlikdadir.
Daochilikning asosiy raqibi hicoblanmish konfusiychilik esa qora xalqsan
nodonligi uchun jirkanadi, uni axloqiy xayotra nomunosib deb biladi. Zero,
konfysiychi.likninr axloqiy ideali szyun-szi himmatli jo‘mard. Uning yuksak
fazilatlari - fidoyilik, sofdillik, sadoqat, adolat. U muomala bobida muloyim,
yuksak martabalilarga ho‘rmat bilan mo‘rojaat qiladi, xalqqa nisbatanesa himmatli,
adolatli munosabatda buladi:
Konfusiy ta’limotida asosiy axloqiy qonun, asosiy. axloqiy tushuncha-jen
(insoniylik).“Lun yuy”( “Hikmatlar”) kitobida shunday deyiladi; “Kimki chin dildan
insonni sevishga intilsa, u yovuzlik qilmaydi”. “Uzingga ep ko‘rmagan napsani
o‘zgaga munosib ko‘rma, shunda davlatda xam, oiladaxam o‘zinga nisbatan yovlik
his qilmaysan”.Demak, jen - xam jamiyat, xamoila a’zolapi orasidagimunosabatlarni
belgilaydigan axloqiy tamoyil. U bilan “syao” - ota-onani, kattalarni xo‘rmat qilish,
“li” - o‘rf-odat, marosimlarni e’zozlash tushunchalari mustaxkam bog‘liq. Ayni
paytda “li”tushunchasining ma’nosi ancha keng, u davlatga bo‘lgan munosabatni ham
o‘z ichiga oladi. Xoqon (imperator) - Osmon o‘g‘li, u Osmon ostidagilarning
barchasiga ota. Osmon ostidagi tartib-qoidaesa kuyidagicha: “Podsho-podsho, otaota, mulozim-mulozim, o‘g‘il-o‘g‘il bo‘lishi kerak”
Qadimgi Sharq axloqshunosligi erishgan yutuqlar shunchaki tarix bulib
qolmadi. Ularni uzlashtirish natijasida, Sharq bilan yaqin aloqa qilish uchun
jug‘rofiy qulayliklarga ega bo‘lan Qadimgi Yunonistonning polislarida
(shaxardavlatlarida) axloqshunoslik yangi bosqichga ko‘tarildi. Keyinchalik
qadimgi Sharqda ilgari so‘rilgan g‘oyalar, qo‘llangan tushunchalar, nazariy-amaliy
tajriba bilvosita bugun Ovro‘po uchun ham ahamiyat kasb etdi. Chunonchi,
Mashho‘r afsonaviy donishmand Pifagor misrlik va eronlik allomalardan talim oldi.
U zardyshtiylik dini xaqida fikr yuritar ekan, Axo‘ra-Mazdani “Ularning xudosi
Oramazdaning qalbixaqiqatdan, vujudi no‘rdan iborat”, deb tariflaydi. Shuningdek,
Suqrot, Aflotun, Arastu singari Qadimgi Yunon allomalari xam qadimgi Sharqdagi
falsafiy-axloqiy ta’limotlardan keng foydalanganlar.Masalan, ruxning ko‘chib
o‘tishi borasidagi Aflotun nazariyasining falsafiy va axloqiy asoslari Qadimgi
Hindiston falsafasiga borib taqaladi.
Qadimgi Yunon axloqshunosligi xaqida gap ketar ekan, asosan, to‘rt buyuk
faylasufning nomini tilga olish odat bulib qolgan; Suqrot, Aflotun, Arastu, Epikur.
Lekin, aslida, ulargacha xam Qadimgi Yunonistonda axloqshunoslik borasida anchamuncha ishlar qilingan. Chunonchi, Demokrit, Pifagor, Gippiy, Gorgiy singari
sofistlar (donishmandlar) oqimiga mansub faylasuflarning qarashlari diqqatga
sazovor. Misol tariqasida Demokritning (taxminan miloddan avvalgi 450-370 yillar)
qarashlarini olib ko‘raylik, u donishmandlikni eng yuksak fazilat, aqlni esaaxloqiy
xatti-xarakatning mezoni deb biladi va donishmandni axloqli, nodonni axloqsiz
odam sifatida tariflaydi. Demokritning fikriga ko‘ra, inson uchun xayotdagi birinchi
ustoz ehtiyoj va tajribadir. Aynanshular insonni foydali va zararli narsalarni farqlash
darajasiga olib keladi.Demokrit Kadimgi Yunon faylasuflari ichida, birinchi bo‘lib
insonning ichki dunyosiga murojaat qildi. U niyatni (xatti-harakat sababini)
harakatdan ajratadi. Ayni paytda, “Nomusli va nomussiz odamni nafaqat qilmishi
balki niyati orqali xam bilib olsa bo‘ladi”, deydi mutafakkir.
Demokpit hayo va ishonchni insonni qing‘ir ishlardan qaytarib to‘ruvchi
kuch tarzida ta’riflaydi. Faqat ruxan zaif va gumrroh odamlargina o‘z
muvaffaqiyasizliklarini ma’budlar, taqdir va tasodifdan ko‘radilar. Nodon va yomon
odam lazzat, baxt hamda xayotning maqsadi haqida noto‘g‘pi tasavvo‘rga ega
bo‘lgani uchun o‘zini baxsizlikka mubtalo qiladi.
Suqrot (miloddan avvalgi 470-399 yillar) qarashlariga kelsak, u, Konfusiyga
o‘xshab, axloq.bilanhyqyqni bo‘linmas yaxlitlikda olib qaraydi: “Nimaiki qonuniy
bo‘lsa, o‘sha adolatdandir”. Ikkala mutafakkir xam xukmronlikning yaxshi yoki
yomon deb baholanishini fuqarolar tarbiyasi bilan bog‘laydi, jacopat va betama’
xizmat namunalarini uz davlatlari o‘tmishidan topadi.
Suqrotning fikricha, polis bilan fuqaro o‘z huquqlari jihatidan teng emas,
ular ota bilan o‘g‘ilgao‘xshaydi. Axloqning asosiy mohiyati - o‘zgarmas va abadiy
ayol fazilat bo‘lmish donishmandlik. U axloqiy xatti-harakat mezoni hisoblangan
ilohiy yozmishga mos keladigan benuqson faoliyatdir. Axloqning manbai esa
insondan tashqarida, ilohiydir. Suqrot ruxni (jon, qalb, nafsni), vujuddan farqli
ravishda, o‘lmas deb xisoblaydi, lekin o‘z qarashlarini rivojlantirmaydi. Uning
fikricha, bu boradagi ortiqcha qizikuvchanlik zararli. Chunki ma’budlar o‘zlari
odamlarga ochishni istamagannarsalarninr tadqiq etilishini yoqmaydi.
Suqrotdan farqli o‘laroq, Aflotun (miloddan avvalgi 427- 347)
axloqshunosligi uchun aksincha, g‘oyalar va rux xaqda ta’limotlar asos bo‘lib xizmat
qiladi. Aflotunning g‘oyalar ta’limotiga ko‘ra,bizga ko‘rinib turgan, biz qilayotgan
dunyo bor-yo‘g‘i soyalar o‘yini, haqiqiy dunyoni ko‘rish uchun esa inson aqli ojizlik
qiladi. Inson g‘or devoriga kishanband qilib ko‘yilgan tutkunga o‘xshaydi, u faqat
haqiqiy borliq ning noaniq soyalarini kuzatadi, xaqiqiy borliq esa soyalar orqasida,
ko‘rinmaydi. Uni inson ko‘rmaydi, biroq o‘sha asl borliqni ko‘ra oladigan manguo‘lmas rux mavjud. U g‘oyalar dunyosiga daxldor, lekin uning faqat aqliy qismigina
ana shu dunyoga qaratilgan, ehtiros va xirsli qismi esa doimo rynohkop erga tomon
tortadi. Aflotun ruhning bu ikki xillik jihatini aravakash (aql) bilan ko‘pirgan otlar
(ehtiros va hirs) orasidagi kurash sifatida talqin etadi. Otlar baland kelgand ruh (qalb,
jon) g‘oyalar dunyosidan vujudga yiqiladi va inson tyg‘iladi. Insonning tyg‘ilishi ,
shunday qilib, ruhning gynoxga botishi barobaridavoqe bo‘ladi. Barcha bilimlar
xotira natijasidir; ruh g‘oyalar dunyosidan bilganlariiing bazilarini eslaydi va
vujuddagi xayotida biror-bir diqqatga sazovor yangilikni o‘ziga kasb etmaydi.
Shundayqilib, Aflotunning fikricha, axloq, ilohiy asosga ega va axloqiy fazilat
insonga azaldan berilgan.
Aflotun donishmandlikni oliy fazilat, ruxdagi aqliy qismning namoyon
bo‘lishi deb biladi va davlatni boshqarishra loyiq yagona toifa sifatida donishmandfaylasuflarni tan oladi. Yovqurlik - qo‘riqchilarga davlatni ximoya qiluvchi
askarlarga xos. Ruhning - xirsli qismi bilan bog‘liq bo‘lgan moʻtadillik xunarmandkosiblar, dexqonlarga, yani, xalqqa xos. Ular avvalgi tabaqaga bo‘ysunishi shart.
Ulardan so‘ng qullar turadi. Kullar axloqdan tashqarida, har qanday fazilatdan yiroq,
zotan ularning ruhga egaligi gumon. Bundan tashqari, Aflotunnning fikriga ko‘ra,
adolat shaxsiy fazilat emas, davlatga xos fazilat. Shu sababdan u: “Biz tabiatiga ko‘ra
uchga bo‘lingan tabaqalarning xar biri faqat o‘z yumushi bilan shyg‘ullangan
davlatnigina tan olamiz”, deydi. Shuningdek, tijorat fuqarolarni yo‘ldan ozdiradigan
soxa bo‘lgani uchun, u bilan adolatli davlatdaxorijliklar shyg‘ullanishi kerak.
Aflotun axloqshunosligining muhim xususiyati shundaki, unda axloqning
asosi, axloqiy namuna sifatida iloxiylik olinadi. Faylasufning fikricha, kimda-kim
Xudoning marhamatiga erishmoqchi ekan, unta iqtido qilmog‘i, undan namuna
olmog‘i kerak, Xudo barcha narsalar uchun mezon; faqat Xudoga ishonuvchi va
taqlid qiluvchi kishirina donishmand bulishi mumkin. Xullas, Aflotunning
axloqshunosligi qatiy diniy tabiatga ega. Ayni paytda u kun jihatdan vedachilik
axloqshunosligidagi g‘oyalarni o‘z ichiga oladi va ularni rivojlantiradi.
Aflotundan so‘ng ikki qadimgi yunon allomasi – Arastu (miloddan avvalgi
384-322 yillar) va Epikurning (milodan avvalgi 341-270yillar) axloq nazariyalari
diqqatga sazovor. Aflotunning shogirdi Arastu birinchi bo‘lib axloqshunoslikni
ruhshunoslik bilan siyosatshunoslik oralig‘idagi alohida falsafiy fan sifatida taqdim
etdi va unga (keyinchalik Ovro‘poda qabul qilingan) “Etika” degan nomni berdi.
Arastuning axloqiy qarashlari, asosan o‘g‘liga bag‘ishlangan “Nikomaxning axloq
kitobi” va “Evdemning axloq kitobi” hamda “Katta axloq kitobi” risolalarida o‘z
aksini topgan
Arastu qadimgi Yunon mutafakkirlari ichida birinchi bulib ixtiyor
erkinligini axloqning asosisifatida olib qaraydi va axloqiy fazilatni Aflotunga
qarama-qarshi o‘laroq, ruhning tug‘ma xususiyati emas, balki kasb etiladigan (xosil
qilinadigan) sifat ekanini aytadi. U barcha fazilatlarni ikkiga bo‘ladi: birinchisi,
ruhning donishmandlik, tajri6akorlik, topqirlik, singari ma’naviy soxa bilan bog‘liq
aqliy qismiga oid fazilatlar va, ikkinchisi, ruhning intilyvchan(ixtiyoriy) qismi - sof
axloq bilan bog‘liq, fazilatlar. Uning fikricha, asosiy fazilat adolatdir. “Fazilat, -
deydi Arastu - ma’lum ma’noda o‘rtalikdir, zero, doimo o‘rtalikka intiladi”.
Masalan, mardlik telbavor jasorat bilan qo‘rqoqlik orasidari o‘rtalik va xokazo.
Shuningdek, mutafakkir niyatga katta ahamiyat beradi va uni xarakatning tamoyili,
boshlanishi deb ataydi. Lekin u pirovard ma:qsad emas, niyatning tamoyili esa
intilish va aql, shu sababli niyat aqldan, es-hushdan va odobdan tashqarida
bo‘lmaydi.
Arastu Aflotundan farqli o‘laroq, vujud va puh yaxlitligi nuqtai nazarini ilgari
suradi, inson kamolotga, oliy ezgulik va erkinlikka bilish faoliyati, voqelikka faol
munosabati orqali, xirsu ehgiroslar ustidan hukmronlik qila olishi tufayli erishadi,
degan fikrni aytadi. Demak, insonda ixtiyor erkinligi bor, zero u ezgulik yoki
yovuzlikni, fazilat yoki illatni tanlashda bir xil hukmronlikmavqeiga ega.
Maqsad bilan vositani Arastu yaxlitda ko‘radi, maqsad vositani belgilaydi, shu
sababli maqsadningaxloqiy tabiati faqat axloqiy vositalarnigina tan oladi va, ayniqsa,
axloqsiz maqsad axloqsiz vositalarni talab qiladi.
Arastu aql - idrok faoliyatini xayot va faoliyatning oliy shakli, hech bir narca
bilan qiyoslab bo‘lmaydigan qadriyat , deb xisoblaydi. Oliy aql doirasida sub’ekt va
ob’ekt, fikr va fikrning narsaxodisasi bir-biriga mos, ya’ni Oliy aql (Xudo) tafakkur
xaqidagi tafakkurdir. Garchand inson xechqachon iloxiy xayot darajasiga etisha
olmasa-da, lekin unga ideal sifatida imkon boricha intilishi kerak, inson erishgan
komillik doimo nisbiy bo‘ladi.
Shunday qilib Arastuning fikricha, axloqli inson aqliy fazilatlar bilan
yo‘g‘rilgan kishidir; aqlni inson emas, insonni aql belgilaydi. Ayol zoti esa past
darajali, zaif, ko‘z yoshiga erk beradigan, o‘zini tutolmaydigan inson, ularda extiros
aql-idrokdan yuksak turadi, illatlarga erkaklarga nisbatan ko‘proq moyil bo‘ladilar,
shuning uchun xam donishmandlik ularga xos emas, xotin ergabo‘ysunishi adolat
tamoyilini buzmaydi. San’at, siyosat va ilm fan ozod kishilar uchun, qul, umuman,
axloqdan tashqaridagi mavjudot, qushlarni past tabaqali kishilar, xatto jonli narsalar
qatoriga kiritish Arastuning inson moxiyatini ijtimoiy-siyosiy mavjudot sifatida
tushunishidan kelib chiqadi. Uning uchun jamiyatdan, qabila, jamoa, davlatdan
tashqaridagi odam yo Xudo, yokixayvon. Shu bois yot qabiladan kelgan, polis
fuqaroligi huquqiga ega bo‘lmagan qullar odam xisoblanmaydi. Qul faqat ozodlikka
erishgandagina insonga aylanadi.
Arastu yuqorida keltirganimizdek, ilmni (aqlni) axloqdan (vijdondan) yuksak
qo‘yadi va bu bilanmushoxadakor hayotni, nazariyara, ijodga bag‘ishlangan xayotni
axloqiy ideal tarzida talqin etadi. Shunga ko‘ra, buyuk mutafakkir antik, dunyo
fuqarosining an’naviy fazilatlari bo‘lmish donishmandlik, mardlik, odillik, do‘stlikni
yuksak qadrlaydi. Biroq, uning insonga muhabbati, insonparvarligi bizning xozirgi
barcha bandalar Xudoning oldida baravar, degan tushunchamizdan farq qiladi.
Yuqorida ko‘rganimizdek, uning nazdida odamlar teng emas, tenglik tushunchasi
Arastuga yot. U faqat odamlar o‘rtasidagi do‘stlik va xayrixoxlikni tan oladi.
Epikur esa o‘z qarashlarida falsafaning amaliy maqsadini, axloqiy
mazmunini ta’kidlaydi: “Insoniing biror bir iztirobiga davo topolmaydigan
faylasufning so‘zlari ma’nosizdir. Badandan kasallikni quva olmaydigan tabobatdan
xech qanday foyda bo‘lmagani kabi, puh (qalbni) davolayolmaydigan falsafadan
xam foyda yo‘q.”
Epikurning fikriga ko‘ra insonda tanlov ixtiyori bor. U xam Demokrit kabi
ezgulik xaqidagi ta’limotni lazzat va iztirob muammosidan boshlaydi. Uning uchun
eng muhim ruhiy xotirjamlik. Do‘stlaridan birini u shunday deb yozadi; - “3arrin
to‘shagu to‘kin dasto‘rxoning bo‘lib, bexalovatyashagandan ko‘ra, poxol to‘shakda
xotirjam yotganing afzal!” Fazilatlar orasida Epikyp adolat bilan donishmandlikka
aloxida e’tibor bilan qaraydi. Adolat tushunchasida mutlaqlik va nisbiylikxollari
mavjudligini ta’kidlab o‘tadi: “Umuman, adolat xamma uchun bir xil, chunki u
odamlararomunosabatlardagi foydali xodisa, lekin muayyan mamlakatlarning o‘ziga
xosligi nyqtai nazaridanva shunga o‘xshash boshqa sharoitlarda adolat barcha uchun
bir xilda bulolmay qoladi” Fazilatlarning mohiyati insonni lazzatga olib borishidan,
xotirjamlikka hamda ruxning faoliyatli holatiga xizmat qilishdan iboratdir. Baxt esa
axloqiy va jismoniy sog‘lomlikdan yuzaga keladi.
O‘lim qarshisidagi qo‘rquv borasida gapirib, Epikur, uning manbaini ruhning
o‘lmasligi va iztiroblarning abadiyligi haqidagi noto‘ri tasavvurlarda deb xisoblaydi.
Zero ruh ham vujud singariatomlardan iborat. Tabiatdagi hamma narsa atomlar
birikuvidan hosil bo‘lgan ularning parchalanishi bilan ruh ham parchalanadi. O‘lim
xavfining asossiz ekanini isbotlash uchun u shunday deydi; “Yovuzlikning eng
dahshatlisi bulmish o‘limning bizga hech qanday aloqasi yo‘qchunki biz hali mavjud
ekanmiz, o‘lim kelmaydi, o‘lim kelganda esa biz mavjud bo‘lmaymiz. Shundayqilib,
o‘limning tiriklarga ham, o‘liklarga ham aloqasi yo‘q chunki birlari uchun u mavjud
emas, boshqalarning esa o‘zlari mavjud emas”.
Epikur iztirobdan qochishni emas uni engish kerakligini ta’kidlaydi. Buning
uchun axloqiy qat’iyat, fikr yorqinligi, fikr qudrati iztirobga qarshi ko‘yilishi kerak,
uning axloq ideali - erdagi hayotga nafrat bilan qaramaydigan, aksincha tabiat bilan
hamnafas bo‘lib, ya’ni tabiat belgilab bergan hayotiy maqsadga muvofiq
yashaydiran donishmand, faylasuf. Aynan tabiatga muvofiklikda , turli bid’at va
aldamchi fikrlardan qytilib, o‘z ehgiyojlarini tabiiy zarurat bilan moslashtirilgan
holdagina donishmand tafakkur va ichki erkinlik borasida oliy darajadagi lazzatga
erishadi.Donishmand o‘z kuchi me’yorini biladi va undan oqilona foydalanadi. Unga
baxt manbai
- faqat ma’naviy ezgulikda, do‘stlik bilan bilimda bo‘lgan nisbatan
mustahkam va uzoq muddatlilazzatda ekani ayon.
Epikur odamlarning munosabatlarida hammasidan avval tenglik va
hamfikrlilikka asoslangan do‘stlikni qadrlaydi. Falsafa bilan shyg‘yllanish ham
xuddi do‘stlik singari ruhan xotirjamlikka etishishga olib keladi.
Qadimgi Sharq axloqshunosligi, erishgan yutyqlarni yuksak nazariy darajara
ko‘targan Qadigi Yunon axloqshunosligi jahonshymyl ahamiyat kasb etdi. Yunonlik
mutafakkirlar ilk bor inson shaxsni, inson xatgi-harakatiga asoslangan niyatni tadqiq
etishga va axloqiy qilmish muammolarini tushuntirishga urindilar.
Qadimgi Yunon axloqshunoslari ilmiy an’analarini Siseron, Lukresiy Kar,
Seneka, Epiktet, MarkAvreliy, Sekst Empirik singari Qadimgi Rumo mytafakkirlari
davom ettirdilar.
Tit Lukresiy Kar (miloddan avvalgi 99-44 yillar), Epikur aaxloqiy
ta’limotining izchil himoyachisi sifatida, mashhur “Narsalarning tabiati haqida”
degan dostonida ruh va vujudning ajralmas aloqasini ta’kidlaydi, ruhning o‘lishi
to‘g‘risida fikr yurigadi, insonning o‘lim qo‘rquvidan xalos bo‘lishida axloqiy ma’no
borligini aytib o‘tadi. Ulim qo‘rquvidan va ma’budlar oldidagi qo‘rkuvdan xalos
bo‘lgan kishi baxtli yashashi mumkin, aql –idrok va histuyg‘ular sharofati bilan
narsalar haqida u haqiqiy tasavvurga erishadi.
Lusiy Anney Seneka (miloddan avvalgi 5-milodiy 65 yillar) ham yozuvchi, xam
axloqsh:unos faylasuf. Uning “Fazab haqida”, “Shafqat haqida”, “Baxtli hayot haqida” singari
axloqsh:unoslikka doir risolalari ko‘pchilikka ma’lum. Ayniqsa, “Lusiliyga axloqiy
maktyblar” asari mashxur. Senekaning fikriga ko‘ra, dunyo moddiy biroq, unda qandaydir
jonli ibtido xukmron: uni aql-idrok deymizmi, tabiat, bashorat yoki taqdir deymizmi
ahamiyati yo‘q. Muhimishuki, uning yozig‘i albatta amalga oshadi. Faylasuf fazilatlarning
ma’nosini taqdirdan rozilikda, uning zarbalariga insoniy qadr-qimmatni yo‘qotmay, mardona
va chidam bilan dosh berishda ko‘radi. U o‘limni sovuq, tund, lekin ozodlikning kafolati
sifatida talqin etadi. Ozodlikni o‘z-o‘zinio‘ldirishda ko‘rish, shubhasiz, u yashagan davrning
g‘oyatda fojialiligi bilan bog‘liq. Seneka qul bilan ozod kishining ma’naviy tengligini
ta’kidlaydi: “Ular qullarmi? Yo‘q odamlar. Ular qullarmi? Yo‘q, ular yyingdagi qo‘shnilar.
Ular kullarmi? Yo‘q, sening itoatkor do‘stlaring. Ular qullarmi? Yo‘q, ular sening qullikdagi
birodarlaring, negaki, sen ham, ular xam taqsirning qullarisiz”. Albatga, bu o‘rinda Seneka
ijgimoiy tenglikni emas, balki qul bilan quldorning axloqiy tengligini nazarda tutmoqda.
Faylasufning aytishicha, ruh ozodligi - shaxs uchun o‘z-o‘zini qadrlash na g‘urup-iftixor
manbai. Kimki botiniy ozodlikka erishgan ekan, u taqsir ko‘rgiliklarigabo‘ysunmaydi, qismat
zarbalarini mardona kutib olishga tayyor turadi. Yana bir Qadimgi Rumo axloqshunosi ozod
qilingan qul Epiktetdir (50-138 yillar atrofida). Uning axloqiy qoidalari quyidagicha taqdir
muqarrar; aql -idrok axloqning yagona va ishonchli mezoni; tashqi dunyo ma’budlar irodasiga
katiyan bog‘liq ichki dunyo insonning hukmi ostida; xaqiqiy donishmandningerki shundaki, u
o‘ziga bog‘liq bo‘lgan narsalarni o‘zga bog‘liq bo‘lmagan narsalar bilan chalkashtiri6
yubormaydi; xayotning maqsadi va ma’nosi shaxsiy ichki erkinlikni anglash va uni qo‘lga
kiritish; unga eltadigan yo‘l bitga - ma’budlar irodasiga so‘zsiz itoatkorlik, ehtiyojda
moʻtadillik, beparvolik, sovuqqon aql bilan ish ko‘rish.
Epiktetning fikriga ko‘ra, baxt, xaqiqiy saodat-fazilatda, fazilat esa bytynlay insonning
ijodidir, zero uni inson shakllantiradi. Faylasuf o‘zing yoqtirmaydigan sharoitni o‘zgalarga
ravo ko‘rma, agar qul bo‘lishni istamasang, atrofingda qullika yul berma, degan fikrni ilgari
suradi.
Shunday qilib, Qadimgi Rumo axloqshunoslari xam inson hatti-xarakatlari
muammosini o‘rtaga tashlaydi va insonning olamdagi o‘rni xamda xayotning maqsadini
belgilashga intiladilar. Bunday- intilish, ayni paytda, bytyn Qadimgi dunyo mymtoz
axloqshunoslariga xosdir. Xullas, Qadimgi dunyoning mymtoz axloqshunoslari oddiy axloqodob qoidalari, pand-o‘gitlar va hikmatlardan tortib, to axloqshunoslik nazariyasi tizimigacha
yaratdilar. Shy meros xanuzgacha o‘z ta’sir kuchini yo‘qotgani yo‘q, hanuzgacha jahon
axloqshunosligi ko‘p xollarda o‘sha tushunchalar va tamoyillarga yangicha yondoshuv
asosida taraqqiy etib kelmoqda.
Shu o‘rinda yana bir, xozirgacha etarli e’tibor qilmay kelinayotgan masalaga oydinlik
kiritishni maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Bu - Qadimgi Yunon tafakkuri bilan o‘rta acplap
musulmon Sharqi falsafasining - xususan axloqshunosligining bog‘liqligi masalasi. Nima
uchun bizning alloma ajdodlarimiz Qadimgi Sharq, jumladan, Xindi-Xitoy mintakasi
mutafakkirlari izidan emas, Ovro‘palik yunonlar izidan bordilar, Suqrot va Aflotunni
o‘rgandilar, ko‘klarga ko‘tardilar, Arastuni esa eng ulkan ustoz – birinchi muallim deb
atadilar?
Gap shundaki, musulmonchilikning asosi tavxidda - yakkaxudolikda.Olloh yagona,
uning sherigiyo‘q va bo‘lishi mumkin emas. Qadimgi Yunon mutafakkirlari aynan ana shu
tavxid yo‘lidan bordilar. Birinchi bo‘lib bu masalani Suqrot aniq o‘rtaga tashladi. U o‘limga
maxkum etilganida, unga yunonlar xudolarini xurmat qilmaganligi, yoshlarni boshka yo‘lga
(aslida tavxid yo‘liga) burib yuborayotgani ayb qilib qo‘yiladi. Suqrotning o‘limi oldidagi
so‘nggi gapi xam shuni tasdiqlab turadi, sikuta ichgach: “Men Uning (ularning emas! -A Sh.)
yoniga ketyapman!”, deydi u. Shuningdek, Aflotunning g‘oyalar, olamiy puh emanatsiya
xaqidagi fiqplari xam to‘g‘ridan- to‘g‘ri yakka xudolik masalasiga borib takaladi, lekin Suqrot
va Aflotun tavhidni falsafiy-nazariy nyqtai nazardan isbatlashni uz oldiga vazifa qilib
qo‘ymadilar, bunga urinmadilar. Bu ishni Arastuuddaladi. U uzining mashhur “Metafizika”
asarida Xudoning yakkaligini jismsiz, xech narsa tomonidan xarakatga kelmaydigan,
aksincha, birinchi xarakatga keltiruvchi kuch ekanini nazariy isbotlab berdi. Uni “Oliy shakl”
(forma) deb ataydi. Arastu talqinida Xudo olam va barcha olamiyjarayonlarning maqsadi
xisoblanadi, u yuqorida keltirganimizdek, Oliy tafakkur, tafakkur haqidagiTafakkurdir.
O‘rta asrlar, musulmon Sharqi mytafakkirlarining qadimgi Yunon tafakkuriga,
xususan, axloqshunosligiga ulkan e’tiborining taqlidining asl sababi ana shunda.
GEDONIZM – (yunon. hedone – huzur–halovat, rohatlanish) etika nazariyasidagi axloqiy talablarni asoslash tamoyili bo‘lib, unga ko‘ra huzur-halovat keltiruvchi va azob uqubatdan qutqazuvchi narsa yaxshilik deb, azob–uqubat keltiruvchi narsa esa yomonlik deb ta’rif qilinadi. Nazariy G. etikadagi naturalizmning bir ko‘rinishidir. Insonga tabiat tomonidan jo qilingan va uning butun ish amalini belgilaydigan, bosh harakatlantiruvchi ibtido – huzur-halovatdan iborat degan tasavvur G.ning asosini tashkil etadi. Huzur–halovatga erishish maqsadi birdan–bir ishtiyoqva shu bilan birga axloqiy talab, deb e’lon qilinadi. G. axloq–odob tamoyili sifatida kishilarga dunyoning shod xurramliklariga, o‘zlari va boshqalar uchun yuksak rohat–farog‘at olishga intilishni buyuradi. Gedonizm qadim zamondayoq paydo bo‘lgan. Gresiyada Aristipp etikasining muxlislari bo‘lgan va huzur– halovatni oliy saodatdeb hisoblagan kishilar gedoniklar deb atalgan. G. Epikur nazariyasida eng rivojlangan nuqtasigaerishgan. G. g‘oyalari Mill va Betnam utilitarizmida markaziy o‘rinni egallagan. Hozirgi zamon nazariyalarida Gedonizm odatda faqat uslubiy tamoyil – yaxshilikni ta’riflash usuli sifatida mavjuddir. G. ta’limoti insoniyatning ilk davrlaridan boshlaboq hozirgacha etib kelgan ta’limotlardan biri sifatida yaxshi sharoitlarda yashash, zeb-ziynatlarga burkanish, huzur - halovatga intilishni targ‘ib etib keldi. Negaki inson tabiatan huzur-halovatga intiladi. Ammo har bir narsada me’yor bo‘lgani kabi inson huzur-halovatida ham me’yorga rioya qilish zarur. Inson o‘z hayotida me’yorlarga qat’iy asoslanib yashashi bilan o‘zligini yo‘qotmaydi. Beruniy ayganidek, “Inson hayotida lazzat me’yorining buzilishi uni halokatga etaklaydi”. EVDEMONIZM – (yunon. eudania–rohat–farog‘at, baxt–saodat) –axloq – odobning gedonizmga yaqin uslubiy tamoyili. E. antik dunyo axloqiy nazariyalarida to‘liq ravishda namoyonbo‘lgan. (Demokrit, Sokrat, Aristotel). Baxtga intilishni e. axloq–odobning mezoni va inson axloqiy xatti–harakatining asosi deb hisoblaydi, shaxsiy baxtga intilish – individualistik e. ijtimoiybaxtga intilish – sosial e. dey.adi. XVIII asr fransuz materialistlari (Gelvesiy, Didro) qarashlarida ham e.g‘oyalari mavjud edi.Ular inson baxti – har qanday jamiyatning va har qanday foydali inson faoliyatining tub maqsadidir, deb chiqqan edilar. Evdemonistik etika o‘z faolligi va insonparvarligi bilan xristianlik etikasidan beqiyos yuqori turadi, chunki u oxiratda emas, balki erda baxtga erishishga da’vat etadi. Evdemonistlar inson ham ma’naviy, ham jismoniy sog‘lomlikka intilsa, o‘zining va o‘zgalarning barcha ezgu xususiyatlarining shakllanishiga yordam bersa hamda bu bilan zamondoshlar va kelajak avlod obro‘–e’tiboriga sazovor bo‘lsa bunday insonni baxtli va komil deb e’tirof etganlar. Baxt ob’ektiv prinsip bo‘lishi mumkinmi, alohida individlarga ularning xohish istaklari, qiziqishlari, ehtiyojlari va insoniy jamiyatlari turli xil bo‘lishiga qaramasdan har biriga axloqiy mutanosiblik berish imkoniyatiga egami, degan savollar ularni qiziqtiradi. E. bu savollarga ijobiy javob beradi va baxtni xulqatvorning axloqiy prinsipi darajasigacha ko‘taradi. E.ning muhimligi faqatgina xulqni asoslash usuli hamda xulqni to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqaga qo‘yishda va baxtga bog‘liqligida emas. Xulqning o‘zi birinchi navbatda tashqi muhitdan qabul qilingan hissiyotlar bilan bog‘lanuvchi qadriyat, shuningdek lazzatni xis qilish, qalbiy komfort, fikr va harakatlarning ezgulikka doir obraziga hamrohlik qiluvchi tushuncha sifatida alohida tushuniladi. E.ning ijtimoiy xususiyatlarini Bentam ishlab chiqqan. Alohida individning barcha ezgu faoliyati qanchalik ko‘p kishilarni baxtli qilishi darajasi bilan ahamiyat kasb etadi. Sosial e.ning mohiyati jamiyatdagi barcha kishilar baxtiga intilish bilan izohlanadi. Davlat va uning barcha institutlari, ularning tadbirlari va qonunlari mana shu buyuk maqsad yo‘lidagi vosita, xolos. Ijtimoiy e. oxir–oqibat, utilitarizmga olib keladi.
Erkinlik – insonni siyosiy, ma’naviy zo’riqishdan, zo’ravonlikdan himoya qilishdir. Erkinlik- o’z baxtini o’zi yaratish vositasidir. Erkinlik jamiyati va boshqa ma’rifatli kishilar bilan insonning muloqotga kirishish xuquqidir. Erkinlik – jamiyat tomonidan insonni ochlikdan va qashshoqlikdan, qo’rquvdan jaholatdan yakkalanib qolishdan himoya qilishining kafolatlanishidir. 

Erkinlikni jamiyatning turli sohalari bilan bog’lab aniq tushunchalar hosil etiladi. Masalan vijdon erkinligi, fuqarolar erkinligi, iroda erkinligi, fikr erkinligi, so’z erkinligi, matbuot


erkinligi va h.k. e.- bosh- boshdoqlik uchun emas, balki jamiyatda muayyan ijtimoiy tartib uchun mas’uliyat – ijtimoiy makondir. Burch- insonning jamiyat oldidagi vazifasi. Mana shu vazifani bajarishni erkin, ixtiyoriy tanlash, irodaga ega bo’lish, bajarish uchun erkin muhitga ega bo’lish insonning ma’naviy – axloqiy jihatidir.
Inson ruhi, ongi, boylik, martaba vasvasasi bilan zanjirlangan ekan, uning fikri erkin bo’lolmaydi. Ana shu zanjir ozod bo’lishi yoki zanjirbandligini anglash ma’suliyatidan qochish bilan band bo’lar ekan, inson o’zining erkini cheklaydi. Erkinlik anglashib olingan zaruriyat ekan, u ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov asosida namoyon bo’ladi.
Insondagi ixtiyor erkinligi zaruriyat talabi bilan oqilona, aqlga buysundirilgan ravishda cheklanadi ya‘ni nisbiylashadi. Insonning ixtiyor erkinligi ma‘lum mas‘uliyat bilan faoliyat ko’rsatishini talab qiladi.
Erkinlik tarixiy taraqqiyotining zaruriy maxsulidr. Ixtiyor erkinligi tufayli inson har qadamda axloqiy tanlov muammosiga duch keladi. Bu muammo kishida mas‘uliyat hissi mavjudligidan dalolat beradi. Mas‘uliyat shaxs faoliyatida o’zo’zini boshqarishni, tartibga solishdir. Shaxsning jamiyatda to’tgan o’rniga qarab mas‘uliyatning kulami ham xilma xil bo’ladi. Jamiyatning oddiy a‘zosi ota-ona, farzandlar, jamoa oldida u yoki bu darajada mas‘uliyatni sezadi. Buyuk shaxslar, davlat arboblari esa vatan, xalq, tarix oldida, tarixiy zaruriyatlarni hal qilishida mas‘uliyat ko’p bo’ladi. Shunga yarasha ularning har bir
qo’ygan qadami, fikri oldida javobgarlik hissi, mas‘uliyati yuqori bo’ladi. Insonning hayot faoliyati ixtiyor erkinligi va mas‘uliyati asosida namoyon bo’ladi va hayotning turli xil ko’rinishida o’z ifodasini topadi. Inson doimo mas‘uliyat bilan faoliyat ko’rsatadi va o’zining ezgu niyatiga yetadi. Ixtiyor erkinligi tufayli inson har qadamda axloqiy tanlov muammolarga duch
keladi. Bu muammo insonda mas‘uliyat hissa mavjudligidan dalolat beradi. Mas‘uliyatni o’zgalar va o’z vijdoni oldida javobgarligini sezmagan kishi hohlagan ishga kul urishi mumkin – uni o’z qilmishining oqibati qiziqtirmaydi. U faqat manfaat ustuvorligini tan oladi, xolos. Unday odamni axloqsiz deb ataydilar. Inson yo ezgulikni, yo yovuzlikni tanlashi tufayli nimanidir ixtiyor etadi: axloqiy tanlov – har bir hatti – harakat, har bir qilmishining ibtido nuqtasidir. Shaxsda axloqiy tanlov erkinligini namoyon bo’ladi. U iroda erkinligi, o’z hatti-harakatlari irodasiga muvofiqlash erkinligidir «Avesto» kitobida ham axloqning qonun – qoidalari ishlab chiqilgan. Unda insonni inson tomonidan o’ldirilishigina emas, balki it, ot kabi hayvonlarni jonsiz qilish, daraxt va o’simliklarni behuda payhon etish man qilinadi. Inson faqat ezgu uy, ezgu so’z, ezgu a‘mol bilan yashashi lozimligi ta‘kidlanadi.Bibliyada Kobilni o’ldirgan Xobildan Tangri xun olmaydi va uni o’ldirmaslikni talab etadi. Buddxa ta‘limoti jonlini jonsiz qilishni eng katta gunoh deb biladi. Injilda «O’z qavmdoshingni sev», «Odam o’ldirma» degan da‘vatlar asosiy qoidalar sifatida namoyon bo’ladi. Qur‘oni Karimda esa xun olishdan ko’ra tovon olmoq ma‘qulligi aytiladi va musulmonlar o’zaro faqat go’zal munosabatlar qilish lozimligini ko’rsatiladi.
Demak, dastlabki axloqiy qonun – qoidalar muqaddas kitoblarda o’z aksini topgan bo’lib, zo’ravonlikka zo’ravonlik bilan javob bermaslik tamoyili asosida yaratilgan. Inson axloqiy hayotning asosi bo’lgan ana shu qonun – qoidalar hozir ham o’z ahamiyat ini yo’hotgani yo’q. Odamlar ularni og’ir majburiyat deb bilmasdan, dil-dildan bajaradigan zamonning tezroq kelishi uchun tinmay harakat qilishlar axloqiy taraqqiyotdan dalolatdir. Zero, ana shu yo’lda komil inson g’oyasini kishilar ongi va qalbiga



Download 80,03 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 80,03 Kb.