Globallashuv va barqaror taraqqiyot falsafasi




Download 80,03 Kb.
bet5/7
Sana31.05.2024
Hajmi80,03 Kb.
#258087
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3falsafa

Globallashuv va barqaror taraqqiyot falsafasi
1.Globallashuv tushunchasi
2.Global muammolarning mohiyati
3.Demografik portlash haqida nima deya olasiz
4.Umumbashariy muammolarning vujudga kelish sabablari nimada deb o’ylaysiz
Globallashuv hodisasi va globalistika. Hozirgi davr haqida aniqroq
tasavvur hosil qilish uchun XX asr boshigacha jahon tarixi asosan mustaqil
rivojlangan va bir-biriga jiddiy ta’sir ko‘rsatmagan sivilizatsiyalardan iborat
bo‘lganini nazarda tutish muhimdir. Hozirgi zamonda dunyo so‘nggi yuz yillik
ichida yuz bergan jamiyat hayoti barcha jabhalarining faol integratsiyalashuvi
natijasida sezilarli darajada o‘zgardi va yaxlit bir butun organizmga aylandi. Buning
oqibati o‘laroq, ayrim xalqlar va butun insoniyatning ijtimoiy ongida global
jarayonlar va ularning ta’sirida yuzaga kelgan umumiy (dunyo miqyosidagi)
muammolar bilan belgilangan jiddiy o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Jahon
hamjamiyati o‘z rivojlanishining yangi bosqichiga qadam qo‘ygani, u avvalgi
bosqichlardan nafaqat o‘zgarishlar miqyosi, balki faollik darajasi va universal
xususiyati bilan ham farq qilishi ayon bo‘ldi. Bu o‘zgarishlarning butun majmui,
shuningdek, ularning sabablari 1990-yillarda globallashuv (lot. «globus» – «Yer
kurrasi») deb nomlandi. Globallashuv jamiyat hayotining turli jabhalarida butun
Yer sayyorasi uchun yagona bo‘lgan tuzilmalar, aloqalar va munosabatlarning
shakllanishi, universallashuv jarayonidir. Shuningdek, globallashuv global
makonning tutashligi, yagona jahon xo‘jaligi, umumiy ekologik o‘zaro aloqadorlik,
global kommunikatsiyalar va shu kabilar bilan tavsiflanadi.
Jahon rivojlanishining eng yangi tendensiyalarini anglab etish borasidagi
ko‘p sonli sa’yharakatlar globallashuv jarayonlarining mohiyati, tendensiyalari va
sabablarini, ular ta’sirida yuzaga kelayotgan global muammolarni aniqlash va bu
jarayonlarning oqibatlarini anglab etishga qaratilgan fanlararo ilmiy-tadqiqotlar
soha si – globalistika paydo bo‘lishiga olibkeldi. Kengroq ma’noda «globalistika»
atamasi globallashuvning turli jihatlari va global muammolarga oid ilmiy, falsafiy,
madaniy va amaliy tadqiqotlarni, jumladan, ularning natijalarini, shuningdek,
ularni ayrim davlatlar darajasida ham, xalqaro miqyosda ham iqtisodiy,ijtimoiy va
siyosiy jabhalarda amalga joriy etish borasidagi amaliy faoliyatni ifodalash uchun
qo‘llaniladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, globalistika odatda ilmiy bilimning tabaqalanishi
natijasida yokiturdoshfanlar tutashgan joyda paydo bo‘ladigan ayrim fanlar qatoriga
kirmaydi. Uning vujudga kelishi zamirida qarama-qarshi jarayonlar – hozirgi zamon
faniga xos bo‘lgan integratsiyalashuv jarayonlari yotadi. Globalistika tadqiqotlar va
bilishning shunday bir jabhasiki, bu erda turli fanlarbir-biri bilan uzviy aloqada, har
biri o‘z predmeti va metodi nuqtai nazaridan, globallashuvning turli jihatlarini tahlil
qiladi, global muammolarni bir-biridan alohida va yaxlit tizim sifatida o‘rganib,
ularning echimlarini taklif qiladi.
Globalistika mustaqil ilmiy yo‘nalish va ijtimoiy amaliyot sohasi sifatida
1960-yillarning oxirlarida shakllana boshladi, lekin uning paydo bo‘lishi uchun
ob’ektiv asoslar ancha oldin yuzaga kelgan edi.
Global jarayonlarning shakllanish tarixi. Hozirgi globallashuv
jarayonlarining ilk nishonalarigaXV asr oxirlaridan boshlab duch kelish mumkin,
XIX asr boshiga kelib esa, u amalda real shakl- shamoyil kasb etdi. Bu pirovardida
yagona geografik, ma’lum darajada iqtisodiy va siyosiy jahon maydoni
shakllanishiga olib kelgan, «Buyuk geografik kashfiyotlar» yuz bergan davr edi.
Ayni shu davrda, dunyoni tushunishga nisbatan geosentrik yondashuvlar
geliosentrik yondashuvlargao‘rin bo‘shatdi, insoniyat esa, nihoyat, kun va tunning
almashishini to‘g‘ri talqin qilishga muvaffaq bo‘ldi. Fan falsafadan ajralib chiqib,
bilimlar to‘planishi va texnikaning rivojlanishiga kuchli turtki berdi, fan-texnika
taraqqiyoti va sanoat inqilobi yuz berishiga sabab bo‘ldi. So‘nggi zikr etilgan
voqealar, pirovard natijada, insonning tabiatni o‘zgartiruvchi imkoniyatlari va uning
atrof-muhit bilan munosabatini butunlay o‘zgartirdi.Er kurrasi shar (globus)
ko‘rinishida ekanligini nazariy va amaliy jihatdan isbotlab, insoniyat o‘z tarixida
birinchi bo‘lib savdo-sotiq sohasida dunyo darajasiga chiqdi va dunyo miqyosida
xalqaro munosabatlarga asos soldi. Ayni shu davrda, ilk transmilliy savdo
kompaniyalari vujudga keldi. Tez orada ularning faoliyati sof savdo chegarasidan
tashqariga chiqdi va ular qullarni qo‘lga kiritish va ularni ekspluatatsiya qilish,bosib
olingan hududlarda plantatsiyalar va manzilgohlar barpo etish jarayonida ishtirok eta
boshladi, nihoyat, o‘z davlatlari amalga oshirayotgan mustamlakachilik siyosatining
asosiy ijrochisiga aylandi. Bularning barchasi jiddiy migratsiya jarayonlari yuz
berishiga ham sabab bo‘ldi. Xususan, mustamlakachilar qora tanli qullarni Afrikadan
Amerikaga ommaviy tarzda tashib keltira boshladilar va shu tariqa, uning demografik
tarkibini butunlay o‘zgartirdilar. Shuning o‘ziyoq globallashuv turli xalqlarning
iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti bilan avvalboshdan uzviy bog‘liq bo‘lgan,degan
xulosaga kelish imkonini beradi. XVII asr boshlariga kelib, Sharq va Gʻarb
savdogarlari ulkan hududlarni o‘zlash tirdilar va deyarli butun dunyo bo‘ylab
joylashdilar. Shu tariqa, ular insoniyat tarixida birinchi bo‘lib yagona global
iqtisodiy va siyosiy tizimning zaruriy asoslarini yaratdilar va mazkur tizim
shakllanishi uchun zamin hozirladilar.
Global muammolarni echishda falsafaning roli. Og‘ir va murakkab
vazifalarni echishda insonga fan doim yordam bergan. Bir paytlar erishib
bo‘lmaydigan, inson imkoniyatlari darajasidan tashqarida bo‘lib tuyulgan
narsalarning aksariyatiga aynan fan yordamida erishilgan. Ayni shu sababli global
muammolar xavf solayotgani haqidagi ilk ogohlantirishlarning o‘ziyoq odamlarni
fanga o‘z e’tiborini qaratishga, olimlarni esa, bu muammolarni echish yo‘llarini
izlashga majbur qildi.Yuzaga kelgan vaziyatning o‘ziga xosligi va yangiligishundan
iboratki, harqanday muayyan muammolarni ayrim fan yoki bir necha fanlar majmui
doirasida o‘rganish mumkin bo‘lsa, inson, jamiyat va tabiatni ularning ko‘p sonli
o‘zaro aloqalari va o‘zaro bog‘liqliklarida qamrab oluvchi murakkab tizimdan iborat
global muammolarni tadqiq etishga ayrim fanlar qodir emas. Zero, o‘z tadqiqoti
ob’ekti – u yoki bu ayrim muammoni boshqa global muammolar kontekstida talqin
qilishga muayyan fanlar doirasi torlik qiladi. Shu sababli, u yoki bu fan qaysi
muayyan vazifalarni echishidan qat’i nazar, ular bilan bog‘liq jarayonlar va
hodisalarga, ya’ni butun vaziyatga, shu jumladan oxir-oqibatda olingan natijalarga
nisbatan falsafiy yondashuv doimo tadqiqotning zaruriy sharti hisoblanadi.
Har qanday ayrim fanlar muayyan bosqichda o‘z tadqiqot predmetini falsafiy
jihatdan anglab etishga u yoki bu darajada muhtoj bo‘ladi. Muayyan fan predmetiga
va insoniyat oldida turgan muammolarga nisbatan bunday keng yondashuvsiz
fundamental kashfiyotlar qilish ham, umuman fanning rivojlanishi ham mumkin
emas.
Ijtimoiy bashorat: turlari, tiplari, metodlari. O‘zining, o‘z
farzandlarining, o‘zi yashayotgan mamlakatning kelajagi haqida bilishni istamagan
odam bo‘lmasa kerak. Shu sababli, qadim zamonlardan boshlab turli xalqlarda
ertangi kunga nazar tashlash, kelajakni bashorat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan
kishilar katta izzat-ikromga sazovor bo‘lgan. Forslar ularni afsungarlar, bobilliklar
va assiriyaliklar – xaldeylar, qadimgi Misr aholisi – kohinlar deb atagan.
Bashoratgo‘ylar qadimgi Yunoniston aholisining hayotida alohida o‘rin egallagan.
Kelajakni bashorat qilishga falsafa tarixida ham, ijtimoiy tafakkurda ham turli
ko‘rinishlarda alohida e’tiborqaratilgan. Tarixning o‘tish davrlarida, keskin ijtimoiy
konfliktlar yuz bergan davrlarda bashoratning ahamiyati ayniqsa, oshgan. Bu
insoniyat hayotining barcha jabhalarida olamshumulo‘zgarishlar yuz berayotgan
hozirgi davrga ham xos. Yuzaga kelgan sharoitda ijtimoiy bashorat masalalari o‘ta
muhim nazariy va metodologik ahamiyat kasb etmoqda, ularni ishlab chiqish esa
falsafiy tafakkurning dolzarb vazifalaridan biriga aylanmoqda. Darhaqiqat, kelajak
bilan shug‘ullanmagan falsafaning kelajagi yo‘q.
Ushbu mavzuning maqsadi bashoratga umumiy tavsif berish, uning asosiy
turlarini ko‘rib chiqishdan; ijtimoiy prognoz nimaligini, uning metodlari va tiplarini
aniqlashdan; davrimizning olamshumul muammolar bilan belgilangan asosiy
futurologik konsepsiyalarini tahlil qilishdan iborat.
Bashorat – kelajak haqidagi, ya’ni hali amalda mavjud bo‘lmagan, lekin
rivojlanishning kutilayotgan rivojini belgilovchi ob’ektiv va sub’ektiv omillar
ko‘rinishida hozirgi zamonda potensial mavjud bo‘lgan hodisalar va jarayonlar
haqidagi bilim. Bashorat o‘z gnoseologik tabiatiga ko‘ra gipotezani ilgari surishga
yaqin turadi. Ammo gipoteza – o‘tmishni ham, hozirgi zamonni ham, kelajakni ham
bilishga tatbiq etiladigan mantiqiy shakl, bashorat esa kelajakka yokihali ma’lum
bo‘lmagan hozirgi davrga qarab mo‘ljal oladi. Kelajakni oldindan aytish usuli,
teranlik va aniqlik darajasiga ko‘ra bashoratning qo‘yidagi turlarini farqlash mumkin:
1) mifologik bashorat,1) kundalik bashorat; 2) intuitiv bashorat; 3) ilmiy bashorat,
4)ijtimoiy basho- rat. Mifologik bashorat arxaik ongda shakllangan obrazlar
harakatida kelajakni bashorat qilishdi. Masalan, Drezden qo‘lyozmalarida
ta’kidlanishicha, Mayya qabilalaribashorat qilishicha, 2012 yil21 dekabr qiyomat
kuni, deb belgilangan. Xususan, qo‘lyozmalarda to‘p o‘ynayotgan navkarlar ramzi
ifodalangan. Olimlar fikricha, to‘p Quyosh ramzi, balandlikdagi doira Somon yo‘li
ramzi muvozanat markazining ifodasi. Navkarlar to‘pni tepib doiraga kiritishi lozim.
Doiraga to‘pni kirita olmagan navkarning boshi olingan. Olimlar, to‘pning doiraga
tushishini qiyomat kuni, ya’nimuvozanatning buzilishi ramzi, deb tahlil qilmoqdalar.
Shuningdek, Mayya qabilalari qo‘lyozmalarida, dunyoviy suv toshqinlari ham
obrazlarda ifodalangan. Darhaqiqat, bundan ikki ming yil ilgari arxaik ong
darajasidagi bashorat XX asrdagi tez-tez takrorlanayotgan zilzilalar, suvtoshqinlari,
dengiz to‘fonlari va shu kabi boshqa tabiiy ofatlarda namoyon bo‘lmoqda. Shu bois,
bugungi kunda pessimist olimlar qiyomat kuni yaqin, deb ayyohannos solsalar,
optimistlar bu astronomik sikllar almashinuvi xolos, deb bashorat qilmoqda.
Insoniyatni kelajada nima kutmoqda. Bu savolga, inson, o‘z faoliyati maqsadi va
natijalariga ko‘ra javob berishi lozim.
Kundalik bashorat insonning kundalik hayot tajribasiga, tabiat va jamiyatda
u yoki bu voqealarning tez-tez takrorlanishini bevosita kuzatishga asoslanadi.
Kundalik bashoratlarga xalqda keng mashhur bo‘lgan ob-havo alomatlari misol
bo‘lishi mumkin. Masalan, Quyosh botayotganda odatdagidan uzoqroq ushlanib
qolgan bo‘lsa, yomg‘irni kutish kerak; yozda ertalabtuman tushgan bo‘lsa, demak,
kunduzi havo ochiq bo‘ladi; Sharqdan shamol essa, tez orada yomg‘irlar tugaydi.
Astrologik bashorat osmon jismlari harakati, Oy va Quyosh tutilishini kuzatishlarga
asoslanadi. Astrologik bashorat o‘rta asrlarda keng tarqalgan bo‘lsa-da, keyinchalik
unga munosabat o‘zgargan. Lekin, XX asrda ezoterik bilimlarning rivoji astrologik
bilimlarning asosli ekanligini tan olmoqda.
Intuitiv bashorat ilmiy dalilarsiz va mantiqiy mushohadasiz haqiqatning
tagiga bilvosita etishdir. Bashoratning bu turi hali yaxshi o‘rganilmagan va
ko‘pincha unga etarlicha baho berilmaydi. Holbuki, aqlni lol qoldiradigan dalillar
ma’lum. Masalan, to‘rt yuz yil oldin yashagan fransuz tabibi Mishel Nostradamus
misli ko‘rilmagan bashoratgo‘ylik qobiliyatiga ega bo‘lgan. O‘zining mashhur
«Syenturiyalari» va boshqa asarlarida, u XX asrning texnik kashfiyotlari – suv osti
kemalari, samolyotlar, vodorod bombasinigina emas, balki fransuz va rus
inqiloblarini, shuningdek, de Goll, Franko, Lenin, Stalin, Gitler, Mussolini kabi
shaxslarning paydo bo‘lishini ham bashorat qilgan. O‘z davrining mashhur folbini
Aleksandra Filippovna Kirxgof buyuk shoirAleksandr Pushkinga, uning hayotidagi
muhim voqealarni: tez orada ko‘p pul olish, ikki surgun, uylanish, mashhurlik, 38
yoshda hayotni tark etish ehtimolini bashorat qilgan. Afsus ki, bu bashorat to‘la
ro‘yobga chiqqan. Ukrainalik atoqli faylasuf va shoir Grigoriy Skovoroda ham
bashorat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan. U o‘z qishlog‘i – Ivanovkaga oxirgi marta
kelganda kasalbo‘lmagan. Hammaga o‘zining o‘limi yaqinligini e’lon qilgan, o‘zi
o‘ziga qabr qazgan, o‘z
«xonaqosi»ga qaytib kelgan, ich kiyimini almashtirgan, boshiga o‘z
asarlarini qo‘ygan va vafot etgan. Gʻarb mamlakatlarida ijtimoiy prognoz
qilish ilmiy bashoratning turi sifatida
«futurologiya» (lot. «futurum» – «kelajak» va yunoncha «logos» –
«ta’limot») degan nom bilan vujudga kelgan. Bu atamani ilk bor GʻarbiyBerlin Erkin
universiteti huzuridagi Otto Zur nomidagiinstitut professori O.Flextgaym ishlatgan.
Shuni qayd etish lozimki, «futurologiya» atamasi umumiy e’tirof etilgani yo‘q.
Misol uchun, bashorat muammolari bo‘yicha fransuz mutaxassislarining aksariyati
futurologiya insonning kelajakni ishonch bilan bashorat qilish qobiliyati haqida
xom xayol qilish uchun asos bo‘ladi, deb hisoblaydi. Futurologiya o‘rniga
«fyutyuribli» atamasi taklif qilingan bo‘lib, u «ehtimol tutilgan kelajak»,
degan ma’noni anglatadi. Bunda, kelajakning shartliligi, ko‘p variantliligiga urg‘u
beradi. Mamlakatimizda ijtimoiy bashorat bilan bog‘liq tadqiqotlar «prognostika»
degan nom olgan. Bu yosh fan prognoz qilish qonunlari, tamoyillari va metodlarini
o‘rganadi, mantiq muammolarini va har xil tipdagi prognostik tadqiqotlarning
tasniflarini ishlab chiqadi. U endigina shakllanish davrini boshdan kechirmoqda,
lekin hozirning o‘zidayoq kelajakning ilmiy muqobillarini yaratishning muhim
vositasi hisoblanadi.
Prognozlashtirishning metodlari:
1. Ekstrapolyasiya metodlari.
2. Tarixiy analogiya.
3. Modellashtirish.
4. Ekspertiza usulida baholash.
5. Kelajak ssenariylari.
Ekstrapolyasiya metodlari – qonuniyatlari o‘tmishda va hozirgi davrda
yaxshi ma’lum bo‘lgantendensiyalarni kelajakka tatbiq etishga asoslanadi. Masalan,
biron-bir tizimga o‘tmishda muayyan o‘zgarmas tezlik yoki tezlanish bilan
rivojlanish xos bo‘lgan bo‘lsa, bizda bu tezlik yokitezlanish kelajakda ham muayyan
vaqt oralig‘ida o‘zgarishsiz qoladi, deb hisoblash uchun asoslarbor. Shunday qilib,
o‘sish (pasayish) egri chiziqlarini grafik yoki analitik usulda davom ettirish va
prognoz ob’ekti bo‘lg‘usi holatining miqdor ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqarish
mumkin. Shunga qaramay, agar o‘rganilayotgan tendensiya boshqa tendensiyalar
bilan o‘zaro ta’sirga kirishish natijasida o‘zgarsa va bu o‘zaro ta’sirni lozim darajada
o‘rganish imkoniyati mavjud bo‘lmasa, ekstrapolyasiya metodi uncha samarali
bo‘lmasligi mumkin.
Tarixiy analogiya – bu taqqoslash yo‘li bilan bilish. Taqqoslanayotgan
ijtimoiy hodisalar o‘rtasida farq ham, o‘xshashlik ham mavjud bo‘lishi kerak.
Taqqoslash uchun asos bo‘luvchi omillar taqqoslanishi lozim bo‘lgan hodisalarga
qaraganda tanishroq bo‘lishi lozim. Tarixiy analogiyaning ijtimoiy bashoratga
moslashuvchanlik darajasi cheklangan. Bu tabiiy bir holdir, zero kelajakka boshqa
tarixiy sharoitlar yo‘ldosh. Tarixiy analogiya ko‘proq tarixiy faktni faol tanqidiy
tahlil qilishga ko‘maklashadi.
Modellashtirish metodi bilish ob’ektlarining o‘zini emas, balki ular ning
modellarini o‘rganishga asoslanadi. Tadqiqot ob’ektini modellashtirish – uni
prognostik xususiyatga ega bo‘lgan xulosalar chiqarish uchun qulay bo‘lgan sodda,
sxematik ko‘rinishda gavdalantirish demak. Tadqiqotnatijalari, modeldan ob’ektga
ko‘chiriladi. Prognoz qilishning modelli metodlari shakllarining rang-barangligi
bilan tavsiflanadi. Modellashtirishning moddiy, fizik, belgili (matematik), imitasion,
kompyuterda modellashtirish kabi turlarini farqlash mumkin.
Ekspertiza usulida baholash – bu ilmiy metodning mohiyati ekspertlar (fan
va texnikaning turlisohasidagi etakchi mutaxassislar) tomonidan muammoni tahlil
qilish va so‘ngra natijalarni formallashtirilgan asosda qayta ishlashdan iborat.
Ekspertlarning umumiy xulosasi muammoningmumkin bo‘lgan eng maqbul echimi
sifatida qabul qilinadi. Bu metodlar guruhiga, odatda, quyidagilar kiritiladi:
konsensus (kelajakka doir muayyan masala bo‘yicha ekspertlar umumiy bir
to‘xtamga kelishi); «aqliy hujum» (muammolarni echish vositasi va prognoz qilish
usuli, ayniqsa,kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bir nechta vaziyatni ko‘rib
chiqishga ehtiyoj tug‘ilgan holda). Metodning mohiyati shundan iboratki,
muammoga doir har qanday, hatto «g‘alati» g‘oyalar ilgari suriladi; bu g‘oyalar
rivojlantiriladi, o‘z g‘oyalarini taklif qilish mumkin, lekin ularni tanqid qilishga
ruxsat etilmaydi; «Delfi» metodi (qadimgi Yunonistonning mashhur Orakuli ismi
bilan atalgan). U ekspertlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazishga asoslangan. Bunda oldinmaketin so‘rov jarayonida har bir ekspert boshqa ekspertlarning fikrlari bilan
tanishtiriladi; bir nechta sikllar natijasi o‘laroq ustuvor fikr aniqlanadi. Ekspertiza
usulida baholashning yana bir o‘ziga xosmetodi – sosiologik so‘rov mavjud bo‘lib, u
so‘nggi yillarda bizda ham, chet elda ham tobora keng qo‘llanilmoqda.
Kelajak ssenariylari – bu kuzatilayotgan tendensiyaning ehtimol tutilgan
kelajagi haqidagi u yoki bu tusmolni asoslovchi dastlabki farazlarning tartibga
solingan yig‘indisi. Ssenariylar: a) u yoki bu nazariy vaziyatni qay yo‘l bilan
bosqichma-bosqich amalga oshirish mumkinligini; b) voqealarning muayyan
rivojiga yo‘l qo‘ymaslik, ularni engillashtirish yoki chetlab o‘tish uchun
voqealarning har bir ishtirokchisi uchun har bir bosqichda qanday variantlar
mavjudligini aniqlaydi.
Shunday qilib, ssenariy murakkab tizimlarni o‘rganishga nisbatan tizimli va
tarixiy yondashuvlarnibirlashtiruvchi ko‘p variantli prognozdir; aksariyat hollarda u
tavsifiy xususiyat kasb etadi va kompleks prognozlarni tuzishda keng qo‘llaniladi.
Shuni qayd etib o‘tish lozimki, ko‘rib chiqilgan metodlarning birortasi ham alohida
holda prognozning yuksak darajada ishonchliligini ta’minlay olmaydi. Shu sababli
amalda, odatda, murakkab, kompleks metodlardan foydalaniladi. Mazkur yondashuv
ayrim metodlarning kamchiliklarini bartaraf etish va prognozlarning ko‘proq
darajadaaniqligi va ishonchliligini kafolatlash imkonini beradi. Ijtimoiy hodisalar va
jarayonlarning rivojlanish imkoniyatlarini prognoz qilish natijasi prognoz
hisoblanadi. U kelajak u yoki bu muammolarining rivojlanishi va ularni echishning
mumkin bo‘lgan barcha variantlarini, ularningbir-birini istisno etuvchi variantlarini,
stixiyali va ongli jarayonlarni, ularning vaqt va ko‘lam parametrlarini aniqlash
imkonini beradi. Kelajakning ijtimoiy prognozlar taklif qilayotgan tavsifining
mazmuniga qarab, ular insonni yo unga faol intilishga, yo uning yuz berishiga qarshi
harakat qilishga, yo uni passiv kutishga da’vat etadi. Shu sababli har qanday ijtimoiy
prognoz ilmiy bilishga doir mazmunni ham, muayyan mafkuraviy vazifani ham
o‘zida birlashtiradi. Bunda bilishga doir funksiya ustunlik qilishi ham, mafkuraviy
funksiya ustunlik qilishi ham mumkin. Turli prognozlarning mazmuni va vazifasidan
kelib chiqib, ularning to‘rt asosiy tipini farqlash mumkin.
Qidiruv prognozi – ijtimoiy ob’ektning kelajagi qanday bo‘lishi
mumkinligini ko‘rsatish uchun tuziladigan prognoz. U rivojlanish qaysi yo‘nalishda
yuz beradi, kelajakning muayyan davrida prognoz ob’ektining holati qanday bo‘lishi
mumkin, degan savollarga javob beradi. Normativ prognoz – boshqaruvni
optimallashtirish yo‘llarining oqilona tashkil etilgan tahlili. Bu prognoz obrazli qilib
«teskariprognoz» deb ataladi, chunki unda o‘rganish teskari yo‘nalishda – kelajakdan
hozirgi davrga qarab amalga oshiriladi. Normativ prognoz qo‘yilgan maqsadlarga
erishish yoki qo‘yilgan vazifalarni echish uchun nima qilish mumkin yoki kerak,
degan savolga javob beradi. Normativ prognozning predmeti sifatida ijtimoiy
jarayonlar xususiyatini butunlay o‘zgartirishga qodir bo‘lgan g‘oyalar, gipotezalar,
farazlar, axloqiy me’yorlar, ijtimoiy ideallar, maqsadlar va mo‘ljallar amal qiladi.
Korrupsiya shakllanishining tarixi. BMT Kodeksida korrupsiyaga
munosabat. O‘zbekistonda korrupsiyaga oid qonunlar va qarorlar tasnifi,
korrupsiyaga qarshi kurashning ahamiyati.
Hozirgi zamonda tobora ko‘p qo‘llanilayotgan atamalardan biri bu
korrupsiyadir. Korrupsiya albatta bugun paydo bo‘lgan illat emas, u qadimdan buyon
mavjud bo‘lib kelmokda. Qadimgi yunon faylasufi Aristotel shunday degan:“Har
qanday davlat tizimida - qonunlar va boshqa farmoyishlar orqali ishni shunday
tashkil qilish kerak-ki, unda mansabdor shaxslarni noqonuniy yo‘l bilan boyishiga
yo‘l qo‘ymaslik lozim”. Fransuz mutafakkiri Sharl Monteske esa bu borada “Asrlar
tajribasidan ma’lumki, har qanday hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan shaxs, uni
suiiste’molqilishga moyil bo‘ladi va u ma’lum bir maqsadga erishmaguncha shu
yo‘nalishda yuradi” degan fikrlarni bildirgan. Korrupsiyaning jamiyatga tahdidi
barcha millatlar, diniy, huquqiy adabiyotlarning qadimiy manbalarida ham qayd
etiladi. Davlat boshqaruvi san’atiga bag‘ishlangan qadimiy hind dostonlaridan
“Artxashastra” (er.avv.IV asr)da podshoh oldida turadigan mug‘im vazifalardan biri
xazinani talontaroj qiluvchilarga qarshi kurashish ekanligi ta’kidlanadi. “Osmonda
uchayotgan qushning qayoqqa qarab burilishini aytib berishdan ko‘ra, ayyor
amaldorning qanday hiyla o‘ylab topishini oldindan aytib berish mushkulroqdir;
dengizdagi baliq suvdan ichayotganligi yo ichmayotganligini aniqlab
bo‘lmaganidek, amaldor unga ishonilgan mulkni o‘zlashtirayotgan yo
o‘zlashtirmayotganligini ham aniqlab bo‘lmaydi”39
, - deyiladi. Gʻarbiy Yevropa
davlatlarining keyingi tarixida ham korrupsiyaning turli ko‘rinishlari va korrupsion
munosabatlarning avj olishi nafaqat tarixiy manbalarda balki, o‘sha davrning ilg‘or
yozuvchi faylasuflarining asarlarida ham o‘z ifodasini topgan. Xususan,
Shekspirning “Venesiyalik savdogar”, “Qonga qon, jonga jon” , Dantening
“Do‘zax”, “Tozalovchi” kabi asarlarida ham yoritilgan. Dante korrupsionerlarni
do‘zaxni eng qorong‘i va eng chuqur joyiga tashlash kerak degan fikrni bildirgan.
Korrupsiyaning kelib chiqishi tarixi va rivojlanishi masalalarini Nikkolo
Makiavelli o‘rganib, uniyo‘talga qiyoslab shunday degan edi, “Korrupsiyani ham
yo‘talga o‘xshab oldin aniqlash qiyin, ammo davolash oson, lekin bu kasalni o‘tkazib
yuborsangiz uni aniqlash oson, ammo davolash qiyin”. Mana shu so‘zlardagi
haqiqatni bugungi kunda dunyo bo‘yicha keng tarqalgan korrupsiyako‘rinishlariga
nisbatan ham qo‘llash mumkin bo‘ladi.
Ma’lumki “Korrupsiya” tushunchasi lotin tilidagi “corruptio” so‘zidan
olingan bulib, mazmuni “buzish, sotib olish” ma’nosini beradi va uning grammatik
bir ildizli ma’nosi yana “korroziya” suzi ya’ni “chirish” yoki “zanglash” degan
mazmunni ham beradi. Shundan kelib chikib bu so‘zni ijtimoiy ko‘rinishi
hokimiyatni buzish, chiritish orkali sotib olish” degan ma’noni beradi. Korrupsiya
muammolari bo‘yicha Yevropa Kengashi Guruhlarining 1-sessiyasi (1995 yil 22-24
fevral, Strasburg)da “Korrupsiya”ga shunday ta’rif berilgan.“Korrupsiya - pora olish
(o‘ziga og‘dirish), davlat yoki xususiy sohada muayyan vakolatga ega bo‘lgan shaxs,
mansabdor shaxsning yoki xususiy sohada faoliyat yuritadigan shaxs yoki mustaqil
agentning o‘z mansab vazifasidan yoki shunga o‘xshash munosabatlardan kelib
chiqadigan majburiyatlarini buzadigan shuningdek o‘zi yoxud o‘zga shaxslar
manfaati uchun har qanday shakldagi afzalliklarga ega bo‘lish maqsadida
ifodalangan xatti-harakat”.
Shuningdek, “Korrupsiya – mansabdor shaxs tomonidan muayyan harakat
yoki harakasizlik sodiretish (etmaslik) evaziga moddiy manfaatdor qilayotgan
shaxsning manfaatini ko‘zlab mansab vazifasini buzgan yozi buzmagan holda, turli
shaklda moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy naf ko‘rishi.” (BMT mansabdor
shaxslarining obod-axloq Kodeksi 17.12.1979 y). “Korrupsiya – shaxsiy manfaati
yo’lida davlat hokimiyati vazifalarini suiiste’mol qilishi (BMTning Korrupsiyaga
qarshi xalqaro kurash bo’yicha axborot hujjati). Korrupsiya – bu shaxsiy manfaat
uchun davlat hokimiyati mansab vazifasini suiiste’mol qilish (Butunjahon banki
hisoboti, 1997 y.)Jahon miqyosida quyidagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha
xalqarohuquqiy hujjatlarni alohida ta’kidlab o’tish lozimdir:
a) BMTning “Korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasi”;
b) Yevropa Ittifoqining “Korrupsiya uchun jinoiy javobgorlik to‘g‘risidagi
Konvensiyasi;
v) Yevropa Ittifoqining “Korrupsiya uchun fuqaroviy javobgarlik
to‘g‘risida”gi Konvensiyasi;
g) Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasida “Korrupsiyaga qarshi
siyosatning qonunchilikasoslari to‘g‘risida”gi model qonuni;
d) “Osiyo Taraqqiyot Banki va Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki
Osiyo va Tinch okeanikorrupsiyaga qarshi harakat dasturi”;
Mamlakatimiz 2008 yil 7 iyulda BMTning “Korrupsiyaga qarshi”
Konvensiyasiga (Nyu-York, 2003 yil 31 oktyabr) qo‘shildi. Davlatimiz 2010 yil
mart oyida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanishtashkiloti doirasida qabul qilingan
korrupsiyaga qarshi kurashishning Istanbul rejasiga (2003 yil 10 sentyabr)
qo‘shilgan. Shuningdek, Oliy Majlis tomonidan Jinoiy daromadlarni
legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha
Yevroosiyo guruhito‘g‘risidagi bitimi (Moskva, 2011 yil 16 iyun) 2011 yil 13
dekabrda ratifikatsiya qilingan. O‘zbekiston mintaqamizda birinchilardan bo‘lib
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni
moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qildi. Ushbu
tadbirlarning mantiqiy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 3 yanvar kuni imzolangan “Korrupsiyaga qarshi
kurashishto‘g‘risida”gi qonun muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi
Qonuni 3moddasida asosiy tushunchalar berilgan bo‘lib, unda korrupsiyaga oid
huquqbuzarlik va manfaatlar to‘qnashuviga doir tushunchalarga ta’rif berilgan, ya’ni
korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yokixizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini,
yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiyyoki nomoddiy naf olish
maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni
qonunga xilof ravishda taqdim etishidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisidagi “Erkin va farovon,
demokratik O‘zbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”
mavzusidagi ma’ruzasida “Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va
boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga
jazo, albatta, muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash
bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur”40
, deb ta’kidlab o‘tilgan.
Umuman olganda, korrupsiyani vujudga keltiruvchi shart-sharoitlarga
quyidagilarni kiritish mumkin:
- o‘tish davridagi qiyinchilik;
- ijro etish tizimining yomonlashuvi;
- huquqiy nigilizm;
- jamiyatda insonlarning huquqiy madaniyati;
- iqtisodiy aspektlar;
Dunyodagi mamlakatlarda korrupsiyaning mamlakat boshqaruvi, iqtisodiyoti
va boshqa sohalariga ta’sirini xalqaro nodavlat-notijorat “Transparency
International” - “Transperensi interneshnl” tadqiqotlariga asosan baholab kelinadi

Download 80,03 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 80,03 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Globallashuv va barqaror taraqqiyot falsafasi

Download 80,03 Kb.