|
Korrupsiyaga qarshi kurashning jahon tajribasi
|
bet | 6/7 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 80,03 Kb. | | #258087 |
Bog'liq 3falsafa Korrupsiyaga qarshi kurashning jahon tajribasi
1.Korrupsiya tushunchasining ma’nosi va uning tarixiy ildizlari.
2. Diniy va ilmiy manbalarda Korrupsiyaga munosabat.
3.Korrupsiyaga qarshi kurashishda jahon tajribasi.
Bizga ma’lumki, Korrupsiya jamiyatni rivojlanishiga qarshi qaratilgan harakat sifatida har qanday jamiyat va davlatda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqaradi hamda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni chuqurlashtirishga sabab bo’ladigan omil sifatida baholanadi. Ko’pchilik ekspertlar tomonidan jamiyatda Korrupsiya murakkab ijtimoiy hodisa sifatida namoyon bo’lib, unga qarshi kurashish uchun alohida choralarni qo’llash samarali hisoblanmasligi qayd etilgan. Korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan faoliyat kompleks-majmuaviy tarzda muntazam ravishda izchil amalga oshirilishi yaxshi natija berishi mumkin. Har bir davlat Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatining maqsadi va ob’ekti sifatida alohida olingan korruptsionerga emas, balki ushbu xatti-harakatlarni amalga oshirishga sharoit yaratib beruvchi holatlarni bartaraf qilish va profilaktik oldini olish choralarida namoyon bo’ladi. Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini tashkil etishda quyidagi-larni inobatga olish lozim deb hisoblaymiz: har bir sohada Korrupsiyaga qarshi kurashishda qonun hujjat-larini zamon va islohotlar talablari darajasida takomillashtirish; aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyat a’zolari bo’lgan fuqarolarimiz ongida Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni muntazam ravishda shakllantirib borish; davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va hayotga izchil tadbiq qilish; Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o’z vaqtida aniqlash, ularga barham berish va oqibatlarini keng jamoatchilikka tushuntirish, Korrupsiyaga imkon bergan sabablar va shartsharoitlarni bartaraf etish; Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tashkiliy choralarni ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan holda tashkil etish, ilmiy tadqiqotlar o’tkazish va bu sohada xalqaro hamkorlikni izchil yo’lga qo’yish. Har qanday davlatda Korrupsiyaning rivojlanishi davlatning ichki va tashqi siyosatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, natijada jamiyat a’zolarini mazkur davlatning organlariga bo’lgan ishonchiga putur yetkazishga olib keladi. “Jinoyat qonunchiligini yanada takomillashtirish va liberallashtirish bo’yicha ishlarni davom ettirish lozim. Nega deganda, Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslar qariyb 25 yil oldin qabul qilingan. O’tgan davrda jamiyatdagi munosabatlar, odamlarning yashash tarzi, ongi dunyoqarashi o’zgardi. SHu sababli bu kodekslar bugungi kun talablariga javob bermay qoldi. Ma’lumki, qonunchilikda jazoni og’irlashtirish yoki yengillashtirishga oid moddalar bor. Lekin ular tergovchi yoki sud’yaning ixtiyoriga, ya’ni inson omiliga to’liq bog’liq bo’lib qolmasligi kerak. Aks holda biz uchun muqaddas bo’lgan adolat mezoni buziladi. SHuning uchun jinoyat va jinoyat protsessual qonunchilikni tubdan qayta ko’rish zarur”[2]. Jinoyat va Jinoyat protsessual kodekslarini rivojlangan davlatlar tajribasini o’rganish, xalqaro ekspertlarni jalb qilish hamda bugungi kunda shiddatli ravishda amalga oshirilayotgan islohotlarni talablariga muvofiq Jinoyat va Jinoyat protsessual kodekslar loyihasi norma ijodkorligi asosida ishlab chiqish jamiyatda jinoyatlarni shu jumladan korruptsion jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan normalarni mustahkamlash jamiyatda jinoyatlarni hamda korruptsion jinoyatlarni oldini olinishiga xizmat qiladi. Hozirgi glabollashuv davrida yoki jarayonida Korrupsiya muammosi jahonning deyarli har bir mamlakatida mavjudligini ko’rish mumkin. Ammo bu - barcha davlatlarda ham Korrupsiya bir xil degan ma’noni anglatmaydi. Ekspertlarning xulosasiga ko’ra, Korrupsiyaning vujudga kelish sabablari turli mamlakatlarda turli xil bo’lib, tarixiy rivojlanish bosqichi hamda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning mavjudligi hamda taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi. Bir qator rivojlangan mamlakatlarda davlat boshqaruvi sohasida Korrupsiyaning oldini olish va unga barham berishga qaratilgan ma’muriy normalar majmui ishlab chiqilgan. XX asrning 90 yillaridan xalqaro va mintaqaviy doiralarda Korrupsiyaga qarshi kurash bilan bog’liq xalqaro shartnomalar qabul qilina boshlandi. Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish bo’yicha ko’p tomonlama xalqaro hujjatlar qabul qilingan: Amerika davlatlari tashkiloti tomonidan 1996 yil 29 mart kuni qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha Amerika konventsiyasi” (4); Evropa ittifoqi Kengashi tomonidan 1997 yil 21 noyabrda Yevropa hamjamiyatining mansabdor shaxslariga yoki Yevro ittifoqiga a’zo davlatlarning mansabdor shaxslariga daxl qilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha Konventsiyasi (5); Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tomonidan 1997 yil 21 noyabrda qabul qilingan Xalqaro tijorat amaliyotlarida xorijiy mansabdor shaxslarga pora berishga qarshi kurashish bo’yicha Konventsiyasi (6); Evropa Kengashi Vazirlar qo’mitasi tomonidan 1999 yil 27 yanvar-da qabul qilingan “Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik to’g’risida”gi Konventsiyasi (7); Evropa Kengashi Vazirlar qo’mitasi tomonidan 1999 yil 4 noyabr-da qabul qilingan “Korrupsiya uchun fuqarolik-huquqiy javobgarligi to’g’risida”gi Konventsiyasi; 2003 yil 12 iyuldagi Afrika Ittifoqining “Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish to’g’risida”gi Konventsiyasi; BMTning “Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka hamda Korrupsiyaga qarshi kurash” Konventsiyasi; MDH doirasida esa unga a’zo davlatlar tomonidan 2003 yil 15 noyabrdagi qarorga muvofiq, “Korrupsiyaga qarshi siyosatning qonunchilik asoslari to’g’risida”gi qonun qabul qilinganligi ham Korrupsiyani jamiyat rivojlanishiga qarshi qaratilgan illat sifatida uning qanchalik xatarli ekanligini ko’rsatadi. Davlat hokimiyati organlarining Korrupsiyaning zararli ta’siridan saqlash zaruriyati AQSH hukumatini Korrupsiyaga qarshi kurashni XIX asrdayoq davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilashga olib kelgan. 1978 yilda AQSH Kongressi “Hukumatdagi axloq to’g’risida”gi qonunni qabul qilgan. Ushbu Qonunning vazifasi davlat amaldorlari va muassasalari halololigini saqlash hamda bunga imkoniyat yaratishdan iborat. Kanadaning jinoyat qonunchiligida “mansabdor shaxslarni pora evaziga og’dirish”, “Hukumatni aldash”, “mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan ishonchni suiste’mol qilish” mansabdorlik jinoyatlari hisoblanishi belgilab qo’yilgan. 1985 yil Kanadada davlat xizmatchilarining xizmat vazifalari va shaxsiy manfaatlari o’rtasidagi ziddiyat yuzaga kelgan holda ular amal qilishi shart bo’lgan xulq-atvor qoidalarini o’zida mujassam qilgan Kodeks qabul qilingan. Kanadalik qonun ijodkorlarining fikriga ko’ra, ushbu qonunlardan ko’zlangan maqsad – davlat apparati va davlat xizmatchilarining halolligiga jamiyatning ishonchini oshirishga qaratilganligini qayd etishadi. Davlat xizmati tizimida Korrupsiyani oldini olish, unga qarshi kurashish va barham berish maqsadida Fransiyada XXasrning 90 yillarida saylangan barcha davlat xizmatchilari va Korrupsiya ta’siriga berilishi mumkin bo’lgan jamoat xizmati kadrlariga o’z mol-mulki va daromadlari haqida tegishli davlat idoralariga ma’lumot berish majburiyatini yuklash to’g’risida qaror qabul qilingan. SHuningdek, davlat apparati yuqori martabali xodimlarining daromadlari va mol-mulki haqidagi deklaratsiyalar keng miqyosda oshkor etilishini ta’minlaydigan huquqiy va tashkiliy asoslar qonun ijodkorligi asosida yaratilgan. Korrupsiyani oldini olishning nazariy poydevori “ta’lim, xabardorlik va targ’ibot” (Education, Awareness and Advocacy) tamoyillariga asoslanib, amaliy tomondan esa “samaradorlik, shaffoflik va hisobdorlik” (effectiveness, transparency, accountability) tamoyillari asosida aniq davlat siyosatini ishlab chiqishdan iborat. Bu borada davlat siyosati dunyoda (xususan, Singapurda) “one size fits all” (“barcha uchun bir xil mezon”) tamoyillari ishlab chiqilgan va o’zining ijobiy natijasini bergan
|
| |