|
O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurash siyosati
|
bet | 7/7 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 80,03 Kb. | | #258087 |
Bog'liq 3falsafa O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurash siyosati
1.Korrupsiyaga qarshi kurashda davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlari.
2.Korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik nazoratining roli.
3.Korrupsiya – global muammo sifatida.
O’zbekistonda Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasining samarador-ligini ta’minlashda quyidagilarni e’tibor olish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
birinchidan – Korrupsiyaga qarshi kurashning samaradorligiga erishish modeli ishlab chiqilib, Korrupsiyaga qarshi kurashishning aniq huquqiy mexanizmi, samarali institutsional tuzilmasi, moliyaviy va mehnat resurslari bilan doimiy ta’minlab turilishi, muntazam monitoring faoliyati hamda xolis va shaffof baholash tizimi aniq qonunchilikda mustahkamlanishi lozim. Amaldagi qonunchilikda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha davlat siyosatining yuqoridagi sanab o’tilgan huquqiy va iqtisodiy hamda ijtimoiy elementlari o’rtasida o’zaro hamkorlik va bir-biriga ta’sir qilish mexanizmi yo’lga qo’yilmagan. Demak, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha yaxlit kompleks tizimning uzviy ishlashini jamiyatda yo’lga qo’yish qo’yish uning samaradorligini ta’minlaydi;
ikkinchidan – Korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasida innavatsion yondashuvni samarali qo’llash. Bunda davlat organlarining fuqarolik jamiyatining barcha institutlari bilan hamjihat faol harakatini ta’minlash, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashishda milliy tuzilmalarning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligini yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor berish. Bunda, O’zbekistonda Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida integratsiyaga erishishga to’sqinlik qilayotgan omillardan biri – jinoyat va jinoyat prtsessual qonunchiligini kooruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha moddalarini mukamal ishlab chiqish hamda Korrupsiyani keltirib chiqarayotgan holatlarni o’rganish, tahlil qilish va Korrupsiyani oldini olishga qaratilgan dasturlar, chor-tadbirlarni ishlab chiqish va hayotga tadbiq qilishda aniq statistika hamda dalillarga asoslangan ma’lumotga tayangan holda ish olib borish Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi;
uchinchidan – jamiyatning ijtimoiy sohalarida xususan, tadbirkor-lik, ta’lim, sog’liqni saqlash jumladan, huquqni muhofaza qilish sohalarida Korrupsiyaga qarshi kurashishni yanada kuchaytirish, Korrupsiya bilan bog’liq ayrim xatti-harakatlarni barham berishga qaratilgan dasturlar ijrosini barcha sohalarda ta’minlash hamda xalqaro tajribani o’rganish asosida xalqaro hujjatlarda nazarda tutilgan standartlarni qonunchilikda mustahkamlash yaxshi natijalarga erishish imkoniyatini yaratadi;
to’rtinchi – Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha davlat dasturini ijrosini jamiyatda ta’minlanishi va bu borada tizimli monitoring qilish bo’yicha samarali huquqiy mexanizmning islohotlar talablari darajasida ishlab chiqish hamda davlat xizmatchilarining Korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalariga rioya qilish darajasining talab darajasidan pastligi, davlat organlari faoliyati ochiqligi tamoyilining amalda ta’minlanishi, Korrupsiyani oldini olishga qaratilgan qonunchilik normalarini xalqaro huquq talablari asosida takomillashtirish jamiyatda ijtimoiy adolatni o’rnatishga xizmat qiladi.
beshinchi – Korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy tendentsiyalaridan kelib chiqib amalda real ishlaydigan strategiyani ishlab chiqish asosida zamonaviy tendentsiyaga ko’ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish masalan mamlakatimizda davlat xizmatlari agentligini tashkil etilganligi va xalqimizga xalqaro talablar asosida xizmat qilinayotganligi jamiyatda Korrupsiyaga qarshi kurashishining yangi bosqichini boshlab berib, fuqarolarning Korrupsiyaga qarshi kurashish daxldorligini oshirishda muhim qadamlardan bo’layotganligini qayd etish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish;
oltinchidan – Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish ishlarini tashkil etishda jamiyat a’zolari bo’lgan fuqarolarimizni faol ishtirokini kuchaytirish, Korrupsiyaga tegishli bo’lgan ma’lumotlarni o’rganish imkoniyatini yaratish, yangi texnologiyalardan foydalangan holda Korrupsiya holatlari haqida axborot berish, Korrupsiyaga oid muammolarni hal qilish va bartaraf etishda jamoatchilik nazoratini ta’minlashning izchil tizimini yaratish va hayotga tadbiq qilish;
yetinchidan, O’zbekistonda har bir sohada Korrupsiyaga qarshi kurashishda sohaning xususiyatlaridan kelib chiqib yondashish, Korrupsiya holatlari oldini olishga qaratilgan yangi innovatsion usullarini ishlab chiqish va qo’llash, Korrupsiya holatlarini ekspertizadan o’tkazish, monitoring qilish va baholash jamiyatda Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chora tadbirlarnip ishlab chiqish jamiyatni qonuniy rivojlanishiga xizmat qiladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida jamiyatda inson huquq va manfaatlarini himoya qilishning qonuniy asoslari takomillashtirilganligi borasida quyidagi tahliliy ma’lumotlarni ta’kidladi. “Bugungi kunda yurtimizda inson huquq va erkinliklarini qonuniy himoya qilish bo’yicha salmoqli ishlar qilinmoqda. Jumladan, shaxsni ayblashda qonunga zid usulda olingan ma’lumotlardan dalil sifatida foydalanganlik uchun qat’iy javobgarlik belgilandi. Keyingi ikki yilda sudlar mustaqilligini ta’minlash bo’yicha muhim choralar ko’rildi. Jumladan, joriy yilning o’zida 1 ming 881 ta jinoyat ishi dalillar yetarli bo’lmaganligi sababli tugatildi, sudlar tomonidan 590 nafar shaxs oqlandi. Vaholanki, bu raqam 2016 yilda – e’tibor bering – bor – yo’g’i 28 tani, 2017 yilda esa 263 tani tashkil etgan edi. SHuningdek, 5 ming 462 nafar shaxsga nisbatan tergovda asossiz qo’yilgan moddalar ayblovdan chiqarilib tashlandi, 2 ming nafar shaxs esa sud zalidan ozod qilindi. Sudlarda ishlarni yillar davomida qayta-qayta ko’rish amaliyotiga butunlay chek qo’yildi. Insonparvarlik tamoyili asosida yangi amaliyot joriy etilmoqda. Buning natijasida jinoyat yo’liga adashib kirib, qilmishiga chin dildan pushaymon bo’lgan 993 nafar fuqaro, jumladan, 456 nafar yigit-qiz hamda 113 nafar ayollar Yoshlar ittifoqi, mahallalar va xotin-qizlar qo’mitalarining kafilligi bilan jazodan ozod qilindi. SHunindek, jazoni o’tayotgan 3 ming 333 nafar, jumladan, faoliyati man etilgan tashkilotlarga kirib qolgan 646 nafar mahkum avf etilib, oilasi bag’riga qaytarildi. Ulug’ bayram – Konstitutsiya kuni munosabati bilan bugun maxsus Farmonni imzoladim. Unga ko’ra, qilmishiga chin ko’ngildan pushaymon bo’lib, tuzalish yo’liga qat’iy o’tgan va ayni paytda ozodlikdan mahrum etish jazosini o’tayotgan 136 nafar shaxs avf etildi. Bir paytlar diniy ekstremistik guruhlarga aloqasi bor, deb nazoratga olingan 20 mingdan ziyod fuqaro “maxsus hisoblar”dan chiqarildi. Man etilgan tashkilotlarga adashib kirib qolgan, qilmishiga pushaymon bo’lib, tuzalish yo’liga o’tgan fuqarolarning murojaat-larini ko’rib chiqish bo’yicha Respublika idoralararo komissiyasi tuzildi”[5]. O’zbekiston Respublikasi 2008 yil 7 iyuldagi O’RQ-158-sonli qonuni bilan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konventsiyasiga (NЬYu-YORK, 2003 yil 31oktyabrь) O’zbekiston Respublikasi qo’shilgan. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni amalga oshirishning bugungi sharoitida Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish davlat va jamiyat oldidagi muhim va ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Mazkur vazifalarni amalga oshirish mustahkam huquqiy asos va samarali huquqiy mexanizmni joriy etilishini talab etadi. SHu munosabat bilan 2017 yil 3 yanvardagi O’zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida»gi qonunining kuchga kiritilishi “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun”, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan ezgu g’oyalarni jamiyat hayotiga tatbiq qilish hamda jamiyatda Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini samarali tashkil qilish maqsadida qabul qilingan. Bu esa o’z navbatida, O’zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichini boshlab bergan strategik islohotlarni samarali yakunlanishi hamda “yashirin iqtisodiyot”ga barham berilishiga xizmat qilishini qayd etish joiz. Mazkur Qonunning 3-moddasiga muvofiq: - Korrupsiya deganda – shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarni ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shunindek bunday nafni qonunga xilof raishda taqdim etish tushuniladi. - Korrupsiya oid huquqbuzarlik deganda – Korrupsiya alomatlariga ega bo’lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilish tushuniladi; - manfaatlar to’qnashuvi deganda - shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning yoki xizmat majburiyat-larining lozim darajada bajarishiga ta’sir ko’rsatayotgan yoxud ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilot-larning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o’rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo’lgan vaziyat tushuniladi. 2017 yil 2 fevraldagi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti-ning “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish choratadbirlari to’g’risida”gi PQ-2752- qarorida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha idoralararo komissiyasini tuzilishi, mazkur Komissiya to’g’risidagi Nizomni tasdiqlanishi, Mazkur Nizomda Komissiyaning asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari aniq belgilab qo’yilganligi mamlakatimizda Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish ishlarini tizimli ravishda olib borilishiga shart-sharoitlar yaratadi va Korrupsiyani oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini samarali ta’min-lanishga xizmat qiladi. Mazkur Qonunning 8-moddasiga muvofiq: Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha respublika Idoralararo komissiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish; - Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilot-larning faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini ta’minlash; - aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksal-tirishga, jamiyatda Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish; - Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek qo’yishga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirili-shini ta’minlash; - Korrupsiyaning holati va tendentsiyalari to’g’risidagi axborotni yig’ish hamda tahlil etish; - Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohadagi mavjud tashkiliy-amaliy va huquqiy mexanizmlarning samarador-ligini baholash; - Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlash; - Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha hududiy idoralararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish. Bizga ma’lumki, bugungi kunda, hokimlar va ularning turli darajadagi xodimlari, boshqa davlat organlarining xodimlari tomonidan Korrupsiyaga oid jinoyat sodir etilayotganligi hamda pora bilan qo’lga tushayoganligi to’g’risida ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida berilayotganligi jamiyatda Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari davlatning vakolatli organlari tomonida tizimli ravishda izchil borilayotganligini ko’rsatadi. Moliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan xabarda davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan: - 2018 yil 3 choragida hukumat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshiriqlari hamda jismoniy shaxslarning murojaatlari asosida byudjet tashkilotlarida 1334 ta davlat moliyaviy nazorat tadbirlari o’tkazilganligi: - o’tkazilgan nazorat tadbirlaridan 1111 tasida moliyaviy intizomga rioya qilinmay sarflangan mablag’lar 16,6 mlrd. so’mni, shundan kamomad va o’zlashtirishlar 4,5 mlrd so’mni, noqonuniy xarajatlar 12,1 mlrd so’mni tashkil etganligi; - shuningdek, hisobot davrida byudjet intizomini buzgan byudjet tashkilotlarining 20 nafar rahbar va mansabdor shaxslari 13,9 mln. so’m miqdorida ma’muriy javobgarlikka tortilganli ma’lum qilingan[6] Mazkur Qonunning 14-moddasida fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning Korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etishi belgilangan bo’lib, unga muvofiq, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar: - Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi; - aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda, jamiyatda Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda ishtirok etishi; - Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi; - Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun hujjat-larini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritishi; - Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi mumkin. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin. Nodavlat notijorat tashkilotlari ushbu moddada nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Idoralararo komissiya va hududiy idoralararo komissiyalar faoliyatida, shuningdek davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoat-maslahat organlari faoliyatida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etadi. Ushbu Qonunning 15-moddasiga binoan. ommaviy axborot vositalarining Korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etishi quyidagi tarzda mustahkamlangan bo’lib, unga ko’ra ommaviy axborot vositalari: - Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; - Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga, shu jumladan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan tadbirlarni yoritadi; - Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi; - Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. Ommaviy axborot vositalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin. Ekspertlarning fikricha qaysi sohada Korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari tizimli ravishda yo’lga qo’yilmagan bo’lsa, ushbu soha rivojlanmayotganligini ko’rish mumkin. Keyingi ikki yilda, Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev tomonidan Korrupsiya illati yillar davomida tomir otganligi to’g’risida o’zining chiqish va maruzalarida Korrupsiyaga qarshi kurashish jamiyat va davlat oldida turgan dolzarb masala ekanligini takror-takror qayd etib kelmoqda. SHu bois ham, davlatimiz rahbari o’zining saylov oldi ma’ruzalaridan birida ushbu muammoga alohida e’tibor qaratib, “bugungi kundagi yana bir ustuvor vazifamiz - mamlakatimiz rivojiga to’siq bo’layotgan yovuz illat, ya’ni Korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarlikni oldini olish masalalarini samarali hal etishdan iborat” deb ta’kidlagan edi. “2019 yildan boshlab joriy etilayotgan yangi soliq kontseptsiyasining eng asosiy g’oyasi soliq yukini kamaytirish, sodda va barqaror soliq tizimini qo’llashni ko’zda tutadi. SHu orqali iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish, tadbirkor va investorlarga uchun har tomonlama qulay muhit yaratishga erishish mumkin. Afsuski, yalpi ichki mahsulotda “yashirin” iqtisodiyotning ulushi katta bo’lib, bu mamlakat rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Soliq yukini kamaytirish biznes yuritish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish “yashirin” iqtisodiyotga barham berishning yagona yo’lidir. SHuning uchun bu borada ta’sirchan choralarni nazarda tutadigan dastur ishlab chiqishimiz zarur[7]”. Bizga ma’lumki, soliq stavkalarini pasaytirilishi yoki ayrim soliqlarning bekor qilinishi bilan byudjetga tushadigan tushumlar albatta kamayadi. Bu masalani soliq ma’murchiligi orqali bartaraf etish mumkin, ya’ni shu vaqtgacha faoliyat yuritayotgan “yashirin” iqtisodiyot jamiyatda qonuniy iqtisodiyotga aylanishi natijasida insofli, halol soliq to’lovchilarni soliq qonunchiligida rag’batlantirishni huquqiy jihatdan mustahkamlash tadbirkorlar, biznesmen-lar faoliyatini yanada rivojlanishiga hamda yalpi milliy daromadda xususiy mulkning ulushini oshirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, ko’pchilik xalqaro ekspertlar tomonidan har bir davlat va mamlakatda fuqarolik jamiyati institutlarini rolini mustahkamlash, Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini rivojlantirish va ular bilan davlat organlari hamkorligini ta’minlash demokratik huquqiy davlatning asosiy shartlaridan biri ekanligini qayd etadilar. Biz shuni qayd etishimiz lozimki, ilgari yurtimizda Korrupsiya muammosi to’g’risida so’z ochish deyarli mumkin emas edi. Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish davlat va jamiyat oldida turgan eng muhim masala sifatida hal etilishi lozimligi shundan iboratki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning tarkibiy qismi sifatida mazkur vazifani yechimini topish davlat rahbari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida ham Korrupsiyaga qarshi ta’sirchan mexanizmlarni qo’llash muhimligi qayd etilgan edi. Mamlakatimizda yurtboshimiz rahbarligida davlatning mazkur illatga qarshi kurashish ishlarini samarali tashkil etish bo’yicha aniq vazifalar belgilangan bo’lib, ularni real hayotga tatbiq qilish uchun tizimli ravishda ishlar davlat organlari tomonidan olib borilayapdi. Bugungi kunda, xalqaro sub’ektlar hamda jamoat arboblari tomonidan tan olingan mamlakatimizda tizimli ravishda amalga oshirilayotgan islohotlarning yo’l xaritasi hisoblangan Harakatlar strategiyasida mazkur yo’nalishda belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuqorida qayd etilgan qonun va qonun ijrosini ta’minlashda fuqarolarning faol ishtirok etishini ta’minlash mamlakatimizda fuqarolik jamiyatni rivojlan-tirishga xizmat qiladi. Albatta, bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan davrda jamiyatda Korrupsiyaga qarshi kurashish va eng muhimi Korrupsiyaning oldini olish ishlarini tashkil etishga qaratilgan mazkur maqsadlarni ro’yobga chiqarish, Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini oshirish, fuqarolik jamiyati institutlari sifatida fuqarolarni o’zini-o’zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari-bilan davlat idoralari o’rtasida hamkorlikni zamon talablari darajasida tashkil etish, huquqiy targ’ibot samaradorligiga erishish, jamiyat a’zolarining huquqiy bilim va saviyalarini yanada oshirishni yo’lga qo’yish Korrupsiyani oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ijrosini ta’minlashda yaxshi natijalarga erishish mumkin. Keyingi ikki yilda mamlakatimizda xalqimizning adolat qaror topgan jamiyatda yashashi uchun ma’sul bo’lgan davlat idoralari o’z faoliyatlarini bugungi kun talablari asosida tashkil etmoqdalar, ammo, Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish ishlariga har bir fuqarodan ushbu masalaga o’zining fuqarolik burchi sifatida yondoshib bu ishlarga o’z hissalarini qo’shishi lozimligini qayd etish joiz. Bu ishlarni amalga oshirishda eng muhim masala bizning fikrimizcha yurtdoshlarimizda Korrupsiyaga, umuman olganda har qanday ko’rinishdagi qonunbuzarlikka nisbatan murosasizlik kayfiyatini muntazam ravishda shakllantirish talab etiladi. Jamiyatda qonunbuzarlikni sodir etilishida ayniqsa Korrupsiyaga doir jinoyatlarni sodir etilishida ko’pincha fuqarolarimizning loqaydligi, o’z haq-huquqlarini bilmasligi hamda ayrim tadbirkorlik sub’ektlari rahbarlarining yuridik bilimlarini juda past darajada ekanligi ham sabab bo’lmoqda. Bunga erishish uchun davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bu sohada hamkorlikni bugungi kun talablari darajasida tashkil etishi zarur bo’ladi. Rivojlangan davlatlarning ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy rivojlanishlaridan bizga ma’lumki, davlat organlari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini o’rnatish korruptsion holatlarni keltirib chiqaruvchi vaziyatlarni oldini olishga xizmat qiladi. Mamlakatimizda bu sohada ishlarni tashkil qilishda “Ijtimoiy sherikchilik”, “Jamoatchilik nazorati”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari” hamda “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati kafolatlari to’g’risida”gi qonunlar ijrosini jamiyatda ijrosini ta’minlashda davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari hamkorliklarini yanada yuqori bosqichga ko’tarish orqali u yoki bu mansabdor shaxsning faoliyatini xolisona baholash orqali amalga oshirishni yo’lga qo’yilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. SHuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat organlari bilan nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o’rtasidagi ijtimoiy sheriklikni o’ziga xos jihatlari va bu sohaning tashkiliy-amaliy xususiyatlari ijtimoiy sheriklik shartnomasida aniq belgilab qo’yilishi Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Demokratik huquqiy davlatning asosiy belgilaridan biri birinchidan, bu-fuqarolar ustidan bosim o’tkazish emas, balki, fuqarolarning konstitutsiyada va qonunlarda mustahkamlab qo’yilgan huquq va manfaatlarini amalga oshirishda ularga yordam berishga xizmat qiladigan fuqarolik jamiyati institutlarining mavjudligi bo’lsa, ikkinchidan, jamiyatda ularning faoliyatini samarali ishlashi uchun davlat tomonidan har tomonlama shart-sharoitlar yaratilishi orqali namoyon bo’ladi. Bizga ma’lumki, davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasini beshta ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilab qo’yilgan. O’zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to’g’risida”gi Qonunining qabul qilinishi va mazkur qonunda fuqarolik jamiyati institutlari jamoatchilik nazoratining asosiy sub’ektlarining biri sifatida belgilanishi o’z navbatida fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini tubdan takomillashtirish asosida rivojlantirish va ularning jamiyatdagi rolini oshirish vazifasini qo’ydi. Mazkur vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutgan Davlat rahbarining 2018 yil 5 maydagi “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi maxsus Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmonga muvofiq Prezident huzurida davlatning va fuqarolik institutlarining mamlakatni yanada jadal har tamonlama rivojlantirishga qaratilgan jamiyatdagi barcha harakatlarni hamda zamonaviy demokratik institutlarni ochiq-oshkora maydon sifatida birlashtiruvchi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo’yicha Maslahat kengashi tashkil etilganligi ham ushbu masalaning dolzarbligini ko’rsatadi. Bizning fikrimizcha, har bir davlat organi huzurida tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha jamoatchilik kengashi faoliyatlarini yanada yuksaltirish uchun mazkur jamoat-chilik kengashi a’zoligiga nodavlat notijorat tashkilotlari vakilari hamda kasaba uyushmasi faollari kiritish orqali har bir sohada Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish yaxshi natija berishi mumkin. SHuningdek, har bir sohada Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha aniq vazifalarni belgilab olinishi mazkur sohalarda Korrupsiyani oldini olishga xizmat qiladi. Har bir davlat organi huzurida Korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va real hayotga joriy qilishda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamda boshqa idoralar bilan tizimli hamkorlikni yo’lga qo’yish, kadrlarni tanlash, ayniqsa, rahbar xodimlarni tayinlashda Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun hujjatlari bo’yicha bilim darajasini testlar orqali o’rganishni joriy qilish davlat organlari faoliyatida shafoflik va ochiqlikni ta’minlashga olib keladi. Bizga ma’lumki, mamlakatimizda keyingi uch yilda davlat organlari bilan fuqarolar o’rtasidagi muloqatni sustligi chek qo’yildi, bu esa o’z navbatida Korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan ishlarni rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratdi. Bugungi kunda, davlat rahbarimiz tomonidan bir qator sohalarda Korrupsiyani oldini olishga qaratilgan bir qator qonun hujjatlari qabul qilindi jumladan: - “O’zbekiston Respublikasining davlat xaridlari to’g’risida”gi qonuni, ushbu qonun qabul qilinishidan oldin bu sohani 30 ortiq normativ huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinishi oqibatida davlat xaridlarining yaxlit tizimi mavjud emasligi natijasida ko’p bosqichli kelishlar hamda takrorlovchi tartiblar ayrim hollarda Korrupsiyaga sharoit yaratilganligini ko’rish mumkin. Mazkur qonun davlat xaridlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, davlat xaridlari ochiqligi hamda shafofligini ta’minlash orqali bu sohada Korrupsiyani oldini olishga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi; - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 martdagi “O’zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarilishiga O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish borasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirishni hamda davlat xavfsizligini ta’minlashning sifat jihatidan yuqori bosqichga ko’tarishga xizmat qiladi; - Prezidentimizning 2018 yil 19 sentyabrdagi “Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi Farmoni esa, yuqorida qayd etilgan taqiqlangan guruhlar va tashkilotlarga adashib kirib qolgan, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo’lgan, o’z qilmishining huquqqa xilofligini anglab yetgan va tuzalish yo’liga o’tgan fuqarolarga Vatanga, oilasi bag’riga, tinch hayotga qaytish imkonini berilganligi hamda insonparvarlik printsiplariga asoslanganligi bilan ahamiyatlidir; - O’zbekiston Respublikasining harakatlar strategiyasiga muvofiq valyuta sohasini tartibga solishning bozor mexanizm-larini joriy qilinishi natijasida investitsiya va ishbilar-monlik muhitini yaxshilash, eksport salohiyatini oshirishni rag’batlantirish, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish borasida izchil tadbirlarni amalga oshirish maqsadida qabul qilingan davlatimiz rahbarining 2017 yil 2 sentyabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni ushbu yo’nalishdagi ayrim noqonuniy operatsiyalarga hamda bu sohada mavjud bo’lgan Korrupsiyaviy holat hisoblangan jumladan, valyuta siyosatiga ma’muriy aralashuvlarga barham berilishiga erishishda muhim ahamiyat kasb etdi. Davlat rahbarining 2018 yil18 yanvardagi “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash, respublika oziq-ovqat bozorlarini sifatli, xavfsiz va arzon oziqovqat mahsulotlari bilan to’ldirish, aholining xarid imkoniyatlarini mustahkamlash, tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtirish va sog’lom raqobat muhitini rivojlantirish, shuningdek, mazkur sohadagi tizimli muammolarga barham berish maqsadida qabul qilinganligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur Farmonning 1 - bandiga muvofiq 2018 yil 1 fevraldan boshlab O’zbekiston Respublikasiga oziq-ovqat tovarlarini import qilish bo’yicha ayrim xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga taqdim qilingan individual bojxona, soliq va boshqa imtiyozlar, boshqa preferentsiyalar bekor qilinganligi hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan respublikaga oziq-ovqat tovarlarni import qilish bo’yicha ayrim xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga individual bojxona, soliq va boshqa imtiyozlar, shuningdek, boshqa prefentsiyalar taqdim etishni nazarda tutuvchi qarorlarni qabul qilinishi taqiqlanganligi ushbu band talablari buzilgan hollarda aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan jinoiy javobgarlikgacha bo’lgan javobgarlikka tortilishi belgilab qo’yilganligi mamlakatning oziq-ovqat bozorini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Bugungi kunda Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishda quyidagi masalalarni e’tiborga olish lozim deb hisoblaymiz: Korrupsiya va uning oqibatlari jamiyat rivojlanishiga to’siq bo’layotganligi, uning ijtimoiy xavflilik darajasi sodda va tushunarli tilda huquqiy jihatidan sharhlangan holda jamoatchilikni xabador qilish; har bir sohada Korrupsiyaning kelib chiqish sabablarini ilmiy va amaliy jihatdan tahlil qilish orqali qonunchilikni hamda ichki tartib qoidalarni takomillashtirish bo’yicha asosli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish; har bir davlat organida o’z xodimlarini Korrupsiya holatlaridan ogohlantirish va Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan samarali mexanizmni ishlab chiqish va uni real hayotga tadbiq qilish chora-tadbirlarini belgilash; har bir sohada Korrupsiyani oldini olishga qaratilgan davlat siyosatini ta’minlash orqali Korrupsiyaga sabab bo’luvchi holatlarga barham berishga erishish; jamiyatda Korrupsiya jinoyatini sodir etgan shaxslarga nisbatan ya’ni korruptsionerlarga nisbatan jazo muqarrarligi mamlakatimizda qonun ustuvorligi asosida ta’minlanyotganligi xususida ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda keng yoritib borishni yo’lga qo’yish; har bir sohada Korrupsiyani oldini olish ishlarini tashkil etishga keng jamoatchilikni, shu jumladan, nodavlat notijorat tashkilotlarini jalb qilish va ular faoliyatini rag’batlantirish Korrupsiyaga qarshi ishlarni samaradorligini oshirish; ijtimoiy-iqtisodiy sohada faoliyat yuritayotgan davlat organlari tizimida ma’muriybyurokratik to’siqlarni bartaraf etish, ro’yxatga olish, ruxsat etish va litsenziyaga doir tartibtaomillarni yanada soddalashtirish; -davlatning vakolatli organlarining nazorat-tekshiruv vazifalarini maqbullashtirish, tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirish tizimini takomillashtirish, ularning faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashishga yo’l qo’ymaslik chora-tadbirlarini yanada takomillashtirilgan holda mustahkamlash; davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasida o’zaro munosabatlarning nazorat qilishning masofaviy shakllari-ni keng joriy etish asosida tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida huquqbuzarliklarni oldini olish bo’yicha o’z vakolatlari doirasida taklif va tavsiyalar berish; Har bir sohada o’zining xususiyatidan kelib chiqib, “Axloq-odob qoidalari”ni tasdiqlash, mazkur qoidalarning alohida bo’limida Korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalarni belgilab qo’yish; Har bir sohada Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarni tashkil etish xodimlarning bu sohadagi javobgarliklarini ichki lokal hujjatlarda aniq belgilab qo’yishda yuridik xizmat rolini oshirish Korrupsiyani oldini olish ishlarini samarali bo’lishiga xizmat qiladi.
|
| |