• „o’zdunrobita"
  • I. A. Karimov. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashti-rishyoiida. T., O’zbekiston, 1995, 197-bet




    Download 62 Kb.
    bet1/5
    Sana21.03.2017
    Hajmi62 Kb.
    #618
      1   2   3   4   5

    O’zbekistonning sanoat korxonalarida xomashyo va asbob-uskunalar taqchilligi vujudga kelib, xo’jalik yuritish murakkab-lashib qoldi. Masalan, O’zbekiston qishloq xo’jalik mashi-nasozligi zavodlari, to’qimachilik va kimyo sanoati korxonalari, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi va boshqa korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish keskin pasaydi. Natijada respublika bo’yicha sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish ko’rsatkichlari pasaydi. Agar 1990- yilda yaratilgan yalpi ichki mahsulot hajmini 100 foiz deb olsak, keyingi yillarda u pasayib, 1995- yilda 81,2 foizga tushdi.

    O’zbekiston oldida iqtisodiyotdagi tanglik holatlarini oldini ol-ish, inqirozga yoi qo’ymaslik, makroiqtisodiyotni barqaror-lashtirish vazifasi ko’ndalang boiib turdi. Shu boisdan iqtisodi-yotni barqarorlashtirish O’zbekiston iqtisodiy siyosatining us-tuvor vazifalaridan biri deb belgilandi.

    „Barqarorlashtirish siyosati — eng avvalo, bu makro-iqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishning keskin darajada pasayishiga va ommaviy ishsizlikka yo’l qo’ymaslikdir... Barqarorlashtirish siyosatining maqsadi boshqarib bo’lmaydigan, iqtisodiy pasayishga olib kelishi mumkin bo’lgan ichki va tashqi muvozanatsizlikni chetlab o’tishdan, zarur bo’lgan taqdirda esa uni to’g’rilashdan iborat".

    I. A. Karimov. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashti-rishyoiida. T., O’zbekiston, 1995, 197-bet.

    Jahon tajribasida barqarorlashtirish siyosatini amalga oshi-rishda bir necha xil yondashuvlardan foydalanilgan.

    Birinchisi — monetar yondashuv deb atalib, pulning qadr-sizlanishi darajasini pasaytirib turishga, pul massasini hamda toiovga qodir boigan jami talabni keskin kamaytirish hisobiga pul muomalasini barqarorlashtirishga asoslangan.

    Ikkinchisi — ishlab chiqarishni va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni rag’batlantirishga, tarkibiy qayta tashkil qilish-larni amalga oshirishga, qattiq moliyaviy va pul-kredit siyosati o’tkazishga, tovar bilan qoplashning iloji boimagan ortiqcha talablarni cheklashga asoslanadi.

    O’zbekiston iqtisodiyotni barqarorlashtirish, iqtisodiy o’sish va aholi farovonligini ta'minlash uchun qattiq monetarizmga emas, balki muvozanatga keltirilgan monetar siyosatni asosiy tarmoqlarni va ishlab chiqarishni tarkiban qayta tashkil etishni qo’Uab-quv-vatlash siyosati bilan qo’shib olib borish yoiidan bordi.

    Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini tarkiban qayta qurish, tarkibiy o’zgarishlar nima, uni qanday tushunmoq kerak?

    Tarkibiy o’zgarishlar deganda, xomashyo yetishtirishga moijallangan iqtisodiyotdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o’tishni, korxonalarni yangi, zamonaviy texnika, asbob-usku-nalar bilan qayta jihozlashni, norentabel korxonalarni tugatish-ni, raqobatga bardosh bera olmaydigan mahsulot ishlab chiqarayotgan korxonalar ixtisoslashuvini o’zgartirishni, yangi korxonalar barpo etishni tushunmoq lozim.

    1991-yilda tashkil etilgan „o’zdunrobita" O’zbekiston— Amerika qo’shma korxonasi mamlakatimizda Markaziy Osiyoda birinchi bo’lib milliy uyali aloqa tizimini barpo etdi. o’tgan 11 yil davomida „o’zdunrobita" tomonidan respublikamizning 20 ta yirik shaharlari, avtomobil yo’llari va tog’Ii hududlarda aloqa stansiyalari, radiorele liniyalari, texnik-muhandislik tarmoqlari barpo etilib, aholi istiqomat qiladigan hududlarning 90 foizini uyali aloqa tizimlari bilan qamrab oldi.

    Xalqaro avtomatik rouming taqdim etadigan O’zbekistondagi uyali aloqa kompaniyasi — „Koskom". O’zbekiston—Amerika qo’shma korxonasi barpo etildi. „Koskom" kompaniyasi O’zbekistonlik abonentlarga dunyoning 20 ta mamlakatidagi uyali aloqadan foydalanish imkoniyatini yaratdi. Bulardan tashqari, O’zbekistonda xorijning yana beshta turdagi aloqa kompaniyalari raqobat muhitida faoliyat ko’rsatmoqda.

    Respublikamizda paxta hosildorligi va sifatini yaxshilashga katta e'tibor berilmoqda. Shu maqsadda qator suv omborlari va sun'iy kanallar qurilmoqda, yerning meleorativ holatini yaxshilash tadbirlari amalga oshirildi. Suv tanqisligi hisobga olinib, 1998 yildan boshlab paxtachilikda Isroil texnologiyalari asosida tom-chilatib sug’orish usulidan foydalanilmoqda.

    Andijonlik paxtakorlar tashabbusi bilan chigitni plyonka osti-ga ekish texnologiyasi joriy etildi. Bu usul paxtani erta ekish, qisqa muddatlarda undirib olish, yuqori hosil yetishtirishga mus-tahkam zamin yaratdi. Paxta ekiladigan yerlar qisqartirilishiga qaramasdan respublikamizda yiliga 3,5 mln. tonna paxta xom-ashyosi tayyorlanmoqda. Shuningdek, O’zbekiston kanop, tamaki yetishtirish sohasida ham dunyoda yetakchi o’rinlarda turadi.

    Mustaqillik yillarida don mustaqilligiga erishish vazifasi qo’yildi. Ekin ekiladigan maydonlarda tarkibiy o’zgarishlar qilinib, xo’jaliklar qanday ekin ekish sohasida mustaqil bo’ldilar. Sug’oriladigan yerlarda g’alla ekish kengaydi. Umumiy ekin maydonlarida donli ekinlar salmog’i 1991-yilda 18,8 foizni tashkil etgan bo’lsa, 1998-yilda 36 foizga o’sdi, natijada g’alla yetishtirish sezilarli darajada oshdi. Agar 1991-yilda 1,9 mln tonna don, shu jumladan 600 ming tonna bug’doy yetishtirilgan bo’lsa, 2002-yilda 5,4 mln tonnaga yaqin don, shu jumladan 5,0 mln tonnadan ortiq bug’doy yetishtirildiShunday qilib, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan tadbir tufayli tom ma'noda mamlakatimizning g’alla mustaqilligiga erishildi, mamlakatimiz va xalqimizni o’z g’allamiz, o’zimizning nonimiz bilan ta'minlashdek tarixiy vazifa bajarildi. Bu yutuq qishloq hayotini yangilash, amalga oshirilayotgan agrar islohot-larning natijasidir.

    Respublikamizda un va un mahsulotlari, go’sht va sut mah-sulotlari, shakar va qand mahsulotlari ishlab chiqarish izchil o’sib bormoqda. Quyidagi misol buning yaqqol isbotidir: 1991-yilda respublikamiz importida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi 73,8 foizni tashkil etgan boisa, 2000-yilda bu ko’rsфkich 15 foizga tushdi. Boshqacha aytganda, aholi iste'moli uchun zarur boigan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini o’zimizda yet-ishtirishga erishildi.

    Respublikamizda sabzavot, meva, uzum yetishtirish bo’yicha ham katta yutuqlarga erishilmoqda. Yiliga 5 mln tonnaga yaqin sabzavot-meva mahsulotlari yetishtiriladi

    O’zbekistonda islohotlarning dastlabki yillaridanoq iqtisodi-yotning quyidagi tarmoqlarida chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish chora-tadbirlari ko’rila bordi:



    • o’zak tarmoqlarni

    —neftva gaz sanoatini, energetikani,
    oltin qazib olish, rangli metallurgiya tarmoqlarini modernizatsi-
    yalash, yangilash;

    — transport va aloqa tizimini, muhandislik kommuni-


    katsiyalarini va ishlab chiqarish infratuzilma tizimini yangilash;

    • qora metall va metall mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Bekobod metallurgiya kombinatini tubdan ta'mirlash ;

    • qishloq xo’jalik mashinasozligini, paxtachilik uchun chigit ekish, g’o’zaga ishlov berish va paxta terish mashinalari ishlab chiqaruvchi korxonalarni tarkiban qayta qurish va yangilash;

    • samolyotsozlik, radioelektronika, elektrotexnika sohasini rivojlantirish;

    • O’zbekiston uchun tamomila yangi bo’lgan avtomo-bilsozlik sanoatini barpo etish;

    • kimyo sanoati kompleksini qayta qurish;

    • qishloq xo’jaligida va umuman agrosanoat kompleksida chuqur tarkibiy o’zgarishlar va progressiv siljishlarga erishish;

    • paxta, pilla, meva va sabzavot, uzumni qayta ishlovchi tar-moqlarni yangi texnika bilan qayta qurollantirish, ip yigirish va to’qimachilik sanoatida tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yangi korxonalar qurish va boshqalar.

    Iqtisodiyot tarkibini qayta qurish,

    Iqtisodiyotga sarmoya yangi korxonalar barpo etish katta




    Download 62 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 62 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I. A. Karimov. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashti-rishyoiida. T., O’zbekiston, 1995, 197-bet

    Download 62 Kb.