ajratish manbalari mablag’larni talab qiladi, albatta. Shu
boisdan islohot yillarida iqtisodiyotga
mablag’-sarmoya jalb qilishning turli manbalari ishga solindi.
Ular quyidagilardan iborat:
-
davlat budjetidan ajratiladigan mablag’lar;
-
respublika banklaridan olinadigan kreditlar;
-
korxonalarning o’z sarmoyalari;
-
aholi sarmoyalari;
-
qarz beruvchi mamlakatlardan olinadigan davlat qarzlari;
-
xalqaro iqtisodiy tashkilotlardan olinadigan moliya-kredit resurslari;
-
chet el firmalari va kompaniyalarining kiritayotgan bevo-sita investitsiyalari.
Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni chuqurlashtirish va rivoj-lantirish uchun barcha mablag’lar hisobiga sarmoya solish yildan yilga o’sib bordi. Shu maqsadda solingan sarmoyalar hajmi
1995-yilda 88,9 milliard so’mni, 1997-yilda 271,6 milliard so’mni, 1999-yilda 537,4 milliard so’mni, 2000-yilda 693,3 milliard so’mni 2002-yildan 1 trillion 400 milliard so’mni tashkil etdi. Investitsiyalar umumiy hajmida korxonalarning o’ziga tegishli bo’lgan resurslar ulushi 2001-yilda 27,5 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2002- yilda bu ko’rsatkich 40,0 foizga ko’tarildi. Bu korxonalarning tobora mustahkamlanib borayot-ganligining yaqqol dalilidir. 2002- yilda respublika iqtisodiyotini investitsiyalash hajmi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 24,5 foizni tashkil etdi. 1991—2002- yillarda iqtisodga jalb etilgan jami investitsiyalar 28,4 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Bu mablag’lar yuksak texnologiyalar bilan ishlaydigan yangi korxonalar qurishga, ishlab chiqarish tarmoqlarini zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalar bilan jihozlashga, sotsial so-halarni rivojlantirishga sarflandi.
Chet el investitsiyalarining mamlakatga kirib kelishi uchun zarur shart-sharoitlar 1998-yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining „Chet el investitsiyalari to’g’risida" gi, „Chet ellik investorlar va investitsiyalarga kafolat berish to’g’risida" gi qonunlari chet ellik in-vestorlarning respublikamizda yaratiladigan mulklarining daxlsizligi va erkin faoliyati uchun huquqiy zaminlarni mustahkamlab berdi. Qonunda xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar, turli firmalar, ayrim shaxslar investor bo’lishi mumkinligi belgilab qo’yildi. Ularning huquqlari xavfsizligi O’zbekistonda davlat tomonidan kafolatlanadi.
Chet ellik tadbirkorlarga O’zbekistonda qo’shma korxonalar barpo etish, o’z kompaniya va firmalarining bo’linmalari, sho’balarini ochish imkoniyati yaratildi. Ularga soliq va bojxona to’lovlari yuzasidan imtiyozlar berildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar depar-tamenti, 1995- yilda Prezident farmoni bilan tashkil etilgan Xorijiy sarmoyalar bo’yicha agentlik respublika tadbir-korlariga xorijiy hamkorlar izlab topish, qo’shma korxonalar barpo etish, investitsiya loyihalarini tuzish va amalga oshirish ishlariga ko’maklashmoqda. Chet el investitsiyalarini siyosiy xavf-xatarlardan sug’urtalash bo’yicha „o’zbekinvest Interneyshnl" qo’shma kompaniyasi tashkil etildi va faoliyat ko’rsatmoqda.
Respublikamizdagi mavjud bo’lgan bir necha o’nlab mashinasozlik korxonalarini tarkibiy jihatdan qayta qurish maqsadida 1993-yilda O’zbekiston davlat mashinasozlik korxonalari uyushmasi —„o’zmashsanoat",1996-yiIda „o’zqishloqxo’jalikmash-xolding", 1998-yilda „o’zneftgazmash" korporatsiyasi, „o’zbekto’qimachimash"birlashmasi tashkil etildi.
Mustaqillik yillarida „o’zmashsanoat" uyushmasi tasarru-fidagi 35 ta korxonaning 26 tasi ta'mirlanib, yangi texnik usku-nalar bilan qayta qurildi. Toshkentdagi ekskavator, podyomnik, zenit, kompressor, asbobsozlik, agregat va abraziv zavodlari, Andijondagi „Andijonirmash" va Topoz, Samarqanddagi Kinop, Sino va boshqalar shular jumlasidandir. Ularda ekskavatorlar, ko’tarma kranlar, kompressorlar, paxtani qayta ishlash agre-gatlari, to’qimachilik dastgohlari, avtomatika vositalari, muzlat-gichlar, mebelga ishlov berish uskunalari, uy-ro’zg’or bu-yumlari va boshqa texnik jihozlar ishlab chiqarilmoqda.
14 ta qishloq xo’jalik mashinasozligi korxonasini, 9 ta qo’shma korxona va 13 ta mintaqaviy texnik markazni birlashtirgan „o’zqishloqxo’jalikmash-xolding" kompaniyasi zamonaviy mashinalarni mustaqil ishlab chiqarishni o’zlashtirib oldi. Ularda paxta teruvchi mashinalar, paxta chigitini aniq ekadigan seyalka-lar, paxtani qop-qanorsiz tashiydigan ag’dargich tirkamalar, sug’orish mashinalari ishlab chiqarilmoqda. Bu kompaniya tasarrufidagi „Toshkent traktor zavodi" aksiyadorlik jamiyati 2000-yilda 954 ta, 2001- yilda 1002 ta O’zbekiston sharoitiga mo-slashgan yangi traktorlar ishlab chiqardi. 1998- yilda u „Amerika mobil grupp" firmasi bilan hamkorlikda qo’shma korxona barpo etib, O’zbekiston — Xitoy loyihasi asosida 22 va 23 ot kuchiga ega bo’lgan ikki turdagi minitraktorlar va ularga uskunalar komplekt-larini ishlab chiqarishni o’zlashtirdi. Bu ixcham traktorlar fermer va dehqon xo’jaliklari faoliyatida keng qo’llanilmoqda.
1994- yilda „UzIzmash" O’zbekiston—Isroil qo’shma korxo-nasi barpo etilib paxta terish mashinalarining gorizontal shpin-delli yangi avlodi yaratildi. Bu mashinalar tik shpindelli mashi-nalarga nisbatan paxta terishga qulay va samarador, tannarxi ar-zon bo’lib, jahon mashinasozligining eng yangi yutug’i bo’ldi. Qishloq xo’jalik mashinalarini „Keys" rusumidagi traktor va g’alla o’rish kombaynlari bilan to’ldirish maqsadida AQSH „Keys Nyu-Xolland" kompaniyasi sarmoyalari ishtirokida „o’zKeysmash" va „o’zKeystraktor" qo’shma korxonalari barpo
etildi. Ularda zamonaviy traktorlar va kombaynlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. „o’zqishIoqxo’jalikmash-xolding" kompaniyasi 2001- yilda 48,2 mlrd. so’mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqardi.
Aviatsiya ishlab chiqarish davlat aksiyadorlik jamiyatiga bir-lashgan korxonalar ham rivojlanmoqda. Uning bosh korxonasi V.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya zavodida 4 ta rusumdagi yuk va yo’lovchi tashiydigan „11-114", „I1-114T", „I1-76MF", „I1-76TF" samolyotlarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Yuk tashish bo’yicha dunyoda eng qulay deb e'tirof etilgan „11-76" rusumli 900 ta samolyot ishlab chiqarildi.
Prezident Islom Karimov tashabbusi O’zbekistonda avtomobil ishlab chiqaruvchi qo’shma korxona barpo etish maqsadida Janubiy Koreya Respublikasining „DAEVVOo’ korporatsiyasi raisi Kim U Jung bilan muzoka-ralar olib borildi. 1992-yil 24- avgustda Toshkentda Janubiy Koreyaning „DAEVVOOMotors" korporatsiyasi va o’zbe-kis-tonning „Avtoqishxo’jmash" davlat konserni o’rtasida Andijon viloyatining Asaka shahrida yiliga 180 ming avtomobil ishlab chiqaradigan „O’ZDAEVVOOavto" qo’shma korxonasini qurish to’g’risida shartnoma imzolandi. O’zbekiston Respublikasi Vazir-lar Mahkamasi 1992- yil 5- noyabrda Asaka shahrida ,,0'zDAE-VVOOavto" korxonasi tashkil qilish to’g’risida qaror qabul qildi. Uni ta'sischilari etib „DAEVVOOMotors" korparatsiyasi va „o’zavtosanoat" uyushmasi, har ikki tarafning qo’shma korx-onadagi ulushi teng miqdorda 50% dan iborat qilib belgilandi. 1993-yil mart oyida „O’ZDAEVVOOavto" qo’shma korxonasi ro’yxatga olindi va umumiy miqdori 658 mln AQSH dollari hajmidagi qurilish ishlari boshlandi. Korxona qurilishiga ilg’or texnologiyalar, tajribali muhandislar, O’zbekistonlik yoshlar jalb qilindi. 1000 dan ortiq O’zbekistonlik yoshlar Janubiy Kore-yaga borib „DAEVVOo’ kompaniyasida ishlab, avtomobil ishlab chiqarish tajribalarini o’rganib qaytib keldilar.„O’ZDAEVVOOavto" qo’shma korxonasining birinchi navbati 1996-yil mart oyida ishga tushirildi. 1996-yil mart oyida „Damas", iyun oyida „Tiko", iyul oyida „Neksiya" rusumli avtomobillar ishlab chiqarish boshlandi.
1996-yil 19-iyulda korxonaning rasmiy ochilish marosimi bo’ldi, unda Prezident Islom Karimov qatnashdi va ,,0'zDAE-VVOOavto" qo’shma korxonasi qurilishida faol qatnashganlarga minnatdorchilik bildirdi.
Bugun biz hammamiz katta tarixiy voqeaga guvoh boiib turibmiz. Bugun O’zbekiston xalqi intizor boiib kutgan muborak kun — mamlakatimizdagi ilk avtomobil zavodining ochilishi tantanali kunlari yetib keldi.
O’zbekiston hukumati „O’ZDAEVVOOavto" qo’shma korxo-nasiga butlovchi qismlar tayyorlovchi korxonalar qurish tad-birlarini amalga oshirdi. Bu borada Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 30-mayda qabul qilingan „Avtomobillar uchun butlovchi buyumlar ishlab chiqaradigan O’zbekiston—Koreya qo’shma korxonalarini tashkil etish to’g’risida" gi qarori muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Qarorga muvofiq ,,0'zDAEVVOOavto" uchun butlovchi qismlar tayyorlaydigan korxonalar tizimini yaratishni mahalliy-lashtirish dasturi ishlab chiqiidi va qurilish ishlari boshlandi. 1996— 2001-yillardalak-bo’yoqlar, avtomobil o’rindiqlari, ichki jihozlari, elektr kabellari, shinalar, disklar, toblangan oynalar, tovush pasaytirgichlari, yoqilg’i baki, bamperlar va boshqa butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi „O’Z-Dong Ko", „Yan Ko", „O’Z-Sem Yun Ko", „O’Z-Dong Von Ko", „O’Z-Tong Xong Ko", „O’Z-Karam Ko" kabi 30 ga yaqin yangi qo’shma korxonalar,
ishlab chiqarish quvvatlari barpo etildi. „O’ZDAEVVOOavto" zavo-di uchun zarur bo’lgan butlovchi qismlarning 20% dan ortig’i O’zbekistonda tayyorlanmoqda. „O’ZDAEVVOOavto", uning tarkibidagi korxona va inshootlarni barpo etish uchun 2000- yil-gacha 600 mln. AQSH dollari o’zlashtirildi.
1999- yil oktabrda Janubiy Koreyadagi yirik „Eksimbank" bilan ,,0'zDAEVVOOavto" zavodini moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash bo’yicha bitim tuzildi va „DAEVVOOMotors" kompaniyasi bilan hamkorlikda „O’ZDAEVVOOavto" zavodida „Matiz" va „Neksiya-2" rusumli avtomobillar ishlab chiqarishga kirishildi.
2001- yil avgustda „O’ZDAEVVOOavto" zavodida yangi liniya barpo etilib xalqaro andazalarga to’la javob beradigan, har tomonlama qulay, ilg’or dizayn va texnik afzalliklari bilan ajralib turadigan „Matiz" rusumli yangi avtomobil ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. 2003-yilda yana bir liniya barpo etilib, „Lasetti" avtomobili ishlab chiqarish boshlandi. 2004- yilda 70070 dona avtomobil ishlab chiqarildi.
Shunday qilib, ,,0'zDAEVVOOavto" qo’shma korxonasining mustahkam poydevori yaratildi. 1996—2006- yilning birinchi yarmida 570 mingdan ortiq avtomobil tayyorlandi, ularning 198609 tasi xorijiy mamlakatlarga eksport qilindi.
„O’ZDAEVVOOavto" zavodiga 2000-yil yanvarda „ISO-9001" sertifikati berildi va u MDH mamlakatlaridagi yengil avtomashina ishlab chiqaruvchilar orasida Xalqaro si-fat tizimidan foydalanuvchi birinchi korxona bo’ldi.
Samarqand shahrida yana bir avtomobil zavodini qurishga ki-rishildi. 1995-yilda ,,6'zavtosanoat" uyushmasi bilan Tur-kiyaning „Kochxolding" kompaniyasi o’rtasida avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqaruvchi „SamKochavto" qo’shma korxo-nasini barpo etish haqida bitim tuzildi. 1996-yilda „SamKochav-to" qo’shma korxonasi ro’yxatga olindi va qurilish ishlari bosh-landi. Mashinalar loyihasini ishlab chiqishda xalq xo’jaligining barcha sohalarida foydalanish uchun qulay bo’lishini to’minlash maqsadida Italiya—Ispaniya qo’shma korxonasi „Iveko" ning ix-cham konstruksiyalari asos qilib olindi va „Kochxolding" kom-paniyasi a'zosi —„Otayo’I" zavodida O’zbekiston sharoitiga mo-slab takomillashtirildi.
Mustaqillikyillaridaneftmahsulotlariishlab chiqarishni jiddiy ko’paytirishga alohida e'tibor berildi. O’zbekiston hududida 2 trillion kubometrga yaqin gaz zaxiralari, 160 dan ortiq neft koni mavjud. Biroq mamlakat neft mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha qaram boiib, qariyb 6 mln. tonnaga yaqin neft mahsulotlari chetdan keltirilar edi. Mustaqillikning dast-labki yillarida Rossiya va boshqa mamlakatlardan sotib olingan neft mahsulotlari uchun 2 mln. tonna paxta xomashyosi (600 ming tonna paxta tolasi) berilar edi.
O’zbekistonning neft mustaqilligini ta'minlash asosiy vazi-falardan biri sifatida ilgari surildi. Respublikada tarqoq holda faoli-yat yuritayotgan neft hamda gazni qazib chiqarish va qayta ishlash korxonalari 1992-yilda tashkil etilgan „o’zbekneftgaz" konserniga birlashtirildi. 1998- yilda esa u „o’zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasiga aylantirildi. Mazkur kompaniya rivojlan-gan davlatlardagi kompaniyalar bilan hamkorlik o’rnatib, 1995—2000-yiIlarda tarmoqqa 1,5 mlrd. AQSH dollari miqdorida xorij sarmoyasini jalb etdi. Natijada respublikamizning Ustyurt, Buxoro—Xiva, janubi-g’arbiy Htsor, Surxondaryo, Farg’ona mintaqalarida gaz, neft va gaz kondensati qazib oluvchi 92 ta korxona kengaytirildi, yangi texnik uskunalar bilan jihozla1991-yil mayoyida Toshkent, Farg’ona,Yengil sanoat Buxoro to’qimachilik kombinatlari,Andijon va Nukus ip-gazlama kombinatlari, ular tasarrufidagi kichik va o’rta korxonalarni birlashtirgan „o’zbekyengilsanoat" davlat uyushmasi tashkil etildi. Bu uyushma, bir tomondan, mavjud korxonalarni aksiyadorlik jamiyatlari sifatida qayta tashkil etdi, ularni ta'mirlash, yangi texnik jihozlar bilan qayta qurish orqali mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytirish tadbirlarini amalga oshirdi. Masalan, „Buxoroteks" aksiyadorlik jamiyati 1994- yilda o’z mablag’lari hisobidan Shveysariyaning „Riter" firmasidan 2592 ta yigiruv g’altagi quvvatiga ega bo’lgan uskunalar sotib oldi. 1996-yilda esa Shveysariyadan jalb etilgan 5 mln. shved frankiga ikkinchi yi-giruv majmuyi sotib olib korxonani jihozladi. Natijada 1997-yil-dayoq 1000 tonna kalava ip ishlab chiqarishga erishdi.
Ikkinchidan, davlat uyushmasi tomonidan respublikamizdagi boy xomashyolarni, birinchi navbatda paxta tolasini qayta ishlab tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yangi korxonalar barpo etish har tomonlama qo’llab-quvvatlandi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1996-yil aprel oyida „MahaIIiy va yengil sanoatni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tadbirlari to’g’risida" qaror qabul qildi. Qarorga muvofiq tarmoq bo’yicha 35 ta investitsiya loyihalari ishlab chiqildi va ularni amalga oshirish jarayonida 152 mlrd so’m, shu jumladan, 644,4 mln AQSH dollari hajmida chet el sarmoyalari o’zlashtirildi. Natijada 1996—2001-yillarda Janubiy Koreya ishtirokida „KobuI—o’zbek Ko" qo’shma korxonasiga birlashgan To’ytepa va Toshkent shahrining Ko’kcha mavzesida 2 ta yirik qo’shma korxona, „KobuI—Farg’ona Ko" qo’shma korxonalari qurilib ishga tushirildi. Turkiya to’qimachilik kom-paniyalari ishtirokida Nukus shahrida „Kateks" to’qimachilik majmuasi, Namangan viloyatida „Asnamtekstil", „Tap-fen", „Kosonsoy-Tekmen", „Atlas-Men", Qashqadaryo viloyatida „Qashteks", „Oqsaroy-to’qimachi" qo’shma korxonalari barpo etildi. Germaniya sarmoyadorlari bilan hamkorlikda 1998- yilda Andijonda „Anteks", Farg’ona viloyatining Yozyovon tumanida „Pfaff-Zinger" qo’shma korxonalari qurildi. 1999- yilda Xo’jaobod tumanida tikuv va trikotaj buyumlar ishlab chiqaradigan „Tyan-Din-Du" O’zbekiston—Xitoy qo’shma korxonasi, 2000-yilda yiliga 3800 tonna kalava i p ishlab chiqaradigan „Qorako’lteks" o’zbe-kiston—Amerika qo’shma korxonasi barpo etildi. 2002-yilda Res-publika to’qimachilik sanoatida 17 ta qo’shma korxona faoliyat ko’rsatdi. Tarmoq bo’yicha 32 mingdan ortiq yangi ish o’rinlari tashkil etildi. 2004-yilda 17 ta to’qimachilik korxonalari, jumladan „Beruniy teks", „Baliqchiteks", „Bursel—Toshkent" kabi yirik qo’shma korxonalar qurilib foydalanishga topshirildi.
Mustaqillik yillartda O’zbekistonda transport tizimi, temiryo’li, avtomobil yo’li, havo, quvur va suv transporti rivoj topdi.
O’zbekiston Markaziy Osiyoni Eron va Turkiya bilan bog’-laydigan Tajan-Seraks-Mashhad temiryoii qurilishida o’z yo’I quruvchilari, sarmoyalari, texnika vositalari bilan faol qatnashdi. Uzunligi 295 km boigan mazkur temiryoi 1996-yil may oyida qurilib ishga tushirildi. Natijada O’zbekiston o’z mahsulotlarini Fors ko’rfazigacha, Turkiyagacha, keyin Yevropa mamlakat-lariga yetkazish imkoniyatiga ega boidi.
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan istiqlolning dastlabki og’ir yillarida mamlakatimiz hayotida beqiyos aha-miyatga ega boigan, Qizilqum va Ustyurt choilarida joylashgan shahar va qishloqlarni ijtimoiy jihatdan rivojlantirishga xizmat qiladigan Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog’-Nukus yo’-nalishida temiryoii qurish bilan bogiiq ishlar boshlandi.
1992—1993- yillarda temiryoii qurilishining texnik-iqtisodiy loyihasi ishlab chiqildi. 1994—2002- yillarda loyiha qiymati 38,9 mlrd so’mni tashkil etgan 342 km uzunlikdagi Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog’-Nukus temiryo’li qurilib foydalan-ishga topshirildi. 2001- yil 23- mart kuni mazkur yo’nalish bo’yicha dastlabki yuk poyezdi, 2002- yil 22- avgust kuni yoiovchi poyezdi harakatlari boshlandi. Miskin, To’rtkoi, El]ikqal'a, Qorao’zak, Beruniyda yangi zamonaviy vokzallar, o’nlab yangi bekatlar, soha xodimlari uchun turar joy binolari bunyod etildi. Nukus, Uchquduq temiryoi vokzallari toiiq qayta ta'mirlandi. 1750 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.
„Bu esa O’zbekistonda yagona temiryoi tizimini barpo etish, mintaqadagi foydali qazilma konlarini kompleks o’zlashtirish, katta miqdordagi valuta mablagiarini ishlab topish va tejash, odamlarning uzog’ini yaqin qilish bilan birga, ko’plab yangi ish o’rinlarini ochish, shahar va qishloqlarda yirik sanoat korxonalarini bunyod etish, eng muhimi, joylarda kichik va o’rta biznesni rivojlantirish imkonini beradi".
|