• II. Murojaatlarni qabul qilish va ro‘yhatga olish
  • IV. Murojaatlarni qabul qilish, ro‘yhatdan o‘tkazish va ularning ijrosi yuzasidan nazorat olib borish
  • Ishonch telefoni




    Download 60 Kb.
    Sana21.03.2017
    Hajmi60 Kb.
    #737

    2015-yil 1-avgustda tasdiqlangan
    O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “ishonch telefoni”ning faoliyat yuritish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma (reglament)

    I.Umumiy qoidalar

    1. TIV ishonch telefoni faoliyati 2014 yil 3 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda 2015 yil 16 iyun kuni Tashqi ishlar vaziri tomonidan tasdiqlangan “2015 yilda korrupsiyani oldini olish uchun amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Rejasi”ga asosan yo‘lga qo‘yilgan.

    2. Mazkur Yo‘riqnoma Vazirlikda ishonch telefoni faoliyatini tashkil etish, hususan fuqarolar murojaatlarini qabul qilish, ro‘yhatdan o‘tkazish va uni ijro etish tartibini belgilaydi.

    3. Ishonch telefoni orqali kelib tushadgan murojaatlarni qabul qilish va ro‘yhatga olish ishini tashkillashtirish vazifasi vazir yordamchisi tomonidan tayinlanadigan xodim zimmasiga yuklatiladi.

    4. To‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanuvchi shahar telefon raqami (+998 71) 233-28-28 orqali ishlovchi ishonch telefoni «raqamlarni avtomatik tarzda aniqlovchi» telefon apparati bilan jihozlanadi. Telefon apparati TIV Kanselyariyasiga o‘rnatiladi. Ishonch telefoni orqali murojaatlarni qabul qilish haftaning ish kunlari – soat 9:00 dan 20:00 gacha Kanselyariyaning mas’ul xodimi, soat 20:00 dan kelasi kun 9:00 gacha Kotibiyatning navbatchi xodimi tomonidan, dam olish kunlari (shanba, yakshanba) esa, soat 9:00 dan 14:00 gacha Kanselyariyaning mas’ul xodimi, soat 14:00 dan kelasi kun 9:00 gacha Kotibiyat navbatchi xodimi tomonidan amalga oshiriladi.

    5. Ishonch telefoni orqali murojaatlarni qabul qiluvchi mas’ul xodimlar vazirlik regional va funksional boshqarmalarining, hamda TIVning horijdagi diplomatik va konsullik vakolatxonalarining manzili hamda telefon raqamlari berilgan ma’lumotnomalar va boshqa zaruriy informatsion adabiyotlar bilan ta’minlanadilar.

    6. Ishonch telefoni orqali avvalo TIV tizimidagi korrupsiya holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek vazirlik faoliyatiga daxldor bo‘lgan boshqa masalalar, hususan konsullik masalalari bo‘yicha konsultativ xarakterdagi murojaatlar qabul qilinadi.

    7. Vazirlik ishonch telefoni, uning ishlash vaqti va murojaat yo‘llash tartibi to‘g‘risidagi ma’lumot TIVning internetdagi rasmiy veb saytiga joylashtiriladi.

    8. Ishonch telefoni raqami va undan foydalanish tartibi o‘zgargan taqdirda TIV Kanselyariyasi 1(bir) kun ichida internet saytdagi ma’lumotlarni yangilash borasida tegishli choralarni ko‘radi.

    II. Murojaatlarni qabul qilish va ro‘yhatga olish

    9. Ishonch telefoni orqali qabul qilingan murojaatlar ma’lumot so‘rash tarzida bo‘lsa, mas’ul xodim ularga og‘zaki javob qaytaradi yoki murojaat qiluvchini vazirlikning so‘ralayotgan masalaga mas’ul bo‘lgan boshqarmasiga ulab beradi. Agarda murojaat qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan bo‘lsa, mazkur murojaat qayd daftarida ro‘yhatdan o‘tkaziladi va vazirlikning «Elektron hujjat aylanish» tizimi («HERMES+»)ga kiritiladi, hamda Kanselyariya mudiri tomonidan tegishliligi bo‘yicha vazirlik raxbariyatiga yuboriladi. Raxbar xodim murojaatni ko‘rib chiqib, ijrochini aniqlaydi, ijro muddati va masalani hal qilish tartibini belgilaydi.

    10. Ishonch telefoni qo‘ng‘iroqlarini qabul qilish va ularni murojaatlar hisobini yuritish qayd daftariga ro‘yhatga olish mazkur Yo‘riqnomaning uchinchi bandida ko‘rsatilgan xodimlar tomonidan amalga oshiriladi. Ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaatlar hisobini yuritish qayd daftari tikilgan, raqamlangan va o‘rnatilgan tartibda ro‘yhatdan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.

    11. Ishonch telefoni qo‘ng‘iroqlarini qabul quluvchi mas’ul xodim murojjaatni qabul qilish paytida ismi, familiyasi va lavozimini aytgan holda o‘zini tanishtirishi lozim.

    12. Ishonch telefoni orqali tushgan murojaatlarga javoblar faqat fuqaro o‘zini tanishtirgan hollardagina beriladi. Fuqaroga yozma javob yo‘llash zarurati bo‘lganda, mas’ul xodim mazkur fuqaroning telefon raqami va yashash manziliga aniqlik kiritish lozim.

    13. TIV vakolat doirasiga kirmaydigan masala yuzasidan fuqaroga tegishli tashkilotga murojaat qilish bo‘yicha tushuntirish beriladi.

    IV. Murojaatlarni qabul qilish, ro‘yhatdan o‘tkazish va ularning ijrosi yuzasidan nazorat olib borish

    14. Ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaatlarni qabul qilish, ro‘yhatdan o‘tkazish va ularning ijrosi yuzasidan nazorat olib borish vazir yordamchisi zimmasiga yuklatiladi.

    15. Vazir yordamchisi:

    15.1. Ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaatlarni to‘laligicha qabul qilish, ro‘yhatdan o‘tkazish hamda, ularni ijro etish muddatlariga amal qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

    15.2 Ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojjatlarni ro‘yhatga olish qayd daftarini to‘g‘ri yuritilishini nazorat qilib boradi.

    15.3. Har oyda bir marotaba ishonch telefoni faoliyatini tekshirish hamda qabul qilingan murojaatlar hisobotini yuritish ishlarini tashkillashtiradi.
    Download 60 Kb.




    Download 60 Kb.