|
E- conference s e r I e s premium best q uality guaran tee serviceBog'liq Italy Econference Series Nov 2023 package
Proceedings of International Educators Conference
Hosted online from Rome, Italy.
Date: 25
th
Nov., 2023
ISSN: 2835-396X Website: econferenceseries.com
3
Har bir kasalxona bajarishi shart bo'lgan vazifalar vaziyatga qarab o
‘zgartirilishi
mumkin.
Evakuatsiyalanish bosqichlarida tashkil qilingan kasalxonalar tashkiliy jihatdan
favqulodda vaziyat o‘chog‘ida turi, hajmi jarohatlanishlar darajasiga qarab
o
‘zgartirilishi mumkin. Ammo har qanaqa vaziyatlarda ham, har bir bosqichga
o‘ziga xos bo‘lgan faoliyatlar yo‘nalishida vazifalar berilishi kerak. Ya’ni tibbiy
yordam ko'rsatish bosqichlarida tashkil qilingan har bir davolash- profilaktika
muassasalari uchun ma’lum mutaxassislar yo‘nalishiga asoslangan holda tibbiy
yordam ko'rsatish prinsipi yotadi. Ana shu prinsiplarga asosan tibbiy yordam
ko'rsatish bo'limlariga quyidagi vazifalarni bajarish yuklatiladi:
- jarohatlanganlarni qabul qilish;
- ularni tibbiy ro'yxatdan o'tkazish;
- tibbiy saralash;
- sanitar tozalash , degazatsiya, dezaktivatsiya hamda dezinfeksiyalash,
jarohatlanganlarga, ularning kiyim-boshlariga himoya vositalari bilan tozalash
ishlarini o'tkazish;
- jarohatlanganlar va bemorlarga tibbiy yordam ko'rsatish, jarrohlik bog'lagich
ishlari, terapevt tibbiy tekshiruv muolajalari va hokazolar;
-jarohatlanishlar va kasallik holatlariga qarab, ularni kerak bo'lsa, yotqizib
davolash;
- tibbiy yordam ko'rsatilgandan so'ng keyingi bosqichlarda davolanishga ehtiyoji
bo'lganlarni evakuatsiyalashga tayyorlash;
- yuqumli xastaliklarni vaqtinchalik izolatsiyalash.
Ushbu vazifalar tibbiy xizmat ko'rsatish bosqichlarining hammasi uchun belgilangan
vazifalardir. Ammo har bir kasalxonalarning ixtisoslashishiga qarab ularga
belgilanadigan vazifalarga yuqoridagilar ham qo'shilib belgilanishi kerak. Tibbiy
xizmat ko'rsatish bosqichlarining barchasi tashkiliy tuzilishi bilan ko'pincha
o'xshashlikka egalar, masalan, tibbiy yordam ko'rsatish bosqichi uchun boshqaruv
bo'limi, apteka, laboratoriya, oshxona, zaxira xonalar va boshqa yordamchi bo'lim
lar bo'lishi ko'zda tutilgan.
Har bir kasalxonaning ishlashini ta’min etuvchi ushbu
bo'limlarning katta-kichikligi o'sha kasalxonaning quvvatiga, yordam ko'rsatish
yo'nalishiga bog'liq. Tibbiy xizmat ko'rsatish bosqichlarining davolash profilaktika
ishlarini bajarish darajasi, hajmi shunday belgilanadiki, har qaysi bosqichdan
yuqorida turgan davolash bosqichi oldingi bosqichdan to'laroq, malakaliroq tibbiy
yordam ko'rsatish imkoniyatiga ega.
|
| |