|
E- conference s e r I e s premium best q uality guaran tee serviceBog'liq Italy Econference Series Nov 2023 package
Proceedings of International Educators Conference
Hosted online from Rome, Italy.
Date: 25
th
Nov., 2023
ISSN: 2835-396X Website: econferenceseries.com
5
ko'rsatilan tibbiy yordam jarohatlanganlarni keyingi bosqichdagi davolash-
profilaktika bosqichigacha evakuatsiyalashni beozor ta
’minlay olishi hamda
kechiktirilishi mumkin bo'lmagan tibbiy yordamni albatta ushbu bosqichda joriy
etilishini ta ’minlay olishi lozim.
Ikkinchi jahon urushida tibbiy yordam ko'rsatishning natijalari shuni ko'rsatdiki,
tibbiy yordam ko'rsatishning natijalari birinchi tibbiy yordamni qay darajada o'z
vaqtida ko'rsatilishi bilan bog'liq bo'lgan. Jarohatlanganlardan birinchi tibbiy
yordam o'z vaqtida ko'rsatilganlarining 80 % tez asoratsiz tuzalib, o'z qismlariga
qaytarilganlar. Shuni e’tiborga olgan holda, birinchi tibbiy yordam qay darajada
bajarilishi alohida mohiyatga ega.
Xulosa o’rnida yer qimirlashlar, suv toshqinlari, avariya-katastrofalar oqibati shuni
ko'rsatdiki, favqulodda vaziyatlarda talafot ko'rgan o'choqda transport yo'llari,
kommunikatsiyalar buziladi, bunda tibbiy yordam ko'rsatishga rejalashtirilgan
bo'linmalarning o'zlari ham favqulodda hodisa ta
’siridan zarar ko'radilar va ularning
o'zlari har tomonlama, shu jumladan, tibbiy yordamga muhtoj bo‘ladilar.
Jarohatlangan aholiga tibbiy yordam ko'rsatish uchun esa, bunday sharoitda
tashqaridan, y
a’ni sanitar yo‘qotishlar o‘chog‘idan boshqa shahar, viloyat,
tumanlardan tibbiy mutaxassislar, sanitar transportlari, doridarmonlar safarbar
qi
lishga to‘g‘ri keladi. Bu esa o‘z navbatida ma’lum bir vaqtni talab etadi. Natijada
to chetdan tibbiy yordam ko'rsatuvchi mutaxassislar yetib kelguncha birinchi tibbiy
yordam ko'rsatish kechikadi. Natijada kechikib tibbiy yordam ko'rsatish oqibatlari
asoratsiz tugamaydi. Shu sababli favqulodda vaziyatda sanitar yo'qotishlar
o'chog'ida birinchi tibbiy yordamni, shu o'choqdagi aholi o'z-o'ziga va bir-biriga
ko'rsatishi kerak. Buning uchun esa, tinchlik davrida barcha aholini birinchi tibbiy
yordam ko'rsatishga o'qitish, o'rgatish alohida ahamiyatga ega bo'ladi.
|
| |