|
Mavzu : Favqulotda vaziyatlarda o’ziga va o’zaro tibbiy yordam. Evakuatsiya. Reja
|
bet | 1/3 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 20,91 Kb. | | #116349 |
Bog'liq Favqulotda vaziyatlarda o’ziga va o’zaro tibbiy yordam .
Mavzu : Favqulotda vaziyatlarda o’ziga va o’zaro tibbiy yordam .
Evakuatsiya .
Reja :
1. FV da shikastlovchi omillar turlari .
2. FV da shikastlanuvchiga tibbiy yordam ko’rsatish tarmoqlari va ularning vazifalari.
3. Birinchi tibbiy yordam ko’rsatishning asosiy tamoyillari.
4. Evakuatsiya .
5. Foydalanilgan adabiyotlar.
Favqulotda vaziyatlarda asosiy shikastlovchi omillar turlari.
Fizik omillar (elektr toki, bug’, yuqori va past harorat, olov va h.k.).
Kimyoviy omillar (kislotalar, ishqorlar, pestitsidlar, zaharlovchi moddalar va h.k.).
Radioaktiv vositalar (radioaktiv moddalar uran, plutoniy, radiyning tarqalishi), radioaktiv nurlar ta’siri.
Bakteriologik omillar (o’ta xavfli yuqumli kasalliklar vabo, o’lat, OIÒS, chinchechak, gemorragik isitmalar va h.k.)ning tarqalishi
. Barcha tibbiyot xodimlari turli xil shikastlar, to’satdan yuz beradigan kasalliklarning asosiy belgilarini puxta bilishlari, bu shikastlar va holatlar paydo bo’lganda odamlarning zarar ko’rishi yoki kasallanishi qanchalik xatarli ekanligini tasavvur qilishlari lozim. Insoniyat va jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichi ilmfan va texnikaning jadal taraqqiy qilishi hamda ulkan yutuqlari bilan xarakterlanadi. Kishilarning mehnat qilish va dam olish sharoitlarini yaxshilash ularning umrini uzaytiradi. Biroq texnika taraqqiyoti odamga zararli taassurotlar xavfini oshiradi. Ko’rilayotgan profilaktik chora-tadbirlarga qaramay, transport vositalarining ko’payishi bilan ulardan shikastlanish hollari ortib bormoqda. Har yili minglab kishilar transportdan shikastlanib halok bo’ladi, ko’plari esa mayibmajruh bo’lib qoladi. Shikastlanganlarning hayotini qutqarib qolishga qaratilgan choralar orasida birinchi tibbiy yordamning ahamiyati katta, u nechog’li tez ko’rsatilsa, samaradorligi shunchalik yuqori bo’ladi. O’zbekiston Respublikasida inson hayoti va sihat-salomatligi eng katta boylik hisoblanadi. Bu O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va sog’liqni saqlash bo’yicha qabul qilingan Qonunlarda belgilab berilgan. Tibbiy yordamning samaradorligi yil sayin oshib bormoqda. Bu esa, avvalo, inson umrining uzayishiga olib kelmoqda.
O’zbekistonda asr boshlarida o’rtacha umr ko’rish 3045 yosh bo’lganbo’lsa, hozir 7275 yoshni tashkil qiladi. Sog’liqni saqlash sohasidagi bu yutuqlar, inson salomatligi to’g’risida g’amxo’rlik qilish davlatimiz faoliyatidagi ustuvor yo’nalish mahsulidir. Sog’liqni saqlash tizimida tez tibbiy yordamni tashkil etish muhim o’rin tutadi. Tez tibbiy yordam zarur asbob-uskunalar bilan jihozlangan maxsus davolash muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. Respublikada tibbiyot muassasalari soni yil sayin ko’payib bormoqda, shunga yarasha shifokorlar, feldsherlar, hamshiralar, laborantlar ko’proq tayyorlanmoqda. Bu aholiga malakali tibbiy yordam ko’rsatishni yuqori darajada olib borishni va davolash natijalarini keskin yaxshilash imkonini beradi. Biroq tez tibbiy yordam xizmati yuksak darajada tashkil qilingan bo’lsa-da, to’ satdan kasallanish va baxtsiz hodisalarda yaqin joydagi fuqarolar shifokorgacha birinchi tez tibbiy yordam ko’rsata olmasalar, kutilgan natijalarga erishib bo’lmaydi. Aholini birinchi tibbiy yordam ko’rsatish qoidalariga o’rgatishga intilishning sababi ham aynan ana shunda .
Birinchi tez tibbiy yordam ko’rsatishning umumiy qoidalari maktabda o’rgatiladi, u o’t o’chiruvchilar, militsiya xodimlari, transport haydovchilarni tayyorlash o’quv dasturiga ham kiritilgan. Harbiy xizmatchilar ham tez tibbiy yordam ko’rsatishni o’rganadilar. Laborantlar, farmatsevtlar, tish texniklari tayyorlash dasturiga «Birinchi tibbiy yordam fani asoslari» talablarga binoan kiritilgan (1969-yil). Qonunning 33-moddasiga ko’ra, har bir tibbiy xodim shikastlangan kishiga ko’chada, yo’lda, jamoat joylarida birinchi chaqiriq bo’yicha yordamga kelishi va baxtsiz hodisalar, to’satdan kasallanishlarda birinchi yordamni to’g’ri ko’rsata bilishi lozim. Bu modda bandlarini bajarmaslik bizning qonunlarimiz bo’yicha jinoyat bilan yonma-yon turadi. Qonunning 17-moddasiga binoan, kasb-koriga oid o’z vazifalarini bajarmagan tibbiyot xodimlari qonun bo’yicha jinoiy yoki intizomiy javobgarlikka tortiladilar. Mahalliy hokimiyat organlari muassasalar va korxonalar rahbarlari zimmasiga birinchi tibbiy yordam ko’rsatayotgan tibbiyot xodimlariga har tomonlama ko’maklashish, shikastlanganlarni va to’satdan kasallanib qolganlarni yaqindagi davolash muassasasiga transportirovka qilish uchun zarur transport, aloqa vositalari bilan ta’minlash shartligini bilishi lozim .
Tibbiy ma’lumotga ega bo’lmagan shaxslar tomonidan ko’rsatilgan birinchi yordam shifokor, feldsher yoki hamshira ko’rsatadigan yordam o’rnini bosa olmaydi. Bu choralar faqat tibbiyot xodimlari kelguncha yoki shikastlangan kishini davolash muassasasiga jo’natilguncha o’tkazilishi mumkin. Zilzila vaqtida, avtomobil halokatida, temiryo’l halokatida, yong’inlarda, portlash yuz berganda, suv toshqini paytida ommaviy shikastlanish hodisalari sodir bo’ladi. Bunday hollarda birinchi tibbiy yordamni muvaffaqiyatli ko’rsatish uyushqoqlik va tartib intizomga bog’liq. Avvalo, birinchi navbatda kimga tibbiy yordam ko’rsatishni aniqlab olish zarur. Uni quyidagi tartibda ko’rsatish lozim:
1.Nafas olishi va yurak faoliyati qiyinlashib qolgan bemorlarga.
Ko’krak va qorin bo’shlig’i jarohatlangan bemorlarga.
Ko’p qon yo’qotayotgan, yo’qotgan bemorlarga.
Shok va behush holatdagi bemorlarga.
Ko’p suyaklari singan bemorlarga.
Jarohatlari kichik bemorlarga.
|
| |