|
Birinchi tibbiy yordam ko’rsatishning asosiy tamoyillari
|
bet | 3/3 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 20,91 Kb. | | #116349 |
Bog'liq Favqulotda vaziyatlarda o’ziga va o’zaro tibbiy yordam .Birinchi tibbiy yordam ko’rsatishning asosiy tamoyillari.
Har bir kishi birinchi yordam ko’rsatishni, tibbiyot xodimi esa, malakali tibbiy yordam ko’rsatishni bilishi zarur. Birinchi tibbiy yordam ko’rsatishda yordam berayotgan kishining barcha xatti-harakatlari maqsadga muvofiq puxta o’ylangan, qat’iy, tez va vazmin bo’lishi kerak hamda quyidagi tamoyillarga amal qilinishi lozim:
Avvalo, shikastlanib qolgan kishi tushgan sharoitga baho berish va shikastlantiruvchi omillar ta’sirini to’xtatish choralarini ko’rish (suvdan, yonib turgan xonadan olib chiqish, yonib turgan kiyim-boshni o’chirish, elektrdan shikastlanishda elektr toki tarmog’idan ajratish) kerak.
Shikastlangan kishi ahvoliga tez va to’g’ri baho berish zarur. Shikastlanganni ko’zdan kechirishda uning tirik yoki o’likligi aniqlanadi, shikastning turi va og’iryengilligiga, qon oqayotganligi yoki oqmayotganligiga e’tibor beriladi.
Shikastlangan kishini ko’zdan kechirish davomida birinchi tibbiy yordamning hajmi va uni nimadan boshlash kerakligi aniqlanadi.
Aniq sharoitlar, mavjud holatlar va imkoniyatlarga asoslangan holda birinchi tez tibbiy yordam ko’rsatish uchun qanday vositalar zarurligi aniqlanadi va ular bilan ta’minlanadi.
Birinchi tez tibbiy yordam ko’rsatiladi va shikastlangan kishini transportirovkaga tayyorlanadi.
Shikastlangan kishini davolash muassasasiga transportirovka qilish chorasi ko’riladi.
Shikastlangan kishini davolash muassasasiga yuborishga qadar bir o’zini qarovsiz qoldirish mumkin emas.
Zaruriyat tug’ilganda birinchi tez tibbiy yordamni hodisa ro’y bergan joydagina emas, balki davolash muassasasiga olib borilayotganda yo’lda ham ko’rsatish kerak.
FVda aholiga sanitariya-epidemiologiya va shoshilinch tez tibbiy yordam ko’rsatish brigada usulida amalga oshiriladi. Shikastlangan va jarohatlanganlarga tez tibbiy yordam ko’rsatish ikki bosqichda olib boriladi. Birinchi bosqichda FV hududida tibbiy saralash o’tkaziladi, birinchi tibbiy va shifokorgacha yordam ko’rsatiladi, undan keyin:
Joyida birlamchi shifokor yordami ko’rsatiladi.
Evakuatsiya qilinganlarga tibbiy yordam beriladi.
Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar ko’riladi.
Ikkinchi bosqichda davolash muassasalarida, kasalxonada ixtisoslashtirilgan yordam ko’rsatiladi. Shoshilinch tez tibbiy yordam ko’rsatish xizmatining tuzilishi. Respublika miqyosida:
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish markazi;
Doimiy tayyor holatdagi ixtisoslashtirilgan shoshilinch tibbiy yordam brigadalari. Bular respublika kasalxonalarida va shoshilinch yordam ilmiy markazlarida, yirik ko’p tarmoqli kasalxonalarda tashkil etiladi:
Shoshilinch tez tibbiy yordam brigadalari;
Ixtisoslashtirilgan tez tibbiy yordam brigadalari;
Sanitariya-profilaktika brigadasi;
Ixtisoslashtirilgan epidemiyaga qarshi kurash olib boruvchi brigada. Viloyat miqyosida:
Viloyat tez tibbiy yordam markazi, viloyat tez tibbiy yordam kasalxonasi, viloyat konsultativ markazlari tarkibida tashkil etiladi. Uning tarkibida:
Maxsus tez tibbiy yordam brigadasi (ÒÒYB).
Ixtisoslashtirilgan shoshilinch tez tibbiy yordam brigadasi (tezkor tibbiy yordam).
Tez tibbiy yordam brigadasi tashkil etiladi.
Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish bo’linmasi fuqaro himoyasining harakatdagi asosiy qismi hisoblanadi. Asosan shikastlanganlarga, nurlangan, kuygan, zaharlangan va kasallanganlarga birinchi shifokorlik yordamini korsatadi. Rahbari shifokor. Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish bo’linmasining asosiy vazifalari:
Qabul qilish, ro’yxatga olish, vaqtinchalik joylashtirish
Bemorlar o’rtasida tibbiy saralash o’tkaz
Dozimetrik nazorat o’tkazish
Qisman, to’liq sanitariya ishlovi berish.
Kasal va jarohatlanganlarga birinchi shifokorlik yordami, xirurgik va terapevtik yordam ko’rsatish.
Transportirovka qilib bolmaydigan kasallarni vaqtinchalik gospitalizatsiya qilish.
Infeksion va ruhiy kasallarni izolatsiya qilish.
Bemorlarni kelasi evakuatsiya bosqichiga tayyorlash.
Sanitariya bo’linmalari va bo’limlari ishiga rahbarlik qilish.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O.T.Xasanova, B.V.Zayniddinov,”Hayot faoliyati havsizligi”
2. O’.R.Yo’ldoshev,O.D.Rahimov,O.D.Rahimov,O.T.Xasonov “Mehnat muhofazasi va texnik xavfsizligi”
3.X.H.Razzoqov,Sh.A.Mamasov “Hayot faoliyati havfsizligi”
M.Tojiyev,I.Nigmatov “Hayot faoliyati havfsizligi “
H.E.Rustamova ,M.D.Maxsumov,U.A.Tuymachev “Hayot faoliyati xavfsizligi Fuqaro muhofazasi”
|
| |