zakalat – ishtirokchi tomonidan auksion yoki tanlovda qatnashish uchun kafolat ta’minoti sifatida kiritiladigan pul mablag‘lari; ishtirokchi




Download 32,69 Kb.
bet5/18
Sana27.01.2024
Hajmi32,69 Kb.
#147012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
«E-AUKSION» elektron savdo platformasi to‘g‘risida
Madinabonu Rajapboyeva pedagogika, o\'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. aqliy tarbiya , komp grafika malumotlar zori, Statik anıq emes ramalar Qallibek, 9-ma’ruza mavzu O‘lchashlar noaniqligi va xatoliklari. Reja, 2, мажбурий шартнома, 1-kurs ishi javoxir, Asosiy taqdimot, EL lab, Вектор (математика) — Википедия, 2-amaliy ish topshiriqlari, wepik-analiz-sinteza-elektronnoi-struktury-i-ximiceskix-svoistv-gruppy-geterocikliceskix-soedinenii-20231219100906B9yl, wepik-osobennosti-metodiki-prepodavaniia-predmeta-psixologiia-mladsego-skolnogo-vozrasta-v-kurse-psixolog-20231221193524fxKw, Kiberxavfsizlik Isaev R
zakalat – ishtirokchi tomonidan auksion yoki tanlovda qatnashish uchun kafolat ta’minoti sifatida kiritiladigan pul mablag‘lari;
ishtirokchi – savdo platformasida ushbu Nizomda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tib, auksion yoki tanlovda qatnashish uchun ariza bergan jismoniy yoki yuridik shaxs;
lot – buyurtmachi tomonidan auksion yoki tanlovda sotish (ijaraga berish) uchun savdoga qo‘yilgan obyekt;
lotga oid axborot – auksion yoki tanlov obyekti bo‘yicha buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar va hujjatlar;
obyektning baholangan qiymati – auksion obyektini baholash haqidagi hisobotda (baholash talab etilmaydigan holatlardan tashqari) yoki davlat ijrochisining mol-mulkni baholash to‘g‘risidagi qarorida yoxud sud qarorida ko‘rsatilgan qiymat;
operator – savdo platformasida auksion va tanlovni tashkil etish hamda o‘tkazish vakolati berilgan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi;
takroriy auksion yoki tanlov – auksion yoki tanlov o‘tkazilmagan deb topilgan hamda natijalari bekor qilinganda, qaytadan o‘tkaziladigan auksion yoki tanlov;
talabgor – savdolarda ishtirok etish istagini bildirgan va operatorning savdo platformasida ushbu Nizom bilan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
tanlov g‘olibi – tanlov hujjatlari mezoni va shartlariga muvofiq eng yaxshi taklifni taqdim etgan ishtirokchi;
tanlov shartlari – tanlovni o‘tkazish tartibi, tanlov g‘olibini aniqlash mezonlari, ishtirokchilarga qo‘yiladigan investitsiya va ijtimoiy yoki boshqa majburiyatlar va talablar yuzasidan buyurtmachi tomonidan belgilanadigan shartlar;
tanlovning salohiyatli g‘olibi – tanlov g‘olibining taklifidan keyingi eng yaxshi taklifni taqdim etgan ishtirokchi;
xabarnoma – savdo platformasida muayyan lot bo‘yicha auksion yoki tanlov o‘tkazilishi haqidagi axborot;
xaridor – obyekt qiymatini to‘liq to‘lagan yoki buyurtmachi bilan obyektining oldi-sotdi (ijara) shartnomasini tuzgan savdolar g‘olibi;
shaxsiy kabinet – buyurtmachi yoki ishtirokchiga auksion va tanlovlarga buyurtma berish, ularda qatnashish, shaxsiy hisobni boshqarish, uning holati va boshqa statistik ma’lumotlarni ko‘rish hamda operator tomonidan jo‘natilayotgan xabarlar bilan tanishib borish imkonini beruvchi savdo platformasining maxsus bo‘limi;

Download 32,69 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 32,69 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



zakalat – ishtirokchi tomonidan auksion yoki tanlovda qatnashish uchun kafolat ta’minoti sifatida kiritiladigan pul mablag‘lari; ishtirokchi

Download 32,69 Kb.