|
Ustuvor intensiv Iqtisodiy o‘sish
|
bet | 4/7 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 19,72 Kb. | | #120507 |
Bog'liq глоссарийUstuvor intensiv Iqtisodiy o‘sish - Iqtisodiy o‘sish intensiv omillarning yuqori o‘rniga egaligini bildiradi.
Natural ishlab chiqarish - bunda mehnat mahsulotlari ishlab chiqaruvchining o‘z ehtiyojlarini qondirish, ichki xo‘jalik ehtiyojlari uchun mo‘ljallanadi.
Tovar ishlab chiqarish - bunda tovarlar o‘zining iste’moli uchun emas, balki bozorda sotish, ayirboshlash uchun va boshqalarning iste’molini qondirish maqsadida ishlab chiqariladi.
Bozor Iqtisodiyoti – tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun – qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan Iqtisodiy tizimdir.
Bozor mexanizmi – bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va Iqtisodiy jarayonlarni uygunlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalardir.
Bozor – ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o‘rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo‘ladigan munosabatlar yigindisidir.
Bozor ob’ekti – bozorga, ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan Iqtisodiy faoliyatning natijalari va Iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlardir.
Bozor sub’ekti – bozorning, ayirboshlash munosabatlarining qatnashchilaridir.
Bozor infratuzilmasi – ayirboshlash munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasaviy tuzilmalardir.
O‘tish davri – bir Iqtisodiy tizimdan boshqasiga, mavjud Iqtisodiy munosabatlardan butunlay boshqa, yangi Iqtisodiy munosabatlarga o‘tish taqozo qilinadigan davrdir.
Bozor islohotlari – bozor Iqtisodiyotini va bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir.
Iqtisodiy islohotlar – Iqtisodiyotda tub (yoki qisman) o‘zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan tadbirlardir.
Iqtisodiy uklad – turli mulkchilikka asoslangan xo‘jalik yuritishning shakllari va turlari.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish – nima va qancha ishlab chiqarishni qaerga, qanday bahoda sotishni tadbirkorning o‘zi belgilashi lozim. Iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarini erkinlashtirish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning erkinligi va mustaqilligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish demakdir.
|
| |