• Moddiy ehtiyojlar
  • Ijtimoiy ehtiyojlar
  • Tabiiy resurslar.
  • Ehtiyojlar va resurslar




    Download 15.2 Kb.
    Sana02.08.2023
    Hajmi15.2 Kb.
    #77922
    Bog'liq
    EHTIYOJLAR VA RESURSLAR.
    Fizika fanidan ochiq dars., 33-maktab tarxi (2), UMK O\'ZBEKISTON ENG YANGI TARIXI 2020, Направление на ремонт, ocean sphere panorama, Cupid and Psyche, 7777gTOPQWEfbkljnbvljikn3nbld, 11, 9 9, QABUL 2023, Ong, jhnjjh, kjjjjk, ruxsatnoma-3

    EHTIYOJLAR VA RESURSLAR
    Atrofingizga bir nazar tashlang, bunda siz inson hayoti nimalardan iborat ekanligini bilib olasiz. Kishilarning mehnat qilishi, mehnatga haq olishi, har xil ehtiyojlarni qondirishi inson hayotining asosini tashkil qiladi.
    Ehtiyojlar deb, kishilarning yashashi, mehnat qilishi va ma’lum ijtimoiy mavqega ega bo’lishi uchun iste’mol etilishi zarur bo’lgan mahsulotlar va xizmatlar yig’indisiga aytiladi.
    Tabiiyki, har bir insondan hoxish, istak turlicha bo’ladi va shu tariqa ehtiyojlar ham turlicha bo’ladi.
    Inson jamiyatda yashar ekan, u albatta o’z hayoti davomida vujudga kelgan ehtiyojlarni ta’minlashga harakat qiladi. Lekin ehtoyojlarni birlamchi – qondirilishi juda zarur v ikkalamchi - qondirilishi unchalik shart bo’lmagan turlari mavjud.
    Kishilarning kiyim – kechakka, oziq – ovqatga, uy joyga bo’lgan ehtiyoji birlamchi ehtiyoj turiga kiradi.
    Ehtiyojning ikkilamchi turiga qimmatbaho taqinchoqlar taqih, katta bir shashar yoki kurortlarda dam olish, ikkita yoki undan ortiqroq avtomashinaning egasi bo’lish, dang’illama imorat qurish va hakozolar kiradi.
    Biz ehtiyojlarni shakllariga qarab ham ajratamiz. Ma’lumki, kishilarning ovqat iste’mol qilishi, kiyim kiyishi kabi ehtiyojlaridan tashqari, bilim olish, o’rganish, mehnat qilish kabi ehtiyojlari ham mavjud.
    Umuman oladigan bo’lsak, ehtiyojlarning turlari ko’p, ularni bir – biriga o’xshash tomonlarini e’tiborga olib, asosan uchta qismga bo’lamiz.
    1. Moddiy ehtiyojlar insoniyat paydo bo’lishi bilan yuzaga keladi. Moddiy ehtoyojlar, kundalik birlamchi ehtiyojlar bo’lib, ular oziq – ovqat, kiyim kechak, uy – joy va boshqalardir.
    2. Ma’naviy ehtiyojlar qismiga kiruvchi ehtiyojlar jamiyatning rivojlanib borishi natijasida yuzaga keladi. Bunday ehtiyojlarga bilim olish, malaka oshirish, dam olish, davolanish va boshqa har xil xizmatlar kiradi.
    3. Ijtimoiy ehtiyojlar asosan mehnat qilishga bo’lgan ehtiyojlar bo’lib, kishilarning maqsadli faoliyatini bildiradi.
    Ehtiyojlarni qondirishning asosiy yo’li – ishlab chiqarish hisoblanadi. Ishlab chiqarishni amalgam oshirish uchun esa har xil resurslar talab qiladi.
    Resurslar har bir mamlakatda mavjud bo’lib, ularning ba’zilari oz, ba’zilari ko’p bo’lsada, umuman olganda cheklangandir.
    Ularning tabiatda quyidagi asosiy ko’rinishlari mavjud.
    Tabiiy resurslar. Bu – yer va unda o’sadigan barcha narsalar, daryo resurslari, ko’l, dengiz va okeanlar, mineral resurslar, qazilma boyliklardir.
    Mehnat resurslari. Bu – siz bilan bizning qobiliyatimiz, hayotda olgan bilimlarimiz, kuchimiz, aqlimiz va xotiramiz.
    Download 15.2 Kb.




    Download 15.2 Kb.