Ekotizimda modda va energiya oqimi




Download 55 Kb.
bet2/4
Sana19.05.2023
Hajmi55 Kb.
#61827
1   2   3   4
Bog'liq
7 mavzu
1-amaliyot, 2 nazorat grafigi, 5-s.o\'quvchilar ro\'yxati, 749-Текст статьи-2092-1-10-20220324, лаб 14, Yuldoshov Asliddin, Ariza, Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z, 55, 4 mavzu, 1 sinfda matematika darslarida didaktik o‘yinlardan foydalanish , 01 Headway Pre-intermediate SB, passport, Abdurauf Fitrat. Publitsistik asarlar

Ekotizimda modda va energiya oqimi


Yerda hayotning davom etishida quyoshdan kelayotgan energiya oqimi muhim rol o`ynaydi. Avtotrof organizmlar bu energiyadan foydalanib, fotosintez jarayonida organiq birikmalarni sintezlaydi, geterotrof organizmlar esa ularni iste'mol qiladi. Iste'mol qilingan organik moddalar bilan birga ularning tarkibida saqlangan energiya geterotrof organizmlarga o`tadi. Kishi ovqatlanishida ajralib chiqadigan issiqlik, yog`och, toshko`mir yoki torfning yonishida chiqadigan issiqlik va yorug`lik o`sha quyoshdan olinib, to`planib qolgan energiyadir.
Organizmlarning ozuqalanishiga ko`ra aloqalari trofik aloqalar deyiladi. Organizmlar o`rtasidagi trofik aloqalar ozuqalar zanjirini hosil qiladi. Bu zanjir yopiq bo`lib, 3 ta zvenodan tashkil topadi:
1-zveno – produtsentlar bo`lib, bularga avtotrof organizmlar ya'ni yashil o`simliklar kiradi. Ular ozuqani yaratuvchilar hisoblanadi.
2–zveno – konsumentlar ya'ni iste'mol qiluvchilar. Bularga barcha hayvonlar va insonlar kiradi.
3-zveno – redutsentlar ya'ni o`zgartiruvchilar. Bularga mikroorganizmlar va zamburug`lar kiradi. Ular tuproqqa qaytgan organik moddalarni parchalab, oddiy anorganik elementlarga aylantiradi.
Shunday qilib, ekotizimda moddalar va energiya bir organizmdan boshqasiga o`tib oqib yuradi. Moddalar yopiq zanjir bo`yicha oqsa, energiya ochiq zanjirda oqadi, ya'ni u ertami-kechmi tashqi muhitga chiqib ketadi.
Nega tirik organizmning massasi u o`zlashtirgan moddalar massasiga teng emas? – degan savol tug`iladi. Axir odam o`zining 70 yillik hayotida o`rtacha 45 t. ovqat iste'mol qilsa, uning vazni shunchalik o`smaydi-ku! Gap shundaki organizmga kirgan ozuqaning faqatgina kichik bir qismi uning o`sishiga ya'ni vazn to`plashiga sarf bo`ladi. Uning ko`pchiligi nafas olish, harakatlanish, ko`payish va boshqa jarayonlar uchun sarflanadi, yana bir qismi esa hazm bo`lmay, chiqindi sifatida muhitga chiqarib tashlanadi. Organizm to`playdigan massaning u shu massani to`plash uchun oladigan ozuqa massasidan kam bo`lishini ekologik piramida qoidalari bilan tushuntirish mumkin.



Download 55 Kb.
1   2   3   4




Download 55 Kb.