Mavzus: Jamoat binolariga qo‘yiladigan sanitariya va yong‘inga qarshi talablar




Download 0,58 Mb.
bet1/2
Sana11.12.2023
Hajmi0,58 Mb.
#116012
  1   2
Bog'liq
5-amaliy


Mavzus:Jamoat binolariga qo‘yiladigan sanitariya va yong‘inga qarshi talablar


Reja:

  1. Jamoat binolarini loyihalashga ta’sir etuvchi omillar.

  2. YOrug‘lik, insolyasiya, tovush, ovoz izolyasiyasi va quyoshdan himoyalashni ta’minlash.

  3. Jamoat binolarining muxandislik asbob– uskunalari.

Tayanch iboralar: YOrug‘lik, tovush, issiqlik iqlimi, insolyasiya, ovoz izolyasiyasi, quyoshdan himoyalash, shinam, mikroiqlim, asbob– uskunalar.
Jamoat binolarining vazifasiga, funksional protsessning xususiyatiga u erdagi odamlarni soniga va bo‘lishining davomiyligiga qarab, sanitargienik talablarga asosan binodagi xonalarning yorug‘lik, xavo muxiti va ovoz rejimi aniqanadi.
Uzoq vaqt davomida odamlarning bo‘lishi ko‘zda tutilgan jamoat binolarining xonalari tabiiy yorug‘lik bilan ta’minlanishi shart. Xonalarning tabiiy yorug‘lik bilan ta’minlanishining kerakli miqdori, ularning vazifasiga, funksional protsessining xususiyatiga, u erda kechadigan ishlarning tavsifi va aniqlik darajasiga nisbatan aniqlanadi.
Xonalarning insolyasiyasi xam ularning vazifasi, odamlarning tarkibiy kontingenti va iqlimiy sharoitlarga asosan aniqlanadi. Derazalarning yo‘naltirilishi, ularning o‘lchamlari va quyoshdan ximoyalovchi konstruksiyalar xonalarning talab etilgan insolyasiya vaqtini aniqlab, ortiqcha quyosh radiatsiyasidan ximoyalashi kerak. Qurilish me’yorlari va qonunlari kerakli parametrlarni ko‘rsatib beradi. Masalan, maktab sinflari janub, sharq va janubiy sharq tomonlariga yunaltirilishi tavsiya etiladi. CHizmachilik va rasm kabinetlari shimolgayunaltirilishi tavsiya etiladi.SHimol tomonga yana kitob saqlash xonalari, kasalxonalarning jarroxlik bloklarini yo‘naltirish tavsiya etiladi. Agar derazalarning yo‘naltirilishi tomonlarning 200-290 graduslik sektorga to‘g‘ri kelsa, albatta quyoshdan ximoyalovchi konstruksiyalar bilan ta’minlanmog‘i lozim.
Jamoat binolari xonalarining xavo muxiti (xarorat, namlik, xavoning tozalik darajasi va uning tezligi) parametrlari odatda markaziy issiqlik sistemasi va sun’iy shamollatish sistemalari bilan ta’minlanadi.
Jamoat binolari xonalarida ularning vazifasiga, odamlar faoliyatining xarakteriga, funksional jarayonlarning xususiyatlariga javob bera oladigan ovoz rejimini yaratish lozimdir. Ovoz rejimi xonalarning tashqi shovqinlardan ximoyalashga, akustikaga va ichki shovqinlarni me’yoriy pasaytirishga qo‘yilgan talablar asosida aniqlanadi.
Binolarni tashqi shovqinlardan ximoya qilish uchun ularni avtomagistrallardan va boshqa shovqin manbalaridan uzoqroq joylashtirish maqsadida muvofiqdir.
Kinostudiyalar, ovoz yozish zallari, opera teatrlari va
shunga o‘xshash boshqa xonalarni ximoyalovchi tashqi konstruksiyalar yordamida ximoya qilish mumkin.Xonalarning ichida xosil bo‘ladigan shovqinlarni kamaytirish uchun akustik ovoz yutuvchi shiftlar, qoplama devorlar va ekranlar qo‘llaniladi.Kinoteatrlar, teatrlar va konsert zallarini tashqi shovqindan ximoyalash bilan
birga ularda yaxshi akustikani yaratish o‘ta muximdir. Bu esa tinglovchilar uchun xamma o‘rinlarni kerakli ovoz energiyasi bilan ta’minlash, teng (diffuziyali) ovoz maydonini tashkil qilish, zalning funksiyasiga qarab reverberatsiya vaqtini ta’minlash kabi talablarni bajarishni taqozo etadi.Akustik talablar zallarni geometrik parametrlarini aniqlashda xisobga olish lozimdir uzunligi (L), eni (V) va balandligi (N), shu bilan birga bu zallarda maxsus akustik uskunalarni joylashtirishda xam xisobga olinishi lozim. Hozirgi zamon zallarining tavsiya etiladigan samoviy parametrlarining nisbati quyidagichadir: (L:V:N)-2,5:1,5:1; 3:2:1dan 4,5:2,5:1gacha. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, akustik nisbatlar jixatdan, burchaklari kesilgan to‘g‘ri to‘rtburchak va trapetsiya shakllari maqsadga muvofiqdir


Akustik nisbatda zallarning maqsadga muvofiq shakllari


Zallarda akustik talablarni to‘la bajarish uchun, ularda saxna tomonga qiya qilib joylashtirilgan ovoz qaytargichlar xam o‘rnatilishi lozim

Tomosha zalida shiftning tishli shakli



Teatrlar zallarining qirqimdagi sxemalari:
A- amfiteatrli va balkonli; B-balkonlari ikki yarusli; V-yon tomondan zina shaklidagi balkonlar; G-amfiteatr shaklidagi balkonlar; 1-amfiteatr; 2-balkon; 3-saxna; 4- avansaxna; 5-orkestr; 6-osma shift; 7-yon balkon; 8amfiteatr shaklidagi yon balkon
Xulosa qilib aytganda tomosha zallarining shaklini loyixalashda akustik, ko‘rish, idrok va arxitektura–badiiy masalalarini birgalikdagi echilishiga asoslanmoq lozim.
Ko‘p oraliqli sanoat binolarida deraza o‘rnida ma’lum bir uzoqlikdagi maydonlarni yoritish shamollatish uchun bino tom qismida oynalangan derazalar – fonarlar ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Vazifasiga ko‘ra fonarlar yorug‘lik, aeratsiya va aralash turlariga bo‘linadi. Ko‘ndalang kesimi ko‘rinishiga qarab fonarlar to‘g‘ri to‘rtburchak, uchburchak trapetsiya shaklidagi va “M” ko‘rinishidagi, zenit (tikkaga qaratilgan) va shedovik (arrasimon) ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
YOrug‘lik va aeratsiya fonarlarining asosiy profillari.
a – to‘g‘ri to‘rtburchakli; b,v – trapetsiyasimon; g – uchburchaksimon; d
– “M” simon; e – arrasimon (shedoviy); j,k – zenit fonarlari.
Ko‘pgina hollarda bino bo‘ylamasi bo‘yicha joylashgan fonarlar ishlatiladi va ular bino to‘risiga ikki tomondan 6,0 yoki 12m etmaydi. Fonarlarning turlarini
va o‘lchamlarini yorug‘lik faolligi, qurilish joyi iqlimi sharoiti, bino ichki xarorat- namlik rejimi, bino inter’eri va tejamkorlik ko‘rsatkichlariga qarab tanlanadi.
Unifikatsiya qilingan fonarlar kengligi 6,0 va 12, xamda 18m bo‘lib tavaqasi nominal balandligi 1,25: 1,5 va 1,75m qilib qabul qilingan. YOrug‘lik fonarlari ko‘taruvchi va to‘suvchi konstruksiyalardan iborat bo‘ladi. Fonar ko‘taruvchi konstruksiyalarini po‘lat, temirbeton va yog‘och ramalardan loyihalanadi. Fonarlarni ko‘proq po‘lat tavaqali turlari ishlatiladi.

To‘g‘ri to‘rt burchakli fonar detali
1 – ruxlangan po‘lat tunuka; 2 – issiq sovuqdan himoya qatlami; 3 – bo‘rt elementi; 4 – yog‘och brusok; 5 – tavaqa; 6 – asbotsement bo‘g‘ot paneli; 7 – temir beton plita; 8 – qotiruvchi anker; 9 – shveller; 10 – fonar fermasi; 11 – fonar paneli.
Tavaqalari ochiladigan yoki umuman ochilmaydigan bo‘lishi mumkin, ularni bir yoki ikki yarusda o‘rnashtiriladi. Ularning hammasini yoki ayrim qismini mexanik tarzda ochib yopuvchi moslamalar o‘rnatilgan bo‘ladi.
Yorug‘lik fonarlarining uzunasi bo‘yicha har 84 m masofada 6,0m kenglikda uzish kerak bo‘ladi. Derazalarni ochilish burchagi 700gacha bo‘ladi. Qiya deraza panjalarida iloji boricha armaturalangan oyna ishlatiladi va ularni maxsus qotirgichlar yordamida joyida mahkamlanadi.
Fonar ko‘ndalang bikirligini oshirish uchun fonar konturiga tirgaklar kiritiladi, fonar ramasi oralig‘iga esa bog‘lovchilar o‘rnatiladi. Ramasimon fonarlarni o‘rnatish murakkabligini hisobga olib, ekspluatatsiya sarflari va issiqlik yo‘qotilishi yuqori bo‘lganligini xamda oynalarining tez ifloslanadiganligi keyingi yillarda fonarlarni yangi konstruksiyalarini ishlab chiqishga to‘g‘ri kelmoqda. Bunday fonarlar takomillashgan bo‘lib, zenit fonarlari hioblanadi va ular yuqoridagi kamchiliklardan xoli bo‘lib qolmasdan o‘zidan yorug‘likni yaxshi o‘tkazuvchi tom xamdir. Bunday fonarlar plastmassalardan tayyorlangan, industrial, ko‘p og‘irlikka ega bo‘lmagan, katta mustaxkamlikka ega, montaj qilinishi jo‘n va ishlatishga qulay hisoblanadi. Zenit fonarlarini tom sirtida aloxida-aloxida turuvchi va seksiya tipida bo‘lishi mumkin. seksiyalar ko‘taruvchi konstruksiyalarga burama mixlar yordamida maxkamlanadi. Zenit fonarlari burtmasi (kupoli) o‘lchami 1400x1600mm, organik shishadan qilingan panel o‘lchami esa 1600x6200mm ga teng bo‘ladi.
Bino ichkarisini shamollatish uchun mo‘ljallangan maxsus ko‘rinishlarga ega bo‘lgan bosimlar har xil bo‘lganda so‘rilish yoki havoni chiqarish prinsiplariga asoslangan fonarlar aeratsiya fonarlari deyiladi.
Bunday fonarlarda shamoldan muxofaza qiladigan derazadan ma’lum bir masofada turuvchi panellar qo‘yilgan bo‘ladi. Bunday fonarlarda deraza o‘rni balandligi 1,25: 1,75: 2,4 va 3,4m qilib olinadi.

SHisha plastikali kupollardan ishlangan zenit fonarlarining


konstruksiyalari.
a – bo‘ylama kesimi; b – tayanch qismi detali.
1-Kupol; 2 – YOpma plitasi; 3 – Keramzitobeton plita; 4 – CHetini o‘rovchi metall rama; 5 – Rezina osti quyma; 6 – Qotiruvchi boltlar; 7 – Ruxlangan tunukadan ishlangan fartuk; 8 – Issiq-sovuqdan saqlagich.



Download 0,58 Mb.
  1   2




Download 0,58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzus: Jamoat binolariga qo‘yiladigan sanitariya va yong‘inga qarshi talablar

Download 0,58 Mb.