|
Jamoat binolarining sanitar uzellari
|
bet | 2/2 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 0,58 Mb. | | #116012 |
Bog'liq 5-amaliyJamoat binolarining sanitar uzellari
Jamoat binolari (ular uchun belgilanadigan me’yorlarga muvofiq) xojatxonalar, yuvinish xonalari, ba’zilarida (salomatlik, sport va xokazo binolari) esa dush xonalari bilan ta’minlangan bo’ladi.
Jamoat binolarida xojatxonalar odamlar kelishi joylaridan 75 m dan ko’p bo’lmagan masofada joylashgan bo’ladi. Binolarning vazifalariga, ularning ishlash rejimiga va odamlar kontingentlariga bog’liq ravishda sanitar-texnik jixozlarning turli me’yorlari o’rnatilgan. Maktablarda sanitar uzellar xar 30 qiz bolalarga bir unitaz, xar 40 o’g’il bolalarga bir unitaz va bir pissuar xamda xar 60 o’quvchiga bir umivalnik bilan jixozlanadi. SHuningdek, ma’muriy, loyixaviy va boshќa tashkilotlar binolarida 50 erkak kishilarga bir unitaz va bir pissuar, xar 20 ayolga bir unitaz; teatrlarda, klublarda, kontsert zallarida va boshќa tomosha muassasalarida 100 erkak kishiga bir unitaz va bir pissuar xamda xar 50 ayolga bir unitaz bilan jixozlanadi. Sport zallarida 10 kishiga bir rojkali dush xonalari, basseynlarda uch kishiga bir rojkali dush xonalari, maktab-internatlarning yotoqxonalarida 18 joyga bir rojkali dush xonalari o’rnatiladi.
Sanitar uzellari xonalarini boshqa xonalar va koridorlardan tambur-shlyuzlar yordamida ajratib qo’yish maqsadida muvofiq bo’ladi. Hojatxonalarda bu maqsad uchun yuvish xonalari, dush xonalarida esa yechinish va maxsus xonalar qo’llaniladi.
Sanitar uzellar chizmasi: a-xojatxona; b-dush xonasi; 1-dush kabinasi; 2-echinish joyi; 3-tambur shlyuz
Yirik jamoat binolarida axlat tashlash quvurlari (musoroprovod) va yerto’la, texnik qavatining aloxida xonalarida shamollatish tizimlari qo’llaniladi.
Binolarida yong’inga qarshi tadbirlar
Yuqorida aytib o’tilganidek, jamoat binolarining xususiyatlaridan biri, bu ularga ko’p sonli odamlarning to’planishi va ba’zida oson yonadigan materiallar va uskunalarning joylashtrilishdir. SHuning uchun jamoat binolarida maxsus tadbirlar qabul qilinadi.
Bu maxsus tadbirlar quyidagilarni tashkil etadi: yong’inni kelib chiqish extimolini kamaytirish, binoda uning tarqalishini chegaralash, yong’in bilan kurashishni yengillashtirish, konstruktsiyalarni mustaxkamligi va bikrligini saqlab qolish, odamlarni tez va xavfsiz olib chiqib ketish xamda yong’in asoratlarini yo’qotish.
Jamoat binolarida yong’inni tarqalishini chegaralash maqsadida bino xonalarini yong’inga qarshi (brandmauer) yordamida «yong’inga qarshi qismlar»ga bo’lib chiqiladi. Yong’inga qarshi devorlar orasidagi qavat maydoni o’lchamlarini binoning qavatlar soniga va yong’inga chidamlik darajasiga qarab aniqlanadi. Yong’inga qarshi devorlarning yong’inga chidamlik darajasini binodagi yonadigan materiallarning (mebelь, uskunalar va boshqalar) miqdoriga qarab belgilanadi. Agar bu materiallarning miqdori 100 kg/m2 bo’lsa, devorning yong’inga chidamlik darajasi 5 soat, 100kg/m2dan 200 kg/m2 gacha bo’lsa - 7soat va 200kg/m2 dan ortik bo’lsa – 9 soat bo’lishi shart. Yong’inga qarshi devorlarda o’rnatilgan eshiklarning yong’inga chidamlilik darajasi esa 1,5 soat bo’lishi lozim.
Teatr binolarining saxnalarida juda ko’p oson yonadigan materiallar va uskunalarning (dekaratsiyalar) jam bo’lishi, yongin xavfini keltirib chiqaradi. SHuning uchun yong’inning tarqalish xavfini oldini olish maqsadida saxna usti xajmini yong’inga qarshi quti bilan berkitilishi ko’zda tutiladi. Bu ximoya konstruktsiyasining yong’inga chidamlik darajasi 4 soatga teng ќilib olinadi. Saxnada yong’in oќibatida xosil bo’ladigan tutunni chiќarib yuborish uchun tomda maydoni saxna maydonining 12% ni tashkil etuvchi tuynuk ќo’yiladi.
Kinoteatr va kino - kontsert zallarida yong’inga xavfli xonalardan biri bu kinoproektsion xonalar xam yong’inga qarshi brandmaduerlar bilan chegaralanib, ulardan aloxida (tomga, tashqariga, yong’inga qarshi zinapoyalarga) chiqishlar qo’yiladi. Jamoat binolarida muxim yong’inga qarshi tadbirlardan biri bu odamlarni tez evakuatsiya qilishdir. Evakuatsiyani asosiy ko’rsatgichi bu binodagi odamlarni tez vaqtda olib chiqib ketishdir. Majburiy evakuatsiya vaqtining ruxsat etiladigan ko’rsatgichi aloxida xonalar uchun quyidagicha bo’ladi: tomosha zalidan - 1,5-minut; butun binodan 6 minut.
Odamlar soni 50 kishidan ortiq bo’lgan xamma jamoat binolari va aloxida xonalar kamida 2 ta evakuatsiya eshiklari bilan ta’minlangan bo’lmogi lozim. Ko’p kavatli bino bo’lsa ikkita zinapoya bilan ta’minlanishi kerak. Binolarning yong’inga chidamlik darajasi va ularning funktsiyasiga qarab QMQ tomonidan xonalarning chiqishidan evakuatsiya chiqishlarigacha bo’lgan masofalar belgilanadi
Quyidagi rasmda jamoat binolarining evakuatsiya chiqishlarini varianti keltirilgan.
E vakuatsiya chiqishlari orasidagi chegaraviy masofalar.
A-bitta zinapoya mavjud bo’lganda; B-ikkita zinapoya mavjud bo’lganda (yon devorlarda joylashganda); V-ikkita zinapoya mavjud bo’lganda (yon devorlardan ma’lum masofada joylashganda); l - binoning yon tomonidan zinapoyagacha bo’lgan masofa; l-xonaning chiќishidan zinapoyagacha bo’lgan chegaraviy masofa; 1-zinapoya; 2-koridor; 3-tashqi zinapoya; 4-xonadan chiqish
Evakuatsiya chiќishlarining sxemalari.
A-binoning past qismini yassi tomonidan; b,v-ochiq galereyalardan; 1-tomosha zali; 2-faye; 3-yassi tom; 4-zinapoyalar; 5-savdo zallari; 6-yong’inga chidamli devor; 7-ochiq galereyalar
|
| |