• 39 paketlaridan biridan (masalan, OFFICE XR, OFFICE 2007) tez-tez foydalanishning qulayligi dasturning
  • Eksport tizimlarining boshqaruvdagi o`rni va ularni iqtisodiyot tarmoqlarida qo`llash




    Download 36,24 Kb.
    Sana17.01.2024
    Hajmi36,24 Kb.
    #139760
    Bog'liq
    Eksport tizimlarining boshqaruvdagi o`rni va ularni iqtisodiyot -fayllar.org


    Eksport tizimlarining boshqaruvdagi o`rni va ularni iqtisodiyot tarmoqlarida qo`llash

    EKSPORT TIZIMLARINING BOSHQARUVDAGI O`RNI VA ULARNI IQTISODIYOT TARMOQLARIDA QO`LLASH


    REJA;
    1.Eksport nima o`zi?
    2. O`zbekistonda eksportga bo`lgan tovarlarining sifati qay darajada?
    3.Eksport tizimlarini kuchaytirish chora tadbirlari.

    Eksport (ing., lot. — olib chiqaman, chetga chiqaraman) — tovarlar, xizmatlar, investitsiya, qimmatli qogʻozlar, texnologiyalar va boshqalarni tashqi bozorga chiqarish. Tovarlarni bir mamlakat orqali olib oʻtish (tranzit) va bir mamlakatdan olib kelingan tovarlarni boshqa mamlakatlarga sotish uchun chiqarqsh (reeksport) ham E.ga kiradi.


    Mamlakatning oʻzida ishlab chiqarilgan moddiy boyliklar E. tarkibi (koʻrinma E.) milliy iqtisodiyotning oʻziga xos xususiyatlari, uning xalqaro mehnat taqsimotidagi oʻrni bilan bogʻliq. Sanoati rivojlangan mamlakatlarga sanoat mahsulotlari, ayniqsa, mashinasozlik mahsulotlari va texnologiyalar E. qilish xos boʻlsa, qoloq agrar iqtisodiyotga ega boʻlgan mamlakatlar E.ida xom ashyo va oziq-ovqat asosiy rol oʻynaydi. Yakka ziroatchilik xoʻjaliklari hukmron boʻlgan mamlakatlar E.ida 1—2 tovar turi asosiy oʻrinni egallaydi.
    Yuklarni tashish, vositachilik operatsiyalari, turizm, ilmiytexnika aloqalaridan va boshqalar xizmatlarni sotishdan olinadigan daromadlar koʻrinmas E.ni tashkil etadi va iqtisodiyoti rivojlangan koʻpgina mamlakatlarda uning ahamiyati ortib bormoqda.
    Har qanday davlat uchun E. import va chet ellarda boshqa xarajatlarni toʻlash uchun zarur boʻlgan chet el valyutasining asosiy manbai. Davlatning tashqi iqtisodiy siyosatida (qarangTashqi iqtisodiy siyosat) E.ni kengaytirish muhim masala hisoblanadi va davlat eksport uchun moʻljallangan ishlab chiqarishni qoʻllabquvvatlashning turli shakllarini keng qoʻllaydi (soliq imtiyozlari va boshqalar moliyaviy koʻmaklar; E.ni davlat tomonidan kreditlash).
    E.ni cheklash (qarang Kvota) aksariyat hollarda muayyan mamlakatlar bilan olib boriladigan savdoga embargo joriy etish yoʻli bilan siyosiy maqsadlarda amalga oshiriladi. Ayrim tovarlar E.i baʼzan iqtisodiy yoki ekologik sabablarga koʻra cheklanadi (mazkur tovarning mamlakat iqtisodiyoti uchun muhimligi, yoʻqolib borayotgan hayvonlar yoki oʻsimliklar turlarini, milliy madaniybadiiy boyliklarni asrash va boshqalar). Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq, tovarlar E.i bojxona rejimida, bojxona toʻlovlari toʻlanganidan keyin, iqtisodiy siyosat tadbirlariga rioya etilgan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa talablar bajarilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan chetga chiqariladi.
    2003-yilda Oʻzbekiston Respublikasi E.i 3725,0 mln. AQSH dollaridan iborat boʻldi (import 2964,2 mln. AQSH dollari). Uning tovarlar tarkibida paxta tolasi (19,8%), oziq-ovqat tovarlari (2,7%), kimyo mahsulotlari, plastmassa va ulardan yasalgan buyumlar (3,1%), energiya manbalari (9,8%), qora va rangli metallar (6,4%), mashina va uskunalar (5,9%), xizmatlar (14,4%) va boshqalar asosiy oʻrinda turadi.
    Koʻpgina mamlakatlarda E. tovarlari qoʻshilgan qiymat soligʻidan va shunga oʻxshash soliqlardan ozod qilinadi. O‘zbekiston prezidentining 20 dekabrdagi eksportga ko‘maklashish va uni rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori asosida Eksportni qo‘llab-quvvatlash milliy tizimi yaratiladi.
    Quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilandi:
    • eksportni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash sohasida davlat siyosatini takomillashtirish, eksport salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini amalga oshirishda ko‘maklashish;


    • marketing, narx shakllanishi, transport logistikasi, sertifikatlash, standartlashtirish va sifat nazorati, soliq hamda bojxona ma’muriyatchiligi (shu jumladan, xorijdagi) masalalari, «yagona darcha» tamoyili asosida tashqi bozorlarga kirish sharoitlari bo‘yicha eksport qiluvchilarga va ularning chet eldagi hamkorlariga axborot va maslahat ko‘magini ko‘rsatish;


    • xorijiy xaridorni izlashga va eksport shartnomasini tuzishga qadar muzokaralar jarayoniga, shu jumladan, ularning loyihalarini tayyorlashga ko‘maklashish;


    • respublika vazirliklari va idoralari, viloyatlar hamda tuman hokimliklari bilan milliy mahsulotlarni chet elga eksport qilish, eksport qiluvchilarni eksportni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar, mavjud imtiyozlar va preferensiyalar, vakolatli davlat organlarining vazifalari va funksiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlashda tizimli hamkorlikni ta’minlash;


    • hududlarda axborot-maslahat markazlari tarmog‘ini tashkil etish;


    • mahalliy eksport qiluvchilar, ishlab chiqariladigan mahsulotlar va xizmatlar bazasini ta’minlash orqali elektron tashqi savdo maydonchalarini yuritish, ishlab chiqarish va eksport faoliyati bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlik sub’ektlariga yetakchi xalqaro elektron tijorat maydonchalariga kirish uchun yordam ko‘rsatish;


    • ishonchli sifatli mahsulot yetkazib beruvchi sifatida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning halolligini isbotlash uchun, shu jumladan, har yili «Made in Uzbekistan» milliy ko‘rgazmasini, tarmoq va mintaqaviy tovarlar ko‘rgazmalari va savdo yarmarkalarini o‘tkazish, xalqaro ko‘rgazmalar va taqdimotlarda ishtirok etish yo‘li orqali o‘zbek brendlari va mahsulotlarini xorijda ilgari surish bo‘yicha «Made in Uzbekistan» dasturini amalga oshirish;


    • eksport qilishni boshlayotganlar uchun o‘quv seminarlari va treninglar, tadbirkorlar uchun xorijiy mamlakatlarga tashqi savdo masalalari bo‘yicha savdo missiyalari tashkil etish va o‘tkazish.


    Tizim faoliyatini Tashqi savdo vazirligi (TSV) muvofiqlashtiradi.


    Bundan tashqari, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi negizida TSV huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tashkil etiladi. Agentlik faoliyati, jumladan davlat byudjetidan moliyalashtiriladi — 2019 yildan boshlab har yili Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda 15 million AQSH dollaridan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘ni agentlikka ajratish ko‘zda tutiladi.
    Hujjatda «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasiga eksport kreditlari va operatsiyalarini sug‘urtalash vazifasi yuklandi. Sug‘urtachining uning o‘zi TSVga o‘tkazildi.
    Tashqi savdo vaziri «O‘zagroeksportbank» aksiyadorlik tijorat banki Kuzatuv kengashiga raislik qiladi.
    O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari qoshida savdo vakolatxonalari tashkil etiladi.
    Zamonaviy jamiyatda tobora o‘sib borayotgan axborot oqimi, axborot texnologiyalarining turli-
    tumanligi, kompyuterda yechiladigan masalalarning murakkablashuvi ushbu texnologiyalardan
    foydalanuvchining oldiga bir qator vazifalarni qo‘ydi. Kerakli variantlarni tanlash va qaror qabul qilish
    ishlarini insondan EHMga o‘tkazish masalasi yuzaga keladi. Bu vazifani yechish yo‘llaridan biri — bu
    ekspert tizimlarini yaratish va foydalanish sanaladi. Ekspert o‘zidan kelib chiqib sharoitni tahlil etadi va
    nisbatan foydali axborotni aniqlab oladi, chorasiz yo‘llardan voz kechgan holda qaror qabul qilishning
    eng maqbul yo‘llarini vujudga keltiradi.
    Ekspert tizimida ma’lum bir predmet sohasini ifodalaydigan bilimlar bazasidan foydalaniladi.
    Ekspert tizimi — bu ayrim mavzu sohalarida bilimlarni to‘plash va qo‘llash, uyushtirish usullari
    hamda vositalari majmuidir. Ekspert tizimi mutaxassislarning yuqori sifatli tajribasiga suyangan holda
    qarorni tanlash chog‘ida muqobil variantlar ko‘pligi uchun yanada yuqori samaraga erishadi.
    Strategiyani tuzish paytida yangi omillarni baholab, ularning ta’sirini tahlil etadi.
    Ekspert tizimlari sun’iy intellektdan foydalanishga asoslangan.
    Sun’iy intellekt deganda aqliy xatti-harakatlarga nisbatan kompyuter tizimining qobiliyati
    tushuniladi. Ko‘pincha bunda inson fikrlashi bilan bog‘liq qobiliyat anglanadi.
    Ekspert tizimlarini axborot tizimlari sinfi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. U foydalanuvchining
    roziligidan qat’iy nazar ma’lumotlarni tahlil va tahrir eta oluvchi, qarorni tahlil etib qabul qiladigan,
    tahliliy-tasnifiy vazifalarni bajara oladigan ma’lumotlar va bilimlar bazasiga ega. Jumladan, ekspert
    tizimlari keladigan axborotlarni guruhlarga bo‘lib tashlay oladi, xulosa chiqaradi, identifikatsiyalaydi,
    tashxis qo‘yadi, bashoratlashga o‘rgatadi, sharhlab beradi va hokazo.
    Ekspert tizimining boshqa axborot tizimlaridan afzalliklari quyidagicha:

    yaqin davrlargacha EHMda yechish qiyin yoki umuman yechib bo‘lmaydigan deb sanaluvchi


    murakkab masalalarning yangi sinfini yechish, optimallashtirish va (yoki) bahosini olish imkoniyati;

    dasturchi bo‘lmagan foydalanuvchiga (eng oxiridagi foydalanuvchilar) o‘z tilida suhbat yuritish


    va kompyuterdan samarali foydalanish uchun axborotni vizualizatsiyalash usullarini qo‘llash
    imkoniyatini ta’minlash;

    yanada ishonchli va malakali xulosa chiqarish yoki qaror qabul qilish uchun ekspert tizimini


    mustaqil o‘rganish, bilimlardan foydalanish qoidalari, ma’lumotlar, bilimlarning to‘planishi;
    • foydalanuvchi axborot yo‘qligi tufayli yoki axborotning haddan ziyod rang-barangligi, yoki hatto
    kompyuter yordamida ham odatdagi qarorni qabul qilishning cho‘zilib ketilishi tufayli yecha
    olmaydigan savollar yoki muammolarni hal etish;
    • takomillashgan asboblar va ushbu tizimdagi foydalanuvchi mutaxassisning shaxsiy tajribasidan
    foydalanish hisobiga yakka tartibdagi ixtisoslashgan ekspert tizimlarini yaratish imkoniyati;
    35
    • ekspert tizimining asosi qaror qabul qilish jarayonini shakllantirish maqsadida tuzilgan bilimlar 

    majmui (bilimlar bazasi) sanaladi.


    Bilimlar bazasi — bu ayrim predmet sohalari murakkab vazifalar yechimini topish uchun tahlil va
    xulosalarni yuzaga keltiruvchi model, qoida, omillar (ma’lumotlar) majmuidir.
    Axborot ta’minotining alohida yaxlit strukturasi ko‘rinishida yaqqol ko‘zga tashlangan va tashkil 

    etilgan predmet sohasi haqidagi bilim boshqa bilim turlaridan, masalan, umumiy bilimdan ajratib turadi.


    Bilimlar bazasi asosiy ekspert tizimi sanaladi. Bilimlar fikrlash va vazifalarni hal etish usuliga imkon
    beruvchi aniq ko‘rinishda ifodalanadi va qaror qabul qilishni soddalashtirishga ko‘maklashadi. Ekspert
    tizimining asosligini ta’minlovchi bilimlar bazasi tashkilotning bo‘linmalaridagi mutaxassislar bilimini,
    tajribasini o‘zida mujassamlashtiradi va institutsional bilimlarni (ixtisoslashganlar majmuini,
    yangilanayotgan strategiyalar, qarorlar uslublari) ifodalaydi.
    Bilim va qoidalarni turli aspektlarda ko‘rib chiqish mumkin:

    chuqur va yuzaki; 


    sifat va miqdoriy; 


    taxminiy (noaniq) va aniq; 


    muayyan va umumiy; 


    tavsifiy va ko‘rsatma (yo‘l-yo‘riq) beruvchi. 


    Foydalanuvchilar bilim bazasini samarali boshqaruv qarorlarini olish uchun qo‘llashlari mumkin. 



    Ekspert — bu muayyan predmet sohasida samarali yechim topa oluvchi mutaxassis.
    Bilimlarni o‘zlashtirish bloki ma’lumotlar bazasining to‘planishini, bilim va ma’lumotlar
    modifikatsiyasi bosqichini aks ettiradi. Bilimlar bazasining fikrlash darajasidagi yuqori sifatli tajribadan
    foydalanish imkoniyatini aks ettiradi.
    Mantiqiy xulosalar bloki qoidalarni faktlar bilan qiyoslagan holda xulosalar mantiqini yuzaga
    keltiradi. Unchalik ishonchli bo‘lmagan ma’lumotlar bilan ishlash chog‘ida noaniq mantiq, zaif ishonch
    yuzaga keladi.
    Tushuntirish (izohlash) bloki foydalanuvchining texnologiyada bilimlar bazasidan foydalanish
    ketma-ketligini aks ettiradi va «nima uchun?» degan savolga javob beruvchi xulosaga keladi.
    Hozirgi vaqtda bilimlar bazasining joriy etilishi kasbiy bilimlarning to‘planish sur’ati bilan
    belgilanadi.
    Kasbiy faoliyatning shakllantiruvchi, ya’ni EHM bazasida avtomatlashtiradigan qismi — bu inson
    tomonidan to‘plangan bilimlarning uncha katta bo‘lmagan qismidir. To‘plangan bilimlarning kattagina
    qatlamini yakka tartibda yig‘iladigan bilimlar tashkil etadi.
    Bilimlarni strukturalashtirish yoki rasmiylashtirish bilimlarni taqdim etishning turli usullariga
    asoslangan. Zamonaviy axborot tizimlarida eng ko‘p faktlar va qoidalar usulidan foydalaniladi. Ular
    ayrim predmet sohalaridagi jarayonlarni bayon etishning tabiiy usulini bayon etadi.
    Qoidalar odatda tavsiya, ko‘rsatma, strategiyalarni taqdim etishning formal (rasmiyatchilik)
    usulini ta’minlaydi. Ular agar predmet bilimlari biror sohadagi masalani yechish bo‘yicha to‘plangan
    amaliy tasavvurlardan paydo bo‘lgandagina to‘g‘ri keladi. Qoidalar ko‘pincha «Agar bu...» xilidagi
    tasdiq ko‘rinishda ifodalanadi. Bilimlar bazasida predmet sohasini bayon etish ma’lumotlarni tashkil
    etish va taqdim etish, vazifalarni shakllantirish, qayta shakllantirish va yechish usullarini ishlab
    chiqishni nazarda tutadi. Predmet sohasi tushunchasi (obyektlari) ramzlar yordamida tasavvur qilinadi.
    Masalan, bu ramz bank tizimi uchun mijoz, jamg‘arma vositasi, operatsiya, vazifa va shu kabilar
    bo‘lishi mumkin. Tushunchalarni manipulyatsiya qilish uchun munosabatlar aniqlanadi, turli
    strategiyalar (mantiqiy yoki tajriba natijasida olingan) qo‘llaniladi. Bilimlarni taqdim etish, ularni
    tarkiblashtirish tushunchalarni, murakkab, oddiy bo‘lmagan vazifalarni nazarda tutadi. Shuning uchun
    qoidalar ham bilimlar bazasida murakkab yoki ko‘p miqdorda va hajmda bo‘ladi.
    Ekspert tizimlari shunday ishlab chiqiladiki, bunda yechim tanlash mantiqini asoslash va o‘rgatish
    hisobga olinadi. Ko‘pgina ekspert tizimlarida tushuntirish (izohlash) mexanizmi bo‘ladi. Mazkur
    mexanizm qanday qilib tizim ushbu qarorga kelganini tushuntirish uchun zarur bo‘lgan bilimlardan
    foydalanadi. Bunda ekspert tizimini qo‘llash, undan foydalanish va harakat chegarasini aniqlash juda
    muhimdir.
    Axborot texnologiyasining ekspert tizimida foydalaniladigan asosiy komponentlari (tarkibiy
    qismlari) quyidagilar: foydalanuvchining interfeysi, bilimlar bazasi, interpretator, tizimni yaratish
    moduli.
    36
    Foydalanuvchining interfeysi. Foydalanuvchi ekspert tizimiga buyruq va axborot kiritish hamda 

    uning buyrug‘i orqali chiqadigan axborotni olish uchun foydalaniladi. Komanda (buyruq)lar o‘z ichiga


    bilimlarni qayta ishlash jarayoni boshqarmaydigan parametrlarini oladi.
    Foydalanuvchi axborotni kiritishning to‘rtta uslubidan foydalanishi mumkin: menyu, buyruq
    (komanda), tabiiy til, shaxsiy interfeys.
    Ekspert tizimining texnologiyasi chiqadigan axborot sifatida nafaqat qarorni, shuningdek zarur
    tushuntirishni olish imkoniyatini ham ko‘rib chiqadi.
    Odatda ikki xil tushuntirish farqlab ko‘rsatiladi. Ya’ni:
    •so‘rov bo‘yicha beriladigan tushuntirish. Bunda foydalanuvchi har qanday paytda ekspert
    tizimidan o‘z xatti-harakatlarini izohlashni talab etishi mumkin;
    •muammolarni hal etishdan olgan tushuntirish. Foydalanuvchi yechimni olgandan so‘ng, u qanday
    olingani to‘g‘risida izoh talab qilishi mumkin. Tizim esa masalani yechishdagi har bir qadamini
    tushuntirib berishi kerak.
    To‘g‘ri, ekspert tizimi bilan ishlash texnologiyasi oddiy emas. Mazkur tizimlarning foydalanish
    interfeysi do‘stona munosabatda bo‘ladi. Ya’ni, u siz bilan «suhbatlashish» chog‘ida qiyinchiliklar
    tug‘dirmaydi.
    Bilimlar bazalari. Ular muammoli sohalarni, shuningdek, faktlar oralig‘idagi mantiqiy
    bog‘liqlikni bayon etadi. Bazada markaziy o‘rinni qoidalar egallagan. Qoida muayyan bir sharoitda
    nima qilish kerakligini belgilaydi va u ikki qismdan iborat bo‘ladi:
    Birinchisi, bajarilishi mumkin bo‘lgan yoki bo‘lmagan shart-sharoit. Ikkinchisi, agar sharoit
    bajariladigan bo‘lsa, amalga oshirilishi kerak bo‘lgan xatti-harakat.
    Ekspert tizimi foydalaniladigan barcha qoidalar tizimini tashkil etadi. Bu tizim oddiy tizimga
    qiyoslaganda ham bir necha minglab qoidalarni o‘z ichiga oladi.
    Barcha bilim turlari, predmet sohasi xususiyati va loyihaning (bilim bo‘yicha mutaxassisning)
    malakasiga bog‘liq holda u yoki bu darajada o‘xshashlik bilan bir yoki bir necha semantik modellar
    yordamida ifodalanishi mumkin.
    Interpretator. Bu ekspert tizimining bir qismi bo‘lib, bazadagi bilimlarni ma’lum bir tartibda
    qayta ishlaydi. Interpretatorning ish texnologiyasi qoidalar majmuining ketma-ketligini ko‘rib chiqishga
    olib boradi. Agar qoidadagi shartlarga rioya etilsa, ma’lum xatti-harakatlar bajarilsa foydalanuvchiga
    ham uning muammolarini yechish variantlari taqdim etiladi.
    Bundan tashqari ko‘pgina ekspert tizimlarida quyidagi qo‘shimcha bloklar kiritiladi: ma’lumotlar
    bazalari, hisob-kitob bloki, ma’lumotlarni kiritish va tuzatish bloki.
    Hisob-kitob bloki boshqaruv qarorlarini qabul qilish bilan bog‘liq holatlarda zarur bo‘ladi. Ayni
    paytda reja, jismoniy, hisob-kitob, hisobot va boshqa doimiy hamda tezkor ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga
    olgan ma’lumotlar bazalari muhim rol o‘ynaydi. Ma’lumotlarni kiritish va tuzatish blokidan
    ma’lumotlar bazasidagi joriy o‘zgarishlarni tezkor va o‘z vaqtida aks ettirish uchun foydalaniladi.
    Tizimni yaratish moduli. U qoidalar to‘plamini yaratish uchun xizmat qiladi.
    Tizimni yaratish modulining asosi bo‘lgan ikkita yondoshuv mavjud: dasturlashtirishning
    algoritmik tilidan foydalanish va ekspert tizimi qobig‘idan foydalanish.
    Bilimlar bazasini tasavvur etish uchun maxsus lisp va prolog tillari ishlab chiqilgan, garchi bundan
    boshqa har qanday ma’lum algoritmik tildan foydalanish mumkin bo‘lsa ham.
    Ekspert tizimi qobig’i. Tegishli bilimlar bazasini yaratish orqali ma’lum bir muammoni hal
    etishga moslashgan tayyor dasturiy muhitni ifodalaydi. Ko‘pgina hollarda qobiqdan foydalanish
    dasturlashdan ko‘ra tezkor va osonroq tarzda ekspert tizimini yaratish imkonini beradi.
    Ekspert tizimining afzalliklarini tajribali mutaxassislarga qiyoslab shunday bayon etish
    mumkin:
    •erishilgan puxta bilim, asos yo‘qolmaydi, u hujjatlashtirishi, uzatilishi, ijro etilishi va ko‘payishi
    mumkin;
    •nisbatan mustahkam natijalarga erishiladi, insondagi hissiy va shu kabi boshqa ishonchsiz omillar
    bo‘lmaydi;
    •tizimning ishlab chiqish qiymati yuqori, lekin ekspluatatsiya qiymati past. Umuman qiyoslaganda
    esa u yuqori malakali mutaxassislardan ko‘ra arzonroq tushadi.
    Yangi qoida va konsepsiyalarga, ijodkorlik va ixtirochilikka unchalik moslashmaganligi hozirgi
    ekspert tizimining kamchiligidir. Ko‘p hollarda bu tizim yuqori malakali mutaxassislar o‘rnini bosa
    oladi, ammo ba’zan past malakali ekspertga muhtojli joylar ham bo‘lib turadi. Ekspert tizimi
    37
    eng oxiridagi foydalanuvchining kasb imkoniyatlarini kengaytirish va ko‘paytirshi vositasi bo‘lib 

    xizmat qiladi.


    Ochig‘i, bu tizim muayyan bir predmet sohasida mutaxassis-ekspertlar darajasidagi bilimni
    namoyish etmog‘i kerak. Tizim yaxshi yechimlarni kerakli darajada topa olmaydi, lekin predmetni keng
    anglaydi.
    Rejalashtiruvchi ekspert tizimlari ma’lum bir maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan
    dasturlarni ishlab chiqishga mo‘ljallangan.
    Bashoratlovchi ekspert tizimlari o‘tmish va bugunning voqealariga asoslanib kelajak
    ssenariysini oldindan aytib bermog‘i, ya’ni berilgan vaziyatdan ishonchli natijalar chiqarishi kerak.
    Buning uchun bashoratlovchi ekspert tizimlarida dinamik parametrik modellar qo‘llaniladi.
    Tashxislovchi ekspert tizimlari kuzatiladigan hodisalarning normal emasligi sabablarini topish
    xususiyatiga ega. Ma’lumotlar to‘plami tahlil uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ular yordamida etalon
    xatti-harakatdan chetlanish aniqlanadi va tashxis qo‘yiladi.
    O‘rgatuvchi ekspert tizimlari foydalanuvchilarga berilgan sohada tashxis qo‘yish va tahlil etish
    imkoniyatini berishi lozim. Bunday tizimdan bilim va xatti-harakat to‘g’risidagi farazni yaratish,
    tegishli ta’lim uslubini va harakat usullarini aniqlash talab etiladi.
    Ekspert tizimini yaratishda kamida uchta muammo yuzaga keladi:

    xotiraga kiritiladigan axborotning yetarli darajada to‘liq bo‘lishini ta’minlash. Bu eng asosiy 

    bilimlarini ajratish va ma’lumotlar tuzilmasida ularning o‘zaro aloqasini o‘rnatish, shuningdek,


    kodlashtirishning bunday tizimini yaratish va foydalanishni talab etadi;

    ekspert tizimi faoliyati sifatining samarali bahosini olish va tegishli mezonlarni ishlab chiqish. 

    Qiyinchilik shundaki, mutaxassislar bilimi — bu shunchaki ma’lumot va faktlar yig‘indisi emas. Ayrim


    elementlar munosabatini tasavvur etish uchun aloqalar qonuniyatlarini hisobga olishga formal urinish
    tizimni o‘ta darajada «keskin» qilib qo‘yadi va u yangi elementlarni qo‘shish uchun «yopiq» bo‘lib
    qoladi;
    • yechiladigan masala tuzilmasining ehtimollik xususiyati va bilimlarning uyg‘unlashuvi tufayli
    ishonchsiz natijalar olish mumkinligi.
    Ekspert tizimini yaratish quyidagi talablar mavjud holatda maqsadga muvofiqdir:
    •tizimga o‘z bilimini berishni istagan ekspertlar mavjudligi;
    •ekspertlar vazifani hal etishning o‘z uslublarini bayon etishi mumkin bo‘lgan muammoli
    sohaning mavjudligi;
    •ko‘pchilik ekspertlarning mazkur muammoli sohada yechimlar o‘xshashligining bo‘lishi;
    •muammoli sohadagi vazifaning ahamiyati, ya’ni ular yoki murakkab bo‘lishlari, yoki mutaxassis
    bo‘lmagan foydalanuvchi hal eta olmasligi yoki hal etish uchun ancha vaqt talab qilishi;
    •masalani yechish uchun katta hajmdagi ma’lumot va bilimning bo‘lishi;
    •predmet sohasida axborotning to‘liq bo‘lmasligi va o‘zgaruvchanligi tufayli evristik uslublarni
    qo‘llash.
    Yuqorida qayd etilgan uchta muammoni hal etish va sanab o‘tilgan talablarni bajarish ekspert
    tizimini qo‘llashning zarur hamda yetarli sharti sanaladi.
    Ekspert tizimini yaratish bosqichlari. Ekspert tizimini yaratishning nisbatan muhim
    bosqichlariga quyidagilarni kiritish mumkin: konsepsiyalash, realizatsiya, testdan o‘tkazish, joriy etish,
    kuzatib borish, modernizatsiyalash.
    Konsepsiyalash bosqichida ekspert tizimini ishlab chiqish bo‘yicha mutaxassis ekspert bilan
    hamkorlikda tanlangan predmet sohasidagi muammoni yechishning uslublarini bayon etish uchun
    qanday tushuncha, munosabat va proseduralar zarurligini hal etadi. Bosqichdagi asosiy vazifa masalani
    yechish jarayonida yuzaga keluvchi vazifa strategiyasi va cheklovlarni tanlashdan iborat.
    Konsepsiyalash muammoni to‘liq tahlil etishni talab etadi.
    Identifikatsiya bosqichida vazifa turi, tavsifi, o‘lchami, ishlanma jarayonidagi ishtirokchilar
    tarkibi aniqlanadi. Modelning yaroqliligi ko‘rib chiqiladi, talab etiladigan «vaqt — mashina» resurslari
    baholanadi, ekspert tizimini yaratish maqsadi belgilanadi.
    Formallashtirish bosqichida asosiy tushunchalar va munosabatlar bilimlarni ifodalashning o‘ziga
    xos rasmiy tiliga o‘tkaziladi. Bu yerda ko‘rib chiqilayotgan vazifa uchun modellar yoki ma’lumotlarni
    taqdim etishning o‘xshash usullari tanlanadi.
    Amalga oshirish bosqichida yuklatilgan vazifalarni bajarishga qodir bo‘lgan ekspert tizimining
    jismoniy «qobig‘i», yuzasi yaratiladi.
    38
    Ekspert tizimi faoliyatining to‘g’riligini testdan o‘tkazish bosqichida tekshirish mumkin. 
    3. Boshqaruv faoliyatida axborot texnologiyalari
    Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, rahbar intellektual ish uchun o‘z ish vaqtining 29%ini sarflar ekan, 

    qolgan qismidan esa (71%) samarasiz foydalanadi. Boshqaruv qarorini qabul qilish uchun katta


    hajmdagi ma’lumotlarni (faktografik, statistik, iqtisodiy, ilmiy, siyosiy va hokazo) qayta ishlash natijasi
    bo‘lgan axborot zarur. O‘sib kelayotgan axborot oqimi tufayli va murakkab boshqaruv mexanizmining
    elementi sifatida muassasa xodimining strategik qarorlarni tayyorlash va qabul qilishga vaqti qolmaydi.
    70-yillar o‘rtalarida avtomatlashtirilgan tizim qiyofasi shakllangan vaqtda (korxonalar, tarmoqlar
    uchun ABTlar kabi) tashkiliy boshqaruv uchun xos bo‘lgan axborotni birinchi marta qayta ishlash bilan
    ma’lumotlarni yig‘ish vazifasi avtomatlashtirilgan. Odatda kichik ma’muriy xodimga yuklatiladigan
    reglamentlashtirilgan ommaviy eski operatsiyalar avtomatlashtirilgan. Maxsus bilim talab etiladigan
    o‘rta va katta boshqaruv xodimining ishi esa avtomatlashtirilmay qoldi.
    Bu shu bilan bog‘liq ediki, qaror qabul qilish ishi nisbatan moslashuvchan va kuchli dasturiy
    ta’minot va qat’iy vaqtinchalik cheklashlarni talab qiladi. Yangi axborot texnologiyalari, jumladan
    kuchli hisoblash resurslariga ega personal kompyuterlar ma’lum ma’noda mavjud sharoitni o‘zgartiradi.
    Ma’muriy boshqaruv sohasiga nafaqat qarorlar qabul qilish kiradi, shu bilan birga yangi
    hujjatlarni rasmiylashtirish, boshqaruv obyektining hozirgi holati bo‘yicha hisobotlar, ma’lumotnomalar
    bilan bog‘liq idora faoliyati (idora deganda har qanday tashkilot, uning bo‘limlari, muassasa, institut,
    vazirlik va hokazo nazarda tutilmoqda) ham muhim o‘rin egallaydi. Mazkur faoliyatni avtomatlashtirish
    yangi axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni qayta ishlash, saqlash va qidiruvni amalga
    oshiradigan «elektron ofis» konsepsiyasining paydo bo‘lishiga olib keldi.
    Elektron ofis. Idora (ofis)ning asosiy faoliyati qaror qabul qilish maqsadida axborogai qayta
    ishlashdir. Turli darajadagi idoralarda tashkilot siyosati shakllanadi va shu yerdan rahbariyat kundalik
    operatsiyalarni amalga oshiradi. Idorada bo‘linmalardan, tashqi olamdan axborot yig‘iladi, yig‘ilishlar,
    uchrashuvlar o‘tkaziladi, qarorlar qabul qilinadi. Chunki idora boshqaruv ishini tashkil etish shakli
    bo‘lib, uning ishini takomillashtirish boshqaruv apparati ishining samaradorligini oshirish shartlaridan
    biridir.
    «Elektron ofis» idora faoliyatida axborot texnologiyasining turli vositalarini qo‘llash joyi sanaladi.
    Zamonaviy axborot texnologiyalari idoralarga axborotni saqlash, uzatish va qayta ishlashning yangi
    tamoyillariga asoslangan quyidagi vositalarini taklif etadi: zarur dasturiy ta’minotli shaxsiy kompyuter;
    yuqori sifatli chop etadigan printer; nusxa ko‘paytiruvchi texnika; xotirali telefon; telekonferensiya
    o‘tkazish uchun apparatura, ma’lumotlarning tashqi bazasi.
    Elektron ofis boshqaruv mehnatini avtomatlashtirish va boshqaruvchilarni axborot bilan yaxshiroq
    ta’minlash imkonini beradi.
    Avtomatlashtirilgan ofisning axborot texnologiyasi — kompyuter tarmoqlari bazasida tashqi
    muhit va tashkilot ichida kommunikatsiya jarayonlarini tashkil etish hamda qo‘llab-quvvatlashdir.
    Avtomatlashtirilgan ofis texnologiyalaridan boshqaruvchilar, mutaxassislar, texnik xodimlar
    foydalanadi, u ayniqsa muammolarni guruh bo‘lib hal etish uchun qulay.
    Elektron ofisda deyarli har qanday turdagi — gistogramma, diagramma, sxema, jadval va hokazo
    tasvirni olish imkonini beruvchi mashina grafikasidan foydalaniladi. Elektron ofis amaliyotida
    shuningdek, muassasa faoliyatini nazorat qiluvchi va muvofiqlashtiruvchi vositalardan ham
    foydalaniladi. Ular yordamida barcha boshqaruv faoliyati bajariladigan ishning xususiyatlarini
    tavsiflovchi jarayonlar majmui sifatida aks etadi. Ayni paytda har qanday alohida xodimning
    faoliyatigina emas, boshqa xodimlar bilan axborot va subordinatsiya aloqalari ko‘rib chiqiladi.
    Shakllangan sxemaga muvofiq ko‘rsatilgan muddatlarda bevosita ijrochilar uchun kerakli vazifalar
    avtomatik ravishda yaratiladi. Dasturlar paketlarining quyidagi funksional guruhlaridan foydalaniladi:
    • matnlarni qayta ishlash;
    • jadvallarni yaratish va qayta ishlash;
    • ma’lumotlar bazalarini boshqarish;
    • grafik axborotni qayta ishlash;
    • elektron yozuv daftari.
    Dasturlarning bunday paketlari ko‘pincha ixtisoslashtirilgan deb yuritiladi, chunki ular sanab
    o‘tilgan funksiyalardan birini bajarish uchun mo‘ljallangan.
    Ixtisoslashtirilgan
    dastur

    39
    paketlaridan biridan (masalan, OFFICE XR, OFFICE 2007) tez-tez foydalanishning qulayligi dasturning 


    integrallashgan dastur paketlarini ishlab chiqishning maqsadga muvofiqligini shart qilib qo‘ydi. Shuni
    hisobga olish lozimki, bitta joy bo‘lgan hollarda, faoliyatning qat’iy belgilangan turi (masalan, matnlarni
    qayta ishlash) ko‘proq uning uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Shunday qilib foydalanuvchining vazifasi
    faqat dastur paketini aniq bir holatlar uchun to‘g‘ri tanlash sanaladi.
    Ma’lumotlar bazasi. Avtomatlashtirilgan ofisdagi ma’lumotlar bazalari tashkilotning ishlab
    chiqarish tizimi, shuningdek tashqi muhit haqidagi ma’lumotlarini jamlaydi.
    Ma’lumotlar bazalaridan axborot matnli protsessor, jadval protsessori, elektron pochta, kompyuter
    konferensiyasi kabi kompyuter ilovalarining kirishiga kelib tushadi. Har qanday avtomatlashtirilgan
    ofisning kompyuter ilovasi tashkilot xodimlarining bir-biri bilan aloqasini ta’minlaydi.
    Ma’lumotlar bazalaridan axborot olishda uzatish, nusxalash, saqlash uchun nokompyuter texnik
    vositalardan foydalanish mumkin.
    Ko‘pgina shaxsiy kompyuterlar uchun integrallashtirilgan va ixtisoslashtirilgan dastur paketlari
    turli funksiyalarga «menyu» (imkoniyatlar ro‘yxatlari va tanlash parametrlari) orqali kirishni
    ta’minlaydi.
    Muassasa faoliyatida u yoki bu hujjatlarning shakllanishigina emas, tashkilot ichi ma’lumotlar
    oqimining taqsimlanishi ham katta ahamiyatga ega. Muassasa mehnatini avtomatlashtirish tizimining
    rivojlanishi elektron pochta, telekonferensiya, videoteka kabi turli elektron aloqa vositalarining paydo
    bo‘lishiga olib keldi. ‘zbekiston yil boshidan beri Xitoyga $1 mlrddan ortiq qiymatdagi tovarlarni eksport qildi, keyingi o‘rinlarni Rossiya ($939,4 mln) va Turkiya ($741,4 mln) egalladi. Import ko‘rsatkichida ham Xitoy ($2,7 mlrd) va Rossiya ($2,3 mlrd) mamlakatning eng samarali hamkorlari qatorida qoldi.

    Кириллчада28 iyun 2022, 14:59 Iqtisodiyot


    O‘zbekiston yil boshidan buyon Xitoyga 1 mlrd dollardan ko‘proq tovar eksport qildi. Mamlakatning Xitoydan tovarlar importidagi ulushi ortib bormoqda. Bu Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida aks etgan.
    Unga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston eksportida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan davlat Xitoy bo‘ldi. O‘tgan yilning dastlabki besh oyida O‘zbekiston Xitoyga 835,4 mln dollarlik tovar eksport qilgan bo‘lsa, bu yil ushbu ko‘rsatkich 216,6 mln dollarga oshib, 1 mlrd 52 mln dollarni tashkil etdi.
    Shuningdek, O‘zbekiston eksportida o‘tgan yilning yanvar-may oylarida ikkinchi eng yirik hamkor davlat Turkiya (694,1 mln dollar) bo‘lgan bo‘lsa, bu yil Rossiya O‘zbekiston eksportida ikkinchi eng yirik mamlakat bo‘ldi — 939,4 mln dollar.
    Quyida O‘zbekiston eksportida ulushi eng yirik 10 ta davlat ko‘rsatilgan:
    • Xitoy — 1 mlrd 52 mln dollar;


    • Rossiya — 939,4 mln dollar;


    • Turkiya — 741,4 mln dollar;


    • Qozog‘iston — 489 mln dollar;


    • Qirg‘iziston — 354 mln dollar;


    • Afg‘oniston — 307 mln dollar;


    • Tojikiston — 171 mln dollar;


    • Kanada — 71 mln dollar;


    • Eron — 69 mln dollar;


    • Turkmaniston — 63 mln dollar.


    Shuningdek, Davlat statistika qo‘mitasi 2022 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston importida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar ro‘yxatini ham e’lon qildi.


    2021 yilda ham O‘zbekiston importida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan Xitoy bu yil mamlakatga 2,7 mlrd dollarlik tovar eksport qildi. Bu o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 858,1 mln dollarga ko‘pdir. Qolaversa, Rossiyadan ham mahsulot importi joriy yilning yanvar-may oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli darajada oshdi — farq 552,8 mln dollar.
    Quyida O‘zbekiston importida ulushi eng yirik 10 ta davlat ko‘rsatilgan:
    • Xitoy — 2,7 mlrd dollar;


    • Rossiya — 2,3 mlrd dollar;


    • Qozog‘iston — 1,3 mlrd dollar;


    • Koreya — 1,1 mlrd dollar;


    • Turkiya — 698,5 mln dollar;


    • Germaniya — 465 mln dollar;


    • Turkmaniston — 260 mln dollar;


    • Hindiston — 249 mln dollar;


    • AQSh — 192 mln dollar;


    • Braziliya — 170 mln dollar.


    Avvalroq «Gazeta.uz» kolumnisti Mirkomil Xolboyev o‘z maqolasida Ukrainadagi urush Rossiyaga kuchli bog‘langan iqtisodiyotlar uchun tashqi savdo xatarlarini keltirib chiqarishini va shunga qaramay, mart-aprel holatiga ko‘ra O‘zbekiston tashqi savdosi sog‘lom ko‘rsatkichlarda o‘sganini qayd etgan edi.


    U O‘zbekiston tashqi savdosi bo‘yicha to‘rt oylik hisobotlardagi raqamlarga e’tibor qaratib, import ham, eksport ham yuqori suratlarda o‘sayotganini ta’kidlagan edi. Xususan, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida mamlakatning eksport hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 2 barobarga oshgan. Import hajmi esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 barobarga ko‘paygan.

    1b-ee talabasi Annaberdiyev Xemra


    http://fayllar.org
    Download 36,24 Kb.




    Download 36,24 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Eksport tizimlarining boshqaruvdagi o`rni va ularni iqtisodiyot tarmoqlarida qo`llash

    Download 36,24 Kb.