EKSTREMAL VAZIYATLARNING ASOSIY XARAKTERISTIKALARI
Boqiyeva Kamola Alisher qizi
GulDU “Psixologiya” kafedrasi stajor o`qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada ekstremal holatlar klassifikatsiyasi,
ekstremal vaziyatlarga tushib qolgan insonlarda paydo bo`ladigan jarohat
stressining psixologik oqibatlari, jarohatdan keyingi stress buzilishlari,
insonlarga ko`rsatiladigan psixoterapevtik yordam turlari va ularning
mazmun-mohiyati yoritib berilgan.Ekstremal vaziyatlar sodir bo`lganda
alahsirash, gallyutsinatsiya, yig`I, nerv titrog`i holatlarida ko`rsatildaigan
psixologik yordam usulari, psixoterapevtik mashqlar va ularning insonlarning
keyingi hayotidagi ahamiyati va dolzarbligi tavsiflab berilgan.
Kalit so`zlar: ekstremal vaziyatlar, jarohatdan keyingi stress buzilishi,
gallyutsinatsiya, reintegratsiya, stressor, agressiya, stupor, apatiya.
Ekstremal holatlar - tashqi yoki ichki favqulodda omillar ta'siri ostida
rivojlanadigan, tananing holati maksimal stress yoki adaptatsiya
mexanizmlarining kamayishi bilan tavsiflanadigan holat.Bunda tashqi yoki
ichki muhit omillari ta`sirini krizis holatiga olib keladigan inson hayot
faoliyatining buzilishi kuzatiladi.
Ekstremal vaziyatlar quyidagi belgilar bilan klassifikatsiya qilinadi:
•
Toʻsatdanlik darajasi bilan: toʻsatdan (bashorat qilinmaydigan) va
kutilgan (bashorat qilinadigan). Ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy vaziyatlarni
bashorat qilish oson, tabiiy ofatlarni esa qiyin (masalan, inqiroz va zilzila).
•
Yoyilish tezligiga koʻra: ekstremal vaziyatlar portlovchi, shiddatli, tez
yoki oʻrtacha yo sekin yoyiluvchan xarakterda boʻladi.
•
Yoyilish kengligiga koʻra: lokal, mahalliy, territorial, regional, federal.
Lokal, mahalliy va territorial ekstremal vaziyatlar bir boʻlinmadan, ishlab
chiqarish joyidan, aholi punkti chegarasidan chiqmaydi. Regional va
federal ekstremal vaziyatlar butun bir region, davlat, hattoki, bir qancha
davlatlar miqyosida sodir boʻladi.
•
Harakat davomiyligiga koʻra: qisqa muddatli yoki uzoq muddatli
xarakterda boʻlishi mumkin. Atrof muhitni ifloslanishi sodir boʻladigan barcha
ekstremal vaziyatlar uzoq muddatliga kiradi.
•
Xarakteriga koʻra: oldindan rejalashtirilgan (qasddan) va
rejalashtirilmagan (qasddan boʻlmagan). Birinchisiga koʻpchilik milliy, ijtimoiy
va harbiy nizolar, terroristik aktlar va boshqalar kiradi. Tabiiy ofatlar oʻzining
kelib chiqish xarakteriga koʻra maqsadlashtirilmagan boʻlib, bu guruhga
texnogen toʻqnashuvlar va fojialar kiradi.
Ekstremal vaziyatlar inson psixikasiga kuchli taʼsir etishi natijasida unda
jarohatli stress paydo boʻladi. Jarohat stressining psixologik oqibatlari
jarohatdan keyingi stress buzilishlarida namoyon boʻladi. Jarohatdan keyingi
stress buzilishlari jarohatli stressi vaziyatini boshdan kechirgan 20 % insonlarda
yuzaga keladi. Bugungi kunda jarohatdan keyingi stress buzilishi termini koʻp
hollarda tinchlik davridagi ofatlarga nisbatan qoʻllaniladi. Masalan: tabiiy
(iqlim, seysmik), ekologik va texnogen ofatlar, yongʻinlar, terroristik
harakatlar, baxtsiz hodisalar, oilaviy dramalar, jinsiy zoʻrlash.
1936-yilda Gans Sele tomonidan taklif etilgan stress konsepsiyasining
asosini organizmni oʻz -oʻzini saqlash va stressorga qarshi tura olish uchun
resurslarning mobilizatsiya qilish tashkil qiladi. Organizmga barcha taʼsirlarni
u stressning spetsifik va nospetsifik stereotipiga ajratgan, oʻz oʻrnida bular
umumiy adaptasion sindrom koʻrinishida namoyon boʻladi. Bu sindrom oʻz
rivojlanishida uch bosqichni oʻtaydi:
1) Havotirlanish bosqichi
2) Rezinstentlik bosqichi
3) Sarf qilinganlik bosqichi
Stressorlar odatda fiziologik (ogʻriq, ochlik, chanqoq, yuqori va past
harorat va hokazo) hamda psixologikka (xavf, yoʻqotish, aldanganlik,
xafagarchilik) boʻlinadi. Psixologik oʻz oʻrnida emosional va informasionga
boʻlinadi.Stressorlaming taʼsiri psixik sohaning buzilishiga olib kelagan vaqtda
stress jarohatliga aylanadi. Bunday paytda mavjud konsepsiyalarga
muvofiq dunyoning kognitiv modeli, affektiv soha, nevrologik mexanizmlar
buziladi.Jarohat stressini boshdan oʻtkazish ayrim insonlar uchun kelajakda
ularda jarohatdan keyingi stress buzilishini paydo boʻlishiga sabab boʻlib
qoladi.
Jarohatdan keyingi stress buzilishi (JKSB) — jarohat stressiga javob
reaksiyasi boʻlib, deyarli hamma odamlarda psixik buzilishni keltirib chiqarishi
mumkin.Jarohat stressi keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan 4 ta jarohatlar
xarakteristikasi:
1. Sodir boʻlgan holat inson tomonidan anglanadi, yaʼni odam u bilan
nima yuz berganini va shuning natijasida uning psixologik holati
yomonlashganini biladi.
2. Bu holat tashqi omillar bilan bogʻliq.
3. Boshdan oʻtkazilgan holat odatiy hayot tarzini buzilishiga olib
keladi.
4. Yuzaga kelgan vaziyat dahshat (vahima)ni va noshudlik hissini
uygʻotadi.
JKSB (jarohatdan keyingi stress buzilishi) psixoterapiyasi birinchi
navbatda jarohat natijasida vujudga kelgan psixik faoliyat buzilishini
reintegratsiyasi ("qayta jamiyatga qoʻshilishi") ga oʻz eʼtiborini qaratadi.
Hayotni yangitdan idrok etishni taʼminlash, jarohat tajribasini affektiv tarzda
qayta baholash, oʻzining shaxsiy "men"ining qadrini oshirish va kelajakda
samarali hayot kechirish qobiliyatini hosil qilish — psixoterapiyaning
vazifasidir. JKSB daʼvosi uzoq va bir necha yil davom etuvchi jarayondir.
JKSB bilan hasta mijozlarga terapevtik yordam koʻrsatayotganda ishni 3
bosqichda amalga oshirish lozim. Birinchi bosqichda asosiy maqsad —
xavfsiz muhit yarata olish. Ikkinchi bosqichning asosiy vazifasi — xotiralar va
kechinmalar bilan ishlash. Kryukova M.A., Nikitina T.I. va Sergeyeva Yu.S.
o`zlarining "Ekstremal holatlarda psixologik yordam" qo'llanmasida
insonlarning ekstremal vaziyatga munosabati va birinchi psixologik yordam
turlari asosiylarini ajratib ko'rsatgan:
-
Alahsirash - Gallyutsinatsiya
-
Apatiya - Harakat qoʻzgʻaluvchanligi
-
Stupor - Qoʻrquv
-
Isterika - Nerv titrogʻi
-
Yigʻi - Agressiya
Alahsirash va gallyutsinatsiyalar.Alahsirashning asosiy belgilari noto'g'ri
tushunchalar yoki xulosalar chiqarishdir yoki jabrlanuvchining o'z
haqiqatiga to'liq ishonishi, uni tushuntirish orqali o`zining e'tiqodlarini
ko'ndirishga urinishi.
Gallyutsinatsiyalar insonning boshidan kechirgan narsalarida hozirda
mavjud bo'lgan xayoliy obektlarning mavjudligi orqali namoyon bo'ladi.
Voqelikda yo'q hissiy stimulyatsiya (ovozlarni eshitadi, odamlarni ko'radi, his
qiladi, hidlar va boshqalar) o'z-o'zidan paydo bo'lishi mumkin.
Birinchi yordam:
1. Tibbiyot xodimlarini, shoshilinch psixiatrik tez yordam guruhini
chaqirish.
2. Jabrlanuvchining o'ziga yoki atrofidagilarga zarar yetkazmasligiga
ishonch hosil qilish.Jabrlanuvchini atrofdagi va xavfli narsalardan
izolyatsiyalash. Uni yolg'iz qoldirmaslik.
3. Jabrlanuvchi bilan xotirjam ovozda gaplashishga harakat qilish,
bahslashmasdan, hamma narsada unga rozilik bildirish, uni ishontirishga
harakat qilmaslik.
Agar odam uzoq vaqt stressni boshdan kechirsa, lekin hech qanday
natijaga erishmasa yoki jiddiy muvaffaqiyatsizlik tufayli o'z faoliyatidan
ma'no ko'rishni to'xtatsa, apatiya paydo bo'lishi mumkin. Ekstremal
vaziyatda, agar kimdir qutqarilmasa yoki yaqin kishi vafot etganda apatiya
psixik holati insonlarda sodir bo'lishi mumkin.Bunday holatda odam harakat
yoki gapirishni xohlamaydi, hatto his-tuyg'ularini ifoda qilish uchun hech
qanday kuchi bo`lmaydi.Biror kishi bir necha soatdan bir necha
haftagacha apatiya holatida qolishi mumkin. Agar bunday holatdagi
odamga kerakli psixologik yordam ko'rsatilmasa, apatiya depressiyaga
aylanishi mumkin.Ushbu vaziyatda:
1.
Jarohatlanuvchi bilan gaplashib koʻring. Unga bir qancha oddiy
savollar bering: "Isming nima?", "Oʻzingni qanday his qilyapsan?", "Biror narsa
yeysanmi?".
2.
Jarohatlanuvchini dam olish joyiga kuzatib qoʻying, qulay
joylashishiga yordam bering (oyoq kiyimini albatta yeching).
3.
Jarohatlanuvchini qoʻlini ushlang yoki oʻz qoʻlingizni peshonasiga
qoʻying.
4.
Jarohatlanuvchiga uxlab olish yoki shunchaki dam olish imkonini
bering.
5.
Dam olishga imkon boʻlmasa, jarohatlanuvchi bilan koʻproq
gaplashing, uni istalgan hamkorlikdagi faoliyatga jalb qiling (aylanish, choy
yoki kofe ichishga borish, atrofdagilarga, yordamga muhtojlarga
yordamlashish).
|