Multimetr- kuchlanishni (o’zgarmas va o’zgaruvchan), tokni (o’zgarmas va o’zgaruvchan), qarshilikni va kuchlanish nisbatini dessibillarda o’lchash imkonini beradi. Sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosish orqali quyida tasvirlangan qiymatlar oynasi ochiladi. Bu oynadan o’lchanayotgan tokning turi zarur fizik kattaliklari o`rnatiladi. Quyida bu oynaning umumiy ko`rinishi keltirilgan.
Tok va kuchlanishni o’lchash uchun multimetr qisqichlari voltmeter va ampermetr kabi ulanadi. Qarshilikni o’lchash uchun multimetr qisqichlari o’lchanishi zarur bo’lgan zanjir qismiga parallel holatda ulanadi. O’lchashni amalga oshirish uchun multimetrni o’zgarmas tokka o`tkazing va tugmasini o`rnatilgach qo`shish tugmasini bosing. O’lchash xatosiz bajarilishi uchun zanjir yerga uladi energiya manbalari uzib qo`yiladi.
Kuchlanish nisbatini dessibillarda o’lchash uchun multimetrning dB tugmasini bosing. Multimetr qisqichlari nisbatan aniqlanadigan nuqtalarga biriktiriladi.
Multimetr parametrlari kattaliklarini o`rnatish uchun SETTINGS tugmasini bosing. Multimetr parametrlari tekshiriladigan sxemaga kam tasir etishiga e’tibor qaratish zarur.
Osillograf. Electronics Workbench osillografi saqlab qolish imkoniyatiga ega bo’lgan uzluksiz ikki nurli bo’lib oddiy va kengaytirilgan holatlarga ega. Osillografning kengaytirilgan varianti eng yaxshi raqamli saqlab qoluvchi haqiqiy osillografga yaqinlashtirilgan.
Sichqoncha tugmasini ikki marta bosish orqali osillografning oddiy holati paydo bo’ladi.
Osillografning to`rtta ulash qisqichi mavjud bo’lib, pastgi o`ng va chap qisqichlar А (channel А) va В (channel В) kanallarning kirish qismi hisoblanadi. O`ng tomondagi yuqorigi qisqich umumiy qisqich deb ataladi. Chunki osillograf o`lchayotgan nuqta kuchlanishi bu qism potensialiga nisbatan olinadi. Odatda bu qism yerga ulab qo`yiladi, chunki osillograf kuchlanishni nolga nisbatan olishi zarur. Shu sababli osillograf bu qisqichi «ground». deb belgilangan.
Menyuning Circuit punktida Analysis Options qismiga kirib Time domain points per cycle qatori orqali otsillogrifning hisoblash nuqtalarini kengaytirish mumkin. Odatda bu nuqtalar soni 100 bo’ladi. Huddi shi yo`l bilan Pause after each screen holatini o’rnatish orqali osillogramma tahlilini yengillatish mumkin. Bunda osillografning ishi uning nuri ekrani oynasini to`liq egallagach to`xtaydi. Osillograf ishini davom ettirish uchun Resume (Davom ettirish) bandi tanlanadi yoki F9 tugmasi bosiladi. Osillograf ishini istalgan holatda to`xtatish uchun F9 tugmasi bosiladi yoki Circuit punktidan Pause (Pauza) holati tanlanadi. Osillograf ishini qayta davom ettirish uchun F9 tugmasi bosiladi yoki Resume (Davom ettirish) bandi tanlanadi.
Oddiy holatdan kengaytirilgan holatga o`tish uchun ZOOM tugmasi bosiladi.
X ва Y киришлар бир вақтда “0” сигнали берилса (яъни улагичлар бир вақтда уланмаган холда бўлса), Z чиқишда “0” сигнали хосил бўлади (яъни лампа ўчиқ холда бўлади). Киришлардан бирортасига ёки бир вақтда иккаласига «1» сигнали берилса (яъни улагичлардан бири ёки бир вақтда к-каласи уланса), чиқишда «1» сигнали хосил бўлади (яъни лампа ёришади).
«ЁКИ» элементи мантиқий функция сифатида Z = X+Y хамда Z = XvY куринишларда тасвирланади.
|