|
Elektr mashinalari
|
bet | 2/4 | Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 10,14 Kb. | | #264933 |
Bog'liq 13-Mavzu Qisqa tutashgan rotorli asinxron dvigatelni yurguzish u-kompy.infoQisqa tutashgan rotorli asinxron motor rotorining po‘lat o‘zagi pazlariga eritilgan alumin quyilib, chulg‘am o‘tkazgichlari (sterjenlar) hosil qilinadi va ularning pazlardan tashqari uchlari ikki tomondan quyma aluminiy halqalar orqali qisqa tutashgan bo‘ladi. Natijada, yaxlit «olmaxon katagi» ko‘rinishidagi qisqa tutashgan chulg‘am hosil qilinadi.
Qisqa tutashgan rotorli asinxron motor rotorining po‘lat o‘zagi pazlariga eritilgan alumin quyilib, chulg‘am o‘tkazgichlari (sterjenlar) hosil qilinadi va ularning pazlardan tashqari uchlari ikki tomondan quyma aluminiy halqalar orqali qisqa tutashgan bo‘ladi. Natijada, yaxlit «olmaxon katagi» ko‘rinishidagi qisqa tutashgan chulg‘am hosil qilinadi.
Faza rotorli asinxron motoriga val, valga o‘rnatilgan po‘lat o‘zak, uning pazlariga bir-biriga nisbatan 1200 ga siljigan uch fazali chulg‘am joylashtiriladi. Rotorning fazaviy chulg‘amlari yulduz usulida ulangan bo‘ladi va ularning uchlari esa valning bir tomonida o‘rnatilgan uchta mis yoki jez (mis va rux aralashmasi) halqalarga ulanadi.
Uch fazali asinxron motorning stator chulg‘amiga uch fazali tok berilganda vujudga kelgan magnit yurituvchi kuch (MYuK) statorda aylanish chastotasi n1= 60 f /p bo‘lgan aylanma magnit maydonni hosil qiladi. Bu maydon kuch chiziqlari stator chulg‘ami o‘ramlarini va rotorning qisqa tutashgan chulg‘am sterjenlarini yoki uch fazali chulg‘ami o‘ramlarini kesib o‘tib, ularda EYuK lar hosil qiladi. Agar rotor chulg‘ami qisqa tutashgan bo‘lsa, undagi EYuK ta’sirida qisqa tutashgan rotor chulg‘amlari o‘tkazgichlaridan tok o‘tib, bu tokning stator hosil qilgan aylanma magnit maydoni bilan o‘zaro ta’siri natijasida rotor chulg‘ami o‘ramlariga elektromagnit kuch ta’sir qiladi. Bu kuch hosil qilgan aylantiruvchi (elektromagnit) moment tormozlovchi momentdan katta bo‘lsa, rotorni aylanma magnit maydon yo‘nalishida aylantiradi.
Aylanma magnit maydonning aylanish chastotasi n1 bilan rotorning aylanish chastotasi n orasidagi nisbiy farqqa sirpanish (s) deyiladi va u quyidagicha aniqlanadi (n.b. – nisbiy birlik):
|
| |