Elektr o’lchov asboblarining turlari va ularning tasnifi




Download 40.1 Kb.
bet1/2
Sana17.10.2023
Hajmi40.1 Kb.
#88232
  1   2
Bog'liq
2,1
Atrabotka, Asliddin - [Elektronika 1], Sobirov, elektronika 8ta, create table cars - [MB], Инглиз тили ёзма, 2-ma\'ruza, 1. Dars, dars shakllari. Dars va uning tuzilishi, slayd sayyod, taklifnoma ota ona, Amaliyot ishi 2 (4), VvLh4vsBeDoiCIKiScbmZQJ13pIGHGTqx12bUKhY (1), Photo to PDF 2023-11-10 13-13-17, Savollar BH

Elektr o’lchov asboblarining turlari va ularning tasnifi.
reja

  1. Электр ўлчаш асбоблари ҳақида маълумотлар.

  2. Ўлчаш ва ўлчаш усуллари.

  3. Метрология ҳақида умумий тушунча.

  4. Ўлчаш воситаларининг метрологик характеристикалари.

Har xil turdagi elektrotexnik qurilmalarning holatini va ishlashini baholash uchun elektr o‘lchovi asboblaridan foydalaniladi.Elektr o‘lchash asboblari yuqori sezgirligi, o‘lchashning aniqligi, ishonchliligi va tuzilishining oddiyligi bilan ajralib turadi.


Elektr kattaliklari-tok kuchi, kuchlanish, elektr energiyasining quvvati, magnit oqimi, sig‘imi, chastotasi va boshqalar bilan bir qatorda ular yordamida noelektrik kattaliklarni ham o‘lchash mumkin.
Elektr o‘lchov asboblarining ko‘rsatishini uzoq masofalarga uzatish mumkin (tele o‘lchash), ular ishlab chiqarish jarayoniga bevosita ta’sir etishi uchun ishlatilishi mumkin. (avtomotik boshqarish) yoki ular yordamida nazorat qilinuvchi jarayonlarni qayd qilib berish mumkin (masalan, magnit lentasiga yozish orqali).
Yarim o‘tkazgichli texnikaning qo‘llanilishi orqali elektr o‘lchov asboblarining qo‘llanilish sohalari ancha kengaydi.
Biror fizik kattalikni o‘lchash deganda maxsus texnik o‘lchov vositalari yordamida uning qiymatini tajriba yuli bilan aniqlashga aytiladi.Har xil fizik kattaliklarni o‘lchash uchuch amalda turli o‘lchash usullaridan foydalaniladi.Natijani olish usuliga ko‘ra hamma o‘lchashlar bevosita va bilvosita turlarga bo‘linadi.
Bevosita o‘lchashda fizik kattaliklar qiymati to‘g‘ridan to‘g‘ri-tajriba natijasida olinadi.
Bilvosita o‘lchashda o‘lchanayotgan kattalik bilan bevosita o‘lchanishi mumkin bo‘lgan kattaliklar orasidagi bog‘lanishdan foydalaniladi.Misol uchun zanjirning bir qismidagi qarshilikni o‘lchash uchun, undagi kuchlanish va tok kuchi bevosita o‘lchanadi hamda Om qonunidan foydalanib qarshilik hisoblanishi mumkin.
Elektr o‘lchash texnikasida taqqoslash usuli ham qo‘llaniladi.Bu usulda o‘lchanayotgan kattalik qaytariladigan o‘lchov bilan taqqoslanadi.
Taqqoslash usuli kompensatsion va ko‘prik usullarga bo‘linadi.
Kompensatsion taqqoslash usuliga misol sifatida kuchlanishni normal element E.Y.K.si qiymati bilan taqqoslab o‘lchashni keltirish mumkin.
Ko‘prik sxemali taqqoslash usuliga misol sifatida ko‘prik sxema yordamida noma’lum qarshilikni o‘lchashni ko‘rsatish mumkin.
O‘lchashning taqqoslash usuli juda aniq, lekin ularni bajarish uchun murakkab o‘lchov texnikasi talab qilinadi.
Metrologiya haqida.
Metrologiya grekcha metron (o‘lchov) va logos (tushuncha) so‘zlaridan olingan.Metrologiya fizik kattaliklarni aniq va takomillashtirilgan yagona tizimli o‘lchashlar haqidagi fandir.Fizik kattaliklarni o‘lchash nazariyasi, fizik kattaliklar birligi va birliklar tizimi, o‘lchash vositalari v o‘lchash uslublari etalonlar va namuna o‘lchash vositalari, shuningdek birlik o‘lchamni ishchi o‘lchash vositalariga o‘tkazish uslublari metrologiyaning asosiy mazmuni hisoblanadi.Metrologiya fani texnika taraqqiyoti asosida aniqligining eng yuqori darajasi qayd etilgan vositalarni yaratadi, o‘lchash ishlarining universal usullarini ishlab chiqadi va natijada tizimi jihatidan birxillashtirilgan o‘lchov asboblarni yaratadi.Metrologiya talablari Davlat standartlari asosida amalga oshiriladi.Shu sababli metrologiya va standartlashtirish hamisha biri ikkinchisini to‘ldiradi va takomillashtiradi.
Metrologiya va metrologik ta’minot ilmiy texnik va tashkiliy yo‘nalishda rivojlanib boradi.Metrologiya fizik kattaliklarni nomlashda dunyo ilmiy-texnik atamalaridan foydalanish yo‘llarini o‘rgatadi.Xalqaro birliklar tizimi SI ni jahon miqyosida yagona qonunlar asosida qo‘llash tadbirlarini ishlab chiqadi.
3.O‘lchash vositalarining eng muxim xarakteristikalaridan biri metrologik xarakteristikalardir.
Metrologik xarakteristikalarga o‘lchashning aniqligi va intervali, sezgirligi, stabillik, ishonchlilik va boshqalar kiradi.
O‘lchash aniqligi o‘lchash vositalarining metrologik imkoniyatlarini asosiy aniqlovchi xarakteristika bo‘lib hisoblanadi.
O‘lchash aniqligi deganda o‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatiga o‘lchash natijasining qanchalik yaqinlik darajasi tushuniladi.
Biroq o‘lchash aniqligini baxolash amaliy jihatdan o‘lchash xatoligi orqali ifodalanishi qulay hisoblanadi.
O‘lchash xatoligi ko‘pgina faktorlarga bog‘liq bo‘lib, bu faktorlarga o‘lchash metodini xatoligi, o‘lchash vositasining mukammal emasligi, operatorning subyektiv xatoliklari, o‘lchash obyektini o‘lchash vositasi bilan aloqa kanalining ta’siri va boshqalar kiradi.Xatoliklar absolyut va nisbiy turlarga bo‘linadi.
Absolyut xatolik quydagicha aniqlanadi:
(1) - asbobning ko‘rsatishi
-haqiqiy qiymat.
Nisbiy xatoliklar esa:
yoki (2)

O‘lchash vositalari o‘lchash intervali qo‘llanishi sharoitlari, sezgirlik, tez ishlay olish (inersiyasiz), stabillik, shovqin va halaqit signallarga himoya qobiliyati, ishonchlilik, iste’mol quvvati va shunga o‘xshash parametrlar bilan xarakterlanadi.



Download 40.1 Kb.
  1   2




Download 40.1 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr o’lchov asboblarining turlari va ularning tasnifi

Download 40.1 Kb.