• To’g’ri oqimli bug’ qozonlari
  • Bug’ qozonlari va ularning turlari. Barabanli bug’ qozonlari




    Download 1,47 Mb.
    bet2/5
    Sana22.12.2023
    Hajmi1,47 Mb.
    #126887
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Elektr stansiyalar generatorlarini energitik xarakteristikalari

    2.Bug’ qozonlari va ularning turlari. Barabanli bug’ qozonlari
    Barabanli bug’ qozonlarda temirli baraban 3 mavjud, uning pastki qismida suv va yuqori qismida bug’ joylashadi. Aylanish quvurlaridan 2 suv, o’txona 7 devorlarini egallagan ekran quvirlariga 1 o’tadi. Ekran quvurlari, bug’ni katta bosimda ushlab turish uchun, temirdan kichik diametrli qilib (ichki diametri 32 mm va tashqi diametri 40 mm) yasaladi. Katta bug’ qozonlarida har soatda yuzlab tonna suv bug’latiladi, shuning uchun ularni quvurlarining umumiy uzunligi 50 km gacha etadi.
    Quyidagi rasmda issiqlikni hosil qilish va undan elektr energiyasi ishlab chiqarish ko’rsatilgan.

    Rasm 10. Issiqlik kondensatsion elektr stansiyasi texnologik jarayonining sxemasi.
    1-bug’ qozoni; 2-yoqilg’i uzatish; 3-havo uzatish; 4-ta’minot suvi;
    5-bug’ quvuri; 6-bug’ turbina; 7-tutun gazlari; 8-kul va shlakni chiqarib yuborish; 9elektr generator; 10-elektr energiyasini iste’molchilari; 11-kondensator; 12-sovutish suvining nasosi; 13-kondensat nasosi; 14-past bosimli isitgichlar;
    15-deaerator; 16-yuqori bosimli isitgichlar; 17- ta’minlash nasosi; 18-issiqlikni isitish yoki sanoat iste’molchilari.
    Bug’ qozonlarini samaradorligini oshirish uchun suv barabaniga berilishdan oldin eknomayzerda 5 o’txonaga berilayotgan havo esa havo qizdirgichda 6 isitiladi.
    B arabandan chiqayotgan bug’ qozonlarda suv va suv-bug’ qorishmasi ularning zichliklar hisobiga tabiiy aylanadi. Bug’ni harorati va bosimi ortishi bilan suv-bug’ zichliklari farqi kamayadi va aylanishi yomonlashadi.

    Rasm 11. Barabanli bug’ qozonining ishlash sxemasi
    To’g’ri oqimli bug’ qozonlari
    To’g’ri oqimi bug’ qozonlarida baraban yo’q. Suv va bug’ aylanishi nasoslar orqali amalga oshiriladi. Suv isitgich 3 orqali, quvurlarga 1 o’tadi va bug’ga aylanadi. Keyin bug’qizdirgichga 2 uzatiladi, so’ngra turbinaga beriladi. Havo qizdirgichda 4 havo qizdiriladi va o’txonaga beriladi. To’g’ri oqimli bug’ qozonlari sifatli suv ta’minotini rostlashni taqozo etadi.
    Bundan tashqari bu turdagi bug’ qozonlarida ishlatiladigan iste’mol suvining kimyoviy tozaligiga juda yuqori talablar qo’yiladi. To’g’ri oqimli bug’ qozonlari ko’p tarqalgan, chunki ular barabanli qozolardan arzon. Barabanli qozonlarda, katta bosimlarda (20 MPA dan yuqori) tabiiy suv bug’ining aylanishi buziladi. Bug’ qozonga kerakli miqdorda yoqilg’i va havo, shuningdek iste’mol suvi uzatiladi.

    Rasm 12. To’g’ri oqimli bug’ qozonining ishlash sxemasi
    YOqilg’ini yonishi natijasida ajralib chiqqan issiqlik hisobiga iste’mol suvidan bug’ hosil qilinadi va bu bug’ maxsus quvur orqali bug’ turbinasiga uzatiladi.

    Download 1,47 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 1,47 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bug’ qozonlari va ularning turlari. Barabanli bug’ qozonlari

    Download 1,47 Mb.