Elektr energiyasini elektr tarmoqlari bo‘ylab uzatish vataqsimlashda texnologik yo‘qotishlar (bundan buyon matndatexnologik yo‘qotishlar deb yuritiladi)




Download 0,8 Mb.
bet3/3
Sana16.11.2023
Hajmi0,8 Mb.
#99974
1   2   3
Bog'liq
Radial taqsimlash tarmog\'ida elektr energiyasini uzatish
Konvertor jarayonining asoslari va maqsadlari, Diniy fanatizmning, marten, . Nodir metallarning fizik va kimyoviy xossalari., KORXONANING ASOSIY FONDLARI VA ISHLAB CHIKARISH QUVVATLARI , Geomexanik jarayonlar modelini qurish bosqichlari, Elektr apparat MUST, Kokil usulida quymalar olish texnologik jarayonini yozing., Qisqa tutashuvning boshlang\'ich toklarini hisoblashda qo\'llaniladigan usullar, GIDRAVLIKA, Eyler tenglamasi shakldagi qovushqoq bolmagan suyuqlik uchun har-fayllar.org, Bernulli tenglamasining geometrik va energetik mohiyati. , bir cho\'michli ekskavatorlar, 24. Yuqori molekulyar birikmalar.Babayev.B.
Elektr energiyasini elektr tarmoqlari bo‘ylab uzatish vataqsimlashda texnologik yo‘qotishlar (bundan buyon matndatexnologik yo‘qotishlar deb yuritiladi) — elektr energiyasiniuzatishda elektr uzatish liniyalari va elektr tarmoqlari uskunalariningtexnik tavsiflari va ishlash rejimlariga bog‘liq holda ulardagi fizikjarayonlarga sarflanadigan texnik yo‘qotishlar, “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati korxonalari o‘rtasida o‘zaro uzatiladigan elektrenergiyasini hisobga olish tizimining ruxsat etilgan xatoliklari bilanbog‘liq yo‘qotishlar hamda transformator podstansiyalarining o‘zehtiyojlari uchun sarflaydigan elektr energiyasi hajmining yig‘indisi;
Elektr uzatish parametrlari taqsimlangan liniyani о‘zi ichiga olib, bir turli liniyada uning sig‘imi va aktiv о‘tkazgichlari, qarshiligi uzunlik bо‘yicha bir xil taqsimlangan hisoblanadi.
Parametrlari uzunlik davomida taqsimlangan elementli sxemani analitik hisoblash murakkab hisoblashlarni keltirib chiqaradi. 110 kv va undan yuqori kuchlanishli EUL ish tartibini tadqiq qilishda ularni uzunligi davomida taqsimlangan sig‘imini ham hisobga olish kerak, bunda liniyaning uzunligi, elektr ta’minoti tizimining jarayonlariga katta ta’sir о‘tkazishi mumkin. Shuning uchun 110 kv va undan yuqori kuchlanishli EUL ni hisoblashda, qarshilik va о‘tkazuvchanligi yig‘ilgan parametrli sodda sxemasi qо‘llaniladi. EUL ning “P” kо‘rinishli almashtirish sxemasining umumiy kо‘rinishi (a)–rasmda keltirilgan.

Elektr energetika (yoki elektr) tizimi -elektr tarmoqlari yordamida o'zaro tutashib, umumiy ish holatiga ega bo‘lgan elektr stansiyalari, nimstansiyalari va iste’molchilari majmuyidir.


Elektr tarmoqlari elektr tizimining bir qismi bo'lib, elektr energiyasini manbadan iste'molchilarga uzatish hamda ular orasida taqsimlash uchun xizmat qiladi. Ular elektr uzatish liniyalari, nimstansiyalar va taqsimlash punktlaridan tashkil topgan.
Elektr energetika tizimi bajaruvchi vazifasi bo‘yicha ikki xil - o'zgartiruvchi va uzatuvchi elementlardan iborat. O'zgartiruvchi elementlar yordamida energiya bir turdan ikkinchi turga o'zgartirilsa, uzatuvchi elementlar (havo va kabel liniyalari) yordamida esa masofalarga uzatiladi.
Elektr energiyasini elektr stansiyalardan umumiy yuklamagacha uzatish har xil kuchlanishli elektr liniyalari yordamida amalga oshiriladi.
Ko‘p miqdordagi elektr energiyasini nisbatan uzoq masofalarga faqat yuqori kuchlanishli liniyalar orqali uzatish iqtisodiy jihatdan samaralidir. Kuchlanishni oshirish va kamaytirish uchun
o'zgartiruvchi kuch transformatorlari xizmat qiladi.
Nimstansiya (NS) - elektr energiyasini o'zgartirish va taqshnlashga
mo'ljallangan elektr obyekti bo'lib. u transformatorlan taqsimlovchi uskunalar, boshqarish uskunalari va yordamchi qurilmalardan iboratdir.
NSlar kuchaytiruvchi va pasaytiruvchi boiishi mumkin. Kuchaytiruvchi NSda elektr energiya past kuchlanishdan yuqori kuchlanishga o'zgartirilsa, pasavtiruvchi NSda buning aksi - u vuqori kuchlanishdan past kuchlanishga o ‘zgartiriladi. Elektr energiyasini qabul qilish va uning kuchlanishini o^zgarmasdan taqsimlashga mo'ljallangan nimstansiyalar taqsimlovchi punktlar (TP) deb yuritiladi.
Elektr tarmoqlari bajaruvchi vazifasi. nominal kuchlanishi, sxemasi, iste'molchilarning xarakteri bo‘yicha turlarga ajratiladi.
Bajaruvchi vazifasi bo‘yicha elektr tarmoqlari taqsimlovchi, ta’minlovchi va tizimni hosil qiluvchi tarmoqlarga bo'linali.
Taqsimlovchi elektr tarmoqlari elektr iste’molchilarini ta’minlovchi tarmoqlarning nimstansiyalari bilan tutashtirib, asosan 35 kV gacha nominal kuchlanishda ishlaydi.
Ta'minlovchi elektr tarmoqlari taqsimlovchi elektr tarmoqlarni (ayrim hollarda, bevosita iste’molchilarni) elektr stansiyalari yoki tizimni hosil qiluvchi tarmoqlar bilan tutashtirib, asosan 110 kV va undan yuqori kuchlanishda ishlaydi.
Tizimni hosil qiluvchi elektr tarmoqlari alohida hududlardagi elektr energetika tizimlarini o'zaro tutashtirib, birlashgan tizimni vujudga keltirish uchun xizmat qiladi. Ular asosan 330 kV va undan yuqori kuchlanishda ishlaydi.
Nominal kuchlanishi bo‘yicha elektr tarmoqlari lkV kuchlanish- dagi past, 1 kV - 220 kV kuchlanishdagi yuqori va 330 kV va undan yuqori kuchlanishdagi o‘ta yuqori kuchlanishli tarmoqlarga boiinadi.
Sxemasi bo'yicha elektr tarmoqlari ochiq va yopiq (berk) elektr tarmoqlarga boiinadi.
Konturga ega bo‘lmagan va barcha iste'molchilari faqat bir tomondan ta'minlanuvchi elektr tarmog‘i ochiq elektr tarmog‘i deb yuritiladi.
Konturga ega boTgan yoki konturga ega boTmasada ikki va undan ortiq tomondan ta'minlanuvchi tugunga ega boTgan elektr
tarmog‘i yopiq elektr tarmog‘i deviladi.
Iste'molchilarining xarakteri bo‘yicha elektr tarmoqlari shahar,
qishloq xo'jaligi, sanoat elektr tarmoqlariga boTinadi. (B)rasmda xarakterli elektr energetika tizimining elektr tarmoqlari sxemasi keltirilgan.

(B) Energetika tizim elektr tarmog‘ining shartli sxemasi.


Elektr energiyasi elektr stansiyalari (ES)dan yuklama markazlariga bevosita ta’minlovchi elektr tarmoqlarini tashkil etuvchi elektr uzatish liniyalari (EUL) 1 yoki ta'minlovchi, qabul qiluvchi transformator podstansiyalari va ularni bog‘lovchi elektr uzatish liniyalari 2 orqali


uzatiladi. Elektr energiya bilan ta’minlashda ishonchlilikni oshirish maqsadida ko'pgina hollarda taqsimlovchi elektr tarmoqlari yopiq shaklda bo‘ladi.
Qabul qiluvchi podstansiyalar asosan kuchlanishni yuklama ostida rostlash (YuOR) qurilmasiga ega bo'lgan transformatorlardan tashkil topgan bo‘lib, ular taqsimlovchi tarmoqning ta'minlash markazi (TM) sifatida xizmat qiladi. Ta'minlash markazidan elektr energiyasi taqsimlash punktlariga uzatiladi va shu kuchlanishda elektr uskunalari orasida taqsimlanadi yoki transformator
podstansiyalariga uzatiladi. Ko‘rilayotgan holatda uzatilgan elektrenergiya transformatorlarda past kuchlanishga o'zgartirilib, alohida iste 'molchilar o'rtasida taqsimlanadi. Uzunligi davomida elektr BC energiyani, TM dan TP gayoki to'g'ridan to'g'ri podstansiyagauzatuvchi EUL 3 ta'minlovchi. uzunligi davomida bir nechatransformatorpodstansiyalari yoki iste'molchi uskunalari ulanganEUL 4 taqsimlovchi EUL hisoblanadi.Iste'molchilarni ta'minlash sxemasi energiya manbayininguzoqligi. berilgan hududning elektr bilan ta'minlanish sxemasi.iste'molchilar joylashgan hudud, ularning quvvati, elektr energiyabilan ta'minlashning ishonchliligi va boshqa bir nechta go'yilgantalablarga bog'liq holda tanlanadi.
Tarmoqning tuzilmasi va sxemasini qabul qilish juda murakkab
ish bo lib, u ishonchlilik, tejamkorlik, ishlatishdagi qulaylik,
xavfsizlik va keyinchalik rivojlantirish imkoniyati talablariga
javob berish shartidan kelib chigib amalga oshiriladi. Tarmoqning
tuzilmasi elementlarning (ES, NS, liniyalar) o*zaro joylashuvi,
tarmoq sxemasi esa - uning asosiy qurish rejasi, iste 'molchilarning
elektr energiyasi bilan ta 'minlashdagi ishonchlilik darajasi bo 'yicha
toifalari bilan aniqlanadi.
Elektr energiyasi bilan ta'minlashdagi ishonchlilik darajasi
bo'yicha iste'molchilar uch toifaga bo linadi.I-toifali iste'molchilar elektr energiyasi bilan ikkita bir-biri
bilan bog'lanmagan ta 'minlash manbalaridan alohida liniyalar
orgali ta'minlanishi lozim. Elektr energiyasi bilan ta'minlashdagi
uzilishga ruxsat etiladigan maksimal vagt davomiyligi fagatzaxiralangan ta minotni avtomatik ulash vaqtiga tengdir.Ko'pgina hollarda ikki zanjirli bitta liniya talab etilgan
ishonchlilikni ta'minlay olmaydi, chunki liniyaning muz bilan
goplanganligi. shamol va shunga o*xshash tabiiy hodisalar ta'siridatayanchning shikastlanishi energiya ta'minotining butunlay uzilib
golishiga olib kelishi mumkin.2-toifa iste'molchilarini ko'pgina hollarda ikkita alohida liniyalar
yoki ikki zanjirli liniyalar orqali ta'minlash nazarda tutiladi. Bunday
elektr iste'molchilari uchun elektr energiyasi bilan ta 'minlashdagi
uzilishga ruxsat etiladigan maksimal vagt davomiyligi bir
sutka davomida ikki soatni tashkil etadi. Shu sababli liniyaning
shikastlanishini ta'mirlashni uzoq vaqtga cho'zmasdan amalga
oshirish mumkin bo'lgan hollarda 2- toifa iste' molchilarini bitta bir
zanjirli liniya orgali ta'minlashga ham ruxsat etiladi.
3-toifa iste' molchilari uchun energiya ta'minotini bitta
liniya orgali amalga oshirish yetarli hisoblanadi. Bunday elektr
iste 'molchilari uchun elektr energiyasi bilan ta'minlashdagi uzilishga
ruxsat etiladigan maksimal vaqt davomiyligi 24 soatga teng. Zaxira
sifatida qo'shimcha liniya yoki transformator pod-stansiyalariga
ega bo'lgan elektr tarmog'i zaxiralangan, ega bo'lmagan elektr
tarmog'i esa zaxiralanmagan elektr tarmog i deb yuritiladi. 1 va
2- toifa iste'molchilarini ta'minlash bo'yicha yugoridagi talablarga
javob beruvchi sxema zaxiralangan, 3- toifa iste molchilarini
ta 'minlash bo'yicha ko'rsatilgan talablarga javob beruvchi sxema
esa zaxiralanmagan elektr tarmog*i hisoblanadi.

©Elektr tarmoqlarning xarakterli bir chiziqli sxemalari (TP


- transformatorli podstansiva):

Har bir hududda elektr iste'molchilarining toifalariga va elektr


tarmoqning vazifasiga bog liq holda uning sxemasi turlicha
bo'ladi. ©- rasmda elektr tarmoqlarning xarakterli bir chiziqli
sxemalari, ya'ni ochiq elektr tarmog*i (1.2- a rasm), ikki tomondan

ta 'minlanuvchi elektr tarmog*i (c rasm), ikki zanjirli magistral


elektr uzatish liniyasi (c- d rasm), sodda yopiq (halqasimon)
elektr tarmog*i (c- e rasm) va murakkab yopiq elektr tarmog'ining
(C- frasm) bir chiziqli sxemalari tasvirlangan.
Elektr tarmoqlarini bu kabi tasvirlashda qulaylik uchun ularning
bir chiziqli sxemalaridan foydalanilsada, ular uch fazali elektr
tarmoqlari ekanligini nazarda tutish lozim.Uch fazali elektr tizimlari
bizga ma'lum bo'lgan bir gator afzalliklarga ega bo'lganligi sababli
elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste'mol
qilishda ulardan keng foydalaniladi. Ko'p hollarda past kuchlanishli
uskunalarni elektr energiyasi bilan ta'minlash uch fazali to'rt simli
tizimlar yordamida amalga oshiriladi. Bunda nol simi deb yuritiluvchi
to'rtinchi o'tkazgich va uch fazali tizimning betaraf nuqtasi (N) yerga
b
evosita ulanadi (e- rasm).
(E) Betaraf nuqtasi yerga bevosita ulangan uch fazali to'rt
simli o'zgaruvchan tok tizimining sxemasi.

Nol o'tkazgichi faza kuchlanishlarida ishlovchi iste 'molchilarni.


jumladan keltirilgan sxemadagi kabi elektr yoritkichlarni, faza
kuchlanishiga ulash va fazalar bir xil yuklanmaganida paydo
bo'ladigan nosimmetriya toklarini tenglashtirish uchun ishlatiladi.
Hamma fazalar bir xil yuklanganda nol o'tkazgichi orqali tok
oqmaydi.
(E)-rasmdagi sxemani 380/220 V nominal kuchlanishda ishlatish
maqsadga muvofig, chunki bunda bir vaqtning o'zida liniya va
faza kuchlanishlardan foydalanish qulaydir. Betaraf nuqtasi yerga
bevosita ulanmagan uch fazali uch o'tkazgichli sxema asosan
sanoatda, kuch yuklamalarini ta'minlash uchun 660/380 V nominal
kuchlanishda qo'llaniladi.
Bir xil quvvat isrofi sharti ko'zda tutilganda, kuchlanish
gancha yugori bo'lsa, metall sarfi shuncha kam bo'ladi. Texnika
havfsizligi shartlariga asosan hozirgi davrda 220 V dan yugori
kuchlanishda ishlovchi yoritish asboblari ishlab chiqarilmaydi.
Faza kuchlanishlarida ishlovchi elektr iste'molchilari bevosita
ulanmaydigan yugori kuchlanishli tarmoqlarda nul o'tkazgichi kerak
bo'Imaydi va shu sababli ular uch o'tkazgichli qilib quriladi.
Download 0,8 Mb.
1   2   3




Download 0,8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr energiyasini elektr tarmoqlari bo‘ylab uzatish vataqsimlashda texnologik yo‘qotishlar (bundan buyon matndatexnologik yo‘qotishlar deb yuritiladi)

Download 0,8 Mb.