|
Elektr yuklamalarining sutkalik, oylik, yillik grafiklari reja: Elektr yuklamalari grafigi Iste’molchilarning asosiy guruhlari
|
bet | 1/4 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 0,78 Mb. | | #123152 |
Bog'liq Elektr yuklamalarining sutkalik, oylik, yillik grafiklari
ELEKTR YUKLAMALARINING SUTKALIK, OYLIK, YILLIK GRAFIKLARI
REJA:
1. Elektr yuklamalari grafigi
2. Iste’molchilarning asosiy guruhlari
3. Iste’mol grafiklarining olinishi
ELEKTR YUKLAMALARI GRAFIGI
Elektr yuklаmаlаri grаfigi deb, аbsissа o‘qidа vаqt vа ordinаtа o‘qidа esа yuklаmа o‘lchаmidа, tokdа yoki yuklаmа mаksimumigа nisbаtаn foizdа qo‘yilgаn grаfik аytilаdi vа bu qаndаydir bir keltirilgаn vаqt dаvomidа elektr energiyаni qаbul qilingаn miqdori hаqida tа’surot berаdi.
Yuklаmаlаr grаfigi tаrmoqlаrni hisoblаshdа dаstlаbki zаrur mа’lumot hisoblаnаdi.Energiyа iste’molchisini tuziliShi (xususiyаtlаri) vа elektr yuklаmаlаrini qiymаtlari ehtimollik xаrаkteriga egаdir. Shuning uchun hisoblаngаn (oldindаn rejаlаngаn) grаfiklаr hаqiqiy grаfiklаrdаn ko‘pinchа fаrq qilаdi.
Elektr energiyasining ishlatish nuqtai nazaridan elektr iste’molchilar 4 ta asosiy guruxga bo‘linadi.
a) Elektr yuritmalar–elektr energiyasini elektr motorlar orqali mexanik energiyasiga o‘zgartiradi, turli dastgoxlarda ishlatiladi. Bu xil iste’molchi eng katta guruxni tashkil etadi.
b) Elektrotermik uskunalari-elektr energiyasi issiqlik energiyasiga o‘zgartiriladi. Bu turli iste’molchilarga elektrotexnik po‘latning eng sifatli ko‘rinishlar elektrotermik uskunalarda ishlab chiqariladi.
v) Elektrotexnologik uskunalar-elektr energiya bevosita ishlab-chiqarish texnologiyalarida ishlatiladi. Masalan, elektroliz uskunalar, elektropayvandlash, chigitni saralash va x.k.
g)Yoritish tizimi uchun qo‘llaniladigan elektr jihozlar.
Xar bir iste’molchini smena sutkali, kvartal va yillik iste’mol grafiklari olinadi. Bu grafiklar iste’molini hisoblash, iste’molchi va tarmoq o‘rtasidagi oldi-sotdi munosabatlar va elektrotexnik uskunalarni tanlash katta ahamiyatga ega. Har bir ishlab chiqarishning o‘ziga hos iste’mol grafigi mavjud va bu grafigi mavjud va bu grafiklar ma’lumotlarga ko‘rsatiladi.
Iste’mol grafiklari o‘lchash asboblari yordamida olinadi.O‘lchash asboblarining ikki xili mavjud: birinchisi, iste’molning uzluksiz o‘lchaydigan asbob. Elektr o‘lchash asbobining bu turi bilan iste’mol grafigi tuzgani 1-rasmda ko‘rsatilgan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Elektr yuklamalarining sutkalik, oylik, yillik grafiklari reja: Elektr yuklamalari grafigi Iste’molchilarning asosiy guruhlari
|