• Smenada injenerlik ta’minotini amalga oshirish
  • Smena masterining texnologiya barqarorligini ta’minlash ishlari




    Download 15,45 Kb.
    bet1/3
    Sana17.01.2024
    Hajmi15,45 Kb.
    #139292
      1   2   3
    Bog'liq
    kmiy


    SMENA MASTERINING TEXNOLOGIYA BARQARORLIGINI TA’MINLASH ISHLARI.
    Reja:
    1. Smenada injenerlik ta’minotini amalga oshirish
    2. Ish qoidalari va usullarini bajarilishini nazorat qilish
    3. To’qimachilik ishlab chiqarishida mehnat va texnologiya intizomi.
    Smenada injenerlik ta’minotini amalga oshirish.
    Smena jamoasini tasdiqlangan topshiriq reja va sifat ko’rsatkichlarini muntazam bajarishi uchun injenerlik ta’minoti to’g’ri yo’lga qo’yilgan bo’lishi kerak. Injenerlik ta’minoti ishlab chiqarish jarayonini to’xtovsiz va belgilangan talablar asosida amalga oshirish uchun sex va texnologik o’timlarga moddiy resurslarni etkazib berish va zarur texnik xizmatlarni bajarish masalalarini qamrab oladi. Smena masterining injenerlik ta’minoti bo’yicha bajaradigan ishlari quyidagilardan iborat:
    · Smena davomida har bir texnologik mashinaga (har bir komplektga) xomaki mahsulotlarni kerakli miqdorda uzilishlarsiz yetkazib berilishini nazorat qilish;
    · Tayyor mahsulotlarni mashinalardan ajratib olish (s’yom), ishlarini to’g’ri tashkil etish, mahsulotni qadoqlash va o’rashda ishlatiladigan ashyolarni (taz, g’altak, gilza, patron, konus va h.k.) smena davomida yetarli bo’lishini ta’minlash;
    · Sexdagi harorat va namlikni talab darajasida bo’lishini ta’minlovchi qurilmalar ishini smena davomida tasdiqlangan grafik bo’yicha nazorat qilish, zarur bo’lganda operativ choralar ko’rish;
    Texnologik mashinalarni tasdiqlangan grafik asosida texnik xizmat ko’rsatish uchun to’htatish, xizmat ishlarini to’g’ri va sifatli bajarilishini nazorat qilish, ularni o’z vaqtida shaylash va ishga tushirish. Texnik xizmat ko’rsatish ishlari quyidagilardan iborat:
    - Mukammal va joriy ta’mirlash;
    - Mukammal tozalash (genchistka);
    - Urchuqlar moylarini almashtirish (zalivka);
    - Yugurdaklarni almashtirish;
    - Profilaktik ta’mirlash;
    - Razvodka va yuk katttaligini tekshirish (proverka);
    - Silindr va elastik valiklar sirtini tozalash:
    Ichki transport vositalarini o’rnatilagan tartibda ishlashini nazorat qilish;
    · Qaytimlar va texnologik chiqindilarni yig’ish va topshirish ishlarini o’z vaqtida va o’rnatilagn tartibda bajarilishini nazorat qilish;
    · Har bir ishchi tasdiqlangan uniformalarda bo’lishini, xavfsiz mehnat qilishi uchun belgilangan tartiblarga amal qilishini nazorat qilish;
    · Changsizlantirish tizimining tasdiqlangan me’yorlar bo’yicha ishlashini nazorat qilish;
    · Ishchilarning samarali mehnat qilishlari uchun ish qurollarining soz va etarli bo’lishini nazorat qilish;
    · Sexdagi tozalik holatini va yordamchi vositalarning o’rnatilgan tartibda joylashtirilganligini nazorat qilish.

    Download 15,45 Kb.
      1   2   3




    Download 15,45 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Smena masterining texnologiya barqarorligini ta’minlash ishlari

    Download 15,45 Kb.