Ish qoidalari va usullarini bajarilishini nazorat qilish




Download 15,45 Kb.
bet2/3
Sana17.01.2024
Hajmi15,45 Kb.
#139292
1   2   3
Bog'liq
kmiy

Ish qoidalari va usullarini bajarilishini nazorat qilish.
To’qimachilik korxonalarining tasdiqlangan reja topshiriqlari va mahsulot sifat ko’rsatkichlarini o’z muddatida va talab darajasida bajarilishi ishchi xodimlar tomonidan qabul qilingan ish qoidalari va usullarini to’g’ri bajarilishiga bevosita bog’liq. Smena masteri kundalik faoliyati davomida har bir ishchining o’rnatilgan qoidalar va usullarni qanday bajarayotganini nazorat qilib boradi.
Yigirish korxonalarida ishlab chiqarish tajribasi asosida qabul qilingan quyidagi ish qoidalari va usullarini qo’llash yaxshi samara bermoqda:
· Ishchilarning smenani qabul qilish-topshirish ishlarini to’g’ri bajarishi;
· Har bir ishchining texnologik mashinalarga xizmat ko’rsatish soatbay grafigiga amal qilishi;
· Smena ishchilarining texnika xavfsizligi va yong’inga qarshi belgilangan qoidalarga rioya qilishi;
· Xomaki mahsulotlarni tasdiqlangan apparatlash tizimiga muvofiq ishlatish;
· Ishchilarni xizmat ko’rsatish yo’nalishiga amal qilishi;
· Smena ishchilarini xom ashyo va moddiy resurslardan to’g’ri foydalanishi;
· Ishchilar tomonidan qaytimlar va chiqindilarni topshirish tartibiga amal qilishi;
· Ish qurollari va vositalaridan to’g’ri foydalanish;
· Ishchilarning texnologik mashinalarni ishlatish va to’xtatish ishlarini to’g’ri bajarishi;
· Ishchilar tomonidan mashinalarni shaylash (zapravka qilish) ishlarini to’g’ri bajarilishi;
· Ishchilarning xomaki mahsulotlarni ulashda belgilangan tartib va qoidalarga rioya qilishi.
Smena masteri yuqoridagi nazorat ishlarini tashkil qilishda tajribali instruktor va brigadirlar yordamidan foydalanadi. Kuzatuv va nazorat ishlarining natijalari ichki nazorat kitobiga yozib boriladi.
Ichki nazorat kitobiga malakasi etarli bo’lmagan yoki o’rnatilgan ish qoidalariga amal qilmayotgan ishchilar bilan olib borilgan tushuntirish ishlari qayd etib boriladi. Agar olib borilgan tushuntirish ishlari natija bermasa, ushbu ishchini boshqa kam malaka talab etiladigan kasbga o’tkaziladi.
Smena ishchilari orasida baz’an tasdiqlangan ish qoida va usullarini surunkali buzadiganlar ham uchrab turadi. Bunday ishchilar bilan ham smena masteri tarbiyaviy ishlar olib boradi, uni tartibga chaqiradi, undan tushuntirish xati yozdirib oladi. Agar ishchi kamchiliklarini tuzatmasa, ish qoidalari va usullarini buzishni davom etaversa, bunday ishchilarga ma’muriy choralar (mukofot pulini to’lamaslik, jarima to’latish, kam haq to’lanadigan ishga o’tkazish, ishdan bo’shatish) ko’riladi. Yuqorida keltirilgan ish qoidalari va usullari bo’yicha nazorat ishlarini to’g’ri tashkil etgan smena masteri texnologik jarayonlar barqarorligini ta’minlab, reja topshiriqlarini muntazam bajarilishiga erishadi.

Download 15,45 Kb.
1   2   3




Download 15,45 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ish qoidalari va usullarini bajarilishini nazorat qilish

Download 15,45 Kb.