To’qimachilik ishlab chiqarishida mehnat va texnologiya intizomi




Download 15,45 Kb.
bet3/3
Sana17.01.2024
Hajmi15,45 Kb.
#139292
1   2   3
Bog'liq
kmiy

To’qimachilik ishlab chiqarishida mehnat va texnologiya intizomi.
Ishlab chiqarish korxonalarida amalga oshirilayotgan jarayonlarning barqarorligi, mahsulot sifat ko’rsatkichlarining me’ Yoriy talablar darajasida bo’lishi va reja topshiriqlarni belgilangan xajmda bajarilishi intizom masalalarini to’g’ri tashkil etilganligi bilan bevosita bog’lik hisoblanadi.
To’qimachilik korxonalarida ishlab chiqarishni to’g’ri tashkil etish uchun mehnat va texnologiya intizomiga alohida e’tibor qaratiladi.
Mehnat intizomi deganda ishchi xodimlarning o’rnatilgan ichki tartib qoidalariga amal qilinishi tushuniladi. Smena masteri jamoadagi mexnat intizomi uchun mas’ul hisoblanib kerakli nazorat ishlarini amalga oshirish shart. Smena masterining mehnat intizomini ta’minlash faoliyati asosan ish vaqtidan samarali foydalanishni tashkil etishga karatilgan bulib quyidagi masalalarni qamrab oladi:
· Smena ishchilarini o’z vaqtida ishga kelishini nazorat qilish. Korxonaning tasdiqlangan ichki tartib qoidalariga binoan smena ishchilari ish boshlanishidan 20 minut oldin o’z ish joylarida bo’lishi shart. Bu vaqt davomida smena masteri har bir ishchini ishga tayyorgarligini va smenani qabul qilib olinishini nazorat qiladi, zarur bo’lganda qayta taqsimlash ishlarini amalga oshiradi. Ushbu faoliyat orqali smena masteri texnologik mashina va uskunalarini o’z vaqtida ishga tushirilishini va korhonani ishlab chiqarish jarayonlari uzluksizligini ta’minlaydi.
· Xar bir ishchining o’ziga biriktirilgan vazifalarini qanday bajarayotganligini nazorat qilish .Smena masteri birinchi va ikkinchi nazorat kuzatuvi davomida xar bir xodimni ishga bo’lgan munosabatini tekshiradi. (musiqa eshitishi, telefonda gaplashishi, boshqalar bilan suhbatlashib turishi, gazeta va jurnallarni mutoala qilishi kabilar orqali uskunalarni nazoratsiz qoldirishi, ish joyini tashlab ketishi, begona shaxslari ish joyiga olib kelishi va x.k.). Mehnat intizomini ushbu nazorati sifatsiz mahsulot ishlab chiqarishni oldini oladi.
· Ishchilarni tushlik vaqtini nazorat qilish.Korxona ishchilarining tushlik vaqti kasaba qo’mitasi bilan kelishilgan grafik asosida tashkil etiladi. Smena masteri o’z ishchilarini ushbu qoidaga rioya qilishini nazorat qiladi (tushlikga vaqtli chiqish, tushlikdan kech kelish).
· Ishchilarni smenani topshirish uchun ish joyini tayyorlash holatini nazorat qilish. Smena masteri sexni keyingi smenaga topshirishga tayyorlash ishlarini tashkil etadi. Buning uchun har bir ishchini o’z ish o’rnida bo’lishini va tayyorgarlik ishlarini qanday bajarilayotganini tekshiradi. Shuningdek, ishchilarni smena tugashidan oldin ish joyini (mashinani) keyingi smenaga topshirmasdan ketib qolish holatini aniqlab, tegishli chora ko’radi.
· Ishchilarni yongin va texnika xavfsizligi koidalariga amal qilishini nazorat qilishi. Smena masteri kundalik faoliyatida har bir ishchini masus kiyimlarda bo’lishini va inventarlardan o’rnatilgan tartibda foydalanish holatini tekshirib, tartib buzarlarga tegishli choralar qo’llaydi. Smena masterining texnologiya intizomini ta’minlash faoliyati asosan sexdagi texnologik jarayonlarni tasdiqlangan me’yorlarga muvofiq amalga oshirilishini tashkil etishdan iborat bo’ladi.
· Xom ashyoni to’g’ri ishlatilishini nazorat qilish. Smena masteri o’ziga topshirilgan uchastka yoki sexda ishchilar tomonidan xom ashyo va xomaki mahsulotlarni belgilangan qoidalar asosida to’g’ri ishlatayotganini tekshirib borishi shart. Ishchilar tomonidan xom ashyodan (paxtadan) mashina va boshqa moslamalarni tozalashda ishlatish, qaytimlar va tolali chiqindilarni noto’g’ri saralash, ularni suprindiqo’shib yuborish holatlarini doimiy ravishda aniqlab ularga kerakli choralar ko’radi.
· Apparatlash tizimiga rioya qilinishini nazorat qilish. Smena masteri korxona rahbariyati tomondan tasdiqlangan apparatlash tizimiga rioya qilinishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi. Shuning uchun, har bir komplektda homaki mahsulotlarni belgilangan tartibda taqsimlanishini, qadoklash vositalarini (toz, g’altak, patron konus va h.k.) apparatlash tizimiga muvofiq ishlatilishini doimiy nazoratini amalga oshiradi.
· Ish qoidalarini to’g’ri bajarilishini nazorat qilish. Smena masteri o’z ishchilari tomonidan ish qoidalarini to’g’ri bajarilishiga mas’ul hisoblanadi. Ish qoidalari noto’g’ri bajarilishi oqibatida xomaki va tayyor mahsulotlar sifat ko’rsatkichlari me’yor talablarini qanoatlantirmaslik holatiga kelib qoladi. Shuning uchun, smena masteri kundalik faoliyati davomida (sifatnazorati vaqtida) ish qoidalarini qanday bajarayotganligini tekshirib zarur choralarni amalga oshiradi. Yigirish korxonalarida quyidagi ish qoidalarini buzilish holatlarini kuzatish mumkin: uzilgan pilta, pilik va ipni noto’g’ri ulash, pilta, pilikni va ipni noto’g’ri shaylash,soatbay grafik buyicha mashinalarga xizmat ko’rsatish ishlarini sifatsiz amalga oshirish, tasdiqlangan xizmat ko’rsatish yunalishga amal qilmaslik, nosozlik signallarini noto’g’ri o’rnatilishi, piliklash va yigirish mashinalarini s’yomga noto’g’ri to’xtatish, g’altakli karetka va halkali plankani o’rashni boshlashda noto’g’ri o’rnatish.
Smena masteri mehnat va texnologiya intizomi tartib qoidalariga amal qilmagan har bir ishchi xodimga nisbatan o’rnatilgan tartibda chora ko’radi.
Download 15,45 Kb.
1   2   3




Download 15,45 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



To’qimachilik ishlab chiqarishida mehnat va texnologiya intizomi

Download 15,45 Kb.