Elektrolitik dissosilanish nazariyasi




Download 31,78 Kb.
bet2/4
Sana12.02.2024
Hajmi31,78 Kb.
#155210
1   2   3   4
Bog'liq
Elektrolitlar eritmalar, xossalari, ahamiyati

2. Elektrolitik dissosilanish nazariyasi

Shved olimi S.Arrenius (1887 y) elektrolit eritmalarining elektr o‘tkazuvchanligi bilan Vant-Goff va Raul qonunlariga buysun-masligi orasida ichki bog‘lanish bor degan xulosaga keldi. U elektrolit molekulalari suvda eriganda ionlarga parchalanadi, deb taxmin qiladi. Shunday qilib, elektrolit dissotsilanish nazariyasi vujudga keldi . Lekin bu nazariya elektrolit molekulalari ionlarga dissotsilanish sababini tushuntirib bera olmadi. Bu nazariya D. I. Mendeleevning “gidratlar nazariyasiga” asoslangan I.A. Kablukov va V.PKistyakovskiylarning ishlarida uz rivojini topdi. Elektrolit molekulalarining parchalanishiga erituvchining qutblangan molekulalari sa-bab bo‘ladi. Anorganiq moddalarning oddiy erituvchisi bo‘lgan suv ju-da katta solvatlash xossasiga ega. Erituvchining qutblangan molekulalari ularga tushgan elektrolit molekulalarini o‘rab olib, unda ichki bog‘lanishni bo‘shashtiradi, bu esa dissotsilanishga olib keladi. Natijada eritmada gidratlangan ionlar paydo bo‘ladi. Ionlarga parcha-lanish faqat suvda emas, balki boshqa qutbli erituvchilarda masalan, suyuq ammiakda ham bo‘lishi mumkin. U vaqtda dissotsilanish mahsulotlari ionlarning solvatlari deyiladi. Eritmaga utgan ionlar erituvchining qutbli molekulalari bilan bog‘langan bo‘ladi va ionlarning solvatlarini hosil qiladi. Eritmada solvatlangan ionlar uzluksiz betartib harakatda bo‘ladi (masalan, NaCl tuzining suvda erish jarayoni). Kristal panjarasi ionlardan iborat moddalardan tashkari qutbli molekulalar ham ionlarga dissotsilanadi.


Oddiy eritma suvning dielektirik o‘tkazuvchanligi juda yuqori, bundan tashqari suv eng yaxshi ionlashtiruvchi eritmadir. Suvning dielektrik o‘tkazuvchanligi 80,1 teng. Bu shuni ko‘rsatadiki, kristallda bo‘lgan musbat va manfiy ionlararo tortishish kuchlari suvdagi erit-malarda 80,1 marta kamayadi. Dielektrik doimiylik efir, benzol, uglerod (1V)-sulfid kabi erituvchilarda, ya’ni dissotsilanmaydigan moddalar uchun juda kichikdir. Kuchsiz darajada ionlatuvchi spirt, atseton va boshqa erituvchilarda dieletrik utkazuvchanlik o‘rtacha qiymatga ega bo‘ladi.
Quyidagi jadvalda ba’zi erituvchilarning dielektrik utkazuvchanligi ( 20° C) keltirilgan.
Ba’zi erituvchilarning dielektrik o‘tkazuvchanligi (20°C)


Erituvchi

Dielektrik
utkazuvchanlik

Erituvchi

Dielektrik utkazuvchanlik

Suv
Metil spirt
Etil spirt
Atseton

80,1
33,0
25,7
21,7

Xloroform
Dietil efir
Uglerod (1V)-sulfid
Benzol

5,0
4,34
2,62
2,28

Elektrolitlar tabiatiga qarab kuchli va kuchsiz elektrolitlarga bo‘linadi. Kuchli elektrolitlar to‘liq, kuchsiz elektrolitlar kisman eritmada ionlarga dissotsilanadi. Kuchsiz elektrolitlarning dissotsilanishi qaytar jarayondir: chunki eritmadagi gidratlangan ionlar to‘qnashishi natijasida yana dissotsilanmagan molekulalar hosil qilish mumkin. Bunday qaytar jarayonni molyarlanish deyiladi . Elektrolitik dissotsilanish jarayon kinetik muvozanat karor topganda, ya’ni dissotsilanish tezligi molyarlanish tezligiga teng bo‘lganda sodir bo‘ladi. Masalan, sirka kislotaning suvli eritmasi uchun bu quyidagicha yoziladi.
Elektrolitik dissosilanish
CH3COOH======================= H++CH3COO-
molyarlanish

Elektrolitlar dissotsilanish darajasi bilan xarakterlanadi. Elektrolitning dissotsilangan molekulalar sonining umumiy erigan molekulalar soniga nisbati dissotsilanish darajasi deyiladi. Dissotsilanish darajasi kasr sonlari bilan yoki prosent hisobida ifodalanadi, kuchli elektrolitga dissotsilanish darajasi 0,3 yoki 30% dan yuqori, kuchsiz elektrolitlarga esa dissotsilanish darajasi 0,3 yoki 30% dan past bo‘lgan moddalar kiradi.
Dissotsilanish darajasi koncentratsiyaga bog‘liq bo‘lib eritma suyultirilgan sari ortadi. Chunki eritmaning kichik koncentratsiyasida ionlarning tuknashish ehtimolligi kamayadi. Buni sirka kislota mi-solida quyidagicha ko‘rsatish mumkin:


Koncentratsiya , S norm.

1,0

0,1

0,01

0,001

Dissotsilanish darajasi,.18°

0,004

0,014

0,.042

0,124

Dissotsilanish darajasi temperaturaga bog‘liq bo‘lib, u kutarilishi bilan ortadi, chunki bu holatda molekulalardagi bog‘lanishlar kuchsizlanadi.
Quyidagi jadvalda ba’zi elektrolitlarning 0,1 n eritmalari uchun 18°S dagi dissotsilanish darajasi keltirilgan.


Elektrolitlar

%

Elektrolitlar

%

НСl
HBr
HI
HNO3
H2SO4
H2SO3
H3PO4
H2CO3
H2S
KNO3
K2SO4

92
92
92
92
58
34
27
0,17
0,07
83
71

HCN
NaOH
KOH
Ba(OH)2
NH4OH
NaCl
KCl
NH4Cl
AgNO3
MgCl2
CuSO4

0,001
91
91
77
1,34
84
86
85
81
76,5
40

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki kuchli elektrolitga kuchli asoslar, kuchli kislotalar va tuzlar; kuchsiz elektrolitga esa kuchsiz kislota, kuchsiz asoslar va barcha organiq kislotalar misol bo‘la oladi.





Download 31,78 Kb.
1   2   3   4




Download 31,78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektrolitik dissosilanish nazariyasi

Download 31,78 Kb.