Mavzu: Elektr usulida boyitish Reja




Download 227.76 Kb.
bet1/6
Sana19.01.2024
Hajmi227.76 Kb.
#141329
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Мен (1), \'Bobur “Boburnoma” - ochiq dars un, Suv omborlari gidrologiyasi, 24, Dinshunoslik metodologiyasi va dinlarning tasnifi, Grafik tasvirlarning formatlari. Fayl formatlari-fayllar.org, 3-laboratoriya ishi tarozi. Tarozi turlari va ularda tortish qoi, Reja I. Kirish. Bufer sistemalar haqida ma’lumot II. Asosiy qis, Dielektriklarning turlari. Dielektriklarning qutblanishi, 1-amaliy Teodolit yopiq poligonining koordinatalarini hisoblash-fayllar.org, Anvarjanov Shohruxbek




Mavzu:Elektr usulida boyitish
Reja:
1 Elektr usulida boyitish usullari
2 Elektr maydoni va uning xossalari
3 Ruda va minerallarning elektr xossalari
4 Elektr seperatorlarining tuzilishi
5 Elektr seperatsiyaga ta’sir etuvchi omillar
Foydalanilgan adabiyot

Foydali qazilmalami elektr separatsiyasi uchun minerallarning elektr xossalaridagi farq ishlatiladi. Elektr maydonida harakatlanuvchi mineral zarraga ta’sir qiluvchi elektr kuchlarining kattaligi minerallarning elektr xossalari (elektr o‘tkazuvchanlik, dielektrik doimiylik va hokazolar) ni belgilaydi.


Mineral zarralarning elektr maydonida turli trayektoriyalar bo'ylab harakatlanishi ularni ajratish uchun qoilaniladi.
Zamonaviy elektr separatorlarida zaryadlangan zarralar teskari ishorali zaryadlangan elektrod bilan to‘qnashib, bunda o'tkazgich zarralar tezda elektrodning zaryadini egallaydi va bir xil zaryadlangan zaryad sifatida bir-biridan itariladi. Elektr o‘tkazmaydigan zarralar zaryadini o‘zgartirmaydi va har xil zaryadlangan zarralar sifatida elektrodga tortiladi. Elektr zaryadlarining o‘zaro ta’sirlashuv (itarilish va tortishish) kuchi Kulon qonuni bilan aniqlanib, zaryadlar oichamining ko'paytmasiga to‘g‘ri proporsional va zaryadlar orasidagi masofaning kvadratiga teskari proporsional boiadi.
Zarralarga elektr zaryadini turli usullar bilan berish mumkin: zaryadlangan elektrod bilan to‘qnashib, elektr maydonida induksiyalab, qizdirib, ishqalab elektrlashtirib, mineral zarra yuzasida ionlarni adsorbsiyalab va hokazo. Ularning orasida amaliy ahamiyatga egasi: zaryadlangan yuza bilan ta’sirlashuv. Tojli (коронний) elektrsizlantirish qarama-qarshi elektrodga yo‘nalgan ionlar oqimini hosil qiladi va mineral zarralar ularning yuzasida ionlar adsorbsiyalangani uchun zaryadga ega boiadi. Tojli elektrsizlantirish kichik diametrli elektrodga yuqori kuchlanish (20—40 kV) berib hosil qilinadi.
Elektr separatsiyada ajraluvchi minerallar yuzasining holati muhim ahamiyatga ega. Mineral yuzasiga reagentlar bilan ishlov berish orqali elektr separatorda zarraning harakatini o'zgartirish mumkin. Mineral zarralarga flotatsiyadan va elektr separatsiyadan oldin reagentlar bilan.
ishlov berish umumiy nazariy asosga ega. Gidrofil yuzalar namlikni yutadi va yuqori elektr o‘tkazuvchanlikka ega. Elektr separatsiya jarayoniga ta’sir etuvchi elektr kuchlarining miqdori kichik bo‘lganligi uchun u faqat o'lchami 4 mm dan kichik quruq mahsulotlar uchun qo'llaniladi.
Elektr maydoni — materiyaning muhim shakli hisoblanib, fazoda elektr kuchlari, ya’ni zaryadlangan jismga ta’sir etuvchi kuchlar sifatida hosil bo'ladi va bu kuchlar zaryadlangan jismning harakat tezligiga bog‘liq emas.
Elektr maydonida jismlaming chiziqlar bo‘ylab harakatlanishi elektr 'Much chiziqlari deyiladi.
Kuch chiziqlari oqimining zichligi elektr maydonining kuchlanganligi bilan harakatlaniladi. Elektr maydonining kuchlanganligi deb, maydonning berilgan nuqtasidagi musbat zaryadga ta’sir qiluvchi kuchning shu zaryadga nisbatiga aytiladi:

bunda: F —zaryadga ta’sir jqiluvchi kuch; Q — zaryad.
Elektr maydonining kuchlanganligi maxsus birlikka ega emas. SI tizimida kuchlanganlik Nyuton/Kulon (N/Kl), yoki volt/metr (V/m)da o‘lchanadi. Shuningdek, volt/santimetr (v/sm) yoki kilovolt/sm (kv/sm) birliklar ham keng qo'llaniladi.
Elektr maydonining ko‘rinishi (konfiguratsiya) har xil bo‘ladi (43- rasm). Elektr maydoni bir jinsli va bir jinsli bo‘lmagan maydonlarga bo‘linadi. Maydonning bir jinsli emasligi kuchlanganlik gradiyentining o'zgarishi bilan ifodalanadi:

bunda: E —elektr maydonining kuchlanganlik gradiyenti; dE — dx ga teng bo‘lakda x yo'nalishda maydonning o'zgarishi.
Maydonning kuchlanganlik gradiyenti birligi SI tizimida V/m2. Elektr separatsiya uchun elektrodlardagi kuchlanish U=20-70 kV bo‘lgandagi elektr maydonining kuchlanganligi 6-10 kV/m atrofida bo‘lgan maydon qo‘llanadi.

Elektr maydonida zarraning qabul qiladigan zaryadi tok kuchining uni o‘tish vaqtiga ko‘paytmasiga teng:
Q = I t,
bunda: Q — t vaqt oralig‘ida I tok kuchida zarraning ko‘ndalang kesimidan o'tadigan elektr zaryadi. Elektr zaryadining oichov birligi SI tizimida kulon (K).
Zarraning zaryadi yuzaviy va hajmiy zichlik bilan xarakterlanadi.
Yuzaviy zichlik deb, zarra yuzasida joylashgan zaryadning shu yuza maydoniga boigan nisbatiga aytiladi.

8 = d Q /d S , bunda: dQ — dS elementar maydondagi zaryad.

(42)

Zaryadning hajmiy zichligi deb, fazoviy elementda joylashgan zaryadning shu elementning hajmiga nisbatiga aytiladi:

bunda: dQ —elementining JFhajmdagi zaryadi.
Elektr zaryadlari ta’sirlashuvchi muhit dielektrik o'tkazuvchanligi bilan xarakterlanadi va u berilgan muhitda zaryadlarning ta’sirlashuv kuchi vakuumdagiga nisbatan qancha kamligini ko‘rsatadi:

unda: F0 —zaryadlarning vakuumdagi ta’sirlashuv kuchi. F — zaryadlarning berilgan muhitdagi ta’sirlashuv kuchi.
120
Muhitning dielektr o‘tkazuvchanligi o‘lchovsiz birlik.
Dielektrikning absolut dielektr o‘tkazuvchanligi eo dielektr o'tkazuvchanligining elektr doimiyligi e0 ga ko'paytmasiga teng:
ea =e • £0 (45)
bunda: e0 — tajriba yo‘li bilan aniqlanuvchi elektr doimiylik (SI tizimida e0= 8,85 10~12F/m).
Absolut dielektr o‘tkazuvchanlikning o‘lchov birligi farada/metr (F/m).
0 ‘tkazgichlaming muhim xususiyati ularning elektr o‘tkazuvchanligi, ya’ni elektr tokini o‘tkazish xususiyatidir. Elektr o'tkazuvchanlikning o'lchov birligi qilib simens (Sm) qo‘llaniladi. Simens - o‘tkazgich uchlaridagi kuchlanganlik 1V bo‘lganda 1 A tok o‘tkazadigan o‘tkazgichning elektr o'tkazuvchanligi.
Elektr o'tkazuvchanlikka teskari kattalik qarshilik deyiladi va Om larda o'lchanadi.
Ko‘pincha moddaning solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik va solishtirma qarshilik kattaliklaridan foydalaniladi. Moddaning solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi — tok zichligining elektr maydoni kuchlanganligiga nisbati. Solishtirma elektr o'tkazuvchanligining SI tizimidagi o‘lchov birligi simens/metr (Sm/m). Moddaning solishtirma qarshiligi deb, solishtirma elektr o'tkazuvchanlikka teskari kattalikka aytiladi. Uning o‘lchov birligi Om metr (Om m).
Elektr maydonida zaryadlangan zarraga ta’sir qiluvchi 4 xil kuch ma’lum; kulon, ko'zguli aks ta’sir, triboadgeziya va ponderomotor.
Kulon kuchi deb, zarra zaryadi va shu zarra joylashgan joydagi elektr maydoni kuchlanganligining o‘zaro ta’sirlashuv kuchiga aytiladi. U ushbu ikki kuchning ko‘paytmasiga teng:

Fk = Q E, bunda: Fk —o‘zaro ta’sirlashuvning kulon kuchi, N;

(46)

E —elektr maydonining kuchlanganligi. V/m; Q - zarraning zaryadi, Kl.
Zaryadlangan zarralar yerga ulangan yuza bilan to‘qnashganda, zarra zaryadi yerga ulangan yuzada o‘ziga teng, lekin qarama-qarshi ishorali induktiv zaryad chiqaradi.
Zarra yerga ulangan yuza bilan ta’sirlashgandan keyingi bir necha muddat ichida erishgan zaryad qoldiq zaryad deyiladi. Qoldiq zaryad hisobiga zarra yerga ulangan yuzaga ko'zguli elektr aks ta’sir kuchi bilan tortiladi.
Elektr zaryadlari ta’sirlashuvining uchinchi turi triboadgeziya effekti bilan bog‘liq. Elektr usulida mayda zarrali mahsulotni boyitishda mayin (<30 mkm) zarralarning bir-biri bilan (adgeziya), shuningdek, bu zarralarning yirikroq va turli xil yeiga ulangan yuzaga yopishishi kuzatiladi.
Ponderomotor kuchi faqat bir jinsli boimagan elektr maydonida kuzatiladi va uning kattaligi muhitning xossalariga bogiiq boiadi. Havoda u juda kichik, lekin yuqori dielektr o‘tkazuvchanlikka ega suyuqlikda ponderomotor kuchi katta qiymatga erishadi.

Download 227.76 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 227.76 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Elektr usulida boyitish Reja

Download 227.76 Kb.