|
Minerallaming moddiy tarkibi va ularning aralashntadagi miqdori
|
bet | 6/6 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 227,76 Kb. | | #141329 |
Minerallaming moddiy tarkibi va ularning aralashntadagi miqdori.
Ajratiluvchi minerallar moddiy tarkibining doimiy emasligi, ularda boshqa aralashmalaming ham mavjudligi elektr separatsiya ko‘rsatkichlariga jiddiy ta’sir qilishi mumkin. Masalan, sirkonga temirli minerallami tushib qolishi uning elektr o'tkazuvchanligini shunchalik orttirib yuboradiki, natijada u o‘tkazuvchi fraksiyaga tushadi. Separatsiya ko'rsatkichlari, shuningdek, dastlabki mahsulotdagi ajraluvchi minerallaming miqdoriga bog‘liq. Agar aralashmada dielektriklaming miqdori kam bo‘lsa, bu holda yuqori sifatli o‘tkazgichli fraksiya olish mumkin, va aksincha, dielektriklaming miqdori ko‘p bo‘lsa, o‘tkazgichlar fraksiyasini olish uchun bir nechta tozalash operatsiyalarini qo‘llash talab qilinadi.
Elektrodlardagi kuchlanganlik. Tojli elektroddagi kuchlanganlik elektrodlar orasidagi bo‘shliqda tojli tok kuchini belgilaydi va elektr separatsiya jarayonini boshqarishda muhim parametr hisoblanadi. Elektrodlar orasidagi kuchlanganlikning ortishi bilan tojli tok kuchi ortadi. Havoning yaxshi ionlashishi elektrodlar orasidagi bo‘shliqda ionlar sonining ortishi natijasida kuchliroq elektr zaryadlarini olishga hamda ko‘p sonli zarralarni zaryadlashga ham imkon tug‘diradi.
Elektrodlar orasidagi masofa. Tojli tok, shuningdek, minerallaming tojli elektrsizlantirish maydonida zaryadlash samaradorligi tojli va yerga ulangan elektrodlar orasidagi masofaga bog‘liq. Bu masofani kamaytirib tojdagi tokni ko‘paytirish mumkin yoki aksincha. Elektrodlar orasidagi masofani o‘zgartirib, xuddi tojli elektroddagi kuchlanganlikni o‘zgartirishdagi kabi elektr separatsiyani boshqarish mumkin. Elektrodlar orasidagi masofa separatsiya tartibi ishlab chiqilayotgan paytda belgilanadi va separator ishlab turgan paytda o‘zgartirilmaydi.
Yerga ulangan elektrodning aylanish tezligi. Elektr separatsiyada barabanning chiziqli (aylanma) harakatlanish tezligi zarrani baraban yuzasidan uzib tushiruvchi asosiy markazdan qochma kuch orqali namoyon bo‘ladi. Markazdan qochma kuchning ortishi bilan o‘tkazuvchi zarralaming ajralishi uchun qulay sharoit yaratiladi, biroq haddan tashqari oshirish o‘tkazuvchilar fraksiyasiga baraban yuzasida elektr tortishish kuchlari bilan ushlanib turilmaydigan elektr o‘tkazmaydigan zarralarni ham o‘tib ketishiga olib keladi. 0 ‘tkazuvchi fraksiyaning
o'tkazmaydiganlar bilan ifloslanishi barabanning aylanma harakatlanish tezligi kamayib ketganda ham kuzatiladi.
Shuningdek, separatorning ishlab chiqarish unumdorligi ham cho'ktiruvchi elektrodning aylanma harakatlanish tezligiga bogiiq. Aylanma harakatlanish tezligining ortishi bilan separatorning ishlab chiqarish unumdorligini orttirish mumkin, biroq bu bilan separatsiya mahsulotlari sifatini yaxshilashga hamma vaqt erishib boimaydi.
Mahsulotning yuqori namligi elektr separatsiyaga ikki taraflama salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Namlik minerallarning, ayniqsa o'tkazmaydigan minerallarning tabiiy elektr o‘tkazish xususiyatini kuchli darajacia o‘zgartirishi va ularning moddiy tarkibi hamda elektrofizik xususiyatidan qat’iy nazar, zarralarning yopishib qolishiga olib keladi. Puch tog‘ jinslarining mayda zarralari qimmatbaho mineralga yopishib, boyitmaga ajraladi va uning sifatini yomonlashtiradi. Shunday qilib, ortiqcha namlikni yo‘qotish elektr usulida boyitishdan oldingi bajarilishi shart boigan operatsiya hisoblanadi.
Elektrseparatsiyada mahsulotning yuza namligi asosiy o‘rin tutadi. Mahsulot yuzasidagi namlikni yo‘qotish harorati 150'—200'C. Bunday haroratda quritilgan mahsulot 0,5—1% namlikka ega bo’ladi.
Foydalangan adabiyot
1 Umarova I.K. Foydali qazilmalami boyitish texnologiyasi. 0 ‘quv qo‘llanma, ToshD TU , 2004- y.
2 Solijonova G.Q. Foydali qazilm alam i boyitish texnologiyasi: “Yordamchi jarayonlar”, ToshD TU , 2007- y.
192-bet
F.I.O.
Bajardi
Tekshirdi
ass. Jalolov B.A.
|
| |