|
Ruda va minerallarning elektr xossalari
|
bet | 2/6 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 227,76 Kb. | | #141329 |
Ruda va minerallarning elektr xossalari
Elektr separatsiyada, asosan, mineral zarralarning elektr o‘tkazuvchanligi, dielektrik o‘tkazuvchanligi, ishqalash orqali elektrlash va adgeziya xossalaridagi farq ishlatiladi.
Elektr o‘tkazuvchanligiga qarab minerallar 3 guruhga boiinadi: — solishtirma elektr o'tkazuvchanligi 102—103Sm/m li o‘tkazgichlar;
— solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi 10—108 Sm/m li yarim o‘tkazgichlar;
— solishtirma elektr o'tkazuvchanligi <10 s Sm/m li dielektriklar. Bu guruhlardagi minerallarning har biri solishtirma qarshilikning ma’lum qiymati bilan xarakterlanadi. ‘tkazgichlarga solishtirma qarshiligi <109 Om m, dielektriklarga >1012Om ■ m li minerallar kiradi.
Elektr maydonida o‘tkazgichlar va dielektriklar o‘zlarini turlicha tutadi. Agar elektr maydoniga o‘tkazgich joylashtirilsa, uning yuzasida elektr zaryadlari hosil boiadi, bunda o‘tkazgichningbir uchida ortiqcha elektronlar hosil boiadi (manfiy zaryad), ikkinchi uchida esa elektronlar yetishmaydi (musbat zaryad). 0 ‘tkazgich elektr maydonidan chetlashtirilsa ikkala qarama-qarshi zaryadlar muvozanatlashadi va jism zaryadsizlanadi. 0 ‘tkazgich zaryadlangan jism bilan to‘qnashganda tokni yaxshi o'tkazgani uchun bir xil zaryad hosil qilib, zaryadlangan jismdan itariladi.
Dielektriklar esa elektr maydonida o‘zini boshqacha tutadi. Dielektrikning har qaysi molekulasida bir vaqtning o‘zida ham manfiy, ham musbat zaryadlar joylashadi; shuni qayd qilish kerakki, dielektrikning istalgan hajmida umumiy musbat zaryad manfiy zaryadga teng va dielektrikning har qaysi molekulasi elektr dipoli hisoblanadi.
Agar dielektrikni elektr maydoniga joylashtirilsa, uning ta’siri ostida zaryadlaming siljishi va maydonning kuchlanganligi yo‘nalishida elektr dipollarining oriyentatsiyasi sodir bo'ladi. Dielektrikning yuzasida zaryadlar paydo bo‘ladi. Elektr maydonining ta’siri ostida dielektrikdagi zaryadlaming siljishi qutblanish deyiladi. Qutblangan dielektrikning yuzasida hosil bo‘lgan zaryadlar boglangan zaryadlar deyiladi.
Qutblanish - bu elektr maydoni ta’sirida dielektrikda bog‘langan zaryadlar joylashishini o‘zgartirishni tartibga solish. Bu o‘zgarish dielektrikdagi manfiy bog‘langan zaryadlar yuqoriroq potensial yo‘nalishida, musbat bog‘langan zaryadlar esa pastroq potensial tomonga ko‘chadi.
10>
|
| |