|
Elektr separatorlarining tuzilishi
|
bet | 4/6 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 227,76 Kb. | | #141329 |
Elektr separatorlarining tuzilishi
Rudali va noruda foydali qazilmalami boyitishda elektr separatsiyaning quyidagi usullari keng tarqalgan:
elektrostatik separatsiya — elektrostatik maydonda amalga oshiriladi;
tojli separatsiya — tojli razryadli elektrsizlashtirish maydonida amalga oshiriladi (zarralar ionlashish orqali zaryadlanadi);
tojli elektrostatik separatsiya - tojli elektrostatik maydonda amalga oshiriladi.
Kamdan-kam hollarda dielektrik separatsiya qo‘llanil£di.
Elektr separatsiyasi usullarining bunday tasnifiga, asosan, elektr separatorlarini quyidagi asosiy guruhlarga bo‘lish mumkin:
elektrostatik (barabanli, kamerali, pog‘onali, plastinkasimon); tojli va tojli—elektrostatik (barabanli, kamerali); triboadgezion; dielektrik.
Har qanday elektr separatorining tuzilishi zarrani zaryadlovchi moslama va mineral zarraning ajralishi sodir bo‘luvchi separatsiya zonasi bilan aniqlanadi.
Zaryadlovchi moslama va separatsiya zonasi alohida va birlashgan holda tayyorlanishi mumkin. Elektr separatorlarining ajralmas qismiyuqori kuchlanish manbayidir.
Mineral zarralarni elektr o‘tkazuvchanlikka qarab boyitish uchun 16 ta parallel plastinkasimon elektrodlardan tuzilgan plastinkasimon pog‘onali separator ishlatiladi (44- rasm). Pastki elektrodlar bir tekis, yuqorilari (2) jalyuzsimon. Plastinkasimon elektrodlarning bir qatori yerga ulangan, izolatorlar (3) ga ulangan boshqa qatordagi elektrodlarga yuqori kuchlanganlik beriladi. Dastlabki mahsulot elektrodlar orasida yuqoridan pastga harakatlanib, o‘n oltita elektr maydoni ta’siriga
uchraydi. Tok o'tkazuvchi zarralar tekis elektroddan uziladi va teskari elektrodning jalyuzlari orqali o‘tib, qabul qiluvchi idish (4) ga tushirib olinadi. Tok o‘tkazmaydigan zarralar separatorning hamma kaskadlaridan o‘tib qabul qiluvchi idish (5) ga tushadi.
Bu jarayon plastinkalar'ning qiyalik burchagini, ular orasidagi masofani va beriladigan kuchlanganlikni o‘zgartirib boshqariladi.
Amaliyotda barabanli tojli va tojli-elektrostatik separatorlar eng ko‘p ishlatiladi. 45- rasmda barabanli tojli elektr separatorining sxemasi keltirilgan. Qutichada podshipniklarda metall baraban — cho'ktiruvchi elektrod (3) aylanadi. Undan ma’lum masofada alohida quticha (5) da barabanni hosil qiluvchiga parallel holda bir nechta ingichka o‘tkazuvchilar — tojlantiruvchi elektrodlar (4) tortilgan. Barabanning ustida yuklovchi voronka (2), ostida esa boyitish mahsulotlarini qabul qilish uchun bir nechta bo'limlardan iborat qabul qiluvchi bunker (6) o'matilgan. Barabanni yopishib qolgan zarralardan tozalash uchun aylanuvchi cho'tka (1) ko'zda tutilgan. Tojli elektrsizlanish hosil qilish uchun tojlantiruvchi elektrodlarga yuqori kuchlanish beriladi. Cho‘ktiruvchi elektrod yerga ulanadi.
Aylanuvchi baraban orqali material bunkerdan elektrodlar orasidagi maydonga beriladi. Baraban yuzasida mineral zarralar ionlar oqimidan zaryad oladi. Tok o‘tkazmaydigan zarralar barabanda zaryadini o‘zgartirmaydi, uning yuzasida ushlanib qoladi va bunkeming III
boiimiga to‘kiladi. 0 ‘tkazuvchi zarralar zaryadini tez o'zgartiradi va
baraban yuzasidan har xil zaryadlangan zarra sifatida itariladi .va 1
boiimga tushadi. Yarim o‘tkazuvchi zarralar esa II boiimgabo‘shatiladi. Sanoatda ishlatiladigan elektr separatori bir nechta barabandan tashkil topib, ularda asosiy separatsiya va mahsulotlardan birini tozalash sodir boiadi. Elektr separatsiya, asosan, kamyob metallar rudalari (qalay, volfram, titan - sirkoniy, tantal - niobiy) ning boyitmalari sifatini me’yorga yetkazish, shuningdek, keramik mahsulotlami, shishali qumlami, fosforit, slyuda, olmos va hokazolami boyitishda ishlatiladi.
|
| |