|
Elektr separatsiyaga ta’sir etuvchi omillar
|
bet | 5/6 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 227,76 Kb. | | #141329 |
Elektr separatsiyaga ta’sir etuvchi omillar
Elektr separatsiya boyitiluvchi mahsulotning xossalari, separatorlaming tuzilishi va ishlash prinsipi, mahsulotni separatsiyaga tayyorlash usuli, jarayon borishining texnologik tartibi kabi bir qator omillarga bogiiq. Zarralarning elektr o‘tkazuvchanligi elektr separatsiya samaradorligiga hal qiluvchi ta’sir ko'rsatuvchi yerga ulangan elektrodda elektrsizlanish tezligini va qoldiq kattaligini belgilaydi.
Minerallarning elektr o'tkazuvchanligidagi farq qancha katta boisa, ularning separator ishchi maydonida harakatlanish trayektoriyasi shuncha sezilarli farq qiladi va buning natijasida minerallarni ajratish osonlashadi. Yaxshi elektr o‘tkazuvchanlikka ega zarralar yerga ulangan elektrodda tez elektrsizlanadi va.uncha katta boimagan qoldiq zaryadga ega boiib, mexanik kuchlar ta’sirida barabandan u bilan to'qnashgan zahoti uziladi.
Zarralarning yomon elektr o‘tkazuvchanligi elektr tortishish kuchlari hisobiga zarralarni baraban yuzasida ushlab turishga imkon beruvchi kattalikdagi qoldiq zaryadni saqlab qolishni ta’minlaydi. Zarralarning elektr o'tkazuvchanligi qancha kichik boisa, ular barabanda shuncha uzoqroq ushlanib turadi va yuqori elektr o‘tkazuvchi zarralar zonasidan shuncha uzoqda boiadi.
Zarralarning oichami ularning tojli elektrsizlantirish maydonida oladigan zaryadini belgilaydi. Biroq zarraning oichami ortishi bilan uni yuzasidan uzuvchi markazdan qochma kuch ham ortadi. Zarralar oichamidagi farq katta boiganda ulami aniq ajratish qiyinlashadi. Yirik tok o‘tkazmaydigan zarra mayda tok o‘tkazadigan zarra bilan bir vaqtda barabandan uzilishi va aksincha, juda kichik o‘tkazuvchi zarralar o'tkazmaydigan fraksiyaga tushib qolishi mumkin. Shunday qilib, elektr separatsiyada yuqori texnologik ko‘rsatkichlarga erishish uchunmahsulotlami boyitishdan awal klassifikatsiyalanadi. Agar boyitilayotgan mahsulotda changsimon zarralar sezilarli miqdorda bo‘lsa, minerallaming elektr separatsiyasi 'keskin yomonlashadi. Shuning uchun jarayonni o‘tkazishdan oldin mahsulot changsizlantirilishi kerak.
|
| |