1-MAVZU: KIRISH
Reja:
1. Fanning maqsadi va vazifalari
2. Rele himoyasi va avtomatika texnikasining taraqqiyoti
K.1. Fanning maqsadi va vazifalari
Rele himoyasi energosistemaning ishonchli va tejamli ishlashini taminlovchi
avtomatikaning bir qismi bo‘lib elektr sistemasida yuzaga keluvchi shikastlanish
va normal bo‘lmagan rejimlarni avtomatik ravishda bartaraf qilish uchun xizmat
qiladi. Rele himoyasi himoyalanayotgan energosistema elementining holati va
ishlash rejimlarini uzluksiz nazorat qiladi va ularda shikastlanish yoki normal
bo‘lmagan rejim yuzaga kelganda ishga tushadi.
Energosistemada shikastlanish hosil bo‘lganda rele himoyasi shikastlangan
elementni aniqlaydi va uni sistemaning shikastlanmagan qismidan shikastlanish
toklarini uzishga mo‘ljallangan maxsus viklyuchatellarga taosir qilish yuli bilan
ajratib qo‘yadi. Normal bo‘lmagan rejim hosil bo‘lganda
rele himoyasi normal
rejimni tiklash uchun zarur bo‘lgan amallarni bajaradi yoki nazoratchi personalga
signal beradi.
Avtomatika qurilmalari sistemaning normal rejimini tezlik bilan avtomatik
ravishda tiklash uchun xizmat qiladi. Asosiy avtomatika qurilmalariga avtomatik
qayta ulash (AQU) rezervni avtomatik ulash (RAU) va avtomatik chastotaviy
engillashtirish (ACHE) kiradi.
Elektr ta’minoti sistemasining o‘ziga xos xarakterli belgilari, ularda
bo‘ladigan jarayonlarning katta tezlikda kechishi va avariya xarkteriga ega bo‘lgan
shikastlanishlarning yuzaga kelishi mumkinligidir. SHu sababli elektr ta’minoti
sistemasining ishonchli va tejamli ishlashiga avtomatik boshqarish yo‘li bilangina
erishish mumkin. Buning uchun har xil avtomatik boshqarish qurilmalari
ishlatiladi. Ular orasida asosiy o‘rinladan birini
avtomatik rele himoyasi
qurilmalari egallaydi.
Rele himoyasi qurilmalari elektr qurilmalarda shikastlanish yoki anormal
rejim yuzaga kelganda ishlaydi. Eng xavfli va ko‘p sodir bo‘ladigan shikastlanish
qisqa tutashuvdir. Qisqa tutashuvlar elektr qurilmalarining fazalari orasida yoki
neytrali yerga ulangan elektr tarmoqlarida faza bilan er orasida bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari qisqa tutashuvlar va faza uzilishi bilan bog’liq bo‘lgan murakkab
shikastlanishlar ham sodir bo‘lishi mumkin. Elektr mashinalari va
transformatorlarda yuqorida ko‘rsatilgan shikastlanishlardan tashqari bitta faza
o‘ramlari orasida ham tutashuv yuzaga kelishi mumkin. Qisqa tutashuv natijasida
elektr ta’minoti tizimining normal ishlashi buziladi. Jumladan sinxron
generatorlar, kompensatorlar va elektr dvigatellarning
5
sinxronizatsiyadan chiqishi va isteomolchilarning ishlash rejimlari buzilishi
mumkin. Bundan tashqari qisqa tutashuv tokining issiqlik
va dinamik taosirlari
ham xavfli bo‘lib hisoblanadi. Avariyaning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik va
shikastlanish oqibatlarini kamaytirish uchun qisqa tutashuvni tezlik bilan aniqlash
va shikastlangan elementni uzish zarur. Ayrim hollarda shikastlanish soniyaning
ulushlariga teng bo‘lgan vaqt ichida bartaraf qilinishi zarur bo‘ladi. Bunday
vazifani inson bajara olmasligi o‘z-o‘zidan maolum. SHikastlangan elementni
aniqlash va uzilishi zarur bo‘lgan viklyuchatelga taosir qilish uchun uzishga
ishlovchi rele himoyasi xizmat qiladi. Fanni o‘rganishdan asosiy maqsad releli
himoya va avtomatika qurilmalarining tarkibiy qismi to‘g’risida maolumotlarga
ega bo‘lish, ularni ishlatish buyicha ko‘nikmalar hosil qilishdir.Ushbu fanni
o‘rgangan
talabalar releli himoya, avtomatika va telemexanika qurilmalarining
tarkibiy qismlarini elektr ta’minoti tizimlarida qo‘llash, ularni ulanish sxemalarini
qurish, sxemalardagi o‘rnatma qiymatlarini hisoblash uchun zarur bilimi va
ko‘nikmalargaega bo‘lishlari kerak. Releli himoya, avtomatika va telemexanika
moslamalarining vazifalari, ularning tarkibiy qismlari va funksional qismlari bilan
tanishish, himoya qurilmalariga quyiladigan asosiy talablarni va ishlash
prinsiplarini bilishdan iborat. ETTning RH va A fanining maqsadi RH va A
qurilmalarini hisoblash va parametrlarini tanlashga doir texnikaviy masalalarni
mustaqil echish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishga
yordam berishdan
iborat.Rele himoyasining asosiy elementi bo‘lib maxsus apparat rele hisoblanadi.
Ayrim hollarda uzgich va himoya bitta himoya va kommutatsiya qurilmasida
birlashtirilgan bo‘ladi, masalan eruvchan saqlagich ko‘rinishida.
Neytrali
erdan izolyasiyalangan yoki yoy so‘ndiruvchi reaktor orqali yerga ulangan elektr
tarmoqlarida bir fazali yerga tutashuv qisqa tutashuv bo‘lib hisoblanmaydi, yaoni
katta toklarning hosil bo‘lishi bilan bog’liq bo‘lmaydi. Fazalar orasidagi
kuchlanish o‘zgarmaydi va elektr ta’minoti tizimining ishi buzilmaydi. Lekin
bunday rejimni normal deb hisoblab bo‘lmaydi, chunki shikastlanmagan
fazalarning yerga nisbatan kuchlanishi ortadi va bir fazali yerga tutashuvning ko‘p
fazali qisqa tutashuvga o‘tish xavfi yuzaga keladi. SHu
sababli bir fazali yerga
tutashuv maolum vaqt davomida bartaraf qilinishi zarur. Yerga tutashuvdan rele
himoyasi asosan signalga ishlaydi. Faqat ayrim hollarda, masalan, katta quvvatli
generatorlarda yoki tog’-kon sanoati elektr ta’minoti tizimlarida signalga emas
balki uzishga ishlaydigan qilib bajariladi. Ayrim hollarda elektr qurilmalarining
o‘ta yuklanishi yoki tashqi qisqa tutashuvlar ta’sirida normal bo‘lmagan rejimlar
yuzaga kelishi mumkin.
6
Bu holda shikastlanmagan elementdan katta toklar o‘tib izolyasiyaning vaqtidan
ilgari eskirishiga va ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
Tashqi qisqa tutashuvlar ta’sirida hosil bo‘ladigan katta toklar
shikastlangan elementning rele himoyasi ishlagandan
keyin uzilishi natijasida
bartaraf qilinadi.
Elektr qurilmalarda o‘ta yuklanishlardan signalga ishlovchi maxsus himoya
o‘rnatiladi. Bunday himoya ishlab signal byergandan keyin operativ personal o‘ta
yuklanishni bartaraf qilish choralarini ko‘radi. Operativ personal bo‘lmagan
podstansiyalarda o‘ta yuklanishlardan rele himoya isteomolchilarning maolum
qismini uzishga yoki elektr qurilmani manbadan ajratishga ishlaydigan qilib
bajariladi.
Parallel ishlaydigan sinxron elektr mashinalarning tebranish rejimi ham
normal bo‘lmagan rejim bo‘lib hisoblanadi. Bunday rejim qisqa tutashuvlar
natijasida yuzaga keladi va ayrim sinxron mashinalarning tormozlanishiga hamda
boshqalarining tezlanishigaga olib keladi. Natijada tok ortib kuchlanish kamayadi.
Tok va kuchlanish tasir etuvchi qiymatlarining o‘zgarishi tebranuvchi xarakteriga
ega bo‘ladi. Bunday hollarda rele himoyasi uzishga ishlamasligi kerak.
Normal
rejimni tiklash uchun ayrim hollarda maxsus avriyaga qarshi avtomatika (AQA)
qo‘llaniladi. AQA tebranishlar yuzaga kelganda va turg’unlik buzilganda sistemani
sinxron ishlamaydigan qismlarga bo‘lib tashlaydi. Bundan shunday xulosa kelib
chiqadiki isteomolchilarni elektr energiyasi bilan ishonchli va uzilishlarsiz
taominlash uchun faqatgina rele himoyasining o‘zi etarli emas. Buni quyidagi
elektr ta’minotining sxemasi misolida ham ko‘rish mumkin (K.1-rasm). Tarqatish
punktining (TP) shinalari odatda ikkita seksiya ko‘rinishda bajariladi. Seksiya
orasidagi QZ viklyuchatel normal rejimda uzilgan bo‘ladi. Taominlash manbalari
(TM) dan keladigan liniyalar faqat o‘z seksiyalariga ulanadi. TP ni taominlovchi
liniyalardan biri shikastlanganda va o‘z rele himoyasi ishlab uzilganda u ulangan
seksiyaning elektr ta’minoti to‘xtaydi. Elektr ta’minotini rezervni avtomatik ulash
(RAU) qurilmasi yordamida seksiya viklyuchateli QZ ni ulash yo‘li
bilan tiklash
mumkin.
7