K.2. Rele himoyasi va avtomatika texnikasining taraqqiyoti
Elektr sistemasida qisqa tutashuv ko‘pchilik hollarda tokning keskin
ortishiga olib keladi. SHu sababli dastlab tok himoyalari ishlatilgan. Bunday
himoyalar himoyalanayotgan elementdagi tok oldindan belgilangan tokdan ortib
ketganda ishlaydigan qilib bajariladi. Tok himoyasini tayyorlash uchun eruvchan
saqlagichlar yoki relelardan foydalanish mumkin. Elektr qurilmalarini qisqa
tutashuvlardan himoya qilish uchun eruvchan saqlagichlardan foydalinish XIX
asrning ikkinchi yarmida boshlangan. Ammo, tez orada eruvchan saqlagichlar,
ayrim hollarda o‘z vazifasini qoniqarli bajarmasligi maolum bo‘lgan va ular
elektromagnit tok relelari bilan almashtirila boshlagan. Keyinchalik eruvchan
saqlagichlarning konstruksiyalari takomillashtirilib borilgan va ular hozirgi vaqtda
ham faqatgina kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr tarmoqlari bilan bir
qatorda nisbatan yuqori kuchlanishli tarqatish tarmoqlarida ham muvaffaqiyatli
tarzda ishlatilmoqda.
Himoya uchun relelar XX asrning boshlarida keng qo‘llanila boshlagan.
Induksion tok relelari 1901 yilda tayyorlangan. Rele himoyasi uchun differinsial
tok prinsipi 1905-1908 yillarda ishlab chiqilgan. Yo‘naltirilgan tok himoyalari
1910 yildan qo‘llanila boshlagan. SHu yillarda masofa relelarini tayyorlash
yo‘nalishidagi ishlar bajarilgan va ular XX asrning 20 - yillarida masofa
himoyalarini tayyorlash imkonini byergan. Rele himoyasida elektronikani, xususan
himoyalanayotgan liniya simlari orqali uzatiluvchi yuqori chastotali toklardan
foydalanish yo‘nalishidagi birinchi qadamlar 1923-1928 yillarda qo‘yilgan.
Elektr uzatish liniyasi orqali yuqori chastotali signallarni uzatish bo‘yicha
mufassal ishlar va liniyaga yuqori chastotali toklarni kiritib tayyorlangan
himoyaning tavsifi 1932 yilda eolon qilingan.
Har xil turdagi relelarni elektron lampalar yordamida tayyorlash bo‘yicha
bajarilgan ishlarning natijalari 1934 yilda eolon qilingan. SHu yillarda elektron
lampalarda masofa himoyasi ishlab chiqarilgan. Lekin bu yo‘nalishdagi keyingi
yillarda bajarilgan ishlar himoya qurilmalarida elektron lampalarni qo‘llash
istiqbolli emasligini ko‘rsatgan.
9
To‘g’rilangan
tokda
ishlaydigan
relelarni
bajarish
uchun
yarim
o‘tkazgichlarni, jumladan kuproks va selenli to‘g’rilagichlarni qo‘llash XX asrning
30 yillaridan boshlangan. Keyinchalik 40-yillarning so‘nggida tranzitorlardan ham
foydalanish imkoniyati paydo bo‘lgan. YArim o‘tkazgichlar yordamida kontaksiz
relelar bilan bir qatorda ayrim rele himoyalari ham tayyorlangan. Analog hisoblash
texnikasining
elementlari,
jumladan
operatsion
kuchaytirgichlardan
rele
himoyasining elementlarini tayyorlashda foydalanish 60-yillarda boshlangan.
Keyinchalik rele himoyasi va avtomatika qurilmalarining komplekslarini yaratish
raqamli hisoblash texnikasi elementlari istiqbolli ekanligi aniqlandi. Hozirgi
vaqtda rele himoyasi va avtomatika qurilmalarini bajarishda vaqt sinovidan o‘tgan
elektromexanik elementlar ham, analog va raqamli elementlarda bajarilgan
elementlar ham ishlatilmoqda.
|