K.1-rasm. Tarqatish punktining bir chiziqli sxemasi Elektr ta’minoti tizimlarini avtomatlashtirish elektr energiyasini uzatish va
taqsimlash jarayonlarini ishonchligini orttiradi, shikastlanish yuz byerganda
operativ oldini olish imkonini beradi. Elektr ta’minoti tizimilarida qo‘llanilgan
avtomatik boshqarish tizimlarining vazifasi quyidagilardan iborat: shikastlangan
element yoki qismni tez uzish yoki boshqa shikastlanmagan qismidan ajratish;
normal bo‘lmagan ish rejimining (masalan, o‘ta yuklanish) oldini olish;
istemolchilar elektr ta’minotini tez tiklash, avariya yuz byergan manbani
tarmoqdan ajratish; istemolchilarni belgilangan kuchlanishini taominlash; sinxron
mashinalarni ishga tushirish va to‘xtatish; energetik tizimda aktiv quvvat
etishmaganda istemolchilarni bir qismini o‘chirish va shu kabilar.
Havo elektr uzatish liniyalaridan foydalanish tajribasi ularda sodir
bo‘ladigan shikaslanishlarning ko‘pchiligi turg’un bo‘lmasligi, yaoni liniya
uzilganda barham topishi va qayta ulanganda liniya normal ishlashda davom etishi
mumkinligini ko‘rsatadi. Qayta ulash avtomatik qayta ulash (AQU) qurilmasi
yordamida bajariladi.
Har qanday elektr ta’minoti tizimi elementining shikastlanish va uzilishi
umuman elektr tizimining ishiga taosir qiladi. Masalan, isteomolchilarning bir
qismining uzilishi ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning keragidan ortiqcha
bo‘lishiga
va natijada chastota kuchlanishining ruxsat etilmaydigan
qiymatlarigacha ortishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, quvvati katta
generatorning uzilishi elektr energiyaning etarli bo‘lmasligiga va natijada
energosistema turgunligining buzilishiga olib kelishi mumkin. Bunday jaryonlar
tez amalga oshishi sababli operativ personal ularni bartaraf qilish va tezlikda
normal rejimni tiklash imkoniyatiga ega emas.
8
Bunday vazifalarni avtomatik qurilmalar bajarishi mumkin. Masalan chastotani
tiklash vazifasini avtomatik chastotaviy engillashtirish (ACHE) qurilmasi bajaradi.