|
Mineral zarralarni zaryadlash usullari
|
bet | 3/6 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 227,76 Kb. | | #141329 |
Mineral zarralarni zaryadlash usullari. Boyitishda ishlatiladigan elektr separatsiya usullarining ko‘pchiligi uchun mineral zarralarni zaryadlash (yoki qutblash) muhim ahamiyatga ega. Mineral zarralarni zaryadlashning eng ko‘p tarqalgan usullarini ko‘rib chiqamiz.
Ionlash orqali zaryadlash. Mineral zarralarni tojli elektrsizlashtirish maydonida zaryadlash usuli keng tarqalgan. Tojli elektrsizlashtirish gazlarda elektrsizlantirishning ko'rinishi hisoblanadi. Har qanday gaz — ideal dielektrikligiga qaramay elektrodlar orasida tok manbayining yetarli quwatida elektr toki paydo qiladi. Bu hodisaning sababi, elektrodlar orasidagi oraliqda joylashgan gaz (havo) ionlashishi va buning natijasida gazda elektr zaryadlarini tashuvchi (musbat yoki manfiy zaryadlangan ionlar va elektronlar) ning paydo bo‘lishidir.
lonlashishning mohiyati neytral molekuladan elektronlami yo‘nib olish va erkin elektronlaming bir qismini neytral molekula va atomlarga biriktirishdadir. Buning natijasida bir yoki bir necha elektronlarini yo‘qotgan molekulalar musbat ionlarga, bir yoki bir nechta elektronlami biriktirib olgan molekulalar esa elektr manfiy ionlarga aylanadi.
Yaqinida ionlashgan gazning nurlanishidan hosil bo'ladigan elektrod tojlantiruvchi elektrod, tojlantiruvchi elektrodga yondashgan nurlanuvchi zona tojlantiruvchi qatlam deyiladi.
Tojli elektrsizlashtirishning tashqi zonasi faqat bir xil ishorali zaryadga ega. Bu tojlantiruvchi elektrodning qarama-qarshi ionlami yutib, bir xil zaryadli ionlaming esa tashqi zonaga.itarilib, qaramaqarshi (yerga ulangan) elektrodga tomon yo'nalishi bilan tushuntiriladi. Agar tojli elektrsizlashtirishning tashqi zonasiga mineral zarra joylashtirilsa, unga zaryadlangan ionlar yutiladi. Zarraga o‘rnashgan ionlar qancha ko‘p bo‘lsa, zarra shuncha ko‘p zaryad oladi.
Ishqalanish va zaryadlangan yuza bilan ta’sirlashish orqali elektriashtirish. Ma’lum sharoitda bir-biriga ishqalanish natijasida barcha fizik jismlar oichami va ishqalanish zaryadining ishorasi turlicha boiib elektrlanadi. Bitta jismning o‘zi boshqa, unga ishqalanuvchi jismning fizik xossalariga qarab oichami va ishorasi turlicha zaryad olishi mumkin. Masalan, metallar shishaga ishqalanganda manfiy, kauchukka ishqalanganda esa musbat elektrlanadi. Har xil turdagi jismlar bir-biriga ishqalanganda ular oichami bir xil, ishorasi har xil elektr zaryadlari bilan zaryadlanadi.
Mineral zarralarning ishqalanish orqali elektrlanishi ularning elektrostatik maydonda o‘zini turlicha tutishi bilan tushuntiriladi.
Tajriba natijasida elektrostatik maydonda bir xil mineral zarralarning hamma vaqt musbat zaryadlangan, boshqalarning esa manfiy zaryadlangan elektrod tomonga ogishini, minerallarning bir qismini esa elektrodlar qutblanishini sezmasligi aniqlangan. Bu birinchi va ikkinchi turdagi minerallarning ular og‘adigan elektrodning ishorasiga teskari truboelektr zaryadi ishorasiga, og‘ishmaydigan zarralar esa juda kichik ishqalanish zaryadiga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Mineral zarralarni, shuningdek, zaryadlangan elektrod bilan to‘qnashtirib ham elektriashtirish mumkin. Turli xil elektr o'tkazuvchanlikka ega zarralar zaryadlangan elektrod bilan to‘qnashganda ular turli kattalikdagi zaryadlarni oladi. Nisbatan yuqori elektr o‘tkazuvchanlikka ega minerallar birozdan so‘ng elektrod bilan bir xil ishorali zaryad oladi, dielektrik zarralar esa elektrodga tortilgancha qoladi. Zaryadlangan yuzada elektr o'tkazuvchi va dielektrik minerallarning o‘zini turlicha tutishi ularni elektr maydonida ajratishda keng ishlatiladi.
Mineral zarralarni zaryadlashning boshqa usullari elektr usulida boyitish amaliyotida ko‘p tarqalmagan.
|
| |