• QISQACHA NAZARIYA Radiatsion nurlanishning toʻla oqimi, zarrachalarning massalari, tezligi, energiyasi va shu kabi koʻrsatkichlarini aniqlovchi qurilmalaralar – detektor
  • Mavzu: alfa zarrachalar izlarini vilson kamerasi yordamida namoyish etish ishdan maqsad




    Download 369.18 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana15.04.2024
    Hajmi369.18 Kb.
    #196397
      1   2   3   4
    Bog'liq
    ALFA ZARRACHALAR IZLARINI VILSON KAMERASI YORDAMIDA NAMOYISH ETISH
    bOSHQARUV TIZIZMLARI, (material xususiyati va fakturasi), yoriqnoma, kop portli kompyuterlar yordamida texnologik jarayonlarni boshqarish tizimini loyihalash, 252.5320900 TIKUVCHILIK SANOATIDA AXBOROT TENOLOGIYALARINI QO\'LLASH, 2-Maruza, Klaviaturaga qaramay matn terishni organamiz 2 @kompyuter akademiyasi, BSKM, Rus tili fani, 2 MA\'RUZA KUZATILADIGAN TABIIY OFATLAR VA ULARNING OQIBATLARI, 2021 12.2, АМАЛЁТ баённома (2) (7) (4) (3), Elektr mashinalari va transformatorlarni tamirlash oraliq savollari, 1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy tushunchal, орфологический


    LABORATORIYA №3 
    MAVZU: ALFA ZARRACHALAR IZLARINI VILSON KAMERASI
    YORDAMIDA NAMOYISH ETISH 
     
    ISHDAN MAQSAD: Alfa zarrachalar izlarini Vilson kamerasida havo va suv/spirt 
    bugʻi aralashmasining oʻta to’yingan bug’ining adiabatik kengayishi orqali 
    namoyon qilish. 
     
    KERAKLI ASBOB VA USKUNALAR: 
    1. Vilson kamerasi ………………………………… 
    559 57 
    2. Radiy-226 (5 kb) preparati ……………………… 
    559 59 
    3. Tok manbai 450 V DC ………………………… 
    522 27 
    4. Lampa, 6 V/30 W……………………………… 
    450 51 
    5. Tok manbai 6 V AC, 12 V AC/30 V…………… 
    562 73 
    6. Multi qisqich…………………………………
    301 06 
    7. Shtativ……………………………….……….. 
    300 11 
    8. Spirt(70%) ……………………….……………. 
    9. Ulash uchun similar……………………………. 
    QISQACHA NAZARIYA 
    Radiatsion nurlanishning toʻla oqimi, zarrachalarning massalari, tezligi, 
    energiyasi va shu kabi koʻrsatkichlarini aniqlovchi qurilmalaralar – detektorlar 
    deyiladi. Radiatsion nurlanishni qayd qilish detektori (indikator) - bu modda bilan 
    bevosita ta’sirlashishi davomida ionlashtiruvchi nurlanishning mavjudligini 
    aniqlash imkonini beruvchi ob‘yekt hisoblanadi. Radiatsion nurlanish(zarralar) 
    detektorining koʻpgina turlari mavjud boʻlib, ular toʻrtta asosiy guruhlarga 
    boʻlinadi(
    1 -
    rasmda keltirilgan
    ): 
    1) Schyotchik (sanagichlar) 
    2) Zarralar “izi“ ni kuzatishga moʻljallangan detektorlar 
    3) Godoskopik kamera 
    4) Mass-analizator
    Koʻpgina detektorlarda radioaktiv nurlanish oʻtganda uning atomlari 
    ionlanishish hisobiga elektr impulslari hosil boʻladi. Oʻlchov asboblari esa u 
    impulslarni qayd qiladi va oʻlchaydi.
    Yuqorida aytilgan detektorlarga: 
    a) Ionizatsion kamera 
    b) Proportsional sanagich 
    v) Geyger-Myuller sanagichi
    g) Kristatl sanagich 


    d) Vilson kamerasi 
    e) Uchqun kamerasi misol boʻladi 
    Bularning birinchi 
    3 – tasi gaz toʻlgazilgan detektorlar
    deb ataladi. Uning 
    tuzilishi asosan kameradan iborat boʻlib, uning oʻrtasidan izolatsiyalangan tola 
    tortilgan boʻladi. Tola – anod va kamera qarshisi yupqa metall ballon – katod boʻlib 
    xizmat qiladi. Agar anod va katod orasiga potentsial berilib anod – katod oraligʻidagi 
    gaz muhitdan radioaktiv nurlanish oʻtsa, muhitdagi gaz molekulalari ionlashadi va 
    har bir 
    ionlashishda 
    bir juft ion
    va elektron hosil boʻladi. Hosil boʻlgan ion va 
    elektron anod va katodga berilgan potentsial ta’sirida tezlashib elektronlar oʻz 
    yoʻlida yana qoʻshimcha ionlar hosil qiladi.
    Trekli (izli) detektorlar zarralarni moddada qoldiradigan izi – trekini viziual va 
    fotografik yoki elektromagnit metodlar bilan qayd qilishga imkon beradi. Birlamchi 
    axborotlarni qayta ishlash jarayonida quyidagi ma’lumotlarni olish mumkin. Trek 
    geometriyasi boʻyicha reaksiyasida ishtirok etgan zaryadli zarralar soni va ularni 
    harakat yoʻnalishi, trekning xarakteriga qarab uzunlik birligidagi energiya sarfi va 
    bu bilan birga zarra tezligi aniqlanadi. Zarraning energiyasi va tezligini bilgan holda 
    uning massasini aniqlash mumkin boʻladi. Agar trekli detektorni kuchli magnit 
    maydonga joylashtirilsa zaryadli zarraning trayektoriyasining egriligiga qarab 
    zaryad ishorasini va uning impulsini aniqlash mumkin. Vilson kamerasida ham 
    zarrachalar izlarini kuzatish mumkin.
    Vilson kamerasi nam holatdagi havo bilan toʻldirilgan bolib, harakatlanuvchi 
    porshen 
    moslamasi 
    yordamida 
    bosim 
    qiymati 
    oʻzgartiriladi. Porshen tezlik bilan harakatlantirilishi 
    natijasida nam holatdagi havo muhitida toʻyinish holati 
    yuzaga keladi va kamera orqali oʻtuvchi zaryadlangan 
    zarrachalar havoni ionizatsiya holatiga keltiradi, oʻz 
    navbatida 
    hosil 
    boʻlgan 
    ionlar 
    bugʻ 
    shaklida 
    kondensasiyalanadi. 
    Kameraning 
    yon 
    tomonidan 
    yorugʻlik 
    nuri 
    tushirilganda harakatlanuvchi zaryadli zarrachalarning 
    nurlanuvchi izi (trek) koʻzga tashlanadi.
    Ch.T. Rees Wilson 
    (14.II.1869 -15.XI.1959)


    1- rasm. Detektorlar turlari 
    Charlz Tomson Riz VILSON (Charles Thomson Rees Wilson; 14.02.1869 - 
    15.11.1959) 
    – 
    Shotlandiyalik 
    fizik, 
    professor 
    1895-yilda 
    Kembridj 
    laboratoriyalaridan birida u shaffof materialdan yasalgan idishga oʻrnatilgan 
    porshen tez harakatlantirilganda, idish ichidagi hajm ortishi hisobiga bosim va 
    harorat pasayishi va tuman hosil boʻlishini qayd qilgan. 1919-yilda E.Rezerford 
    tomonidan Vilson kamerasida birinchi yadro reaksiyasi amalga oshirilgan:
    14
    N+
    4
    He= 
    17
    O+ 
    1

    1932 yilda Vilson kamerasi yordamida K. Anderson kosmik nurlarda pozitronni 
    topgan. 1910 – yilda “Vilson kamerasi” ishlab chiqilgan va 1911-yilda alfa 
    zarrachalar, beta zarrachalar va gamma nurlanish oqimining kamerada harakatlanish 
    izi (trek) fototasviri olingan, 1927 – yilda bugʻ kondensatsiyalanishi yordamida 
    elektr zaryadiga ega zarrachalarning harakatlanish traektoriyasini kuzatish uslubini 
    ishlab chiqqanligi uchun, Vilson Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. 
    Vilson kamerasining ishlash printsipi kamera ichiga uchib kirgan zaryadlangan 
    zarrachaning izi boʻylab oʻta toʻyingan bugʻning kondensatsiyalanishida tomchilar 
    hosil boʻlishiga asoslanadi. Kamera ichida oʻta toʻyingan bugʻni hosil qilish uchun 
    Vilson 
    kamerasi 
    Diffuzion 
    kamerasi 
    Pufakli 
    kamerasi 
    Lyumen
    essent 
    kamerasi 
    Keng 
    tirqishli 
    kamerasi 
    Fotografik 
    kamerasi 
    Striller 
    kamerasi 
    Trekli detektorlar 

    Download 369.18 Kb.
      1   2   3   4




    Download 369.18 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: alfa zarrachalar izlarini vilson kamerasi yordamida namoyish etish ishdan maqsad

    Download 369.18 Kb.
    Pdf ko'rish