• Metallarning karroziyasi va unga qarshi kurash
  • Elektroliz tushunchasi. Eritma va suyuqlanmalarning elektrolizi. Elektroliz qonunlari. Karroziya turlari




    Download 1.84 Mb.
    bet3/3
    Sana31.01.2023
    Hajmi1.84 Mb.
    #40379
    1   2   3
    Bog'liq
    Ortig`ali

    Karroziya turlari
    Ko‘pchilik metallar havo, suv, kislota, ishqor va tuzlarning eritmalari ta'sirida yemiriladi. Bu hodisa korroziya deyiladi. Korroziya so‘zi lotincha «corrodore» - yemirilish degan ma'noni anglatadi. Korroziya o‘zining fizik-kimyoviy tavsifi jihatidan ikki xil bo‘ladi: kimyoviy va elektrokimyoviy korroziya.
    Metallarda qanday turdagi korroziya sodir bo‘lishi metallni qurshab turgan muhitga bog‘liq bo‘ladi.
    Metallarga quruq gazlar (kislorod, sulfid angidrid, vodorod sulfid, galogenlar, karbonat angidrid va x.k.), elektrolit bo‘lmagan suyuqliklar ta'sir etganda kimyoviy korroziya sodir bo‘ladi. Bu ayniqsa yuqori haroratli sharoitda ko‘p uchraydi, shuning uchun bunday yemirilish metallarning gaz korroziyasi deb ham ataladi. Gaz korroziyasi ayniqsa katta zarar keltiradi. Temir va po‘lat buyumlarini gaz korroziyasidan saqlash uchun ularning sirti alyuminiy bilan qoplanadi.

    Metallarning karroziyasi va unga qarshi kurash
    Ma’lumki, ko‘pgina metall hamda uning qotishmalaridan tayyorlanadigan detallar termik va boshqa ishlovlarga berilishiga qaramay tashqi muhit (havo, suv, kislota, ishqor, tuz eritma) ta’sirida korroziyaga berilib yemiriladi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda mamlakati-mizda yiliga 10% ga yaqin metall korroziya tufayli yemiriladi. Bu esa millionlab so‘m mablag‘ ko‘kka sovurildi, demakdir. Metallarni korroziyaga berilish mexanizmiga ko‘ra ikki turga ajratish mumkin:
    1. Kimyoviy korroziya. Metallarni dielektrik muhit (havo, moy, benzin va boshqa)lar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishishi tufayli yemirilishi kimyoviy korroziya deyiladi. Korroziya tezligi metallning va muhitning xiliga, tarkibiga, tempera-turasiga, bosimiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, alangali pechlarda metallarning plastikligini orttirish maqsadida qizdirilganda undagi havo kislorodining metall sirtiga yutilib temir oksidi (Fe2O3) hosil qilishi kimyoviy korroziyaga misol bo‘la oladi. Agar metall sirtidagi oksid parda zich va puxta (masalan, A12O3) bo‘lib, metallga yaxshi birikkan bo‘lsa, bu parda havo kislorodini metallning ichki qatlamlariga o‘tishiga to‘sqinlik qilib, uni yemirilishdan saqlaydi va aksincha zich va puxta bo‘lmasa, (masalan, Fe2O3) kislorod metallning ichki qatlamlariga o‘tib uni yemira boshlaydi.
    2. Elektrokimyoviy korroziya. Metallarning elektr toki o‘tkazadigan muhit (masalan, elektrolitlar)da yemirilishi elektrokimyoviy korroziya deyiladi. Bu xil korroziya amalda ko‘p uchraydi. Korroziya tezligi metall va elektrolit xiliga, konsentratsiyasiga, temperaturasiga, vaqtga va boshqalarga bog‘liq.








    Download 1.84 Mb.
    1   2   3




    Download 1.84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektroliz tushunchasi. Eritma va suyuqlanmalarning elektrolizi. Elektroliz qonunlari. Karroziya turlari

    Download 1.84 Mb.